Telegram-bot @CLICKUZ
Chat va guruhlarda do'st va yaqinlaringiz bilan muloqotsiz bir kun ham tasavvur qila olmaysizmi?
Undu bizning @clickuz Telegram-botimiz aynan siz uchun!
U sizga Telegramdan chiqmasdan turib turli tovar va xizmatlarga to'lashda, kartadan kartaga mablag' o'tkazishda va ko'plab boshqa narsalarda yordam beradi. Undan foydalanish juda oddiy va tushunarli! Telegramdagi boshqa imkoniyatlar kabi!
U nimalarga qodir?
CLICK tizimdagi ko'plab hamkorlarning tovar va xizmatlariga to'lovlarni amalga oshiring. “To'lovlar” bo'limiga kirib kerakli kategoriyani tanlang.
Kartadan kartaga mablag' o'tkazmoqchimisiz? Karta balansini bilish yoki joylarda to'lovni amalga oshirmoqchimisiz? Barcha ushbu imkoniyatlar botimizda joriy qilingan.
@clickuz botining unikal imkoniyatlari!
Yaqinlaringiz mobil telefonlariga to'lashni iltimos qilishdimi? Telefon raqami ko'rsatilgan ushbu xabarni @clickuz botiga yuboring (telefon raqami mobil operator kodi bilan bo'lishi kerak). U avtomatik ravishda to'lovni yaratib, summasini so'raydi. Taklif qilingan summalarning birini tanlashingiz mumkin yoki o'zingiz istalgan summani kiriting. Undan so'ng faqat to'lovni tasdiqlashingiz qoladi.
Shu bilan birga yaqinlaringiz bilan chatning o'zida pul o'tkazishingiz yoki o'tkazmani so'rashingiz mumkin. Chatingizda @clickuz va bo'sh joy qoldirib summani kiriting (misol uchun, @clickuz 20000). Bot suhbatdoshingizga mablag' o'tkazishni yoki unga so'rov yuborishni taklif qiladi. Bot ko'rsatmalariga rioya qilsangiz bas.
Eslatib o'tamiz, ushbu amaliyot muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun suhbatdoshingiz ham bot va CLICK tizimiga ulangan bo'lishi kerak.
Bundan tashqari @clickuz botimiz foydali bo'lishni doimiy ravishda o'rganib kelmoqda. U qaytarilayotgan to'lovlaringizni tahlil qilib, mobil aloqasiz yoki internetga ulanishsiz qolmasligingiz uchun har oyning oxirida ushbu to'lovlarni oldindan to'lashingizni taklif qiladi.
Qanday ulanish kerak?
Avvalam bor uni Telegramda qidiruv orqali toping – @clickuz
Tilni tanlab, o'z raqamingizni kontakt sifatida yuboring. CLICK tizimiga ulangan bo'lsangiz, bot sizga yuborilgan SMS-xabardagi kod va CLICK-PIN kiritishingizni so'raydi.
CLICK tizimida ulanmagan bo'lsangiz, bot ro'yxatdan o'tishni va plastik kartangizni qo'shishni so'raydi.