10.06.2025

Rasmiy Click xabarnomalarini qalbakilaridan qanday ajratish mumkin

Firibgarlar foydalanuvchilarni chalg‘itish uchun taniqli kompaniyalarning brendlari va logotiplaridan tobora ko‘proq foydalanmoqda. Afsuski, bunday sxemalarda Click nomi ham ishlatiladi. Siz go’yoki bizning nomimizdan yozilgan “kirishni tiklash”, “sovrin yutish” yoki boshqa narsa haqida yozilgan xabarnoma olishingiz mumkin.


Buni bilish muhim:

• Click hech qachon parollar yoki tasdiqlash kodlarini so’rab xabarnoma yubormaydi.

• Biz foydalanuvchilarga begona raqamlar, messenjerlar va norasmiy akkauntlar orqali murojaat qilmaymiz.

• Barcha xabarnomalar Click rasmiy ilovasi yoki rasmiy veb-sayt yoki ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlangan akkauntlar orqali yuboriladi.

Agar sizga shubhali xabarnoma kelgan bo’lsa, havolalar orqali o’tmang. Firibgarlikning oqibatlariga duch kelgandan ko'ra, bir daqiqa vaqt sarflab ikki marta takshigan yaxshiroqdir.