10.06.2025

Mavjud bo'lmagan yutuqli o’yinlar haqida

Raqamli xizmatlarning mashhurligi tobora oshib borayotganligi sababli firibgarlar Click nomidan "yutuq", "mukofot", "aksiya" haqida e'lon qiluvchi soxta sahifalarni yaratishlari mumkin. Ushbu xabarnomalarda sizdan quyidagilarni so’rashlari mumkin:

• “Ro‘yxatdan o‘tish” va karta ma’lumotlarini taqdim etish;
• Yutuqli o’yinning go'yoki rasmiy saytiga havola orqali o'tish;
• Pullik SMS yuborish yoki pul o‘tkazmasini amalga oshirish orqali “yutuq” qo’lga kiritlganini tasdiqlash.

Click begona veb-saytlar yoki messenjerlar orqali yutuqli o'yinlar o'tkazmaydi. Aksiyalar haqidagi barcha ma'lumotlar faqat rasmiy saytlarda e'lon qilinadi: click.uz sayti, mobil ilova va ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlangan Click akkauntlarida.
Agar siz rasmiy manbalarda ko'rsatilmagan lotereya haqidagi e'lonni ko'rsangiz, bu firibgarlikdir. Hech qachon bunday havolalar orqali o’tmang va shaxsiy ma'lumotlaringizni kiritmang.