
Birinchi 3 uslubda mijoz sotuvchiga bankda ro'yxatdan o'tganda beriladigan sotuvchi kodini bilish kerak. Yoki mijoz do'kondagi QR-kodni maxsus ilova yordamida «o'qishi» mumkin.
Siz to'lovlarni karta orqali qabul qilishga majbursiz, lekin siz terminal sotib olishga majbur emassiz! E'tiboringizga Click mobil banking tizimining virtual hisob terminalini taklif etamiz. Bu siz uchun qulay, mijozlaringiz uchun esa oddiy. Axir endi sizning tovarlaringiz va xizmatlaringizni kartani esdan chiqarib qo'ygan holda ham xarid qilish mumkin, sizga esa jismoniy terminal olishingizga to'g'ri kelmaydi. Click Up bilan pulingiz va vaqtingizni tejang, tizimga ulanishning o'zi kifoya.
Mijozlaringiz qulayligi uchun to'llashning turli shakllari
Click bilan integrasiya uchun qo'shimcha jixozlarni xarid qilinmaydi
va keyingi ish davomida mutaxassislarning yordami
mijozlaringizga hisob chiqarish imkoni
Sizga doim muntazir
Click orqali tushgan barcha to'lovlar to'g'ridan-to'g'ri bank hisobraqamga tushadi
O'zbekiston Respublikasi hududida taqdim qilingan boshqa elektron to'lovlar bilan qiyaslaganda Click dasturining asosiy afzalligi shundaki, banklar elektron to'lovlar xizmatini bevosita o'z mijozlariga o'zlari ko'rsatadi.
Ushbu dastur banklarga pul mablag'larni bank depozitlariga jalb qilishda juda yordam beradi. Bu esa banklarning asosiy vazifalaridandir. Aholining pullarini elektron to'lovlarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilatlarning hisobraqamlariga o'tkazishning keragi yo'q. Barcha to'lovlar ularning hisobraqamlaridan va plastic karta raqamlaridan bevosita yetkazuvchilarning hisobraqamlariga o'tkaziladi.
Banklarga taklif qilinayotgan bizning dasturimiz, yuridik shaxslarga taqdim qilinayotgan "Internet-banking" tizimi kabi, banklarga jismoniy shaxslarga to'lovlarni amalga oshirish qo'shimcha xizmatini ko'rsatishga yordam beradi. Bu esa o'z o'rinda "elektron to'lov" tushunchasini yengillashtirib va elektron savdo va xizmatlar tizimining rivojlanishiga turtki bo'ladi. Bundan tashqari, Click tizimi tufayli banklar o'z mijozlariga SMS-xizmatlaridan foydalanish, deposit va kredit hisoblari, omonat, plastic karta hisoblari va ko'plab boshqalar bo'yicha ma'lumotlarni ko'rish imkonini berishadi. Internet yoki mobil telefon orqali tovarlarni va xizmatlarni xarid qilish va hisobni boshqarishdagi yengillik banklarga bo'lgan ishonchni ko'taradi va aholiga o'z pullarini banklarga omonatga yoki hisobraqamga qo'yishga turtki bo'ladi.