10.06.2025

Firibgarlik holatlari ko‘paymoqda: ularning qurboniga aylanmaslik uchun nima qilish kerak

Firibgarlarning ssenariylari har xil bo’lishi mumkin: ular qo’llab-quvvatlash xizmati nomidan qo’ng’iroq qilib “akkaunt tekshiruvi”dan o’tishni so’rashlari, “sovringa” havola yuborishlari yoki o’tkazmani tasdiqlashni so’rashlari mumkin.

Biz doimo ogoh bo’lishingizni so’raymiz. Quyidagi qoidalar mablag’ingizni va shaxsiy ma’lumotlaringizni himoya qilishga yordam beradi:
• SMS yoki push-xabarnomadagi tasdiqlovchi kodlarni hech qachon hech kimga bermang. Click xodimlari mazkur ma’lumotlarni hech qachon so’ramaydi.
• Notanish yuboruvchilardan kelgan havolalarni ochmang, ayniqsa ular “aksiyalar”, “yutuqli o‘yinlar”, “kirishni tiklash” va shunga o‘xshash ko‘rinishda bo‘lsa.
• Yaqinlaringiz nomidan kelgan tushunarsiz murojaatlar bo‘lsa, avvalo bevosita ularga qo‘ng‘iroq qiling yoki boshqa yo‘l bilan bu so‘rov haqiqat yoki yo’qligini ulardan aniqlashtiring.

Click xavfsizlikni yaxshilash ustida muntazam ish olib boradi, ammo sizning ogohligingiz – bu asosiy himoya vositasidir. Agar siz biror narsadan shubhalansangiz yoki firibgarlik holatiga duch kelgan bo‘lsangiz, iltimos, darhol ilova yoki rasmiy sayt orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling. Biz har doim yordam berishga tayyormiz.