10.06.2025

Fishing saytlarini qanday aniqlash va ma'lumotlarni saqlab qolish mumkin

Fishing - foydalanuvchi ma'lumotlarini o'g'irlashning eng keng tarqalgan usullaridan biri. Firibgarlar haqiqiy saytlar bilan tashqi ko’rinishi bir xil bo'lgan soxta saytlarni yaratadilar va reklama, messenjerlar yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar yordamida foydalanuvchilarni ularga jalb qiladilar.

Bir qarashda, bunday saytni asl saytdan ajratish qiyin bo'lishi mumkin: logotip, interfeys, hatto URL manzili – barchasi ishonarli ko'rinadi. Ammo diqqat bilan o'rganib chiqqach, siz kichik nomuvofiqliklarni seza olasiz.

O'zingizni himoya qilish uchun:

  • Sayt manzilini tekshiring. Haqiqiy Click sayti bu сlick.uz. Xatolar, qo'shimcha harflar, chiziqlar, g'alati domen zonalari (masalan, .xyz, .site va boshqalar) bilan nomlangan saytlar soxta saytlardir.
  • Ulanish xavfsiz ekanligiga ishonch hosil qiling - manzil satrida qulf belgisi bo‘lishi va manzil https:// bilan boshlanishi kerak.
  • Agar veb-saytning haqiqiyligiga ishonchingiz komil bo'lmasa, hech qachon kodlar, parollar yoki boshqa shaxsiy ma'lumotlarni kiritmang.

Agar siz do'stingizdan havola olgan bo'lsangiz ham, uni bosishga shoshilmang. Firibgarlar ko'pincha ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga kirishadi va do'stlaringiz nomidan havolalar yuboradilar. Mazkur xabarnomani haqiqatdan ham tanishingiz yuborganligini shaxsan tekshirgan ma’qul.