CLICKdan “ISSIQ-KO’L TA’TILI” AKSIYASI


Yoz! Jazirama issiq! Va albatta ta’tillar va dam olish davri! Aynan shuning uchun “ISSIQ-KO’L TA’TILI” aksiyamizda ishtirok etishga chaqirmoqdamiz! @clickuzbot orqali to’lovlarni amalga oshiring va 2 kishilik Issiq-Ko’lga “all inclusive” sayohatni yutib oling!

Tolovning har bir 10 000 so’mi 1 imkoniyat beradi! To’lov summalari qancha katta bo’lsa, imkoniyatlar ham shuncha oshadi! Bu ham hali hammasi emas! Eng ko’p imkoniyatlarni yig’gan 10 g’oliblar 10 rag’batlantiruvchi yutuqga ega bo’lishadi!

Aksiya qoidalari bilan albatta tanishib chiqing!

Eslatamiz! Aksiya davrida to’lov amalga oshirishingiz yoki kartadan kartaga mablag’ o’tkazgishingiz bilan aksiya qoidalari va shartlari bilan mutlaq roziligigizni bildirgan bo'lasiz!


AKSIYA QOIDALARI

1.  Umumiy qoidalar

1.1. “CLICKdan ISSIQ-KO’L TA’TILI” aksiyasi (bundan buyon “Aksiya”), lotereya emas, pullik emas, unda qatnashish biror xavf bilan bog'liq emas.

1.2. Aksiyaning amal qilish muddati (bundan buyon “Aksiya muddati”): 16.06.2017 dan 25.06.2017 gacha.

1.3. Ushbu Aksiyada faqat Telegram ilovasidagi @clickuzbot boti orqali 25.06.2017 kuni soat 23:59 gacha amalga oshirilgan to’lovlar va kartadan kartaga o’tkazmalar ishtirok etadi.

1.4. Aksiya o'tkaziladigan hudud – O'zbekiston Respublikasi.

1.5. Aksiya tashkilotchisi: “CLICK” MChJ

Tashkilotchining rekvizitlari:

Yuridik manzil: Toshkent shahri, S.Azimov ko'ch., 52A,

Bank rekvizitlari: h/r 20208000304942713001 “Asia Alliance Bank” Shayxontohur filiali, MFO 01057, STIR 302134733

1.6. Aksiyada 18 yoshga (balog'at yoshiga) etgan, yuridik salohiyatli, doimiy yashash joyi O'zbekiston Respublikasida bo'lib, shu hududda doimiy ro'yxatdan o'tgan shaxslar, CLICK tizimining foydalanuvchilari ishtirok etishlari mumkin.

1.7. Aksiyada Tashkilotchi xodimlari va vakillari, ularning oila a'zolari, Hamkor kompaniyaning xodim va vakillari, ular bilan bog'liq bo'lgan shaxslar, shu bilan birga, ushbu Aksiyani tashkillashtirishda qatnashgan barcha yuridik shaxslarning xodimlari va vakilari va ularning oila a'zolarining qatnashishi ta'qiqlanadi.

1.8. Tashkilotchi o'tkazilayotgan Aksiya to'g'risida http://click.uz/uz/leto saytida, Telegramdagi @clickuzbot boti yordamida, yoki boshqa usullar orqali ma'lumot berishi mumkin.

1.9. Tashkilotchi http://click.uz/uz/leto saytida, Telegramdagi @clickuzbot boti orqali e'lon qilish sharti bilan Aksiya shartlari va qoidalariga o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ushbu o'zgartirishlar, aksi alohida aytilmagan bo'lsa, e'lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.

1.10. Ta'riflar:

To’lovlar – Telegramdagi @clickuzbot boti orqali amalga oshirilgan To’lov yoki Kartadan kartaga o’tkazma bo’yichadagi tranzaksiyalar.

To’lov (bundan buyon “To’lov”) – Telegramdagi @clickuzbot boti orqali amalga oshirilgan CLICK tizimidagi hamkorlar xizmatlari yoki tovarlariga va summasi 10 000 so’mdan oshgan to’lov tranzaksiyasi.

Kartadan kartaga o’tkazma (bundan buyon “O’tkazma”) - Telegramdagi @clickuzbot boti orqali Ishtirokchining plastic kartasidan boshqa plastic kartaga va summasi 50 000 so’mdan oshgan o’tkazma tranzaksiyasi.

Imkoniyat – Ishtirokchiga avtomatik tarzda To’lovdagi har bir but 10 000 so’m uchun va O’tkazmadagi har bir but 50 000 som uchun belgilanadigan 1 shartli birlik. Misol uchun, 26 789 so’mlik to’lov uchun 2 imkoniyat, 923 456 so’mlik o’tkazma uchun – 18 imkoniyat belgilanadi.

Imkoniyatning unikal identifikatsion raqami (bundan buyon “Imkoniyat raqami”) – Aksiya qoidalari doirasida To’lov yoki O’tkazma uchun Aksiya Ishtirokchisiga berilgan Imkoniyatning unikal va avtomatik tarzda Bot tomonidan yuzaga keltirilgan raqam.

Telegramdagi @clickuzbot boti (bundan buyon “Bot”) – Tashkilotchi tomonidan joriy qilingan va “Telegram” mobil ilovasi orqali Aksiya ishtirokchilari bilan moloqot qiladigan dasturiy kompleks.

 

Aksiya Ishtirokchisi - 18 yoshga (balog'at yoshiga) etgan, yuridik salohiyatli, doimiy yashash joyi O'zbekiston Respublikasida bo'lib, shu hududda doimiy ro'yxatdan o'tgan va ushbu Aksiya Qoidalari doirasida zarur bo'lgan harakatlarni amalga oshirgan shaxs.

Tashkilotchi hamkori (budnad buyon “Hamkor”) – “Diplomatik VIP and Travel service” MChJ, ushbu Aksiya doirasida Aksiyaning Bosh sovrini bo’yicha talablar va sifatni ta’minlab beruvchi texnik hamkor tashkilot.

Aksiya sovrinlari (bundan buyon “Sovrinlar”) – ushbu Aksiyada g’oliblariga beriladigan, Bosh sovrin va Rag’batlantiruvchi sovrinlardan tashkil topadigan, sovrinlar.

Aksiya Bosh sovrini (bundan buyon “Bosh sovrin”) – Tashkilotchining Hamkori tomonidan taqdim qilingan Issiq-Ko’l bo’yidagi otelda 2 kishilik “all inclusive” dasturidagi yo’llanma. Yo’llanmaga 2 aviachipta, transfer, mehmonxonada 8 kun/7 tun turish, 3 mahal ovqatlanish, internet to’planma ulangan mahalliy 2 SIM karta kiradi.

Rag’batlantiruvchi sovrinlar – 10 dona smartfonlar uchun 10000 mAh REMAX tashqi akkumulyatorlari.

  

2. Aksiyada qatnashish qoidalari

2.1. Telegramdagi Bot yordamida To’lov/O’tkazmani amalga oshirgan barcha shaxslar Aksiya ishtirokchisiga aylanadi. To’lov/O’tkazma jarayonini oxirigacha tugatmagan Ishtirokchilar sovrinlar o’ynalishida qatnashmaydi.

2.2. Aksiyada qatnashish uchun Aksiya Ishtirokchilari Telegramdagi @clickuzbot boti yordamida ro'yxatdan o'tishlari shart.

2.3. Telegramdagi @clickuzbot Boti orqali har qanday to’lovni amalga oshirishi Ishtirokchi tomonidan ushbu Aksiya qoidalariga butunlay va e'tirozsiz rozilik berish hisoblanadi.

2.4. Bosh sovrin g'olibi sifatida Imkoniyat raqami tasodifiy son generatori tomonidan aniqlangan va yutuqni topshirish uchun rasmiylashtirishga kerak bo'lgan barcha zarur hujjatlarni (pasport nusxasi, STIR nusxasi, va telefon raqamning Ishtirokchiga rasmiylashtirilganligini tasdiqlovchi hujjat) taqdim qilgan Ishtirokchi tan olinadi.

2.5. Rag’batlantiruvchi sovrinlar g’oliblari sifatida Aksiya amal qilish muddatining oxirida Imkoniyatlar soni maksimal bo’lgan eng yuqori 10 Aksiya ishtirokchisi tan olinadi.

2.6. Aksiya g'olibi tomonidan taqdim qilingan barcha hujjatlar/ma'lumotlar (telefon raqami, shaxsini va telefon raqamining egaligini tasdiqlovchi hujjat, STIR) tasdiqlangandan keyin, sovrin g'oliblariga topshirilgandan keyin va sovrinni olish hujjatiga g'oliblar tomonidan imzo qo'yilgandan keyin Tashkilotchi Ishtirokchilarga Aksiya bo'yicha sovrinni berish majburiyatlari to'liq bajarilgan hisoblanadi.

2.7. Aksiya g'oliblari http://click.uz/uz/ saytida e'lon qilinadi.

2.8. Sovrinlar Aksiyada g'olib chiqqan Ishtirokchilarga Toshkent shahrida Tashkilotchining hududida topshiriladi. Hudud haqida aniq ma'lumot qo'shimcha e'lon qilinadi.

2.9. Aksiya Tashkilotchisiga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra Aksiya Bosh sovrin g'olibi sifatida tan olingan Ishtirokchi 2017 yil 29 iyungacha, Rag’batlantiruvchi sovrinlar g’oliblari esa 26 iyulgacha Tashkilotchiga murojaat qilmagan bo'lsa, ushbu holatda Ishtirokchi Aksiya yutug'idan voz kechgan deb hisoblanadi. Talab qilinmagan yutuq Tashkilotchining egaligida qoladi va Tashkilotchining istagi bo'yicha ishlatilishi mumkin.

2.10. Aksiya Bosh sovrin sifatiga bo'lgan e'tirozlar Sovrinni taqdim qilgan Tashkilotchi Hamkoriga, Rag’batlantiruvchi sovrinlarning sifati bo’yicha e’tirozlar esa yutuq ishlab chiqargan korxonaga bildirilishi mumkin. Rag’batlantiruvchi sovrinlarning butunligi va ishga yaroqligi g'olib ishtirokchilarning tomonidan sovrinni olayotgan paytda tekshirilishi shart. Sovrin Aksiya g'olibiga topshirilgandan so'ng uning har qanday buzilishi bo'yichaTashkilotchi hech qanday javobgarlikni o'ziga olmaydi.

2.11. Rag’batlantiruvchi sovrinlarning rangi va texnik ko'rsatgichlari Ishtirokchining kutganidan farq qilishi mumkin va tashqi ko'rinishi televidenie roliklaridan va boshqa reklama vositalaridagi ko'rinishlardan farq qilishi mumkin.


3. Alohida shartlar

3.1. G'oliblar sovrinlarning o'rniga teng naqd pul mablag' bilan olish istagini bildirishi mumkin emas.

3.2. G'oliblar deb topilgan shaxs ushbu Aksiya munosabati bilan paydo bo'ladigan haq-huquqlar va majburiyatlarni uchinchi shaxslarga berish/o'tkazishga haqqi yo'q.

3.3. Aksiyada ishtirok etilishi ushbu Aksiyaning qoidalari va shartlari bilan to'la va mutlaq roziligini bildiradi.

3.4. To’lov/O’tkazma bekor qilingan hollarda, ushbu to’lov boyicha belgilangan Imkoniyatlar ham bekor qilinadi.

3.5. Tashkilotchi ushbu Aksiyada qatnashish bilan bog'liq bo'lgan Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilgan harajatlar va chiqimlar bo'yicha hech qanday majburiyatni o'z zimmasiga olmaydi.

3.6. Tashkilotchi http://click.uz/uz/leto  saytida yoki Telegramdagi @clickuzbot boti yordamida ushbu Aksiya shartlarini joylashtirgandan so'ng Ishtirokchi tomonidan ular bilan vaqtida tanishmaganligi yoki to'la qabul qilmaganligi bo'yicha hech qanday javobgarlikni olmaydi.

3.7. Zaruriyat paydo bo'lgan holatlarda Tashkilotchi Aksiya ishtirokchilaridan davlat organlariga berilishi zarur bo'lgan axborotni talab qilishga haqli.

3.8. Tashkilotchi telefon aloqaning sifatiga, operatorlar xizmatining sifatiga, internet tizimi bilan aloqasiga, internet-provayderlar xizmatining sifatiga, ularning Ishtirokchilar uskunalari va dasturiy ta'minotlari bilan ishlashlari, va shu bilan birga Tashkilotchiga bog'liq bo'lmagan holatlarga, va bog'liq bo'lgan barcha salbiy natijalar bo'yicha javobgarlikni olmaydi. Tashkilotchi G’olibning Qirg’iziston Respublikasiga chiqish bilan bog’liq hujjatlarning vaqtida rasmiylantirilishi yoki rasmiylashtirilmasligi, boshqa hujjatlarning bor yoki yoqligi bo’yicha javobgarlikni olmaydi.

3.9. Aksiya Tashkilotchisi va uning vakillari Ishtirokchilarning Aksiya davomida taqdim qilingan shaxsiy ma'lumotlariga Aksiyani o'tkazish va tashkillashtirish uchun zarur bo'lgan uslublarda, shulardan Aksiya yutug'ini topshirishni tasdiqlash maqsadlarida va Ishtirokchi bilan bevosita aloqaga chiqish maqsadlarida, ishlov berishga va foydalanishga haqli. Ishtirokchining shaxsiy ma'lumotlaridan faqat Tashkilotchi tomonidan foydalaniladi, va Aksiyaga bog'liq bo'lmagan maqsadlarida uchinchi shaxslarga uzatilmaydi. Ko'rsatib o'tilgan rozilik Ishtirokchi tomonidan istagan paytda Tashkilotchi manziliga buyurtma pochta yo'llanma bilan yuborilgan yozma xabarnomani yo'llash orqali qaytarib olinishi mumkin. Ushbu Aksiyada qatnashgan holatda Ishtirokchi o'z shaxsiy ma'lumotlarni Tashkilotchiga yuborishga, ularga Tashkilotchi tomonidan ishlov berilishiga, Aksiya davomida va u tugaganidan so'ng Tashkilotchi tomonidan SMS-xabarlarni, reklama va boshqa xabarlarni olishga mutlaq rozilik bildirgani anglatadi.

3.10. Aksiya Ishtirokchilari Aksiya bilan bog'liq bo'lgan barcha harajatlarni (jumladan, lekin chegaralanmagan holda mobil aloqaga harajatlar, internetga ulanish harajatlari, transportga harajatlar va hokazolar) mustaqil ravishda amalga olib borishadi.

3.11. Qabul qilingan Stsenariy Variantlarida so'kinishlar, beadab iboralar, Tashkilotchi tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlardan tashqari xizmatlarnining reklamasi, joriy qonunchilik tomonidan taqiqlangan yoki to'g'ri kelmaydigan xabarlar ishlatilgan holatlarda, ular Aksiya doirasida ko'rib chiqilmaydi va Aksiyada qatnashmaydi.

3.12. Aksiyada qatnashganda Ishtirokchilar yuborilgan Stsenariy Variantlarini, ism-shariflarini, fotosuratlarni va Aksiya doirasida yuborilgan boshqa ma'lumotlarni Tashkilotchi tomonidan reklama maqsadlarida ishlatilishiga roziligini berganligini anglatadi.