So'nggi yillarda telefon firibgarligi ijtimoiy injeneriyaning eng keng tarqalgan shakllaridan biriga aylangan. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini qo’lga kiritish va ular o’z mablag’larini ixtiyoriy ravishda o’zlari berib qo’yishlari uchun, firibgarlar o’z usullarini va texnologik vositalarini tobora takomillashtirishmoqda.
Firibgarlar sizni aldash va pulingiz, hamda shaxsiy ma'lumotlaringizga ega bo’lish uchun o'zini banklar, Click, davlat idoralari xodimlari deb tanishtirishi va hatto yaqinlaringiz sifatida ham siz bilan bog’lanishlari mumkin. Agar sizga shubhali qo'ng'iroq kelgan bo’lsa, xotirjamlikni saqlang va izchil harakat qiling.
Siz o'zingizni qanday himoya qilishingiz mumkin:
1. Tinchlikni saqlang
Asosiysi, vahima qilmang. Firibgarlar ko'pincha sizni chalkashtirib yuborish va sizni impulsiv harakat qilishga undash uchun bosim o’tkazishi, qo'rqitishi yoki shoshiltirishi mumkin. Esingizdan chiqarmang: siz qanchalik xotirjam bo'lsangiz, aldanish ehtimoli shunchalik past bo'ladi.
2. Agar aldovni sezsangiz, suhbatni yakunlang
Agar suhbatdoshingiz sizni aldayotganini shubha qilsangiz, suhbatni yakunlashdan qo'rqmang. Go‘shakni qo‘ying. Bu qo'pollik emas, balki oddiy xavfsizlik chorasi. Bankning, Click’ning yoki rasmiy muassasaning hech bir haqiqiy xodimi ma'lumotni rostligini tekshirishingizga e'tiroz bildirmaydi.
3. Ma'lumotlarni tekshiring
Rasmiy aloqa kanallari ya’ni saytdagi telefon raqami, mobil ilova yoki shaxsiy kabinet orqali tashkilot bilan bevosita bog'laning. Shubhali qo'ng'iroq qabul qilingan raqamga qayta qo'ng'iroq qilmang.
Agar firibgar yaqiningizga favqulodda yordam kerak deydigan bo’lsa, birinchi navbatda yaqiningiz bilan bog’laning.
4. Hech qachon shubhali havolalar bo’yicha o’tmang va begonalar iltimosiga binoan turli dasturlarni o'rnatmang
Firibgarlar messenjerda sizga bank yoki Click nomidan zararli havolaga ega SMS yoki xabarnoma yuborishlari mumkin. Hech qachon bunday havolalar orqali o’tmang va qo'ng'iroq qilayotgan odamning ko'rsatmasi bo'yicha hech qanday dastur yoki yangilanishlarni o'rnatmang. Bu sizning ma'lumotlaringiz o'g'irlanishiga yoki josuslik dasturlari o'rnatilishiga olib kelishi mumkin.
5. Kod va parollarni hech kimga hech qachon bermang
Bank, Click yoki boshqa tashkilotlarning hech bir xodimlari sizdan SMS kodlari, loginlar, parollar, kartadagi CVV kodlari yoki boshqa maxfiy maʼlumotlarni aytishingizni soʻramaydi. Agar qo'ng'iroq qiluvchi ishonchli tuyulsa ham va sizning shaxsiy ma'lumotlaringizning ayrimini bilsa ham - suhbatni davom ettirmang va shaxsiy ma'lumotlarni aytmang.
Firibgar qo‘ng‘iroq qilayotganini qanday aniqlash mumkin
Qo‘ng‘iroq ishonchli tuyulsa ham, quyidagi holatlarda hushyor bo‘ling:
• Sizni shoshiltirishsa: favqulodda vaziyat, xavf hissini uyg’otishga va bosim o’tkazishga harakat qilishganda.
• Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs darhol harakat qilishingizni talab qilsa — o‘ylab ko‘rishga yoki tekshirishga vaqt bermaganda.
• Sizga «xavfsizlikni tekshirish», «pulni maxsus hisobga o‘tkazish» yoki «kirishni tiklash» taklif etilganda.
• Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs sizning ma’lumotlaringiz qayerdan olinganini tushuntira olmasa yoki aniq savollardan qochgan hollarda.
• Suhbatda siz amalga bankingizda yoki Click orqali bajarmagan harakatlarni tasdiqlashingizni so’rashsa.
Ma’lumotlaringizni asrang. Hushyorlik — firibgarlardan eng yaxshi himoya vositasi.