Ommaviy oferta

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Oferta “CLICK” MChJ (bundan buyon matnda O'zR Markaziy banki tomonidan berilgan 28/03/2020 sanasidagi №1 litsenziya asosida ish olib borayotgan “Servis operatori” deb yuritiladi) tomonidan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi 2-qismiga muvofiq CLICK savdo belgisi ostida masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish tizimi (bundan buyon matnda “CLICK tizimi” deb yuritiladi) doirasida “CLICK” MChJ Servisiga (bundan buyon matnda “Servis” deb yuritiladi) kirishni ro’yxatdan o’tkazish va ta’minlash bo’yicha xizmatlar ko’rsatish to’g’risida Shartnoma tuzish yuzasidan jismoniy shaxslarga yo’llangan rasmiy ommaviy taklif hisoblanadi.

1.2. Mazkur Ofertada qayd etilgan harakatlarni amalga oshirish jismoniy shaxsning mazkur Ofertada belgilangan shartlarda, tartibda va hajmda xizmatlar ko’rsatish to’g’risida Shartnoma tuzishga roziligining so’zsiz va muqarrar tasdig’i (aksepti) hisoblanadi.

2. ATAMALAR VATAVSIFLAR

2.1. Servis – mazkur Ofertaning 3-bo’limiga (Shartnoma predmeti) muvofiq “CLICK” MChJ tomonidan ko’rsatiladigan, mazkur Ofertaning 4-bo’limida belgilangan tartibda hamyon (a) ro’yxatdan o’tkazilishi, (b) balans to’ldirilishi va (v) foydalanilishi nazarda tutiladigan xizmat.

2.2. “CLICK” elektron hamyoni (bundan buyon matnda “elektron hamyon” yoki matn mazmuniga qarab “hamyon” deb yuritiladi) – Servisdan foydalanuvchining (a) elektron hamyon balansiga kiritilgan pul mablag’lari to’g’risidagi axborot saqlanishini, (b) Servisdan foydalanuvchining tegishli hisobga olish qaydnomasiga kirishini va (v) Servisdan foydalanuvchining To’lovlar/O’tkazmalarni amalga oshirish maqsadida Servisdan foydalanish imkoniyatini ta’minlaydigan hisobga olish qaydnomasi.

2.3. Elektron hamyon balansi, to’ldirilishi hisobiga shakllantiriladigan elektron hamyon balansi – Operatorning Servisdan foydalanuvchi oldidagi Servisdan foydalanuvchi Servisdan foydalanishni amalga oshirishga haqli bo’ladigan doiradagi majburiyatlari miqdori.

2.4. Servis ishtirokchisi – Servisdan foydalanuvchi, Servis operatori, Agent, Yetkazib beruvchi, Karta egasi, CLICKdan foydalanuvchi.

2.5. Servisdan foydalanuvchi/Foydalanuvchi - bir vaqtda CLICK tizimidan foydalanuvchi (tegishli shartnoma asosida CLICK tizimiga ulangan jismoniy shaxs), mazkur Oferta shartlarini akseptlash orqali Shartnoma tuzishga yo’naltirilgan harakatlarni amalga oshirgan, o’z Elektron hamyoniga kirish huquqiga ega va Servisdan foydalanish maqsadida o’z Elektron hamyoni to’ldirilishini amalga oshiradigan yuridik salohiyatli jismoniy shaxs.

2.6. CLICK tizimi – (a) O’zR banklariga to’lov kartalari egalariga hisobvaraqni masofadan turib boshqarish xizmatini, shu jumladan istalgan vaqtda va CLICK tizimining istalgan interfeysi orqali masofadan turib onlayn rejimida Yetkazib beruvchilarning Xizmatlari uchun haq to’lash imkoniyatini taqdim qilish imkonini beradigan, shuningdek (b) jismoniy shaxslarga Servisga ulanish imkonini beradigan apparat-dastur kompleksi.

2.7. CLICK tizimi interfeyslari (shuningdek, Servisga qo’llaniladi) – Servis kabi Foydalanuvchiga Tizim va/yoki Servis bilan o’zaro hamkorlik qilish imkonini beradigan CLICK tizimining vizual qismi. CLICK tizimi interfeyslari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

Foydalanuvchi uchun u yoxud bu Servis interfeysidan foydalanish imkoniyati bevosita Operator tomonidan belgilanadi.

2.8. Servis operatori (bundan buyon matnda “Operator” deb yuritiladi) – O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan To’lovlar/O’tkazmalar va Servisdan foydalanilgan holda boshqa operasiyalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan texnik-dasturiy va tashkiliy-huquqiy vositalar majmuiga ega “CLICK” MChJ.

2.9. Agent – O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq to’lovlarni qabul qilish bo’yicha vositachilik xizmatlarini taqdim qiladigan yuridik shaxs.

2.10.Yetkazib beruvchi – aholiga turli xil xizmatlarini taqdim qiladigan hamda jismoniy shaxslardan, shu jumladan Servisdan foydalanuvchilaridan sotiladigan tovarlar va ko’rsatiladigan xizmatlar uchun pul mablag’larini oladigan yuridik shaxs yoki yuridik shaxs filiali yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar.

2.11. To’lov kartasi/Karta – karta egasi tomonidan uning hisobvarag’idagi pul mablag’lari bilan operasiyalarni amalga oshirish uchun mo’ljallangan elektron to’lov vositasi bo’lgan naqd pulsiz hisob-kitoblar vositasi.

2.12. Xizmatlar – Yetkazib beruvchi tomonidan uning Abonenti/mijoziga tegishli shartnoma asosida ko’rsatiladigan tovarlar, ishlar, xizmatlar.

2.13. To’lov – Servisdan foydalanuvchi tomonidan o’z elektron hamyoni balansidan Yetkazib beruvchi oldidagi pul majburiyatlarini bajarish, shu jumladan Yetkazib beruvchi Xizmatlari uchun oldindan to’lovni amalga oshirish maqsadlarida Yetkazib beruvchi foydasiga to’lanadigan naqd pulsiz mablag’lar.

2.14. O’tkazma – bir Servisdan foydalanuvchi (Jo’natuvchi) elektron hamyoni balansidan Jo’natuvchi topshirig’i asosida boshqa Servisdan foydalanuvchi (Oluvchi) elektron hamyoni balansiga o’tkaziladigan pul mablag’lari to’g’risida axborot.

2.15. Autentifikasiya ma’lumotlari – Servisdan foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatda ko’rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq tug’ilgan sanasi hamda Servisdan foydalanish va Foydalanuvchining elektron hamyoni balansi doirasida operasiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladigan CLICKPIN-kod (bundan buyon matnda “CLICK-PIN” deb yuritiladi).

2.16. Shaxsiy ma’lumotlar – “CLICK” MChJ tomonidan elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchi vositada qayd etilgan muayyan yoki ular asosida belgilanadigan Servisdan foydalanuvchiga tegishli bo’lgan ma’lumotlar, aynan esa: Servisdan foydalanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi (agar qonun yoki milliy urf-odatlar asosida o’zgacha belgilanmagan bo’lsa), tug’ilgan sanasi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat rekvizitlari, abonentlik raqami, STIR, elektron hamyon raqami, shuningdek Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazishda Foydalanuvchi tomonidan kiritiladigan Autentifikasiya ma’lumotlari.

2.17. Shartnoma – Servisdan foydalanuvchi tomonidan akseptlangandan so’ng mazkur Ofertaning ajralmas qismi bo’lgan Ilovalar va Qo’shimchalarni o’z ichiga olgan mazkur Oferta matni.

2.18. Tariflar – Servisdan foydalanilganlik uchun Servis operatori mazkur Ofertaga 1-sonli Ilovada belgilangan miqdorda undirib olishga haqli bo’lgan, Servisning tegishli interfeyslarida joylashtiriladigan va ko’rsatiladigan tariflar/komissiyalar.

2.19. Elektron kvitansiya – Servisdan foydalanuvchining Elektron hamyon interfeysida joylashtiriladigan, Elektron hamyon balansini to’ldirish yoki Servisdan foydalanish maqsadida taqdim qilinadigan pul talabnomasi miqdorini aks ettiradigan, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan majburiy rekvizitlarni o’z ichiga oladigan elektron hujjat.

3. SHARTNOMA PREDMETI

3.1. Mazkur Shartnoma bo’yicha Servis operatori Yetkazib beruvchi Xizmatlarini to’lash va mazkur Shartnoma shartlariga muvofiq boshqa Servisdan foydalanuvchilarga O’tkazmalarni amalga oshirish maqsadlarida jismoniy shaxslarga elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish, elektron hamyon balansini kelgusi to’ldirish va CLICK tizimi orqali Servisdan foydalanish bo’yicha xizmat (Servis) taqdim qiladi.

3.2. Servis doirasida elektron hamyonlarni ro’yxatdan o’tkazgan Foydalanuvchilar identifikasiyalanmagan – “Light” va identifikasiyalangan – “Premium” maqomiga ega bo’ladilar.

Foydalanuvchi maqomiga qarab, Operator Servisdan foydalanish bo’yicha muayyan cheklanishlar qo’yadi.

4. SERVISNI TAQDIM QILISH TARTIBI

4.1. Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish va “Light” maqomini olish tartibi

4.1.1.Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish va Servisdan foydalanish uchun jismoniy shaxs yoki CLICKdan foydalanuvchi o’z mobil telefoni orqali yoki CLICK interfeyslaridan o’zgacha foydalanilgan holda quyidagilarni amalga oshiradi:

  • Servisga ulanadigan mobil telefoni raqamini kiritish/tanlash;
  • CLICK-PIN ni kiritish (yaratish) (ushbu jismoniy shaxs hozirda CLICKdan foydalanuvchi hisoblanmagan holatda);
  • “elektron hamyonni tuzish” yoki “elektron hamyonni qo’shish” bo’limiga yoki ma’no bo’yicha o’xshash boshqa bo’limga kirish;
  • talab qilinadigan Autentifikasiya ma’lumotlari – tug’ilgan sanani kiritish;
  • mazkur Oferta shartlariga rozi bo’lish.

Bunda Operator Autentifikasiya ma’lumotlarini kiritishga doir talablardan istalgan biri bajarilmagan holatda ro’yxatdan o’tkazishni rad qilishga haqlidir.

4.1.2. Mazkur Ofertaning 4.1.1-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish natijalari bo’yicha jismoniy shaxs identifikasiyalanmagan Servisdan foydalanuvchi (Light) maqomiga va CLICKdan foydalanuvchi maqomiga ega bo’ladi. Mazkur Shartnomaning 4.3-bandida belgilangan tartibda elektron hamyon balansi to’ldirilgandan keyingina Servisdan foydalanish mumkin bo’ladi.

4.2. Servisdan foydalanuvchi maqomini “Premium” maqomigacha oshirish tartibi

4.2.1. “Light” maqomini “Premium” maqomigacha oshirish va Servisdan foydalanish uchun jismoniy shaxs dastlab Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazishi va mazkur Shartnomaning 4.1-bandiga muvofiq Servisdan foydalanuvchi (Light) maqomini olishi kerak, shundan so’ng Servisdan foydalanuvchi quyidagilarni amalga oshirishi shart:

  • Operator ofisida tegishli Operator xodimiga Servisga ulangan mobil telefon raqamini, Elektron hamyon raqamini, Servisdan foydalanuvchi tomonidan “Light” hamyonini ro’yxatdan o’tkazishda kiritilgan tug’ilgan sanasini ma’lum qilish hamda Operator xodimiga Shaxsiy ma’lumotlarni solishtirish va Operatorning tegishli bazasiga kiritish uchun shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini (O’zR fuqarosining biometrik pasporti yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatni) taqdim qilish.
  • Tegishli Autentifikasiya ma’lumotlari tegishli Personalizasiya ma’lumotlariga to’g’ri kelgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat esa tegishli ravishda solishtirilgan holatda Operator xodimi Servisdan foydalanuvchi maqomini “Light” (identifikasiyalanmagan) maqomidan “Premium” (identifikasiyalangan) maqomiga o’zgartiradi.
  • Servisdan foydalanuvchi maqomi o’zgartirilganidan so’ng ushbu holat uning tegishli interfeysida aks ettiriladi.

Servisdan foydalanuvchi maqomini “Premium” maqomigacha oshirish imkoniyati Servis ishlash vaqtining u yoxud bu paytida bevosita Operator tomonidan belgilanadi.

4.3. Elektron hamyon balansini to’ldirish tartibi

4.3.1. Elektron hamyon balansini to’ldirish quyidagi tarzda amalga oshirilishi mumkin:

  • a) boshqa Servisdan foydalanuvchining elektron hamyoni balansidan pul mablag’larini O’tkazma qilish;
  • b) CLICK tizimi orqali karta egasi nomidan va uning topshirig’i bo’yicha Kartadan pul mablag’larini to’ldirish;
  • c) CLICK tizimi orqali qo’shma aksiyalar doirasida pul mablag’larini to’ldirish;
  • d) O’zR qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa usullar orqali amalga oshirilishi mumkin.

Elektron hamyon balansini to’ldirish imkoniyati yuqorida qayd etilgan u yoxud bu usulda bevosita Operator tomonidan belgilanadi.

4.3.2. Mazkur kichik bo’lim doirasida Servisdan foydalanuvchining elektron hamyoni balansini to’ldirish tegishli pul mablag’lari summasini Servis operatorining hisobvarag’iga o’tkazish va mazkur pul mablag’lari to’g’risidagi axborotni Servisdan foydalanuvchining elektron hamyoni balansidagi hisobga olish qaydnomasida aks ettirish orqali amalga oshiriladi.

Bunda pul mablag’lari talabnomasi summasi Servisdan foydalanuvchining elektron hamyoni balansida foydalanish mumkin bo’lgan summa to’g’risida axborot aks ettirilgan paytdan e’tiboran Servisdan foydalanish uchun mumkin hisoblanadi.

4.4. Servisdan foydalanish tartibi

4.4.1. Mazkur Oferta shartlarida Shartnoma tuzilgan va elektron hamyon balansi to’ldirilgan paytdan e’tiboran Servis operatori Servisdan foydalanuvchi oldida elektron hamyon balansida aks ettirilgan O’zR so’mida nominal qiymatiga muvofiq mablag’lar, shuningdek Servisdan foydalanuvchiga Servis doirasida joiz xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha so’zsiz va muqarrar pul majburiyatini o’ziga qabul qiladi.

4.4.2. Servis doirasida joiz xizmatlarni tegishli ravishda ko’rsatish uchun Servis operatori Servisdan foydalanuvchi tomonidan oldindan kiritilgan elektron hamyon balansini to’ldirish to’g’risida barcha pul talabnomalari summasi miqdoridagi barcha pul mablag’larini, Servis operatoriga/Agentga tariflarga muvofiq tegishli vositachilik haqi (komissiya) chegirib qolingan holda (bunday chegirma olinadigan holatda), elektron hamyon balansida aks ettirish majburiyatini oladi.

Bunda Agent To’lov amalga oshirilganligi uchun vositachilik haqini (komissiyani) (bundan buyon matnda “Agent komissiyasi” deb yuritiladi) chegirib qolishga haqlidir. Mazkur Shartnomani tuzish shartlari va tartibini Agent mustaqil ravishda belgilaydi.

4.4.3. Servisdan foydalanuvchida yuzaga keladigan huquq va talablar Shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran Servisdan foydalanuvchi tomonidan uchinchi shaxslarga o’tkazilishi mumkin emas.

4.4.4. Servisdan foydalanuvchining Operatorga Servisdan foydalanish doirasida yuzaga keladigan barcha talablarining so’ndirilishi Servisdan foydalanuvchining Yetkazib beruvchi Xizmatlari uchun To’lovlarni amalga oshirish to’g’risida Elektron topshiriqnomasi yoki boshqa Servisdan foydalanuvchiga O’tkazma asosida Shartnomaning amal qilish muddati davomida istalgan paytda yuz beradi, u quyidagi operasiyalarni amalga oshirish uchun topshiriqnomani o’z ichiga oladi:

  • Servis operatoriga To’lovlar/O’tkazmalar amalga oshirilishi bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatilganligi uchun tegishli komissiya to’lovi (mazkur Ofertaga 1-sonli Ilovaga muvofiq bunday to’lov amalga oshirilgan holatda);
  • Yetkazib beruvchi/boshqa Servisdan foydalanuvchining foydasiga To’lovlar/O’tkazmalarning Foydalanuvchi tomonidan tegishli Servis interfeysi orqali ko’rsatilgan rekvizitlarga muvofiq amalga oshirilishi.

Servisdan foydalanuvchi tomonidan Servis operatoriga qo’yiladigan talabnomalar umumiy summasi barcha tegishli komissiyalar hisobga olingan holda elektron hamyon balansidagi joiz qoldiqdan yuqori bo’lishi mumkin emas.

Servisdan foydalanuvchining mazkur band doirasida berilgan har qanday Topshiriqnomasi CLICK tizimi qoidalariga muvofiqlikda amalga oshiriladi.

4.4.5. Servisdan foydalanuvchi tegishli Servis interfeysi orqali To’lovlar/O’tkazmalarni amalga oshirish to’g’risidagi Topshiriqnomada qayd etilgan axborotning to’g’riligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo’ladi va To’lovlar/O’tkazmalarni amalga oshirish to’g’risidagi Topshiriqnomada ma’lumotlar xato ko’rsatilgan holatda, Servis operatori tomonidan Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari tegishlicha bajarilmaganligi tufayli biron-bir shikoyat qilishga haqli emas. Tegishli ma’lumotlar noto’g’ri ko’rsatilgan holatda, To’lov/O’tkazma tashabbuschisi hisobidan chegirib qolingan mablag’lar qaytarilmaydi.

4.4.6. To’lovlar/O’tkazmalarni amalga oshirish to’g’risidagi Topshiriqnoma Servisdan foydalanuvchi tomonidan rasmiylashtiriladi hamda Operatorning dasturiy-texnik vositalaridan va CLICK tizimidan foydalanilgan holda tegishli Servis interfeysi orqali yuboriladi.

4.4.7. Servisdan foydalanuvchi tomonidan To’lov/O’tkazma amalga oshirilishida Operatorning Servisdan foydalanuvchi oldidagi majburiyatlari Servisdan foydalanuvchining elektron hamyoni balansidan pul mablag’larining Yetkazib beruvchi/boshqa Servisdan foydalanuvchi foydasiga chegirma qilinganligi to’g’risida axborot olingan paytdan e’tiboran to’liq hajmda bajarilgan hisoblanadi.

4.5. Servisdan foydalanishga doir cheklanishlar

4.5.1. Identifikasiyalanmagan Foydalanuvchilar (Light) Servisdan foydalanishga doir cheklanishlarga ega bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • a) elektron hamyon balansi to’ldirilishlari umumiy summasi, barcha tegishli komissiyalar hisobga olingan holda, elektron hamyonning 30 kalendar kuni davomida 5 BHMdan (1 225 000 so'm, 1 BHM = 245 000 so'm) oshib ketmasligi kerak;
  • b) elektron hamyon balansi qoldig’ining umumiy summasi istalgan vaqt paytida 5 BHMdan (1 225 000 so'm, 1 BHM = 245 000 so'm) oshib ketmasligi kerak.

4.5.2. “Premium” maqomiga ega identifikasiyalangan Foydalanuvchilar Servisdan foydalanishga doir hech qanday cheklanishlarga ega emaslar, mazkur Shartnoma yoki tegishli qo’llaniladigan qonun hujjatlarida belgilangan cheklanishlar bundan mustasno.

4.5.3. Foydalanuvchi 3 (uch) yildan ko’proq muddat davomida Servisdan foydalanmagan (elektron hamyon balansini to’ldirish bilan bog’liq hech qanday operasiyalarni amalga oshirmagan) holatda, Servis tiklanish imkoniyatisiz avtomatik ravishda blokirovka qilinadi.

4.6. Elektron hamyonni yopish (blokirovka qilish) va tiklash tartibi

4.6.1. Elektron hamyon quyidagi holatlarda yopilishi (blokirovka qilinishi) mumkin:

  • a) Foydalanuvchining tashabbusiga ko’ra tegishli Servis interfeysi bo’limi orqali, Servis doirasida Operator xizmatlaridan foydalanish rad qilingan holatda;
  • b) Foydalanuvchining tashabbusiga ko’ra Operatorning Koll-markaziga murojaat qilish orqali, elektron hamyon ulangan abonentlik raqamiga kirish huquqi yo’qotilgan holatda;
  • c) Operator tashabbusiga ko’ra mazkur Shartnomaning 5.2.2-bandiga muvofiq;
  • d) agar Foydalanuvchi 3 (uch) yildan ko’proq muddat davomida Servisdan foydalanmagan (elektron hamyon balansini to’ldirish, To’lovlar yoki O’tkazmalar va/yoki pul mablag’larini so’ndirish (qaytarish) bilan bog’liq hech qanday operasiyalarni amalga oshirmagan) bo’lsa, tiklanish imkoniyatisiz avtomatik ravishda;
  • e) Foydalanuvchining tashabbusiga ko’ra tegishli Servis interfeysi bo’limi orqali (CLICK-PIN bekor qilinishi), Foydalanuvchi CLICK-PIN raqamini unutib qo’ygan holatda.

4.6.2. Servisdan foydalanish rad etilganligi sababli 4.6.1(a)-bandiga muvofiq bevosita Foydalanuvchining tashabbusiga ko’ra elektron hamyon yopilgan holatda, Foydalanuvchining elektron hamyoni balansida hisobga olingan pul majburiyatlari qoldiq summasi elektron hamyonni yopish paytida nolga teng qilinishi kerak. Pul majburiyatlari qoldig’i holatida uch yildan ko’p bo’lmagan muddatga ishlatilmaydi.

4.6.3. Elektron hamyon ulangan abonentlik raqamiga kirish huquqi yo’qotilishi oqibatida Operatorning Koll-markaziga murojaat qilish orqali 4.6.1(b)-bandiga muvofiq bevosita Foydalanuvchining tashabbusiga ko’ra elektron hamyon yopilgan holatda, Foydalanuvchi elektron hamyonni tiklash uchun Koll-markaziga murojaat qilishi kerak.

Foydalanuvchining elektron hamyoni balansida blokirovka qilingan paytda hisobga olingan pul majburiyatlari qoldiq summasi elektron hamyon tiklanadigan paytgacha, biroq blokirovka qilingan paytdan e’tiboran uch yildan ko’p bo’lmagan muddatga ishlatilmaydi.

4.6.4. Operator o’z tashabbusiga ko’ra mazkur Shartnomaning 4.6.1(s)-bandiga muvofiq Servis Foydalanuvchining elektron hamyonini blokirovka qilgan holatda, mazkur Shartnomaning 5.2.2-bandiga muvofiq, Operator elektron hamyon blokirovka qilganligi sababi aniqlangandan so’ng uni mustaqil ravishda tiklaydi.

4.6.5. Mazkur Shartnomaning 4.6.1(d)-bandiga muvofiq 3 (uch) yildan ko’proq muddat davomida Servisdan foydalanilmaganligi tufayli elektron hamyon avtomatik ravishda blokirovka qilingan holatda, elektron hamyon tiklanmaydi, bunday avtomatik ravishda blokirovka qilingan paytda Foydalanuvchining elektron hamyoni balansida hisobga olingan pul majburiyatlari qoldiq summasi esa Operator daromadi hisoblanadi va qaytarilmaydi.

4.6.6. Foydalanuvchi CLICK-PIN raqamini unutib qo’yganda 4.6.1(e)-bandga muvofiq bevosita Foydalanuvchining tashabbusiga ko’ra elektron hamyon yopilgan holatda, Foydalanuvchi elektron hamyonni tiklash uchun:

  • o’z abonentlik raqamidan CLICK interfeyslaridan istalgan birining tegishli bo’limiga (“Elektron hamyonni faollashtirish” yoki ma’no bo’yicha o’xshash boshqa bo’limga) kiradi;
  • elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazishda kiritilgan tug’ilgan sanasini kiritadi.

5. TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

5.1. Operator quyidagi majburiyatlarni oladi:

5.1.1. Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish, balansini to’ldirish va elektron hamyon balansidagi mazkur pul mablag’lari to’g’risidagi axborotni aks ettirish, Servisdan foydalanuvchining Yetkazib beruvchilar Xizmatlari va boshqa Servisdan foydalanuvchilarga O’tkazmalar uchun To’lovlarni amalga oshirish to’g’risidagi topshiriqnomasini bajarish, shuningdek mazkur Shartnomaning 4-bo’limida belgilangan tartibda va unda qayd etilgan cheklanishlar hisobga olingan holda Servis taqdim etish bo’yicha boshqa harakatlarni amalga oshirish.

5.2. Operator quyidagilarga haqli:

5.2.1. Servisdan foydalanuvchiga Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazishni va (yoki) Servis doirasida operasiyalarni amalga oshirishni rad etish, agar bunday harakat va/yoki harakatsizlik Operator tomonidan O’zR qonun hujjatlari va/yoki mazkur Shartnoma shartlari buzilishlariga olib kelsa.

5.2.2. Servisdan foydalanuvchi tomonidan mazkur Oferta shartlari va/yoki amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan va/yoki Servisdan foydalanuvchi biron-bir tarzda firibgarlik operasiyalariga va/yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni qonunlashtirish va terrorizmni mablag’ bilan ta’minlash operasiyalariga jalb etilganligiga shubha qilingan holatda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, Operator vaziyatlar oydinlashtirilgunga qadar bir tomonlama tartibda Servisni va Foydalanuvchining Elektron hamyonidan foydalanishni vaqtincha blokirovka qilishga yoki istalgan vaqtda Operatorga har qanday ma’lum bo’lgan Servisdan foydalanuvchining manzili va/yoki tegishli Servis interfeysi bo’yicha taalluqli bildirish xati yuborish orqali Shartnomani bekor qilishga haqlidir.

Servis blokirovka qilingan yoki Shartnoma bekor qilingan paytda Servisdan foydalanuvchining elektron hamyoni balansida hisobga olingan pul majburiyatlari qoldiq summasi bunday Servis blokirovka qilinishi yoki Shartnoma bekor qilinishiga sabab bo’lgan vaziyatlar oydinlashtirilgunga qadar Foydalanuvchi uchun yopiq bo’lib qoladi, shundan so’ng O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq Foydalanuvchiga qaytariladi.

5.3. Servisdan foydalanuvchi quyidagi majburiyatlarni oladi:

5.3.1. Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish uchun mazkur Shartnomaning 4.1. – 4.2-kichik bo’limlarida nazarda tutilgan barcha kerakli harakatlarni amalga oshirish.

5.3.2. Servisdan foydalanish uchun yetarli summada elektron hamyon balansini to’ldirish doirasida va mazkur Shartnomaning 4.3-kichik bo’limida belgilangan tartibda pul mablag’lari kiritilishini (o’tkazma qilinishini) ta’minlash.

5.3.3. Servisdan mazkur Shartnomaning 4.4-kichik bo’limida belgilangan tartibda foydalanish.

5.3.4. Operator tomonidan tegishli Servis interfeyslarida e’lon qilinadigan Servisdan foydalanuvchilar uchun xabarlarni kuzatib borish. Ushbu xabarlardagi talablarga rioya qilish.

5.3.5. O’z shaxsiy va/yoki autetifikasiya ma’lumotlarini yoxud Servisdan foydalanish imkoniyatini beradigan shaxsiy ma’lumotlarni va/yoki boshqa rekvizitlar va ma’lumotlarni (bundan buyon matnda “Servisga kirish uchun rekvizitlar” deb yuritiladi) uchinchi shaxslarga bermaslik.

5.3.6. Uchinchi shaxslar tomonidan Servisga kirish uchun rekvizitlar noqonuniy egallab olinishini va ulardan foydalanishni istisno qiladigan kerakli tashkiliy-texnik choralar ko’rish.

5.3.7. Uchinchi shaxslar tomonidan Servisga kirish uchun rekvizitlardan noqonuniy foydalanishga tegishli faktlar yoki shubhalar to’g’risida, shuningdek Servisga ulangan mobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati yo’qotilgan (yo’qotilgan, o’g’irlangan yoki o’zgacha usulda yo’qotilgan) holatlar to’g’risida Operatorni darhol xabardor qilish.

5.3.8. Servis orqali noqonuniy moliyaviy operasiyalarni, noqonuniy savdo-sotiqni, jinoiy yo’l bilan olingan daromadlarni qonunlashtirish yoki terrorizmni mablag’ bilan ta’minlashga qaratilgan operasiyalarni, qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa harakatlarni amalga oshirmaslik.

5.3.9. Servisdan muntazam ravishda foyda olish yoxud daromadni yashirishga qaratilgan operasiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmaslik.

5.4. Servisdan foydalanuvchi quyidagilarga haqli:

5.4.1. Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazish, elektron hamyon balansini to’ldirish, Servisdan mazkur Shartnoma doirasida va tartibida hamda O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va Servis faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga muvofiq o’z ixtiyoriga ko’ra miqdorda, biroq mazkur Shartnoma va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan cheklanishlar hisobga olingan holda foydalanish.

5.4.2. Mazkur Shartnomada belgilangan tartibda Operatorga so’ndirish uchun elektron hamyon balansida aks ettirilgan pul majburiyatlarini taqdim qilish.

6. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

6.1. Taraflar mazkur Shartnoma doirasida o’z vazifalari bajarilmaganligi uchun javobgar bo’ladi.

6.2. Foydalanuvchi To’lovlar/O’tkazmalarni amalga oshirish uchun kerakli rekvizitlar ko’rsatilishi, to’lov bo’yicha topshiriqnoma rasmiylashtirilishi to’g’ri amalga oshirilganligi uchun to’liq va muqarrar javobgar bo’ladi.

6.3. Foydalanuvchining xohish-istagini o’z ichiga olgan to’lov bo’yicha topshiriqnoma Tizim operatori tomonidan Foydalanuvchidan Servisga ulangan mobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza olingan paytgacha Foydalanuvchidan olingan hisoblanadi.

6.4. Servisga ulangan mobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati yo’qotilgan holatda, Operator tomonidan Foydalanuvchidan Servisga ulangan mobil telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza olingan paytgacha Foydalanuvchi Operatorga Servisdan foydalanib amalga oshirilgan To’lovlar/O’tkazmalarni qaytarish to’g’risida talabnoma taqdim qilishga haqli emas.

6.5. Foydalanuvchi uchinchi shaxslarning Foydalanuvchi nomidan Servisga ulangan mobil telefon raqamlari orqali, shuningdek mobil qurilmada o’rnatilgan ilovalar va dasturlar yordamida yoxud uning autentifikasiya va/yoki shaxsiy ma’lumotlari yordamida amalga oshirilgan har qanday harakatlari uchun javobgar bo’ladi va zararlarni qoplaydi.

6.6. Foydalanuvchida Servisga ulangan mobil (abonentlik) telefon raqamlaridan foydalanish imkoniyati yo’qotilgan, o’g’irlangan yoki boshqa holatlarda, Foydalanuvchi Operator tomonidan Foydalanuvchidan 5.3.7-bandga muvofiq ushbu raqamdan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza olinadigan paytgacha uchinchi shaxslar tomonidan Servisdan foydalanish bilan bog’liq uchinchi shaxslarning har qanday harakatlari uchun javobgar bo’ladi va zararlarni qoplaydi.

6.7. Operator Foydalanuvchi oldida texnik platformalar va transport tarmoqlari yoki aloqa tarmoqlari ishidagi Operator aybi bo’lmagan kechikishlar va uzilishlar uchun javobgar bo’lmaydi.

6.8. Operator Foydalanuvchi tomonidan o’z autentifikasiya va/yoki shaxsiy ma’lumotlari oshkor qilinganligi tufayli Foydalanuvchi tomonidan yetkazilgan har qanday turdagi zarar uchun javobgar bo’lmaydi.

6.9. Operator Yetkazib beruvchilar tomonidan Foydalanuvchiga ko’rsatiladigan tovarlar, ishlar, xizmatlar uchun javobgar bo’lmaydi.

6.10. Foydalanuvchi Servisda uning tomonidan amalga oshiriladigan barcha operasiyalar uchun javobgar bo’ladi.

6.11. Operator Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari to’liq yoki qisman bajarilmaganligi texnogen xususiyatga ega yengib bo’lmas kuch vaziyatlari, aynan esa: Servis faoliyati uchun ishlatiladigan kuchli tok uzatiladigan elektr yoki kompyuter tarmoqlarida yoki boshqa elektr aloqa tizimlaridagi avariya (ishdagi to’xtalish) oqibatida, xuddi shunday uchinchi shaxslarning Servis faoliyatini buzishga qaratilgan qasddan qonunga xilof harakatlari natijasida yuz bergan bo’lsa, bunday o’z majburiyatlari bajarilmaganligi yoki tegishlicha bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan butunlay ozod qilinadi.

6.12. Operator boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadigan aloqa liniyalari ish sifati va unga tegishli bo’lmagan boshqa uskunalar, shu jumladan boshqa tashkilotlarga tegishli ma’lumotlarni uzatish tranzit tarmoq uzellarining ish qobiliyati uchun javobgar bo’lmaydi.

6.13. Operator Foydalanuvchilarga Yetkazib beruvchilardan xarid qilinadigan Xizmatlar ko’rsatilishi jarayonida va u bilan bog’liq yuzaga keladigan bunday Yetkazib beruvchilar majburiyatlari bo’yicha Foydalanuvchilar oldida javobgar bo’lmaydi.

7. MAXFIYLIK

7.1. Foydalanuvchi Servisga kirish uchun o’z Rekvizitlari maxfiyligi saqlanishi va tarqatilmasligi uchun javobgar bo’ladi hamda ushbu ma’lumotlardan uchinchi shaxslar foydalanilmasligini ta’minlashga doir Foydalanuvchining e’tiborsiz harakatlarini, uchinchi shaxslar tomonidan jinoiy tajovuzlarni, zararli dasturlar harakatlari va kompyuter viruslari hujumlarini hamda boshqa qonunga xilof harakatlarni istisno qilishga qaratilgan choralar ko’radi.

7.2. Foydalanuvchi Operatorga Servis faoliyatini ta’minlash, yo’riqnomalarni bajarish, qo’shimcha servislarni taqdim qilish maqsadlarida va boshqa kerakli holatlarda CLICK tizimi huquqiy egasiga, shuningdek Servisning boshqa ishtirokchilariga har qanday rekvizitlar, operasiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni, shuningdek boshqa axborotni uzatish huquqini beradi.

8. FORS-MAJOR

8.1. Taraflar fors-major vaziyatlari yuz bergan holatda, ularning amal qilish muddati davomida mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari bajarilmaganligi yoki tegishlicha bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Fors-major vaziyatlari ta’siriga uchragan Taraf boshqa Tarafni yuz bergan vaziyat to’g’risida ushbu vaziyat yuz bergan kundan e’tiboran 10 (o’n) kalendar kunidan kechiktirilmagan holda xabardor qiladi. Bunda, fors-major vaziyatlari ta’siriga uchragan Taraf mazkur Shartnoma ijrosi uchun unga bog’liq barcha harakatlarni amalga oshiradi.

8.2. Quyidagilar fors-major vaziyatlari hisoblanadi: tabiiy ofatlar, yong’in, harbiy holat, davlatning taqiqlovchi choralari va tegishli davlat organlari tomonidan fors-major vaziyatlari deb e’tirof etilgan boshqa vaziyatlar, shuningdek Operatorga bog’liq bo’lmagan sabablarga ko’ra, Operatorda elektr energiya, Internet, O’zR MB (GSI) banklararo tarmog’idan foydalanish imkoniyati mavjud bo’lmagan holatlar.

8.3. Shartnomaning kelgusi ijrosi mumkin bo’lmasligi aniq bo’lgan holatda, Taraflar mazkur Shartnomani bekor qilishga haqlidir.

9. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI

9.1. Shartnoma Ommaviy oferta jismoniy shaxs tomonidan akseptlangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Taraflar Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlarini to’liq bajargungacha amal qiladi.

9.2. Shartnoma Foydalanuvchi yoki Operator tomonidan mazkur Shartnomada qayd etilgan shartlarga muvofiq bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.

10. YAKUNIY QOIDALAR

10.1. Shartnoma bilan hal qilinmagan barcha masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

10.2. Operator Foydalanuvchilardan olgan axborotni sir saqlash va uchinchi shaxslarga oshkor qilmaslik majburiyatini oladi, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.

10.3. Operator Ofertaga o’zgartishlar kiritish huquqini o’zida saqlab qoladi. Agar kiritilayotgan o’zgartishlarda o’zgacha nazarda tutilmagan bo’lsa, o’zgartishlar e’lon qilingandan so’ng darhol kuchga kiradi.

Tariflar

Operasiyalar Vositachilik haqi (komissiya) miqdori, %
CLICK tizimi interfeyslari orqali CLICK-hamyonni to’ldirish 0%
CLICK-hamyondan CLICK-hamyonga o’tkazma 0%