Ommaviy oferta

 

OMMAVIY OFERTA

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

Mazkur Ommaviy oferta (bundan buyon matnda – «Oferta») O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli lisenziyasiga ega, to’lov xizmatlarini ko’rsatishga, shu jumladan elektron pullardan foydalangan holda to’lovlarni qabul qilish va ishlov berish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi Qonuniga zid bo’lmagan boshqa xizmatlarni ko’rsatishga haqli bo’lgan «CLICK» AJ To’lov tashkiloti (bundan buyon matnda ma’nosiga qarab – «Servis Operatori» yoki «Operator»)ning Click™ savdo markasi ostida to'lov xizmatlari Servisi (bundan buyon matnda ma’nosiga qarab – «Click™ servisi» yoki «Servis»)ni taqdim qilish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish to’g’risida Shartnoma tuzish yuzasidan jismoniy shaxslarga yo’llangan rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.

Ofertada qayd etilgan harakatlarni amalga oshirish jismoniy shaxsning Ofertada belgilangan shartlarda, tartibda va hajmda xizmatlar ko’rsatish to’g’risida Shartnoma (bundan buyon matnda – «Shartnoma») tuzishga roziligi (aksepti)ning so’zsiz va muqarrar tasdig’i hisoblanadi.

 

  1. ATAMALAR VA TA’RIFLAR
    • Mazkur Oferta maqsadlarida quyida keltirilgan atamalardan quyidagi ma’nolarda foydalaniladi:

Click™ servisi / Servis – «CLICK» Aksiyadorlik jamiyati yagona huquqiy egasi hisoblangan, O’zbekiston Respublikasi banklariga hisobvaraqlarni masofaviy boshqarish xizmatini taqdim qilish, Servis foydalanuvchilariga esa, shu jumladan Yetkazib beruvchilar xizmatlari uchun to’lash, boshqa Kartalarga o’tkazmalarni amalga oshirish va masofaviy onlayn rejimida har qanday vaqtda va Servisning har qanday interfeysidan Servis funksionali doirasida foydalanish mumkin bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkonini beradigan dasturiy mahsulot. Servis interfeyslari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Mobil interfeys (https://m.click.uz);
  • Veb-interfeys (https://my.click.uz);
  • IOS va Android platformalari uchun foydalanish mumkin bo’lgan click™ CLICK UP mobil ilovasi;
  • IOS va Android platformalari uchun foydalanish mumkin bo’lgan click™ START mobil ilovasi;
  • USSD/SMS-portallari;
  • Telegram-bot (@clickuz – https://t.me/clickuz);
  • Click™ servisi funksionali doirasida foydalanish mumkin bo’lgan boshqa interfeyslar.

Servis foydalanuvchisi / Foydalanuvchi – O’zbekiston Respublikasi bank(lar)i mijozi hisoblangan (bank bilan tegishli shartnoma asosida yoki mazkur Shartnoma asosida Click™ servisiga ulangan karta egasi hisoblangan jismoniy shaxs), Oferta shartlarini akseptlash orqali Shartnoma tuzishga yo’naltirilgan harakatlarni amalga oshirgan muomala layoqatiga ega jismoniy shaxs.

Servis operatori / Operator – Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanib To’lovlar / O’tkazmalar va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa operasiyalarni amalga oshirilishida o’zaro texnik va axborot hamkorlikni ta’minlaydigan umumiy dasturiy-texnik va tashkiliy-huquqiy vositalar egasi hisoblangan «CLICK» AJ.

Yetkazib beruvchi – tegishli bank bilan shartnomaga ega, har xil turdagi realizatsiya qilingan tovarlar, ko’rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar uchun jismoniy shaxslar, shu jumladan Servis foydalanuvchilarining pul mablag’larini qabul qiluvchi yuridik shaxs/yuridik shaxs filiali, yakka tartibdagi tadbirkor yoxud o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar .

To’lov kartasi / Bank kartasi / Karta – karta egasi tomonidan uning hisobvarag’idagi pul mablag’lari bilan operasiyalar amalga oshirilishi uchun mo’ljallangan elektron to’lov vositasi hisoblangan naqd pulsiz hisob-kitoblar vositasi.

Xizmatlar – Yetkazib beruvchi tomonidan shartnoma asosida o’z abonentiga / mijoziga / xaridorga tegishli ravishda realizasiya qilinadigan, ko’rsatiladigan, bajariladigan tovarlar, xizmatlar, ishlar.

To’lov – Servis foydalanuvchisi tomonidan Yetkazib beruvchi oldidagi pul majburiyatlarini bajarish maqsadida Yetkazib beruvchi foydasiga to’lanadigan naqd pulsiz pul mablag’lari, shu jumladan Yetkazib beruvchi xizmatlari uchun oldindan to’lov.

O’tkazma – Servis foydalanuvchisi topshirig’iga asosan bir Bank hisobvarag’idan boshqa Bank hisobvarag’iga o’tkaziladigan naqd pulsiz pul mablag’lari.

Click™ PIN – Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisida tashkil qilinadigan va foydalaniladigan, Servis interfeyslaridan foydalanish huquqini olish (avtorizasiyalash) va (yoki) Servis doirasida operasiyalar amalga oshirilganligini tasdiqlash uchun kerakli shaxsiy identifikasiyalash kodi (paroli).

Karta egasi – nomiga Karta chiqarilgan O’zbekiston Respublikasi bank(lar)i mijozi - jismoniy shaxs yoki O’zbekiston Respublikasi banki bilan mijoz shartnomasi asosida ushbu Kartadan foydalanishga mijoz tomonidan vakolat berilgan shaxs.

«To’lovlar monitoringi» xizmati – Operatorning axborot-texnologik yechimlari majmui bo’lib, ular yordamida Foydalanuvchi Karta yordamida amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar to’g’risida ma’lumotlar olishi, chiqim / kirim statistikasini ko’rib chiqishi, shuningdek Click™ servisi funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

«Elektron kvitansiya» xizmati – Foydalanuvchiga Ofertaning 5.2-bo’limiga asosan ushbu Xizmatlar doirasida foydalanish mumkin bo’lgan Yetkazib beruvchilar foydasiga To’lovlar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi qog’oz versiyasidagi kvitansiyalar yetkazib berilishini “buyurtma qilish” imkonini beradigan Operatorning axborot-texnologik yechimlari majmui.

«SMS-xabarnoma» xizmati – Kartalar egalariga o’z mobil telefon raqamlariga Karta orqali amalga oshirilgan operasiyalar, shu jumladan Click™ servisi orqali amalga oshirilgan operasiyalar to’g’risida SMS-xabarnomalar olish imkonini beradigan Yagona umumrespublika protsessing markazi xizmati. Ushbu xizmat ixtisoslashgan axborot kioskalari (bank terminallari) orqali yoki bank bo’linmalari orqali Yagona umumrespublika protsessing markazining tegishli ofertasida belgilangan shartlarda va tartibda Karta egasining mobil telefon raqamiga Kartani biriktirish (Karta to’g’risida ma’lumotlarni kiritish) asosida ulanadi.

«Click premium» xizmati – bir necha servislarni paket taklifga birlashtiradigan yoxud bir yoki bir necha servislar bo’yicha joriy xizmat ko’rsatish shart-sharoitlarini yaxshilangan tarzda taqdim etuvchi mahsulot bo’lib, uning uchun to’lov mijozdan akseptsiz rekurrent to’lovlar bilan chegirib olinadi.

«Click™ Boom» xizmati – Bluetooth ma’lumotlarini simsiz uzatish vositasi orqali foydalanuvchi bilan yaqin masofada turgan Click™ servisi mijozlariga pul mablag’lari o’tkazmasi funksiya.

«Click™ Boom» xizmati doirasida pul mablag’larini yuboruvchi – pul mablag’lari o’tkazmasini amalga oshiruvchi Click™ mobil ilovasi Foydalanuvchisi.

«Click™ Boom» xizmati doirasida pul mablag’larini oluvchi – pul mablag’larini qabul qiluvchi Click™ mobil ilovasi Foydalanuvchisi.

Qog’oz cheki – tovar yoki xizmatlar xarid qilinganligi faktini tasdiqlovchi fiskal hujjat. POS-terminali tomonidan muayyan rekvizitlarni o’z ichiga olgan maxsus kassa lentasida beriladi.

Hisob-kitob Banki – «Rekvizitlar bo’yicha to’lov» xizmatlarini taqdim qilish bo’yicha Operator hamkori hisoblangan «UZUM BANK» AJ.

«Rekvizitlar bo’yicha to’lov» xizmati doirasida pul mablag’larini qabul qiluvchi – Foydalanuvchi tomonidan tegishli haq to’lanadigan xizmatlar ko’rsatuvchi Yetkazib beruvchi.

«Rekvizitlar bo’yicha to’lov» xizmati doirasida to’lovni bekor qilish – Foydalanuvchi kartasiga xizmatlar uchun to’lovga ekvivalent miqdorda pul mablag’lari komissiya chegirib olingan holda qaytarilishini o’z ichiga oladi.

«Rekvizitlar bo’yicha to’lov» xizmati doirasida tasdiqlovchi hujjat – moliyaviy operasiya (o’tkazma) amalga oshirilganligi faktini tasdiqlovchi yuridik hujjat.

1.2. Ofertada mazkur Ofertaning 1.1-bandida belgilanmagan atamalardan foydalanilishi mumkin. Bunday holatda, bunday atamani talqin qilish Oferta matniga asosan amalga oshiriladi. Oferta matnida atama bir xil talqin qilinmagan holatda, birinchi navbatda – O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, ikkinchi navbatda – Servisda belgilangan, so’ngra esa – Internet tarmog’ida e’tirof qilingan (umumiy ishlatiladigan) atama talqiniga amalga qilish kerak.

 

  1. SHARTNOMA PREDMETI

2.1. Shartnoma bo’yicha Servis Operatori Foydalanuvchilarga onlayn rejimida Yetkazib beruvchilar xizmatlari uchun to’lovlarni amalga oshirish, o’z Kartalarini boshqarish, Servisga bog’langan Kartalar balansi to’g’risidagi malumotlarni ko’rish, onlayn rejimida bir Kartadan boshqa Kartaga pul mablag’lari o’tkazmalarini amalga oshirish, shuningdek Click™ servisi funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa operasiyalarni amalga oshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.

2.2. Foydalanuvchilar uchun Click™ servisidan foydalanish bepul.

2.3. Foydalanuvchi Shartnoma tuzish orqali «CLICK» AJga, O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni talablariga asosan, Operatorning internet-resursida joylashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalash va ishlov berish to’g’risidagi Siyosatda belgilangan tartibda va shartlarda o’z shaxsga doir ma’lumotlarini ishlashga muddatsiz rozilik beradi.

2.4. Bunda, Servis Operatori Foydalanuvchi tomonidan To’lovlar / O’tkazmalar va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan, Servis funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa operasiyalar amalga oshirilishida faqat o’zaro texnik va axborot hamkorlikni ta’minlaydi hamda Kartalardan Yetkazib beruvchilar foydasiga yoki bir Kartadan boshqa Kartaga tegishli pul mablag’lari chegirib olinishi va o’tkazilishi uchun javobgar bo’lmaydi.

Ushbu holatda Foydalanuvchi Kartasini chiqargan bank ushbu bankning tegishli ofertasi/shartnomasida belgilangan shartlar va tartibda javobgar bo'ladi.

2.5. Click™ servisi Foydalanuvchilarga pullik asosda taqdim qilinishi mumkin bo’lgan ayrim xizmatlarni o’z ichiga olishi mumkin. Bunday xizmatlar uchun tegishli haq olish shartlari va tartibi Ofertaning tegishli bo’limlarida yoki unga ilovalarda belgilangan.

 

  1. SHARTNOMA TUZISH (OFERTA AKSEPTI) VA SERVIS TAQDIM QILISH TARTIBI

3.1. Servisga ulanish va undan kelgusida foydalanish uchun Karta egasi o’z mobil telefoni orqali yoki Click™ servisi interfeyslaridan boshqacha ravishda foydalangan holda (USSD menyuni chaqirish, Telegram-botdan foydalanish, ilovani yuklab olish va o’rnatish orqali, veb-interfeys orqali yoki Servis funksionali doirasida foydalanish mumkin bo’lgan boshqa usul yordamida), tegishli Interfeys yo’riqnomalariga amal qilgan holda (a) Servisga ulanishi kerak bo’lgan o’z mobil telefoni raqamini biriktiradi (kiritadi), (b) click™-PINni joriy qiladi (tashkil qiladi), (c) Kartani biriktiradi (ma’lumotlarini kiritadi) va (d) Oferta shartlariga rozilik bildiradi. Kartaning «SMS-xabarnoma» xizmatiga ulanishi ushbu Kartani Click™ servisiga “biriktirish”ning majburiy sharti hisoblanadi.

Foydalanuvchi Karta egasidan olingan rozilik va ruxsat asosida uchinchi shaxs (oila a’zolari va b.)ga tegishli bo’lgan Kartani ham biriktirish (ma’lumotlarini kiritish) imkoniyatiga ega.

Kartalarni biriktirish (ma’lumotlarini kiritish) bo’yicha uchinchi shaxslardan shikoyatlar bildirilgan holatda, Kartalarni biriktirish (ma’lumotlarini kiritish) uchun faqat Foydalanuvchi va (yoki) Karta egasi hisoblangan uchinchi shaxs javobgar hisoblanadi.

Bunda, Operator mazkur band talablaridan istalgan biri bajarilmagan taqdirda, Foydalanuvchiga Servisga ulanishda rad qilishga haqli.

3.2. Ofertaning 3.1-bandida nazarda tutilgan harakatlarning amalga oshirilishi Karta egasining Ofertada belgilangan shartlarda, tartibda va hajmda xizmatlar ko’rsatish to’g’risida Shartnoma tuzishga roziligi (aksepti)ning so’zsiz va muqarrar tasdig’i hisoblanadi. Ushbu paytdan e’tiboran Karta egasi Servis foydalanuvchisi maqomini oladi.

3.3. Servis foydalanuvchisida Shartnoma tuzilgan paytdan e’tiboran yuzaga keladigan huquqlar va talablar Servis foydalanuvchisi tomonidan uchinchi shaxslarga o’tkazilishi mumkin emas.

3.4. Foydalanuvchi tomondan Click™ interfeysida yangi akkaunt ochilgan taqdirda, dastlabki akkauntning elektron hamyonidagi pul mablag’lar Operator yoki Foydalanuvchi tomonidan ikkinchi yangi ochilgan akkauntning elektron hamyoniga o’tkazilmaydi va o’tkazilishi mumkin emas.

3.5. Foydalanuvchi tomonidan Servisdan foydalanish (a) Yetkazib beruvchilar xizmatlari uchun to’lovlar, (b) boshqa Kartalarga o’tkazmalar va (c) Servis funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.

3.6. Foydalanuvchining To’lovlar / O’tkazmalarni amalga oshirish to’g’risida farmoyishi uning xohish-ixtiyori hisoblanadi va Foydalanuvchi bunday farmoyishda qayd etilgan axborotning to’g’riligi uchun to’liq javobgar bo’ladi. Bunday farmoyish Servis Foydalanuvchisi tomonidan Operatorning dasturiy-texnik vositalaridan foydalanilgan holda tegishli Servis interfeysi orqali rasmiylashtiriladi va yuboriladi.

3.7. Foydalanuvchi tomonidan To’lov / O’tkazma amalga oshirilishida, Foydalanuvchi tomonidan Ofertaning 3.8-bandiga asosan Karta balansidan pul mablag’lari chegirib olinganligi to’g’risida axborot olingan paytdan e’tiboran Operatorning Foydalanuvchi oldidagi majburiyatlari to’liq hajmda bajarilgan hisoblanadi.

3.8. To’lov / O’tkazma muvaffaqiyatli amalga oshirilganidan so’ng, Foydalanuvchiga muvaffaqiyatli amalga oshirilgan To’lov / O’tkazma to’g’risida tegishli xabarnoma yuboriladi, u Foydalanuvchining tegishli Interfeysida aks ettiriladi yoki unga To’lov / O’tkazma to’g’risida axborot qayd etilgan SMS-xabarnoma orqali yuboriladi, ushbu xabarnoma quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. a) To’lov / O’tkazma summasi;
  2. b) tranzaksiyaning identifikasiyalash raqami;
  3. c) tranzaksiya sanasi va vaqti;
  4. d) To’lov / O’tkazma tafsilotlari (to’lov vazifasi, To’lov amalga oshirilgan xizmatlar / tovarlar yoki O’tkazmani amalga oshirishda Qabul qiluvchi mijoz rekvizitlari).

3.9. Click™ servisidan foydalanish doirasida Foydalanuvchi tomonidan SMS-xabarnomalar olish va yuborish bilan bog’liq xizmatlar haqi tegishli uyali aloqa Operatori va Foydalanuvchi o’rtasida tuzilgan abonent shartnomasida belgilangan tariflarga asosan tarifikasiya qilinadi va ushbu uyali aloqa Operatori tomonidan Foydalanuvchining abonentlik hisobvarag’idan chegirib olinadi.

Shu bilan birga, Servisga ulangan mobil telefon abonent raqami balansida mablag’ yetarli bo’lmagan taqdirda, bunday SMS-xabarlar yetkazib berilmaydi, uyali aloqa operatori balans minusga ketishi orqali SMS-xabar yuborish imkoniyatiga ega bo’lgan hollar bundan mustasno va bunday masalalar bo’yicha foydalanuvchi uyali aloqa operatoriga murojaat qilishi kerak.

 

  1. SERVIS DOIRASIDA YETKAZIB BERUVCHINING PULLIK XIZMATLARINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

4.1. Foydalanuvchiga tegishli haq nazarda tutilgan Yetkazib beruvchilarning xizmatlari uchun To’lovni amalga oshirish imkoniyati berilganda, bunday haq Yetkazib beruvchi foydasiga to’lanishi lozim bo’lgan To’lov summadan ortiqcha tegishli Interfeysda ko’rsatilgan miqdorlarda ushlab qolinadi.

4.2. Servis doirasida mavjud bo’lgan har qanday interfeys orqali tegishli haq to’lanadigan Yetkazib beruvchining Xizmatlari uchun To’lovni amalga oshirilganligini tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga asosan Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarining to’liq va so’zsiz qabul qilinishi hisoblanadi.

4.3. Foydalanuvchi Kartasida xizmat haqi hisobga olgan holda To’lovni amalga oshirish uchun mablag’lar yetarli bo’lmagan taqdirda, ushbu To’lov amalga oshirilmaydi.

4.4. Agar Yetkazib beruvchi o’z Xizmatlari tegishli darajada ko’rsatilmaganligi yoki Yetkazib beruvchi tomonidan nazarda tutilgan boshqa holatlar uchun To’lovni qaytarish imkoniyatini nazarda tutilgan bo’lsa, 4-bandga muvofiq haq sifatida chegirib olingan pul mablag’lari qaytarib berilmaydi.

 

  1. SERVIS DOIRASIDA OPERATORNING PULLIK XIZMATLARINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

5.1. Foydalanuvchiga Servis Operatorining tegishli haq nazarda tutilgan xizmatlari taqdim qilingan holatda, agar Servis doirasida alohida xizmatlar ta’rifida boshqa qoida qayd etilmagan bo’lsa, bunday haq summasi umumiy belgilangan holda quyidagi tartibda olinadi:

  1. a) Click™ servisi tegishli interfeysida belgilangan miqdorlarda Servis Operatori foydasiga biriktirilgan Kartadan to’lov shaklida;
  2. b) Click™ servisi tegishli interfeysida belgilangan miqdorlarda, tartibda va shartlarda Foydalanuvchining Elektron hamyonidan mablag’larni chegirib olish shaklida.

5.2. Servis doirasida foydalanish mumkin bo’lgan interfeyslardan istalgan biri orqali yoki Servis funksionalida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish orqali Servis Operatorining bunday xizmatlari uchun to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlash, tegishli haq olinadigan bunday xizmatlar faollashganligini tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga asosan Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarining to’liq va so’zsiz qabul qilinishi hisoblanadi.

5.3. Foydalanuvchining Elektron hamyonida mablag’lar yetarli bo’lmagan holatda, Operator xizmatlari uchun haqni chegirib olish Foydalanuvchining Click™ servisi interfeysiga qo’shilgan har qanday foydalanish mumkin bo’lgan Kartasidan amalga oshiriladi.

5.4. Foydalanuvchida Ofertaning 5.1-bandi (a), (b)-kichik bandiga asosan Operator xizmatlari haqini chegirib olish uchun mablag’lar yetarli bo’lmagan taqdirda, Operator Foydalanuvchining Click™ servisi interfeysiga qo’shilgan Kartalaridan Operator xizmatlari uchun kerakli summani qismlarga bo’lib chegirib olishga haqli.

5.5. Foydalanuvchida yuqorida qayd etilgan shartlarda chegirib olish uchun mablag’lar yetarli bo’lmagan holatda, Ofertada belgilangan tartibda va shartlarda Foydalanuvchi xizmatlardan foydalanish huquqiga ega bo’lmaydi.

 

  1. SERVIS DOIRASIDA ALOHIDA XIZMATLARNI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

6.1. Servis doirasida Operator tomonidan taqdim qilinadigan alohida xizmatlarning tafsilotli ta’rifi Ofertaning ajralmas qismi hisoblangan ilovalar shaklida keltirilgan.

6.2. Servis doirasida foydalanish mumkin bo’lgan interfeyslardan istalgan biri orqali yoki Servis funksionalida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish orqali Servis Operatorining bunday xizmatlari uchun to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlash, tegishli haq olinadigan bunday xizmatlar faollashganligini tasdiqlash O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga asosan Foydalanuvchi tomonidan Shartnoma shartlarining to’liq va so’zsiz qabul qilinishi hisoblanadi.

 

  1. TARAFLAR HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI

7.1. Operator quyidagi majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi:

7.1.1. Click™ servisining uzluksiz ishlashini ta’minlash;

7.1.2. O’z Call-markazi orqali va boshqa usullar orqali Foydalanuvchilarga axborot yordamini ko’rsatish;

7.1.3. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan bank sirini o’z ichiga olgan ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlash;

7.1.4. Servisning tegishli interfeyslarida Ofertaga kiritilgan o’zgartirishlar va (yoki) boshqa ahamiyatli voqea-hodisalar va yangiliklar to’g’risida xabarlarni, shu jumladan Servisga ulangan yangi Yetkazib beruvchilar to’g’risida axborotni, shuningdek Servisga kiritiladigan o’zgarishlar to’g’risida axborotni e’lon qilish;

7.1.5. Foydalanuvchi va Yetkazib beruvchi va (yoki) boshqa Taraflar o’rtasida yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni hal qilishda ishtirok etish.

7.2. Operator quyidagilarga haqli:

7.2.1. Servis Foydalanuvchisiga Servis doirasida operasiyalar amalga oshirilishini rad qilish, agar bunday harakat va (yoki) harakatsizlik Operator tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablari va (yoki) Oferta shartlari buzilishiga olib kelsa.

7.2.2. Servis foydalanuvchisi tomonidan O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari talablari va (yoki) Oferta shartlari buzilgan holatda va (yoki) Servis foydalanuvchisi firibgarlik operasiyalariga va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo’yicha operasiyalarga biron-bir ravishda jalb etilganligiga shubha qilingan holatda, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, Operator vaziyatga aniqlik kiritilgungacha Servisdan foydalanishni bir tomonlama tartibda vaqtincha blokirovka qilishga yoki istalgan vaqtda Servis foydalanuvchisi manziliga va (yoki) Servisning tegishli interfeysiga har qanday ma’lum Operator bo’yicha tegishli bildirish xati yuborish orqali Shartnomani bekor qilishga haqli.

7.3. Servis foydalanuvchisi quyidagi majburiyatlarni oladi:

7.3.1. Servisdan Ofertada belgilangan tartibda foydalanish.

7.3.2. Operator tomonidan Servis foydalanuvchilari uchun Servisning tegishli interfeyslarida e’lon qilinadigan xabarlarni kuzatib borish. Ushbu xabarlardagi talablarga rioya qilish.

7.3.3. O’z shaxsiy ma’lumotlarini va (yoki) Servisdan foydalanish huquqini beradigan boshqa rekvizit va ma’lumotlarini (bundan buyon matnda – “Servisdan foydalanish huquqi uchun rekvizitlar”) uchinchi shaxslarga bermaslik.

7.3.4. Servisdan foydalanish huquqi uchun rekvizitlar uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy egallanishi va ishlatilishini istisno qiladigan kerakli tashkiliy-texnik choralar ko’rish.

7.3.5. Servisdan foydalanish huquqi uchun rekvizitlar uchinchi shaxslar tomonidan noqonuniy ishlatilishi yuzasidan faktlar yoki shubha-gumonlar to’g’risida, shu jumladan Servisga ulangan mobil telefon raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilgan (yo’qotilgan, o’g’irlangan yoki boshqa usulda yo’qotilgan) holatda, Operatorni darhol xabardor qilish.

7.3.6. Servis orqali noqonuniy moliyaviy operasiyalarni, noqonuniy savdo-sotiqni, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qaratilgan operasiyalarni, qonun hujjatlarida taqiqlangan boshqa harakatlarni amalga oshirmaslik.

7.3.7. Servisdan muntazam ravishda foyda olishga yoki daromadni yashirishga qaratilgan operasiyalarni amalga oshirish uchun foydalanmaslik.

 

  1. TARAFLAR JAVOBGARLIGI

8.1. Taraflar mazkur Shartnoma doirasida o’z majburiyatlari bajarilmaganligi uchun javobgar bo’ladilar.

8.2. Servis foydalanuvchisi Servisning tegishli interfeysi orqali To’lovlar / O’tkazmalar amalga oshirish to’g’risidagi farmoyishda ko’rsatilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun mustaqil ravishda to’liq javobgar bo’ladi va To’lovlar / O’tkazmalar amalga oshirish to’g’risidagi farmoyishda xato ma’lumotlar ko'rsatilgan taqdirda, Servis Operatori tomonidan Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari tegishlicha bajarilmagan deb hisoblab Servis Operatoriga biron-bir e’tiroz bildirishga haqli emas. Tegishli axborot noto’g’ri ko’rsatilgan taqdirda, To’lov / O’tkazma tashabbuschisidan chegirib olingan mablag’lari qaytarilmaydi.

8.3. Servis Operatori tomonidan Foydalanuvchidan Servisga ulangan mobil telefon raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza olinadigan paytgacha Foydalanuvchining xohish-istagini o’z ichiga olgan to’lov uchun farmoyish Foydalanuvchidan olingan hisoblanadi.

8.4. Servisga ulangan mobil telefon raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilgan taqdirda, Operatorga Foydalanuvchidan Servisga ulangan mobil telefon raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza kelib tushgan paytgacha Servisdan foydalanib amalga oshirilgan To’lovlar / O’tkazmalar qaytarilishini talab qilishga haqli emas.

8.5. Foydalanuvchi Xizmatga ulangan mobil telefon raqamidan, shuningdek, uning mobil qurilmasida o’rnatilgan ilovalar va dasturlar yordamida yoki Xizmatga kirish uchun uning rekvizitlari yordamida uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshirilgan har qanday harakatlari uchun xavf va javobgarlikni o’z zimmasiga oladi.

8.6. Foydalanuvchida Servisga ulangan mobil (abonentlik) telefon raqami yo’qotilgan, o’g’irlangan yoki unda ushbu telefon raqamidan foydalanish imkoniyati bo’lmagan boshqa holatlarda – Foydalanuvchi Ofertaning 3.5-bandiga asosan Operatorga Foydalanuvchidan Servisga ulangan mobil telefon raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza kelib tushgan paytgacha uchinchi shaxslar tomonidan Servisdan foydalanish bilan bog’liq uchinchi shaxslarning har qanday harakatlari uchun javobgar bo’ladi. Servisga ulangan mobil telefon raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilganligi to’g’risida ariza yozma shaklda, Foydalanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (ID-karta yoki O’zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti) va uyali aloqa operatori bilan shartnoma nusxalarini ilova qilingan holda, elektron pochta orqali yoki pochta aloqasi orqali xat jo’natish yo‘li bilan yuboriladi.

8.7. Operator texnik platformalar va transport tarmoqlari yoki aloqa tarmoqlari faoliyatida Operatorning aybi bo'lmagan kechikishlar va uzilishlar uchun Foydalanuvchi oldida javobgar bo'lmaydi.

8.8. Operator Foydalanuvchi tomonidan  Servisdan foydalanish huquqi beruvchi o’z rekvizitlari va (yoki) boshqa shaxsga doir ma’lumotlarini oshkor qilinganligi natijasida Foydalanuvchiga yetkazilgan har qanday turdagi zarar uchun javobgar bo’lmaydi.

8.9. Operator Foydalanuvchiga Yetkazib beruvchilar tomonidan ko’rsatiladigan Xizmatlarning sifati uchun, shuningdek, bunday Yetkazib beruvchilardan Foydalanuvchi tomonidan xarid qilinadigan Xizmatlarni ko’rsatish jarayonida va shu bilan bog'liq holda Yetkazib beruvchilarning Foydalanuvchilar oldida yuzaga keladigan majburiyatlari uchun javobgar bo'lmaydi.

8.10. Foydalanuvchi uning tomonidan Servisda amalga oshiriladigan barcha operasiyalar uchun javobgar bo’ladi.

8.11. Operator mazkur Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari to’liq yoki qisman bajarilmaganligi Shartnoma tuzilganidan so’ng favqulodda xususiyatli hodisalar natijasida paydo bo’lgan, Taraf oldindan bilishi ham, oqilona choralar bilan oldini olishi ham mumkin bo’lmagan yengib bo’lmas kuch vaziyatlari (fors-major) oqibatida yuzaga kelgan taqdirda, u bunday Shartnoma shartlari buzilganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Bunday favqulodda xususiyatli hodisalar, jumladan: tabiiy ofatlar, avariyalar, toshqinlar, zilzila, epidemiyalar, yong’inlar, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, inqiloblar, urush harakatlari, Ofertada qayd etilgan faoliyat turlarini bevosita yoki bilvosita taqiqlovchi qonun hujjatlari, hukumat qarorlari va davlat organlari farmoyishlari kuchga kirishi; hisob-kitoblar tizimi ishdan chiqishi / uzilishi bilan bog’liq vaziyatlar; tizimni qo’llab-quvvatlaydigan mahalliy yoki server uskunalari ustidan nazoratni qo’lga olishga qaratilgan harakatlar; kompyuter tarmog’iga xizmat ko’rsatish, xizmat ko’rsatuvchi tizim rad qilinishi, tizimni qo’llab-quvvatlaydigan kompyuter tarmog’ining barqarorligi buzilishi, tizimga xakerlik hujumlari, zararli dasturiy ta’minot joriy qilinishi, dasturiy ta’minot buzilishi, ddos-hujumlar (uchinchi shaxslarning tizim orqali to’lovlarni amalga oshirishga qaratilgan qasddan hujumlari), shuningdek Shartnoma bo’yicha majburiyatlar bajarilishiga to’sqinlik qiladigan, Taraflarning oqilona nazoratidan tashqarida bo’lgan har qanday boshqa vaziyatlardan iborat.

8.12. Operator boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan aloqa liniyalarining ishlash sifati va o'ziga tegishli bo'lmagan boshqalarning asbob-uskunalari, shu jumladan boshqa tashkilotlarga tegishli bo'lgan ma'lumotlar uzatish tarmoqlarining tranzit uzellari ishlashi uchun javobgar bo'lmaydi.

8.13. Operator Foydalanuvchilarning mazkur Ommaviy oferta va uning barcha ilovalari bilan tanishib chiqish fakti uchun javobgar bo’lmaydi.

 

  1. OFERTANING AMAL QILISH MUDDATI VA UNI BEKOR QILISH TARTIBI

9.1. Mazkur Oferta jismoniy shaxs tomonidan Oferta akseptlangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va Taraflar tomonidan Oferta bo’yicha o’z majburiyatlari to’liq bajarilgungacha amal qiladi.

9.2. Foydalanuvchi istalgan vaqtda Servis interfeysida mavjud bo'lgan funktsiyalarga muvofiq Servisdan chiqib ketish orqali Oferta shartlarini bajarishdan voz kechishga haqli.

9.3. Ofertaning bekor qilinishi Servis doirasida pullik xizmatlar bo’yicha Shartnomalar bekor qilinishini anglatmaydi, agar bunday servislar faollashtirilgan bo’lsa.

9.4. Oferta Operator tomonidan Ofertada belgilangan shartlarga asosan bir tomonlama tartibda bekor qilinishi mumkin.

 

  1. YAKUNIY QOIDALAR

10.1. Oferta doirasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha nizolar muzokaralar orqali hal qilinadi. Muzokaralar orqali kelishuvga erishilmagan taqdirda, Taraflar o’z kelishmovchiliklarini O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan sud tartibida hal qiladilar.

10.2. Ofertada tartibga solinmagan barcha masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan tartibga solinadi.

 

  1. SERVIS OPERATORI REKVIZITLARI

«CLICK» AKSIYADORLIK JAMIYATI TO’LOV TASHKILOTI 

Sayt: https://click.uz/ru

Telefon: +998 (71) 231-08-80

Pochta: [email protected]

Yuridik manzili: Toshkent shahar, Mirzo Ulug’bek tumani, “Darxon” MFY, “Salar bo’yi” ko’chasi, 35«A»-uy.

Bank rekvizitlari:

h/r: 2020 8000 8049 4271 3001

«Asia Alliance Bank» ATB, Shayxontohur tuman filiali

MFO: 01095

STIR: 302 134 733

O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2024 yil 22 iyundagi 1-sonli lisenziyasi. 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 1-sonli Ilova

 

«TO’LOVLAR MONITORINGI» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Servis Foydalanuvchilariga «To’lovlar monitoringi» xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi, uning yordamida Foydalanuvchi Xizmatga ulangan Karta yordamida amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar to’g’risida ma’lumotlar olishi va chiqim / kirim statistikasini ko’rib chiqishi, shuningdek «To’lovlar monitoringi» xizmati funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
  2. «To’lovlar monitoringi» xizmati Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. «To’lovlar monitoringi» xizmati shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Veb-Interfeys orqali, Telegram-bot orqali yoki Click™ servisi Mobil ilovasi orqali ushbu Xizmatlarni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda, bugungi kunda ushbu xizmatdan faqat mazkur bandda qayd etilgan interfeyslar doirasida foydalanish imkoniyati mavjud.
  4. Click™ Servisiga Foydalanuvchining boshqa Kartalari ulangan taqdirda, «To’lovlar monitoringi» xizmati faqat Foydalanuvchi tomonidan faollashtirish amalga oshirilgan Karta bo’yicha taqdim qilinadi. Ushbu Xizmatni Click™ Servisiga ulangan boshqa Kartalar bo’yicha faollashtirish uchun Foydalanuvchi mazkur holatni Click™ Servisi interfeysining tegishli bo’limida qayd etishi kerak.
  5. Foydalanuvchilar uchun «To’lovlar monitoringi» xizmati qiymati ushbu Xizmatga ulangan har bir Karta bo’yicha bir oyga O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – 1000 (bir ming) so’m miqdorida belgilanadi.
  6. Mablag’lar chegirib olinishi Foydalanuvchining «To’lovlar monitoringi» xizmatiga ulangan Kartasidan avtomatik tartibda amalga oshiriladi. Kelgusida Xizmat haqini chegirib olish oldindan to’lov rejimida kalendar oyining har birinchi kunida amalga oshiriladi. Ushbu Xizmatdan foydalanilganlik uchun haq, «To’lovlar monitoringi» xizmati qaysi kun faollashtirilganidan qat’i nazar, kalendar oyining birinchi sanasida to’liq hajmda chegirib olinadi. Bunda, «To’lovlar monitoringi» xizmati oxirgi 12 (o’n ikki) oy mobaynida faqat ushbu Xizmatga ulangan Karta yordamida amalga oshirilgan barcha tranzaksiyalar to’g’risida ma’lumotlar olish imkoniyatini taqdim qiladi.
  7. Mablag’lar chegirib olinishi Foydalanuvchining bevosita «To’lovlar monitoringi» xizmatiga ulangan Kartasidan amalga oshiriladi.
  8. Mablag’lar chegirib olinishi «To’lovlar monitoringi» xizmatiga ulangan Kartada chegirib olish uchun mablag’lar yetarli bo’lgan holatdagina amalga oshiriladi.

Ushbu Kartada chegirib olish uchun mablag’lar yetarli bo’lmagan taqdirda, «To’lovlar monitoringi» xizmati to’xtatib qo’yiladi.

«To’lovlar monitoringi» xizmati Ofertaning 5-bo’limida belgilangan tartibda tiklanadi. Bunda, to’lov chegirib olinishi joriy davr mobaynida (Foydalanuvchi uchun «To’lovlar monitoringi» xizmati faollashtirilgan paytdan e’tiboran) amalga oshiriladi va Xizmatlar to’lovi uchun kerakli mablag’lar yo’qligi sababli ushbu to’xtatib qo’yish davrini o’z ichiga olmaydi.

  1. Foydalanuvchi «To’lovlar monitoringi» xizmatidan foydalanishni Click™ Servisining tegishli interfeysida istalgan vaqtda to'xtatishi mumkin. Shu bilan birga, joriy davr uchun Foydalanuvchi kartasidan oldindan to’langan summa qaytarib berilmaydi.
  2. Servisning avtomatik to’xtatib qo’yilishi Ofertaning 5.4-bandiga asosan Kartada mablag’lar yo’qligi (etishmasligi) sababli amalga oshiriladi.
  3. Agar Foydalanuvchi Click™ Servisidan o’chirilsa, «To’lovlar monitoringi» xizmati avtomatik ravishda o’chirilmaydi. «To’lovlar monitoringi» xizmatini o’chirish faqat Click™ servisi interfeyslarida yoki Ofertada qayd etilgan manzil bo’yicha yoki elektron pochtaga yozma shaklda murojaat yuborish orqali amalga oshiriladi.

 

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 2-sonli Ilova

 

«ELEKTRON KVITANSIYA» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «Elektron kvitansiya» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi, uning yordamida Foydalanuvchi Yetkazib beruvchilar foydasiga va (yoki) Servis funksionali doirasida foydalanish mumkin bo’lgan boshqa Yetkazib beruvchilar foydasiga amalga oshirilgan kommunal xizmatlar To’lovlari to’g’risida ma’lumotlar olishi mumkin.
  2. Xizmat quyidagi shakllarda taqdim qilinishi mumkin:

­­            – Click™ servisi interfeyslarida to’lov haqiqatan ham Click™ tizimi orqali muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini tasdiqlovchi «CLICK» AJ shtempeli aks ettiriladigan elektron kvitansiya;

– To’lov haqiqatan ham Click™ tizimi orqali muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini tasdiqlovchi «CLICK» AJ shtempeli aks ettiriladigan qog’oz kvitansiya. Bunday kvitansiya Foydalanuvchiga pochta xizmati orqali yuboriladi.

Click™ tizimi tomonidan beriladigan kvitansiya mazmuni, taqdim qilish shaklidan qat’i nazar:

  1. a) To’lov summasi;
  2. b) Click™ tizimida va Yetkazib beruvchida tranzaksiyalarning identifikasiyalash raqamlari;
  3. c) tranzaksiya sanasi va vaqti;
  4. d) To’lov / O’tkazma tafsilotlari (to’lov vazifasi, To’lov amalga oshirilgan xizmatlar);
  5. e) ushbu Xizmat funksionali yoki Yetkazib beruvchi tomonidan nazarda tutilgan boshqa ma’lumotlar.
  6. «Elektron kvitansiya» xizmati Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  7. Operator qog’oz kvitansiyani yetkazib berish xizmati uchun muayyan to’lov belgilashga haqli, uni undiruv miqdori va tartibi tegishli Servis interfeysida qayd etiladi.
  8. Foydalanuvchi Telegram-bot (@clickuz) Servis interfeysida qog’oz kvitansiyani olish uchun tegishli bo’limni tanlaydi (“buyurtma qiladi”), qog’oz kvitansiyani muayyan manzil bo’yicha yetkazib berish uchun kerakli ma’lumotlarni (namunani) to’ldiradi (agar qo’llanilsa) va Servis interfeysida belgilangan miqdorda va tartibda ushbu Xizmat haqini to’laydi (agar tegishli to’lov nazarda tutilgan bo’lsa).
  9. «Elektron kvitansiya» xizmati shartlariga rozilik, tegishli ravishda, Oferta shartlarini qabul qilish Veb-Interfeys va Click™ servisi Telegram-boti yordamida ushbu Xizmat uchun to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlash (agar bunday to’lov ushbu Xizmat funksionalida nazarda tutilgan bo’lsa), yoki USSD orqali qo’yilgan hisobvaraq to’lovi orqali, yoki agar ushbu Xizmat uchun to’lov nazarda tutilmagan bo’lsa Xizmat ulanganligini boshqa usullar yordamida tasdiqlangan holda amalga oshiriladi. Bunda, bugungi kunda ushbu Xizmatdan faqat mazkur bandda qayd etilgan interfeyslar doirasida foydalanish imkoniyati mavjud.
  10. Foydalanuvchidan mablag’lar chegirib olinganidan so’ng yoki qog’oz kvitansiya yetkazib berilganligi uchun ushbu Xizmat “buyurtma qilinganligi” boshqa usullarda tasdiqlanganidan so’ng, Operator 5 (besh) ish kunidan kechikmay kvitansiyani bosmadan chiqarish, o’z shtempelini qo’yish va «O'zbekiston pochtasi» AJ tegishli bo’linmasiga Foydalanuvchi tomonidan kvitansiya “buyurtma qilinishida” qayd etilgan manzil bo’yicha “buyurtma pochta” orqali yetkazib berilishi uchun topshirish majburiyatini oladi. Servisning tegishli interfeysida “buyurtma” kvitansiyasini yetkazib berish / jo’natish maqomini kuzatib borish mumkin. Bunda, Operator faqat tegishli kvitansiya pochta bo’linmasiga topshirilganligi uchun javobgar bo’ladi, Servis interfeyslarida yetkazib berish / jo’natish maqomini belgilashda “buyurtma” kvitansiyasi topshirilganidan so’ng qayd etilgan maqomlar «O'zbekiston pochtasi» AJdan olingan ma’lumotlar aks ettiriladi.
  11. Operator «O'zbekiston pochtasi» AJ “buyurtma” kvitansiyasini yetkazib berish muddatlari va fakti uchun javobgar bo’lmaydi. “Buyurtma” kvitansiyasi yetkazib berilmagan yoki o’z vaqtida yetkazib berilmagan taqdirda, barcha shikoyat-e’tirozlar «O'zbekiston pochtasi» AJ manziliga yuboriladi.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish bo’yicha shartnoma tuzishga Ommaviy ofertasiga 3-sonli Ilova

 

«Click™ premium» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Servis Foydalanuvchilariga «Click™ premium» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi, ushbu Xizmat Foydalanuvchiga quyidagi qo’shimcha imkoniyatlardan foydalanish huquqini beradi*[1]:

– barcha turdagi to’lovlar uchun ikki baravar keshbek;

  • uyali operatorlarga to’lov uchun 5% gacha oshirilgan keshbek;
  • kartadan kartaga bepul o’tkazmalar (P2P o’tkazmalar);

– click premium support funksionalidan foydalanish huquqi.

  1. Xizmat Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  2. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Shartnoma shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Servis interfeyslari orqali ushbu Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  3. Foydalanuvchilar uchun Xizmat qiymati O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – 50000 (ellik ming) so’mni tashkil etadi.
  4. Xizmat 30 (o’ttiz) kalendar kuni muddatiga taqdim qilinadi.
  5. Mablag’lar chegirib olinishi avtomatik ravishda quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
  6. a) Xizmat ilk bor faollashtirilganligida to’lov Servis interfeyslarida Foydalanuvchi tanloviga asosan amalga oshiriladi;
  7. b) Xizmat haqining navbatdagi chegirib olinishi Foydalanuvchining Elektron hamyonidan yoki Ofertaning 5-bo’limiga asosan amalga oshiriladi.
  8. «To’lov uchun ikki baravar keshbek» xizmati keshbek hisoblanmaydigan servislarga joriy qilinmaydi va Servisning Katta keshbek va (yoki) kobrending Kartalari aksiyalariga qo’shilmaydi.
  9. Xizmat doirasida pul o’tkazmalari (P2P o’tkazmalari) komissiya haqlari olinmagan holda bepul amalga oshiriladi.

8.1. Xizmat doirasida Kartadan Kartaga bepul o’tkazmalar uchun limit miqdori 30 (o’ttiz) kalendar kuni uchun O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – 10 000 000 (o’n million) so’mni tashkil etadi.

8.2. Ofertaga mazkur Ilovaning 8.1-bandida belgilangan limit tugaganidan so’ng joriy kalendar oyida navbatdagi o’tkazmalar uchun Servis interfeyslarida belgilangan miqdorda komissiya haqi olinadi.

8.3. Bir marotabalik O’tkazma summasi Ofertaga mazkur Ilovaning 8.1-bandida belgilangan limitdan yuqori bo’lgan holatda, tranzaksiya umumiy summasidan komissiya haqi olinadi.

8.4. Kartadan Kartaga bepul o’tkazmalar (P2P o’tkazmalari) xizmatidan foydalanishda keshbek hisoblanmaydi.

8.5. Foydalanuvchi CLICK UP ilovasida abonentlik raqamini o’zgartirgan taqdirda, Xizmat bo’yicha obuna yangi abonentlik raqamiga ko’chirib o’tkazilmaydi.

8.6. Xizmatning o’chirilishi Ofertaning 5-bo’limiga asosan mablag’lar yo’qligi (etishmasligi) sababli avtomatik ravishda amalga oshiriladi va (yoki) tegishli Servis interfeysida Foydalanuvchi tomonidan ushbu Xizmatning avtomatik ravishda uzaytirilishi uzib qo’yiladi. Bunda, Xizmat to’langan davrning oxirgi kunigacha amal qiladi va qayta hisob-kitob amalga oshirilmaydi. Agar Foydalanuvchi Click™ Servisidan o’chirilsa, Xizmat amal qilishi to’xtatilmaydi. 

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 4-sonli Ilova

 

«Click™ Boom» FUNKSIONALI XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi Foydalanuvchilariga «Click™ premium» xizmati ulangan taqdirda, «Click™ Boom» servisi funksionalidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi. «Click™ Boom» servisi funksionali Bluetooth ma’lumotlarini simsiz uzatish vositasi orqali pul o’tkazmalarini (P2P o’tkazmalarini) yuborish va (yoki) olish imkonini beradi.
  2. «Click™ Boom» xizmati doirasida pul mablag’larini yuboruvchi – pul mablag’lari o’tkazmasini amalga oshiruvchi Click™ mobil ilovasi Foydalanuvchisi. Tashabbuschi faqat «Click™ premium» xizmati ulangan holatda, «Click™ Boom» servisi orqali pul mablag’lari o’tkazmasini amalga oshirishi mumkin.
  3. «Click™ Boom» servisi funksionali doirasida pul mablag’larini oluvchi – tashabbuschidan «Click™ Boom» servisi doirasida pul mablag’larini qabul qiluvchi Click™ mobil ilovasi Foydalanuvchisi. «Click™ Boom» servisi orqali pul mablag’larini qabul qilish uchun «Click™ premium» xizmatiga ulanish shart emas.

«Click™ Boom» Xizmatini to’xtatish «Click™ premium» xizmatini o’chirish va (yoki) Click™ servisi tegishli interfeysida ushbu Xizmatni uzib qo’yish orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 5-sonli Ilova

SERVIS DOIRASIDA O’TKAZMANI AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI

  1. Bir Kartadan boshqa Kartaga O’tkazmani amalga oshirishda Foydalanuvchidan O’tkazma amalga oshirilgan Kartani chiqargan bankning tegishli ofertasida nazarda tutilgan miqdorlarda, tartibda va shartlarda tegishli komissiya haqi olinadi. Bunday komissiya haqi Servisning tegishli interfeysida belgilangan miqdorda O’tkazma summasidan tashqari chegirib olinadi.

Bunda, Kartani chiqargan bank tomonidan bankning tegishli ofertasida belgilangan tartibda va shartlarda O’tkazmalar davriyligi va (yoki) summalar miqdorlari bo’yicha cheklovlar qo’yilishi mumkin.

  1. O’tkazmani amalga oshirish paytida texnik xatolar bo’yicha nazarda tutilgan miqdorda tegishli komissiya haqi chegirib olinmagan holatda, Operator tegishli komissiya haqini keyinroq chegirib olishga haqli.
  2. O’tkazma amalga oshirilganligi tasdiqlanishi Foydalanuvchi tomonidan mazkur Oferta va O’tkazma amalga oshirilgan Kartani chiqargan bankning tegishli ofertasi shartlari to’liq va so’zsiz qabul qilinishi deb hisoblanadi.
  3. Foydalanuvchi Kartasida bank komissiya haqi hisobga olingan holda O’tkazmani amalga oshirish uchun mablag’lar yetarli bo’lmagan holatda, bunday O’tkazma amalga oshirilmaydi.
  4. Foydalanuvchining elektron hamyonidan mablag’lar chiqarilishi faqat ushbu Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan Kartaga amalga oshiriladi.
  5. Foydalanuvchi Qabul qiluvchining telefon raqami mavjud bo’lgan holatda O’tkazmani amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qabul qiluvchining telefon raqami kiritilganida Interfeysda quyidagilar aks ettiriladi: 1) Qabul qiluvchining Karta raqami aks ettirilmagan holda, biroq Karta egasining ism-sharifi aks ettirilgan identifikasiyadan o’tgan asosiy Kartasi va 2) Oluvchining Elektron hamyoni.

Qabul qiluvchi Servisda identifikasiyadan o’tmagan, biroq CLICK UP mobil ilovasi Foydalanuvchisi hisoblangan taqdirda, Jo’natuvchi interfeysida quyidagilar aks ettiriladi: 1) Qabul qiluvchining Karta raqami aks ettirilmagan holda, biroq Karta egasining ism-sharifi aks ettirilgan asosiy Kartasi va 2) Qabul qiluvchining Elektron hamyoni.

Qabul qiluvchi tomondan Servisda Asosiy karta biriktirilmagan taqdirda, Jo’natuvchi interfeysida Oluvchining Elektron hamyoni aks ettiriladi.

Qabul qiluvchi Interfeysda Asosiy kartani biriktirmagan va Elektron hamyonga ega bo’lmagan taqdirda, Jo’natuvchi bevosita Interfeysda aks ettiriladigan tegishli opsiya yordamida Interfeysdagi o’tkazmani amalga oshirishi mumkin, Oluvchi esa, o’z tomonidan, O’tkazmani kiritish uchun Kartani o’zi tanlaydi.

Foydalanuvchi Ofertani akseptlashda mazkur band shartlarini to’liq so’zsiz qabul qiladi.

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 6-sonli Ilova

           

«REKVIZITLAR BO’YICHA TO’LOV» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi Foydalanuvchilariga Hisob-kitob bankining «Rekvizitlar bo’yicha to’lov» xizmatidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.
  2. Rekvizitlar bo’yicha to’lovni amalga oshirish uchun Foydalanuvchi quyidagi to’lovni amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni kiritishi kerak:

– tashkilot banki MFOsi;

– hisob-kitob hisobvarag’i;

– Qabul qiluvchi ism-sharifi;

– to’lov nomi va to’lov summasi.

 

Ayrim holatlarda, to’lov amalga oshirilayotgan shaxs rekvizitlarini ham kiritish talab qilinadi (masalan, oliy ta’lim muassasalari va h.k.).

Qayd etilgan ma’lumotlar kiritilganidan va “to’lash” tugmasi bosilganidan so’ng Kartadan pul mablag’lari yechib olinadi.

  1. Rekvizitlar bo’yicha o’tkazmani amalga oshirishda Foydalanuvchi to’lov summasining 1% (bir foizi) miqdorida komissiya yig’imini to’laydi. To’lov summasi 50 000 (ellik ming) so’mdan kamroq miqdorni tashkil qilgan taqdirda, komissiya 500 (besh yuz) so’m miqdorida olinadi.
  2. Qabul qiluvchining hisob-kitob hisobvarag’iga to’lov amalga oshirilishi, pul mablag’larini Qabul qiluvchi banki imkoniyatlariga qarab, bir necha daqiqadan 3 (uch) ish kunigacha vaqt talab qilishi mumkin.

Qabul qiluvchining hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’lari to’lovi amalga oshirilganidan so’ng to’lov maqomini “Muvaffaqiyatli o’tkazildi” maqomiga o’zgartiriladi.

  1. Qabul qiluvchining hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’lari muvaffaqiyatli o’tkazilganidan so’ng To’lov haqida kvitansiya shakllantiriladi, ushbu kvitansiyani Telegram-bot @clickuz yoki my.click.uz. saytida shaxsiy kabinet orqali yuklab olish yoki qog’oz shaklida buyurtma qilish mumkin.
  2. “Ishlov berilmoqda” maqomiga ega to’lovning bekor qilinishi faqat ushbu to’lov o’tkazilayotgan bankning texnik imkoniyati bo’lgan holatda amalga oshiriladi.
  3. “Muvaffaqiyatli o’tkazildi” (pul mablag’larini Qabul qiluvchining hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’lari yuborildi) maqomiga ega to’lovning bekor qilinishi (Foydalanuvchi Kartasiga pul mablag’lari qaytarilishi) pul mablag’larini Qabul qiluvchi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda, Foydalanuvchi to’lovni bekor qilish, Foydalanuvchi Kartasiga pul mablag’larini qaytarish va uning muddatlariga doir masalalarni Qabul qiluvchi bilan mustaqil ravishda hal qiladi.

Zarur hollarda, Foydalanuvchi Operatorga yoki hisob-kitob bankiga Qabul qiluvchining hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’lari o’tkazilganligi faktini tasdiqlovchi hujjat (memorial order) olish uchun murojaat qilishi mumkin.

Operator faqat quyidagi holatlarda Foydalanuvchidan bekor qilish to’g’risida arizani qabul qiladi:

- agar pul mablag’lari Hisob-kitob banki tomonidan Qabul qiluvchiga yuborilmagan bo’lsa yoki

- agar Qabul qiluvchi Hisob-kitob bankida ochilgan Operatorning tranzit hisobvarag’iga pul mablag’lari qaytarilishini amalga oshirgan bo’lsa. Bunday holatda, Foydalanuvchi Qabul qiluvchi tomonidan Hisob-kitob banki tranzit hisobvarag’iga pul mablag’lari qaytarilganligi faktini tasdiqlovchi hujjat (to’lov topshiriqnomasi) yoki boshqa hujjat nusxasini, to’lov amalga oshirilgan Karta rekvizitlarini va ushbu Kartani chiqargan bank rekvizitlarini taqdim qilishi kerak. Hisob-kitob banki tranzit hisobvarag’iga pul mablag’lari qaytarilganligi fakti tekshirilganidan so’ng, Operator Hisob-kitob bankiga Foydalanuvchining rekvizitlar bo’yicha to’lov amalga oshirilgan Kartasiga pul mablag’larini qaytarish uchun yozma shaklda bildirish xati yuboradi.

  1. Bekor qilingan to’lovlar bo’yicha to’langan komissiya summasi qaytarilmaydi.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 7-sonli Ilova

 

«MENING AVTOIM» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «Mening avtoim» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi, uning yordamida Foydalanuvchi avtotransport, avtotransport sug’urtasi, avtotransport oynalarida belgilangan tonirovka (qorong’ilashtirish), O’zbekiston Respublikasi Yo’l harakat qoidalari buzilishlari va jarimalari to’g’risida ma’lumotlar olishi [1], shuningdek Xizmat funksionali tomonidan nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
  2. Xizmat yordamida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

– shaxsiy yoki boshqa avtotransport uchun joriy sug’urta polisi amal qilish muddati tugaganligi to’g’risida bildirish xati olish va yangi sug’urta polisini rasmiylashtirish;

– mahalliy bozorda avtotransportning turli rusumlari uchun narxlar katalogidan foydalanish huquqini olish.

  1. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  2. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  3. Foydalanuvchi Oferta shartlarini qabul qilish orqali O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni talablariga asosan, Operatorning internet-resursida joylashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalash va ishlov berish to’g’risidagi Siyosatda belgilangan tartibda va shartlarda o’z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga muddatsiz rozilik beradi.
  4. Oferta mazkur Ilovaning 4 va 5-bandlariga asosan Operator quyidagilarga haqli:

– “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” Davlat muassasasi servislari orqali avtotransport to’g’risida ma’lumotlarni talab qilib olish (e-gov.uz);

– avtotransport sug’urta polisi amal qilish muddatini kuzatib borish va ushbu muddat tugaganligi to’g’risida Foydalanuvchiga bildirish xati yuborish;

– Xizmat ko’rsatish maqsadlarida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga uzatish;

– O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid bo’lmagan, Shartnoma shartlarini bajarishga yo’naltirilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

  1. Xizmatga ulanishda identifikatsiyalangan Foydalanuvchining transport vositasi to’g’risidagi ma’lumotlari avtomatik ravishda shakllantiriladi. Identifikatsiya jarayonidan o’tmagan Foydalanuvchi avtotransportini Xizmat funksionaliga qo’shish uchun transport vositasi to’g’risidagi ma’lumotlarni qo’lda kiritishi kerak.
  2. Xizmatdan foydalanilganlik uchun Foydalanuvchidan haq olinmaydi.
  3. Foydalanuvchi ushbu Xizmatni Click™ servisining tegishli interfeysida o’chirish orqali ushbu Xizmatni har qanday paytda to’xtatishga haqli.

[1] Xizmat doirasida taqdim qilinadigan ma’lumotlar axborot-tanishuv xususiyatiga ega bo’lib, yuridik kuchga ega rasmiy hujjat hisoblanmaydi.

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’grisida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 8-sonli Ilova

 

«MENING OILAM» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «Mening oilam» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi, uning yordamida Foydalanuvchi ushbu Xizmatga oila a’zolarini qo’shishi va mazkur Xizmat doirasida taqdim qilingan imtiyozlardan foydalanishi mumkin.
  2. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  4. Foydalanuvchi Ofertani akseptlash jarayonidan so’ng nafaqat qarindoshlik aloqalari tasdiqlangan shaxslarni, boshqa shaxslarni ham qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qarindoshlar Click™ servisi foydalanuvchilari bo’lishlari ham va ushbu Servis foydalanuvchilari bo’lmasliklari ham mumkin. Biroq, Tizimda imtiyozli asosda pul o’tkazmalarni amalga oshirish uchun ular Click™ servisi va Xizmat foydalanuvchilari bo’lishlari shart.
  5. Foydalanuvchining roziligi bilan qarindoshlik aloqalarini tasdiqlash uchun Davlat xizmatlari yagona interaktiv portalida (e-gov) tug’ilganlik, nikoh, o’lim va ajralish to’g’risida guvohnomalar olish uchun so’rovnoma amalga oshiriladi.
  6. Click™ tizimi faqat quyidagi qarindoshlik aloqalarini tasdiqlashi mumkin:
  • Ota-ona
  • Er-xotin
  • Bolalar
  • Aka-uka / Opa-singil.
  1. Qarindoshlik aloqalari tasdiqlangan shaxslar qo’shilganida Foydalanuvchiga quyidagi imkoniyatlar taqdim qilinadi:
  • Qarindoshlar uchun to’lovlarni tashkil qilish (saqlangan yoki to’lovlar to’g’risida eslatish);
  • qarindoshga doir to’lovlar tarixini ko’rib chiqish;
  • tizim ishtirokchilari o’rtasida P2P o’tkazmalarini amalga oshirish.
  1. Xizmatga Foydalanuvchi tomonidan farzandi qo’shilganida Foydalanuvchi unga topshiriq va vazifa berishi mumkin, vazifa bajarilgan va tasdiqlangan taqdirda unga «Click Start» tizimida ota-ona tomonidan belgilangan miqdorda mukofot taqdim qilinadi.
  2. «Click Start» tizimidan foydalanish va o’tkazmalar / to’lovlar / boshqa turdagi to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek topshiriq va vazifalarni bajarish uchun ota-ona yoki foydalanuvchining qonuniy vakillari to’liq javobgar bo’ladilar. Operator «Click Start» tizimidan foydalanuvchilar harakatlari uchun javobgar bo’lmaydi.
  3. Shuningdek, Xizmatning barcha Foydalanuvchilariga muddatsiz Aksiya davri mobaynida faqat tasdiqlangan qarindoshlik aloqalar doirasida 0% komissiyali P2P o’tkazmalari Xizmatidan foydalanish imkoniyati taqdim qilinadi, agar aloqa tasdiqlanmasa, komissiya Click Up tariflariga asosan yechib olinadi.
  4. Operator Aksiya davri amal qilishini istalgan vaqtda to’xtatib qo’yish yoki bekor qilish va imtiyozli o’tkazmalar uchun har oylik umumiy limitni belgilash huquqiga ega.
  5. Imtiyozli o’tkazmalar uchun har oylik umumiy limit belgilangan taqdirda, agar o’tkazma summasi limitlar bo’yicha har oylik qoldiqdan kamroq yoki ushbu qoldiqqa teng bo’lsa, komissiya 0% miqdorida olinadi, agar summa limitlar bo’yicha har oylik qoldiqdan yuqori bo’lsa, komissiya Click Up tariflariga asosan olinadi.

Imtiyozli o’tkazmalar uchun har oylik umumiy limit belgilangan taqdirda, limitlarning barcha qoldiqlari boshqa muddatga ko’chirib o’tkazilmaydi va yangi har oylik limitlar bilan umumiylashtirilmaydi.

  1. Foydalanuvchi Xizmat bilan birga «Click™ premium» xizmatidan foydalangan holatda, Xizmat limitlariga «Click™ premium» xizmati limitlaridan ustuvorlik beriladi va bu orqali o’tkazmalar «Click™ premium» xizmati limitidan foydalanmagan holda amalga oshiriladi.
  2. Limitga asosan 0% dan Xizmat o’tkazmalari faqat Xizmat interfeysida ishlaydi va «Click Up» interfeysida foydalanish mumkin emas.

 

 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 9-sonli Ilova

 

«INSON UCHUN» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «INSON UCHUN» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi, uning yordamida Foydalanuvchi Fonddan ijtimoiy yordam olishi, Yig’imlarni* topishi va Fond* nomiga pul xayriyalarini amalga oshirishi mumkin, Fond esa aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamidan murojaatnoma-anketalarini (bundan buyon matnda – “ariza”) qabul qilish, shuningdek Agentlik* ko’magida Servisda Yig’imlarni tashkil qilish va joylashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.

*Agentlik – O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi. 

Fond – Xayriya sohasidagi nodavlat notijorat tashkiloti.

Yig’im – Fondning Servisda joylashtirilgan ko’ngilli xayriya izlash va to’plash to’g’risida e’loni.

  1. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  2. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  3. Foydalanuvchi Oferta shartlarini qabul qilish orqali O’zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi Qonuni talablariga asosan, Operatorning internet-resursida joylashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalash va ishlov berish to’g’risidagi Siyosatda belgilangan tartibda va shartlarda o’z shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga muddatsiz rozilik beradi.
  4. Xizmat yordamida Foydalanuvchi quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:

– ijtimoiy yordam olish uchun ariza berish;

– Fond tomonidan joylashtirilgan kerakli Yig’imni topish va Servisda pul xayriyasi amalga oshirish.

  1. Ijtimoiy yordam olish uchun ariza Fondga Servis Foydalanuvchisi tomonidan Xizmat doirasida CLICK Up mobil ilova interfeyslarida joylashtirilgan anketa namunasini to’ldirish orqali yuboriladi.
  2. Xayriya Servis Foydalanuvchisi tomonidan Xizmat doirasida Fond tomonidan joylashtirilgan muayyan Yig’im tanlovi yordamida xayriya summasini kiritish orqali amalga oshiriladi.
  3. Foydalanuvchi arizada, shuningdek xayriya to’g’risidagi farmoyishda qayd etilgan axborot to’g’riligi uchun to’liq javobgar bo’ladi va xato ma’lumotlar qayd etilishi tufayli Servis Operatoriga da’vo va e’tiroz bildirishga haqli emas. Tegishli axborot noto’g’ri qayd etilgan taqdirda, Foydalanuvchidan xayriya sifatida chegirib olingan mablag’lar qaytarilmaydi.
  4. Xizmat doirasida Operator faqat axborot-texnik vositachi sifatida amal qiladi hamda Foydalanuvchi, Agentlik va Fond o’rtasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanmaydi va ular o’rtasida yuzaga kelgan har qanday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
  5. Xizmat doirasida Agentlik va Fond tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:

– Xizmat Foydalanuvchilaridan arizalarni qabul qilish;

– Agentlik tomonidan qabul qilingan “Ijtimoiy yordam olish uchun arizaning asoslanganligini tekshirish reglamenti”ga asosan berilgan arizalarga ishlov berish va ko’rib chiqish;

– tushgan arizalar maqomi to’g’risida ma’lumotlarni, shuningdek tegishli Yig’imlar bo’yicha hadyalar taqsimlanishi va yordam tashkillashtirilishi to’g’risida hisobotlarni muntazam ravishda e’lon qilish;

– Agentlik tomonidan tavsiya etilgan kelgusi ijtimoiy yordam ko’rsatish uchun arizalar bo’yicha Servis Foydalanuvchilaridan xayriya pul mablag’larini qabul qilib olish.

  1. Ariza Fond va Agentlik tomonidan 7 (etti) ish kunidan ko’p bo’lmagan muddatda ko’rib chiqiladi.
  2. Zarur hollarda, Fond ariza yuborgan Xizmat Foydalanuvchisidan qo’shimcha axborotni talab qilib olishi mumkin, ushbu axborot Xizmat Foydalanuvchisi tomonidan Fond talabnomasida qayd etilgan muddatda taqdim qilinishi kerak.
  3. Ariza bo’yicha Yig’imni tashkil qilish to’g’risida xulosa Agentlik tomonidan arizaning O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq asoslanganligini tekshirish natijalari bo’yicha qabul qilinadi.
  4. Ijobiy xulosa qabul qilingan holatda, Fond tomonidan Xizmat bo’limida bunday qaror qabul qilingan paytdan e’tiboran 10 (o’n) ish kunidan kechiktirmasdan tegishli Yig’im tashkil qilinadi va joylashtiriladi.
  5. Fond Servisda aks ettiriladigan Yig’im to’g’risida, shu jumladan Yig’im maqsadlari, Yig’imni oluvchi to’g’risida axborot aniqligi, to’liqligi va to’g’riligi uchun javobgar bo’ladi. Operator butun axborot to’g’riligini tekshirmaydi va uning aniqligi yoki to’liqligini kafolatlay olmaydi va biron-bir xatolar uchun javobgar bo’lmaydi.
  6. Operator Xizmat doirasida Fond tomonidan joylashtirilgan axborotni o’zgartirmaydi va Fond Click™ servisi interfeyslarida noto’g’ri axborot joylashtirgan taqdirda javobgar bo’lmaydi.
  7. Xizmatdan foydalanilganlik uchun Foydalanuvchidan haq olinmaydi.
  8. Foydalanuvchi mazkur Xizmatni Click™ servisining tegishli interfeysida o’chirish orqali ushbu Xizmatni istalgan vaqtda to’xtatishga haqli.

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 10-sonli Ilova

 

«TEZQR» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «TEZQR» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi (Xizmat UZCARD – “Yagona umumrespublika prosessing markazi” AJ tomonidan ko’rsatiladi), uning yordamida Foydalanuvchi to’lov joyida taqdim qilinadigan POS-terminalida aks ettiriladigan QR-kod orqali To’lovni amalga oshirishi mumkin.
  2. To’lov faqat UZCARD to’lov tizimidan foydalanadigan Kartalardan amalga oshiriladi.
  3. To’lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda Foydalanuvchiga To’lovni tasdiqlovchi qog’oz chek beriladi. To’lov vaqtida POS-terminali tomonidan berilgan qog’oz chekni operasiyalarni tasdiqlash uchun saqlab qo’yish kerak.
  4. Operator Foydalanuvchi qog’oz chekni operasiyani tasdiqlash sifatida saqlab qo’ymagan holatda javobgar bo’lmaydi.
  5. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  6. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali to’lovni amalga oshirish yo’li bilan amalga oshiriladi 

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 11-sonli Ilova

 

«KINOTEATRLARGA BILETLAR» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «KINOTEATRLARGA BILETLAR» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi (Xizmat «Digital Intellekt Solutions» MChJ (bundan buyon matnda – “Agregator”) tomonidan ko’rsatiladi), uning yordamida Foydalanuvchi tanlangan kinoteatrdan elektron biletlar xarid qilishi mumkin.
  2. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  4. Xizmatlar doirasida Operator faqat axborot-texnik vositachi sifatida amal qiladi hamda Foydalanuvchi va Kinoteatr o’rtasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanmaydi va ular o’rtasida yuzaga kelgan har qanday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
  5. Operator Agregator tomonidan Xizmatlar doirasida joylashtirilgan axborotni o’zgartirmaydi va Agregator Click™ servisi interfeyslarida noto’g’ri axborotni joylashtirgan holatda javobgar bo’lmaydi.
  6. Operator Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov bermaydi. Operator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari bilan amalga oshirilgan har qanday harakatlar va ularning to’g’riligi uchun javobgar bo’lmaydi. Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga tegishli masalalar yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi Agregatorga murojaat qilishi mumkin.

 

  

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 12-sonli Ilova

 

«TAOM YETKAZIB BERISH» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga «Taom yetkazib berish» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi (Xizmat «BRINGO» MChJ (bundan buyon matnda – “Etkazib berish xizmati”) tomonidan ko’rsatiladi), uning yordamida Foydalanuvchi tovarlar (xizmatlar, ishlar) buyurtmasi va (yoki) yetkazib berilishini rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  2. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  4. Xizmatlar doirasida Operator faqat axborot-texnik vositachi sifatida amal qiladi hamda Foydalanuvchi va Yetkazib berish xizmati o’rtasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanmaydi va ular o’rtasida yuzaga kelgan har qanday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
  5. Operator Yetkazib berish xizmati tomonidan Xizmatlar doirasida joylashtirilgan axborotni o’zgartirmaydi va Yetkazib berish xizmati Click™ servisi interfeyslarida noto’g’ri axborotni joylashtirgan holatda javobgar bo’lmaydi.
  6. Operator Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov bermaydi. Operator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari bilan har qanday harakatlar va ularning to’g’riligi uchun javobgar bo’lmaydi. Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga tegishli masalalar yuzaga kelgan holatda, Foydalanuvchi Yetkazib berish xizmatiga murojaat qilishi mumkin.

 

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 13-sonli Ilova

 

SERVIS DOIRASIDA VALYUTA KONVERTASIYANI AMALGA OSHIRISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Click™ servisi (bundan buyon matnda – “Servis”) Foydalanuvchilariga Foydalanuvchi Kartalari o’rtasida valyutani konvertasiyalash xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi (Xizmat «Kapitalbank» ATB (bundan buyon matnda – “Bank”) tomonidan ko’rsatiladi).
  2. Foydalanuvchi Servis interfeysida quyidagi harakatlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega:

 – Bankning so’mdagi (UZS) Kartasi (UZCARD/HUMO) yoki Elektron hamyondan valyuta (USD) Kartasiga (VISA) konvertasiya qilish yo’li bilan o’tkazmani amalga oshirish;

– Bankning so’mdagi (UZS) Kartasi (UZCARD/HUMO) yoki Elektron hamyondan so’mdagi (UZS) Kartasiga (VISA) o’tkazmani amalga oshirish;

– Bankning valyuta (USD) Kartasidan (VISA) so’mdagi (UZS) Kartasiga (UZCARD/HUMO) yoki Elektron hamyonga konvertasiya qilish yo’li bilan o’tkazmani amalga oshirish;

– Bankning so’mdagi (UZS) Kartasidan (VISA) so’mdagi Kartasiga (UZCARD/HUMO) yoki Elektron hamyonga o’tkazmani amalga oshirish.

  1. Servis doirasida konvertasiyani amalga oshirishda Foydalanuvchilardan komissiya haqi olinmaydi, Bankning so’mdagi Kartasidan (UZCARD/HUMO) so’mdagi Kartasiga (VISA) o’tkazma amalga oshirilgan holatlar bundan mustasno va bunday holatlarda komissiya miqdori 1% ni tashkil qiladi.
  2. Konvertasiya xizmati Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va barcha Foydalanuvchilar uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. Konvertasiya xizmati shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi tegishli interfeysi orqali konvertasiyalash yo’li bilan amalga oshiriladi.
  4. Operator Bank tomonidan Konvertasiya xizmati doirasida taqdim qilingan / joylashtirilgan axborotni o’zgartirmaydi va Bank Click™ servisi interfeyslarida noto’g’ri axborotni joylashtirgan holatda javobgar bo’lmaydi.
  5. Operator Konvertasiya xizmati doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berilmaydi.
  6. Konvertasiya xizmatiga tegishli masalalar, ya’ni Bank Kartalari ishlashiga, bevosita Bank faoliyatiga, valyutalar kursiga tegishli va h.k. masalalar yuzaga kelgan taqdirda, Foydalanuvchi bevosita Bankka murojaat qilishi mumkin.

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish bo’yicha shartnoma tuzishga Ommaviy ofertasiga 14-sonli Ilova

 

«POVERBANKLAR» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Servis Foydalanuvchilariga «Poverbanklar» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi (Xizmat «BBT Q-WATT» MChJ (bundan buyon matnda – “Ijaraga beruvchi”) tomonidan ko’rsatiladi), uning yordamida Foydalanuvchi Ijaraga beruvchidan muayyan haq uchun quvvatlash qurilmasiga vaqtincha ijaraga olishi mumkin.
  2. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatlarni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  4. Xizmatlar doirasida Operator faqat axborot-texnik vositachi sifatida amal qiladi hamda Foydalanuvchi va Ijaraga beruvchi o’rtasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanmaydi va ular o’rtasida yuzaga kelgan har qanday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
  5. Operator Ijaraga beruvchi tomonidan Xizmatlar doirasida joylashtirilgan axborotni o’zgartirmaydi va Ijaraga beruvchi Click™ servisi interfeyslarida noto’g’ri axborotni joylashtirgan holatda javobgar bo’lmaydi.
  6. Operator Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov bermaydi. Operator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari bilan har qanday harakatlar va ularning to’g’riligi uchun javobgar bo’lmaydi. Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga tegishli masalalar yuzaga kelgan holatda, Foydalanuvchi Ijaraga beruvchiga murojaat qilishi mumkin.

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 15-sonli Ilova

 

«CLICKTV» XIZMATINI TAQDIM QILISH XUSUSIYATLARI

  1. Operator Servis Foydalanuvchilariga «CLICKTV» xizmatidan (bundan buyon matnda – “Xizmat”) foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi (Xizmat «MEDIA FUSION» MChJ (bundan buyon matnda – “Administrator”) tomonidan ko’rsatiladi), uning yordamida Foydalanuvchi telekanallar va (yoki) videokontentni (filmlar, seriallar va h.k.) tomosha qilish imkoniyatiga ega bo’ladi.
  2. Xizmat Click™ servisi interfeyslari doirasida amal qiladi va faqat mazkur Servis Foydalanuvchilari uchun foydalanish imkoniyati mavjud.
  3. Xizmat shartlariga rozilik, tegishli ravishda, mazkur Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan Click™ servisi interfeyslari orqali ushbu Xizmatlarni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
  4. Xizmatlar doirasida Operator faqat axborot-texnik vositachi sifatida amal qiladi hamda Foydalanuvchi va Administrator o’rtasidagi huquqiy munosabatlar ishtirokchisi hisoblanmaydi va ular o’rtasida yuzaga kelgan har qanday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi.
  5. Operator Administrator tomonidan Xizmatlar doirasida joylashtirilgan axborotni o’zgartirmaydi va Administrator Click™ servisi interfeyslarida noto’g’ri axborotni joylashtirgan holatda javobgar bo’lmaydi.
  6. Operator Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov bermaydi. Operator Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari bilan har qanday harakatlar va ularning to’g’riligi uchun javobgar bo’lmaydi. Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga tegishli masalalar yuzaga kelgan holatda, Foydalanuvchi Administratorga murojaat qilishi mumkin.

 

 

O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar

2024 yil “22” avgustdan amal qiluvchi “3.1”-sonli versiyasi

 

«CLICK» AJning «Click» servisi doirasida to’lov xizmatlarini taqdim qilish to’g’risida shartnoma tuzishga qaratilgan Ommaviy ofertasiga 16-sonli Ilova


«DAVLAT XIZMATLARI» XIZMATLARINI KO’RSATISH XUSUSIYATLARI

1. Operator Xizmat Foydalanuvchilariga click™ Xizmati interfeyslari orqali Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali platformasiga (my.gov.uz) kirish va «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» tomonidan taqdm etiluvchi “Davlat xizmatlari” (keying o’rinlarda – “Xizmat”) xizmatidan
foydalanishi mumkin.

2. Xizmat shartlariga rozilik bildirish, shu bilan birga Oferta shartlarini qabul qilish Foydalanuvchi tomonidan click™ Xizmati interfeyslari orqali mazkur Xizmatni faollashtirish yo’li bilan amalga oshiriladi.


3. Xizmat doirasida Operator faqat axborot-texnik vositachi sifatida faoliyat yuritadi, Foydalanuvchi va «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» o’rtasidagi huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi hisoblanmaydi va ularning orasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan har qanday majburiyatni amalga oshirilishi uchun javobgar emas.


4. Operator «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» tomonidan Xizmat doirasida joylashtirilgan ma’lumotlarni o‘zgartirmaydi va «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» tomonidan click™ Xizmati interfeyslarida noto‘g‘ri ma’lumotlar joylashtirilganligi uchun javobgar emas.

5. Operator Xizmat doirasida Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlamaydi. Operator Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlar bilan amalga oshirilgan harakatlar va ularning haqqoniyligi uchun javobgar emas. Xizmat doirasida shaxsiy ma’lumotlarga tegishli savollar paydo bo’lganida, Foydalanuvchi «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi»ga murojaat qilishi mumkin.