Maxfiylik siyosati
Mobil uskunalardagi CLICK ilovasining maxfiylik siyosati
Quyidagi CLICK ilovasining maxfiylik siyosati (undan keyin — Siyosat) mazkur ilovani foydalanuvchi ishlatgan paytida CLICK AJsi foydalanuvchi haqida olishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarga nisbatan amal qiladi. Ilovadan foydalanishi foydalanuvchining ushbu Siyosatga va unda ko'rsatilgan uning shaxsiy axborotga ishlov berish shartlariga to'la va e'tirozsiz roziligini bildiradi; ushubu shartlarga noroziligida foydalanuvchi ilovaning ishlatishdan voz kechishi lozim.
CLICK AJ ushbu maxfiylik siyosatiga bir tomonlama tartibda o'zgartirishlarni kiritishga va foydalanuvchini barcha aloqa kanallari orqali axborot xabarlarni yo'llab xabardor qilishga haqli.
CLICK MChJ oladigan va ishlov beradigan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlar
Ushbu Siyosat doirasida foydalanuvchining shaxsiy ma'lumoti sifatida: foydalanuvchi mustaqil ravishda ro'yxatdan o'tish va qayd yozuvini yaratish paytida (telefon raqami) yoki ilovani ishlatish paytida (FISh va jinsi kabi), shu bilan birga shaxsiy ma'lumot (uskuna modeli, ulanishning IP manzili va hokazo) kabi ma'lumotlar qabul qilinadi.
Bundan tashqari Ilovani ishlatish paytida quyidagi ma'lumotlar olinishi mumkin:
- Foydalanuvchi haqida ma'lumot. Ro'yxatdan o'tish va qayd yozuvini yaratishda CLICK AJ telefon raqami, bank kartasining rekvizitlari kabi ma'lumotlarni so'raydi. Shu bilan birga, CLICK AJning ilovasi tomonidan FISh va foydalanuvchining jinsi haqida so'ralishi mumkin. Bundan tashqari, ilovaning to'g'ri ishlashi uchun kontaktlar ro'yxatiga, SMS-xabarnomalarga, chaqiruvlar va kameraga oid ma'lumot olishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar ilovaning kontaktlar ro'yxatidan telefon raqamini olish, SMS orqali kelgan kodni avtomatik tarzda qiritish, USSD-so'rovlarni bajarish, profil rasmini o'rnatish, QR-kodini o'qish kabi funktsiyalar bilan to'g'ri ishlash maqsadida ishlatiladi.
- Uskuna haqida ma'lumotar. CLICK AJ foydalanuvchilarning uskuna modeli, operatsion tizim va telefon raqam kabi mobil uskunalari haqida ma'lumotlarni oladi.
- CLICK tizimining xizmatlaridan foydalanish ma'lumotlari. CLICK tizimining xizmatidan (tovar va xizmatlarga to'lovlar, kartadan kartaga o'tkazmalar, avtoto'lovlar va boshqalar kabi) foydalanilganda, CLICK AJsi ushbu operatsiyalar bilan bog'liq bo'lgan summa, vaqti, tulov turi, tizim hamkorilar haqida va boshqa shu kabi ma'lumotlarni yig'adi. Ushbu CLICK AJ tomonidan yig'ilgan ma'lumot faqat kompaniya xizmatlarining sifatini yaxshilashga qaratilgan tadqiqot maqsadlarida ishlatilishi mumkin.
CLICK AJ foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarga g'ayriqonuniy va tasodifiy ega bo'lishidan, yo'q qilinishidan, o'zgartirilishidan, bloklanishidan, nusxa olinishidan, tarqatilishidan va uchinchi shaxslarning u bilan boshqa g'ayriqonuniy harakatlardan asrashga qaratilgan kerakli va etarli texnik va tashkiliy choralarni ko'radi.
Ushbu Siyosat doirasida Foydalanuvchi roziligini bildiradi, CLICK AJsi esa kafolatlaydiki:
- CLICK AJ, faqatgina O'zbekiston Respublikasining joriy qonunchiligida ko'zda tutilgan vaziyatlardan tashqari, uchinchi shaxslarga Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarni uzatmaydi,
- Foydalanuvchining paroli shifrlangan tarzda saqlanadi;
- Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlari ushbu Maxfiylik siyosatining shartlari asosida saqlanadi va unga ishlov beriladi.