«Welcome Bonus - yangi foydalanuvchilar uchun komissiyasiz o'tkazmalar» MARKETING AKSIYASINI O'TKAZISH QOIDALARI

«Welcome Bonus - yangi foydalanuvchilar uchun komissiyasiz o'tkazmalar» MARKETING AKSIYASINI O'TKAZISH QOIDALARI

 

  1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu Qoidalar Click SuperApp servisining yangi foydalanuvchilariga «Welcome Bonus» bonusini (keyingi o'rinlarda – Bonus) taqdim etish shartlari va tartibini, Bonusni olishga ruxsat etilgan shaxslar doirasini, uni faollashtirish, foydalanish va amal qilishini to'xtatish tartibini belgilaydi.

1.2. Bonusni taqdim etishdan maqsad - Click servisining yangi foydalanuvchilari uchun kirish to'sig'ini kamaytirish, identifikatsiyadan o'tish va Click SuperApp ilovasida birinchi tranzaksiyalarni amalga oshirishni rag'batlantirishdan iborat.

1.3. Bonusni taqdim etish lotereya, tavakkalchilikka asoslangan o'yin yoki boshqa qimor o'yini hisoblanmaydi. Bonusni olish tasodifiylik elementi bilan bog'liq emas va ushbu Qoidalarda to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatilgan shartlardan tashqari hech qanday boshqa shartlarga bog'liq emas.

1.4. Taqdim etilayotgan Bonusning qiymati faqat Tashkilotchi mablag'lari hisobidan qoplanadi.

 

  1. TASHKILOTCHI TO'G'RISIDA MA'LUMOTLAR

2.1. Bonusni taqdim etishning Tashkilotchisi:

«CLICK» AJ

STIR: 302 134 733

Yuridik manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Salar bo'yi ko'chasi, 35A-uy.

2.2. Tashkilotchi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi va ushbu Qoidalarga muvofiq Bonus taqdim etilishini ta'minlaydi.

 

  1. AMAL QILISH MUDDATI VA JOYI

3.1. Bonus foydalanuvchilarga O'zbekiston Respublikasining butun hududida taqdim etiladi.

3.2. Dasturning amal qilish muddati: 2026-yil 24-sentabrdan 24-oktabrgacha. Tashkilotchi ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda oʻz xohishiga koʻra dasturning amal qilishini toʻxtatib turishga haqli.

3.3. Bonusning shaxsiy amal qilish muddati 3.2-bandda koʻrsatilgan dasturning tugash sanasi bilan cheklanmaydi va, hatto uning muddati dastur yakunlanganidan keyin tugasa ham, faollashtirilgan paytdan boshlab 30 kun davomida amalqilishda davom etadi.
3.4. Har bir alohida foydalanuvchi uchun Bonusning amal qilish muddati u faollashtirilgan paytdan boshlab 30 (o'ttiz) kalendar kunni tashkil etadi va har bir foydalanuvchi uchun alohida hisoblanadi.

3.4. Ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan barcha muddatlar Toshkent vaqti (UTC +5) bo'yicha hisoblanadi.

 

  1. ISHTIROKCHILAR

4.1. Bonus oluvchilar (keyingi o'rinlarda – Foydalanuvchilar) ushbu Qoidalarning 5-bandida ko'rsatilgan mezonlarga javob bergan holda, Click SuperApp servisida ro'yxatdan o'tgan va identifikatsiya jarayonidan muvaffaqiyatli o'tgan foydalanuvchilar bo'lishi mumkin.

4.2. Bonusdan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Qoidalarga to'liq roziligini anglatadi.

 

  1. BONUSNI OLISH SHARTLARI

5.1. Bonus yangi Foydalanuvchiga taqdim etiladi. Ushbu Qoidalarning maqsadlari uchun yangi Foydalanuvchi deb aksiya davrida ro'yxatdan o'tgan hamda joriy identifikatsiyadan o'tgunga qadar ilgari Click SuperApp servisida yakunlangan identifikatsiyadan o'tmagan jismoniy shaxs e'tirof etiladi.

5.2. Bonus Foydalanuvchiga u o’zi o’z xohishini bildirgan holda - Click SuperApp ilovasidagi obuna (bonus) ekranida "Bonusni olish" tugmasini bosishi sharti bilan taqdim etiladi. Ushbu Qoidalarning maqsadlari uchun Bonusning faollashtirilishi Foydalanuvchi tomonidan ko'rsatilgan tugmani bosishi hisoblanadi. "Bonusni olish" tugmasi bosilgunga qadar Bonus Foydalanuvchiga taqdim etilgan deb hisoblanmaydi va identifikatsiyadan o'tish faktiga ko'ra avtomatik ravishda faollashmaydi.

5.3. Bonus bitta jismoniy shaxsga aksiya amal qilish davri mobaynida u tomonidan ro'yxatdan o'tkazilgan akkauntlar, foydalaniladigan abonent raqamlari sonidan, shuningdek akkauntni o'chirib tashlash va keyinchalik qaytadan ro'yxatdan o'tishdan qat'i nazar, ko'pi bilan bir marta taqdim etiladi.

 

  1. BONUSNING SHARTLARI VA PARAMETRLARI

6.1. Bonus doirasida Foydalanuvchiga Bonusning amal qilish muddati davomida 3 000 000 (uch million) so'mgacha bo'lgan summadagi pul o'tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.

6.2. Ko'rsatilgan limitdan oshadigan summaga o'tkazmalar Click servisida amal qiladigan standart shartlar asosida amalga oshiriladi.

6.3. Ushbu Qoidalarning 3.4-bandida ko'rsatilgan Bonusning amal qilish muddati tugagandan so'ng limitning foydalanilmagan qoldig'i bekor qilinadi va qayta tiklanmaydi.

6.4. Bonusning amal qilish muddati tugagandan so'ng Foydalanuvchiga biron-bir pullik tarifni avtomatik ravishda uzaytirish yoki avtomatik ulash amalga oshirilmaydi.

6.5. Bonus pul ekvivalentiga almashtirilishi, uchinchi shaxslarga o'tkazilishi yoki boshqa usulda Foydalanuvchi tomonidan o'zga shaxsga berilishi mumkin emas.

 

  1. BONUSNI TAQDIM ETISH TARTIBI

7.1. Bonus Foydalanuvchiga shaxsiy bildirishnomalarda ko'rsatiladi.

7.2. Limit qoldig'i va Bonusning amal qilish muddati haqidagi ma'lumot Foydalanuvchiga o'tkazmani amalga oshirish vaqtida taqdim qilinadi.

7.3. Tashkilotchi Foydalanuvchini push-xabarnomalar va Foydalanuvchi ro'yxatdan o'tish paytida ko'rsatgan boshqa aloqa kanallari orqali Bonus faollashtirilgani, shuningdek uning amal qilish muddati tugashiga oz qolgani haqida xabardor qilish huquqiga ega.

 

  1. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

8.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:

  • ro'yxatdan o'tish va identifikatsiyadan o'tish chog'ida Foydalanuvchi tomonidan noto'g'ri ko'rsatilgan ma'lumotlar;
  • Tashkilotchiga bog'liq bo'lmagan uskunalar, aloqa yoki boshqa xizmatlarning texnik nosozliklari;
  • Foydalanuvchi tomonidan ushbu Qoidalar shartlariga rioya qilinmasligi.

8.2. Tashkilotchi ushbu Qoidalar buzilganligi, shu jumladan bitta jismoniy shaxs tomonidan Bonusni takroriy olishga urinishlar aniqlangan taqdirda, Bonusni taqdim etishni rad etish yoki uni bekor qilish huquqiga ega.

 

  1. SHAXSIY MA'LUMOTLAR

9.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash «CLICK» AJ tomonidan O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga, Click SuperApp servisidan foydalanish shartlariga va shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashning amaldagi siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.

9.2. Bonusni olish huquqini aniqlash, uni taqdim etish va hisobga olish maqsadida «CLICK» AJ Tashkilotchi ixtiyorida qonuniy ravishda mavjud bo'lgan ma'lumotlardan foydalanish huquqiga ega.

 

  1. FOYDALANUVCHILARNI XABARDOR QILISH

10.1. Bonus haqidagi ma'lumotlar Click SuperApp ilovasida, Click'ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va www.click.uz saytida joylashtiriladi.

10.2. Tashkilotchi Click'ning rasmiy kanallari orqali foydalanuvchilarni xabardor qilgan holda, Bonusni taqdim etish shartlarini, shu jumladan limit miqdori va uning amal qilish muddatini o'zgartirish huquqiga ega. O'zgarishlar o'z kuchiga kirgunga qadar Foydalanuvchilar tomonidan allaqachon faollashtirilgan Bonuslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

  1. BOSHQA SHARTLAR

11.1. Bonusni olish va undan foydalanish Foydalanuvchining ushbu Qoidalarga to'liq roziligini anglatadi.

11.2. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tashkilotchi va Foydalanuvchilar O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

11.3. Ushbu Qoidalar ushbu Qoidalarning 3.2-bandida koʻrsatilgan dasturni oʻtkazish muddati davomida yoki agar bu oldinroq sodir boʻlsa, Tashkilotchi tomonidan ularning bekor qilinishi yoxud oʻzgartirilishi paytiga qadar amal qiladi.