Mablag'ingiz o'g'irlandimi —
Click qaytaradi

Muhim!
Click himoyasi
Xulosa va yechim
10
ish kunida
kafolatlangan
«Xavfsizlik — bu va'da emas, majburiyat. Biz har bir foydalanuvchi o'zini xotirjam his qilishini va qiyin vaziyatda yolg'iz emaslgini his qilishini istaymiz»
Ulug'bek Rustamov
Ulug'bek Rustamov
Click bosh direktori va hammuassisi
KAFOLAT SHARTLARI

Tushunarli pul qaytarish shartlari

Click o'z platformasi xavfsizligi va mablag'laringiz himoyasi uchun javobgarlikni o'z zimmasiga oladi.

Identifikatsiyadan o'ting
Faqat identifikatsiyadan o'tgan foydalanuvchilarning arizalari qabul qilinadi.
QAYTARISH LIMITI · 1 TA MUROJAAT
100 000 000so'm
Bitta murojaat bo'yicha yuz million so'mgacha bo'lgan zararni qoplaymiz. Limitdan yuqori summalar alohida ko'rib chiqiladi.
ARIZA TOPSHIRISH MUDDATI
5kun
bahsli o'tkazma amalga oshirilgan paytdan boshlab
Murojaatlar soni
2ta murojaat
bitta akkaunt uchun 12 oylik sirpanuvchi davr ichida
Ko'rib chiqish muddati
10ish kuni
Arizani ro'yxatdan o'tkazishdan to yakuniy qarorgacha.
To'lov muddati
30ish kuni
Apellyatsiya
14kun.
Rad etish bo'yicha yozma asosni olganingizdan keyin 14 kun ichida qarorga e'tiroz berishingiz mumkin
Barcha materiallar majburiy tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.
Istisnolar

Kafolat amal qilmaydigan holatlar

quyidagi hollarda

01

Foydalanuvchi firibgarlik sxemasini shaxsan tashkil qilgan yoki unda ishtirok etgan bo'lsa.

02

Foydalanuvchi pul o'tkazmasini ixtiyoriy va ongli ravishda amalga oshirgan bo'lsa.

03

Foydalanuvchi hodisa yuz berishidan oldin belgilangan tartibda identifikatsiya va verifikatsiyadan o'tmagan bo'lsa.

04

Tranzaksiya Click platformasidan foydalanish shartlarini buzgan holda amalga oshirilgan. Foydalanuvchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini yetarli darajada himoya qilmagan.

05

Foydalanuvchi qurilmasiga noma'lum manbalardan zararli yoki ishonchsiz ilovalar o'rnatilgan bo'lgan (APK).

06

Foydalanuvchi faol ilova o'rnatilgan qurilmasini boshqa shaxsga bergan.

07

Bahsli tranzaksiya amalga oshirilgan paytdan boshlab 5 kalendar kundan ortiq vaqt o'tgan.

08

Tranzaksiya summasi 100 000 000 so'mlik limitdan oshadi — bunday arizalar faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so'rovidan keyin ko'rib chiqiladi.

Ko'p beriladigan savollar

Bilish kerak bo'lgan hamma narsa.

12 oylik «sirpanuvchi davr» qanday hisoblanadi?
12 oylik davr 1-yanvardan emas, avvalgi tasdiqlangan qaytarish sanasidan boshlab hisoblanadi. Masalan: agar qaytarish 2026-yil 15-mart kuni tasdiqlangan bo'lsa, keyingi ariza 2027-yil 16-martdan oldin topshirilishi mumkin emas.
Kod firibgarlarga mustaqil ravishda berilgan bo'lsachi?
Aynan shunday holatlardagi zararlar qoplanadi. Gap foydalanuvchi chalg'itilib, OTP-kod yoki boshqa ma'lumotlarni bergan vaziyatlar haqida ketmoqda. Bu foydalanuvchini mablag'ni qaytarish huquqidan mahrum qilmaydi.
Ilovaga kirish imkoniyati yo'qolgan bo'lsa, arizani qanday topshirish mumkin?
Akkauntga kirish imkoniyati yo'qolgan bo'lsa, arizani @clickuz rasmiy Telegram-botimiz orqali yuborishingiz mumkin.
Rad etish qaroriga e'tiroz bildirish mumkinmi?
Ha. Yozma asosni olgan paytingizdan boshlab 14 kun ichida apellyatsiya topshirishingiz mumkin. Murojaat yuridik bo'lim ishtirokida qayta ko'rib chiqiladi.
Firibgarning akkaunti bilan nima bo'ladi?
Akkaunt darhol bloklanadi. Materiallar O'zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshiriladi. Click bunday holatlar qonuniy choralar ko'rilishigacha yetkazilishida ishtirok etadi.

Shubhali operatsiyani sezdingizmi? Darhol xabar bering.

Qanchalik tez murojaat qilsangiz, muammoni hal qilish ehtimoli shunchalik yuqori bo'ladi. Birinchi qadam — ariza topshirish yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga qo'ng'iroq qilish.