О'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun oferta
“CLICK O’ZINI O’ZI BAND QILGAN SHAXSLAR UCHUN” SERVISINING
O’zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar
2024 yil “29” noyabrdan e’tiboran amal qiladigan “1.0”-sonli versiyasi.
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Foydalanuvchi kelishuvi (keyingi o‘rinlarda Kelishuv deb yuritiladi) Servisdan foydalanish tartibini belgilaydi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli litsenziyasiga ega bo‘lgan “CLICK” AJ To‘lov tashkilotining o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomiga ega bo‘lgan, muomala layoqatiga ega jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda – Foydalanuvchi) O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358-moddasiga muvofiq yo’llangan ommaviy taklifi hisoblanadi.
1.2. Servis Foydalanuvchiga CLICK tizimi interfeyslarida, jumladan mobil ilovada mavjud bo‘lgan dasturiy-texnikaviy yechim hisoblanib, Foydalanuvchiga CLICK Elektron pul tizimi orqali Hamyonga o‘z xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish, Hamyon balansi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish, o‘z o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish natijasida olingan daromadlarni hisobga olish, Hamyondagi mablag‘larni onlayn rejimda tizimga ulangan boshqa hamyonga yoki bank kartasiga o’tkazish, shuningdek, Servis funksionalida nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi.
1.3. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuvning 3- bo‘limida ko‘rsatilgan harakatlar bajarilishi Foydalanuvchining ushbu Kelishuvni so‘zsiz akseptlashini (qabul qilishini) va Foydalanuvchining Kelishuv shartlariga to‘liq roziligini va ushbu Kelishuv shartlari uning qonuniy huquqlarini buzmasligini tasdiqlaydi.
1.4. Ushbu Kelishuvni akseptlash orqali, Foydalanuvchi O‘zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq, o‘z shaxsga doir ma’lumotlariga qayta ishlov berishga “CLICK” AJga muddatsiz rozilik beradi va Operatorning Internet-resursida joylashtirilgan Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va qayta ishlov berish to’g’risidagi siyosatida ko‘rsatilgan barcha shartlarni qabul qiladi.
1.5. Taraflarning elektron hamyon va elektron pullardan foydalanish bilan bog‘liq tomonlarning o‘zaro munosabatlari www.click.uz veb-saytida joylashtirilgan “CLICK” elektron pul tizimidan foydalanish bo‘yicha Ofertaga muvofiq amalga oshiriladi.
1.6. Ushbu Kelishuvda quyidagi atamalar va ta’riflar qo‘llaniladi:
1.6.1. CLICK tizimi – «CLICK» Aksiyadorlik jamiyati yagona huquqiy egasi hisoblangan, O’zbekiston Respublikasi banklariga hisobvaraqlarni masofaviy boshqarish xizmatini taqdim qilish, Servis foydalanuvchilariga esa, shu jumladan Yetkazib beruvchilar xizmatlari uchun to’lash, boshqa Kartalarga o’tkazmalarni amalga oshirish va masofaviy onlayn rejimida har qanday vaqtda va Servisning har qanday interfeysidan Servis funksionali doirasida foydalanish mumkin bo’lgan boshqa harakatlarni amalga oshirish imkonini beradigan dasturiy mahsulot.
1.6.2. Servis - Foydalanuvchiga CLICK tizimi interfeyslarida, jumladan mobil ilovada mavjud bo‘lgan dasturiy-texnikaviy yechim hisoblanib, Foydalanuvchiga CLICK Elektron pul tizimi orqali Hamyonga o‘z xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilish, Hamyon balansi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish, o‘z o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish natijasida olingan daromadlarni hisobga olish, Hamyondagi mablag‘larni onlayn rejimda tizimga ulangan boshqa hamyonga yoki bank kartasiga o’tkazish, shuningdek, Servis funksionalida nazarda tutilgan boshqa operatsiyalarni amalga oshirish va boshqa xizmatlarni olish imkonini beradi.FOYDALANUVCHI KELISHUVI
1.6.3. To‘lovchi – CLICK tizimi foydalanuvchisi bo‘lgan, Bankda bank depozit hisobvarag‘ini ochgan va/yoki onlayn plastik karta va elektron hamyon egasi hisonlangan, To‘lovni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq bergan muomala layoqatiga ega jismoniy shaxs.
1.6.4. Foydalanuvchi - o‘z o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi amaldagi guvohnomaga ega bo‘lgan muomala layoqatiga ega jismoniy shaxs, ushbu Kelishuvning Tarafi.
1.6.5. To‘lov - To‘lovchi tomonidan Foydalanuvchi foydasiga to‘lanadigan O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi pul mablag’lari va milliy valyutada nominasiya qilingan elektron pullar. To’lov uni yuboruvchini identifikasiyalash imkonini beradigan, bank To’lovchining hisobvarag’idan pul mablag’larini chegirib olish uchun asos bo’ladigan CLICK tizimi tomonidan elektron xabarnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.
1.6.6. Merchantning shaxsiy kabineti (keyingi o‘rinlarda – Merchant kabinet) - To’lov tashkiloti tizimida Merchant rekvizitlari, aloqa bog’lash axboroti, elektron hujjat aylanishi parametrlari, statistika, hisobotlar va Shartnoma ijrosi uchun kerakli boshqa axborotni o’z ichiga oladigan server bo’limi.
1.6.7. Elektron hamyon (keyingi o‘rinlarda – Hamyon) – Elektron pul tizimi (keyingi o‘rinlarda – EPT) Foydalanuvchisining hisob yozuvi bo‘lib, quyidagilarni ta’minlaydi:
• (a) elektron hamyon balansiga kiritilgan pul mablag‘lari haqida ma’lumotlarni saqlash;
• (b) EPT Foydalanuvchisining ushbu hisob yozuviga kirishini ta’minlash;
• (c) EPT Foydalanuvchisiga To‘lovlar/Pul o‘tkazmalarini amalga oshirish maqsadida EPTdan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.
1.6.8. Identifikatsiya (jumladan mijozni soddalashtirilgan identifikatsiya qilish) - foydalanuvchi tomonidan, jumladan elektron shaklda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Operatorning ichki tartiblari va ushbu Kelishuvning talablariga muvofiq taqdim etilgan identifikatsiya ma’lumotlaridan foydalanib mijozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqlash (qayd etish) va haqqoniyligini tasdiqlash bo‘yicha chora- tadbirlar majmui;
1.6.9. QR - maxsus kodni skanerlash orqali naqd pulsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi to‘lov vositasi.
1.6.10. Xizmatlar - tegishli shartnoma asosida Foydalanuvchi tomonidan o‘z abonenti/mijozi/xaridoriga sotiladigan, ko‘rsatiladigan, bajariladigan tovarlar, xizmatlar, ishlar.
2. SHARTNOMA PREDMETI
2.1. Operator Foydalanuvchiga ushbu Kelishuvga muvofiq ochiq litsenziya shartlarida Servisdan foydalanish huquqini beradi.
2.2. Ushbu Kelishuv Ilova yoki uning komponentalariga mulkiy huquqlarni berishni nazarda tutmaydi, lekin Servisdan foydalanish uchun cheklangan huquqni beradi.
2.3. Operator Servis shartlarini oldindan ogohlantirmasdan yangilash va o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Amaldagi xizmatni kengaytirish yoki yaxshilashni o‘z ichiga olgan har qanday yangi funksiyalar, shu jumladan yangi vositalar va resurslarni chiqarish, ushbu Kelishuv predmetiga aylanadi. Har qanday o‘zgarishlardan so‘ng Servisdan foydalanishni davom ettirish Foydalanuvchining kiritilgan o‘zgarishlarga roziligini bildiradi.FOYDALANUVCHI KELISHUVI
3. SERVISDA RO‘YXATDAN O‘TISH
3.1. Ro‘yxatdan o‘tish va Servisga kirish imkoniyatini olish uchun Foydalanuvchi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
3.1.1. CLICK tizimining identifikatsiyalangan foydalanuvchisi bo‘lishi;
3.1.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ-4742-son Qaroriga ilovada ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirish;
3.1.3. Elektron hamyon ochish;
3.2. Ro‘yxatdan o‘tish Operator mobil ilovasining Click Business bo‘limida amalga oshirilishi mumkin.
3.3. Servisga ulanishni istagida bo’lgan CLICK tizimining identifikatsiyalanmagan foydalanuvchisi avval identifikatsiya jarayonidan o‘tishi lozim.
3.4. Servisda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida CLICK tizimi Foydalanuvchisi o‘z o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish natijasida olingan To‘lovlarni qabul qilish va qayd etib borish uchun yangi elektron hamyon ochishi lozim.
3.5. Ushbu Kelishuvning 3.1-bandi talablariga javob beradigan foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlari bilan tanishishi va uni akseptlashi yoki rad etishi lozim.
3.6. Operator tomonidan tekshirish muvaffaqiyatli o‘tgandan va ushbu Kelishuvning 3.2, 3.3.,
3.4, 3.5-bandlarida ko‘rsatilgan harakatlar bajarilgandan so’ng har bir Foydalanuvchi uchun Servisda Merchant kabinet yaratiladi.
3.7. Ro‘yxatdan o‘tish tugagandan so‘ng, Foydalanuvchi Servis doirasida ushbu Kelishuvning
1.6.9-bandida ko‘rsatilgan QR -dan foydalangan holda to‘lovchilardan o‘zining elektron hamyoniga to‘lovlarni qabul qilishi mumkin.
4. FOYDALANUVCHINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Servis orqali Foydalanuvchi quyidagi operatsiyalarni bajarish huquqiga ega:
4.1.1. ushbu Kelishuvning 1.6.9-bandida ko‘rsatilgan to‘lov vositasidan foydalangan
holda jismoniy shaxslardan o‘z xizmatlari uchun Hamyonga to‘lovlarni qabul qilish;
4.1.2. Hamyon balansini kuzatib borish;
4.1.3. To‘lovchining mobil telefon raqamiga to‘lov uchun hisob-faktura taqdim etish;
4.1.4. CLICK tizimiga ulangan hamyon yoki bank kartasiga pul mablag‘larini o’tkazish;
4.1.5. to‘lovlar tarixini ko‘rish;
4.1.6. Merchant kabinetda to‘lovlarni qayd etib borish;
4.1.7. to‘lovni to‘liq miqdorda qaytarish.
4.2. Foydalanuvchi quyidagilarni kafolatlaydi:
4.2.1. u ushbu Kelishuv shartlari, shuningdek, Servisning funksional xususiyatlari va
maqsadi bilan tanishganligi;
4.2.2. o‘z o‘zini band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi amaldagi
guvohnomaga ega ekanligi;
4.2.3. Ro‘yxatdan o‘tish paytida va keyinchalik Shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan
ma’lumotlar to’g’ri ekanligi;
4.3. Foydalanuvchi ushbu Kelishuv shartlariga tegishlicha rioya qilish, qayd yozuvi va
Merchant kabinetda saqlanayotgan ma’lumotlarning oshkor etilmasligini (maxfiyligini)
mustaqil ravishda ta’minlash majburiyatini oladi va ularning har qanday tarzda oshkor
etilganligi, jumladan, shunga bog‘liq yuzaga keladigan barcha xavf va yo‘qotishlar uchun
javobgarlikni zimmasiga oladi.
4.4. Foydalanuvchi o‘z qayd yozuvi bo‘yicha amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun,
shuningdek, Operatorning Mobil ilovasi qo‘llaniladigan o‘zining Mobil qurilmasidan
amalga oshirilgan barcha harakatlar uchun javobgardir. Tekshiruvni amalga oshirishFOYDALANUVCHI KELISHUVI
uchun qayd yozuvi huquq egasi tomonidan texnik bloklanishi mumkin.
4.5. Foydalanuvchi Servisdan o‘z o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish bilan
bog‘liq maqsadlardan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanmaslik majburiyatini oladi.
4.6. Servisdan foydalanganda Foydalanuvchi uchinchi shaxslarni yanglishtirmaslik
majburiyatini oladi.
4.7. Ilova foydalanuvchisi huquq egasining yozma ruxsatisiz o‘zgartirishlar kiritish, nashr
etish, uchinchi shaxslarga topshirish, sotish yoki topshirishda ishtirok etish, hosila
mahsulotlarini yaratish yoki Servis mazmunining bir qismini yoki barchasidan
boshqacha tarzda foydalanishga haqli emas.
4.8. Foydalanuvchi o‘z o‘zini band qilпфт shaxs sifatida o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan yoki
tugatgan taqdirda, u darhol Operatorni xabardor qilish va ushbu Kelishuvga muvofiq
Servisdan foydalanishni to‘xtatib turish/to‘xtatish majburiyatini oladi.
5. OPERATORNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. Operator Servisning xatosiz va uzluksiz ishlashini ta’minlash bo‘yicha hech qanday
kafolat bermaydi.
5.2. Operator Foydalanuvchiga Ilovaning ishlashi bilan bog‘liq har qanday o‘zgarishlar
to‘g‘risida istalgan usulda, shu jumladan Ilova ichida xabarlarni joylashtirish orqali
xabardor qilish huquqiga ega.
5.3. Operator har qanday telefon tarmoqlari yoki xizmatlari, kompyuter tizimlari, serverlar
yoki provayderlar, kompyuter yoki telefon uskunalari, dasturiy ta’minot, texnik
sabablarga ko‘ra elektron pochta xizmatlari yoki skriptlarning nosozliklari natijasida
Tizimda kelib chiqgan texnik nosozliklar yoki boshqa muammolar uchun javobgar
bo‘lmaydi.
5.4. Operator har qanday bevosita, bilvosita, tasodifiy yo‘qotishlar yoki jarimalar, jumladan,
foyda, ishbilarmonlik obro‘si yo‘qotilganidan, ruxsatsiz kirish, ma’lumotlarning
yo‘qolishi yoki quyidagilarning natijasi bo‘lgan boshqa ko‘rilgan ziyonlar uchun javobgar
bo‘lmaydi:
5.4.1. Servisdan foydalanish yoki foydalana olmaslik yoki Servisdan nomaqbul tarzda
foydalanish;
5.4.2. foydalanuvchi qayd yozuviga ruxsatsiz kirish yoki yoki ularni o‘zgartirish;
5.5. Operatorning ushbu Kelishuv doirasidagi majburiyatlari Foydalanuvchiga Servisga
kirishni ta’minlash bilan cheklanadi. Operator Foydalanuvchi va uchinchi shaxs o‘rtasida
tuzilgan bitimning tarafi hisoblanmaydi, shuning uchun Operator:
i) Foydalanuvchi tomonidan tuzilgan bitimning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
talablariga muvofiqligini nazorat qilmaydi, uning shartlarini, shuningdek uni tuzish,
bajarish va tugatish fakti va oqibatlarini tekshirmaydi;
ii) foydalanuvchi tomonidan bitim bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganligi (tegishlicha
bajarilmaganligi) to‘g‘risidagi uchinchi shaxslarning da’volarini ko‘rib chiqmaydi.
5.6. Operator Kelishuv bo’yicha majburiyatlar qisman yoki to’liq bajarilmaganligi Taraf
oldindan bilishi ham, oqilona choralar bilan bartaraf etishi ham mumkin bo’lmagan
favqulodda xususiyatli vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan yengib bo’lmas kuch (fors-
major) vaziyatlari oqibati hisoblangan holatda, majburiyatlarning bunday
bajarilmaganligi uchun javobgar bo’lmaydi. Bunday favqulodda xususiyatli vaziyatlar
quyidagilardan iborat: tabiiy ofatlar, avariyalar, toshqinlar, zilzila, epidemiyalar,
yong’inlar, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, inqiloblar, urush harakatlari, mazkur
Shartnomada belgilangan faoliyat turlarini bevosita yoki bilvosita taqiqlaydigan qonun
hujjatlari, hukumat qarorlari va davlat organlari farmoyishlarining kuchga kirishi; hisob-
kitoblar tizimi ishidagi to’xtalishlar / buzilishlar bilan bog’liq vaziyatlar, tizim
ta’minotini amalga oshiradigan mahalliy yoki server uskunalari nazoratini qo’lga olishgaFOYDALANUVCHI KELISHUVI
qaratilgan harakatlar, tizimga xizmat ko’rsatadigan kompyuter tarmog’ida xizmat
ko’rsatish rad qilinishi, tizimni ta’minlaydigan kompyuter tarmog’idagi nobarqarorlik,
tizimga xakerlik hujumlari, zararli dasturiy ta’minot joriy qilinishi, dasturiy ta’minot
buzilishi, ddos-hujumlar (uchinchi shaxslar tomonidan tizim orqali to’lovlarni amalga
oshirishga qaratilgan qasddan harakatlar), shuningdek Shartnoma bo’yicha
majburiyatlar ijrosiga to’sqinlik qiluvchi, Taraflarning oqilona nazoratidan tashqaridagi
har qanday boshqa vaziyatlar
5.7. Operator Foydalanuvchining ushbu Kelishuv bilan tanishib chiqqanlik fakti bo‘yicha
javobgar bo‘lmaydi.
6. SERVISGA KIRISHNI CHEKLASH
6.1. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuv shartlarini va/yoki O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligini buzilgan takdirda, Operator Foydalanuvchiga qoidabuzarlikni bartaraf
etish uchun talab yuboradi. Shu bilan bir paytda, Operator Servisning barcha
funksiyalariga yoki alohida funksiyalariga kirishni bloklash huquqiga ega.
6.2. Uchinchi shaxslardan da’volar, davlat organlaridan talablar kelib tushgan taqdirda,
Operator bunday da’vo yoki talab bilan bog‘liq masala hal etilmaguncha Servisdan
foydalanishni cheklash huquqiga ega.
7. MAXFIYLIK TO‘G‘RISIDA SHARTLAR
7.1. Taraflar Kelishuvni bajarish jarayonida olingan, har bir Taraf uchun maxfiy bo‘lgan
ma’lumotlarni oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar. Kelishuvda maxfiy ma’lumotlar
deganda oshkor etilishi yo‘qotishlarga olib kelishi va/yoki har bir Tarafning
ishbilarmonlik obro‘siga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, ommaga ochiq bo‘lmagan
ma’lumotlar tushuniladi, xususan:
7.1.1. to‘lovchilar, operatsiyalar hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
7.1.2. axborot va texnologik hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar;
7.1.3. Servis haqida texnik axborot;
7.1.4. tijorat va bank sirini tashkil etuvchi axborot;
7.2. Taraflar ushbu Kelishuvning 7.1-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga
oshkor qilmaslik majburiyatini oladilar, har bir Taraf nomidan Kelishuv bo‘yicha
majburiyatlarni bajarish munosabati bilan axborotni olish va uzatishga vakolatlangan
Taraflarning mas’ul shaxslari bundan mustasno.
7.3. Ushbu Kelishuvning 7.1-bandida ko‘rsatilgan axborot uchinchi shaxslarga faqat
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda berilishi
mumkin.
8. BOSHQA SHARTLAR
8.1. Ushbu Kelishuv rus tilida tuzilgan, cheklanmagan muddatga amal qiladi va
Foydalanuvchi uchun ushbu Kelishuvni akseptlagan paytdan boshlab kuchga kiradi.
8.2. Ushbu Kelishuv Operator tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra o‘zgartirilishi va/yoki
to‘ldirilishi mumkin. Bunda barcha o‘zgartirishlar va/yoki qo‘shimchalar Operator
tomonidan Mobil ilovaning tegishli bo‘limiga joylashtiriladi va shunday joylashtirilgan
kundan boshlab kuchga kiradi. Foydalanuvchi ushbu Kelishuvning joriy versiyasi bilan
mustaqil ravishda va o‘z vaqtida tanishib chiqish majburiyatini oladi.
8.3. Ushbu Kelishuvni bajarish bilan bog‘liq har qanday nizo yoki kelishmovchiliklar yuzaga
kelgan taqdirda, Foydalanuvchi va Operator ularni o‘zaro muzokaralar yo‘li bilan halFOYDALANUVCHI KELISHUVI
qilish uchun barcha choralarni amalga oshiradilar. Nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal
etilmasa, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida belgilangan tartibda
sud tartibida hal etiladi.