Joyida to'lash
Joylarda to’lov tartibida o’zgarishlar haqida
04.10.2021-yilning №5252 PQ, hamda 23.11.2019-yilning Vazirlar Mahkamasining №943 qaroriga binoan, masofadan amalga oshiriluvchi to’lovlar fiskallashtirilishi va ular bo’yicha QR-kodga ega elektron chek taqdim etilishi lozim.
2023-yilning 1-mart kunidan boshlab foydalanuvchilar to’lovlarni kassa apparatlari orqali Click Up ilovasi yordamida amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Buning uchun:
1. To’lov nuqtasida sotuvchi-kassirga Click orqali to’lamoqchi ekanligingizni ayting.
2. Click Up ilovasida Click Pass tugmasini bosing.
3. Skanerlash va to’lash uchun telefon ekranida paydo bo’lgan QR-kodni kassirga ko’rsating.
4. Tayyor! Skanerlash yakunlangandan so’ng, ekranda muvaffaqiyatli to’lov haqida xabar paydo bo’ladi.
Diqqat! Ushbu to’lov usulidan foydalanganda, foydalanuvchi chekni skanerlamagan holda ham “Click”dan, ham “SoliqUz” ilovasidan cashback oladi.