Click tizimi bo'yicha tez-tez beriladigan savollar

1. Ulanish bo'yicha umumiy savollar

(ulanish bo'yicha savollar, ulanishdagi xatoliklar, karta qo'shish, qayta ro'yxatdan o'tish, abonent to'lovi, komissiyalar, balans, to'lovlar tarixi)

Ulanish bo'yicha savollar

Click tizimiga ulanishadan oldin telefon raqamingizga SMS-xabarnoma xizmatini ulatishingiz lozim

- - Humo kartalari xizmat ko'rsatayotgan bank orqali
- - Uzcard/UnionPay kartalari xizmat ko'rsatayotgan bank yoki bankomat orqali

Undan so'ng Click tizim boshqaruvining 4 interfeyslari biridan foydalanishingiz mumkin (USSD, «Click Evolution» mobil ilovasi, @clickuz Telegram-boti va my.click.uz shaxsiy kabineti).

Ha. Xavfsizligingizni ta'minlash maqsadida Click tizimiga faqat SMS-xabarnoma xizmati ulatilgan telefon raqamni ulatish mumkin.

Bank yoki bankomat orqali avval xizmatni o'chirib, so'ng faol telefon raqamga ulatishingiz zarur.

Yo'q. Xavfsizlik maqsadlarida SMS-xizmati Click tizimiga o'xshab bir paytning o'zida faqat bitta raqamga ulatilishi mumkin.

USSD: Quyidagi so'rovni yuborishingiz kerak: *880*0*karta raqami*amal qilish muddati(OOYY)# chaqiruv tugmasi. Agar bu birinchi kartangiz bo'lsa, USSD interfeysga kirganda (*880# so'rovi orqali) tizim 5-raqamli Click-PIN kodini o'rnatishingizni so'raydi.

Mobil ilova: GooglePlay (Android uchun) yoki AppStore (iOS uchun) ilovalar do'konidan Click Up ilovasini yuklab, o'rnatishingiz kerak. Birinchi kirganingizda SMS-xizmati ulatilgan telefon raqamingizni kiritib, kelgan SMSdagi kodni kiritib raqamingizni tasdiqlashingiz kerak. Karta qo'shish sahifasida kartani qo'shishingiz mumkin: kerakli joylarida karta raqamini va amal qilish muddatini kiriting. So'ng 5-raqamli Click-PIN kodni o'rnating.

Telegram bot: Telegramdagi qidirish qatorida «@clickuz» kiritb, natijalar orasida «clickuz» nomli botni tanlang va «Start» tugmasini bosing.
Tilni tanlang. Undan so'ng bot telefon raqamingizni kontakt tarzda yoki qo'lda kiritishni so'raydi. SMS-xabarnoma xizmati ulatilgan raqami kiritilishi lozim. Shundan keyin SMS orqali yuborilgan kodni kiritib telefon raqamni tasdiqlashingiz kerak. Bot birinchi kartangizning raqamini va amal qilish muddatini kiritishni so'raydi. Oxirgi qadamda Click-PIN o'rnatilishi so'raladi.
Diqqat! Telegram botida Click-PIN ekranda paydo bo'lgan maxsus klaviaturada kiritilishi lozim.
Shaxsiy kabinet: Mobil ilovada amaliyotlardagidek.

Ulanishdagi xatoliklar

1-Savolga qarang

2 va 3-savolga qarang

Xatolik (-98) – amal qilish muddatini noto'g'ri kiritmoqdasiz, (20/20, 19/23 ...). Kartaning old tarafiga qarang va ko'rsatilgan amal qilish muddatini kiriting.

Xatolik (-3) – Karta raqamini noto'g'ri kiritmoqdasiz yoki karta bekor qilingan. Tekshirib, qayta urining. Xatolik qaytarilsa, bankingizga murojaat qiling.

Xatolik (-14) – plastik kartangizga PIN kod o'rnatmagansiz va shuning uchun SMS-xabarnoma xizmati ulatilmagan. 1 va 2-chi savolga qarang.

Xatolik (-20) – karta cheklangan, bankingizga murojaat qiling.

Xatoliklar -17[-17], -37[-37] -70[70] va hokazo. Bankingizga murojaat qiling.

Ikkinchi, uchinchi va hokazo kartalarni qo'shish

Ha. Siz bir telefon raqamga istalgancha kartalarni qo'shishingiz mumkin, lekin har birida SMS-xabarnoma xizmati ulatilgan bo'lishi lozim. 1,2-savolga qarang.

Tizimda barcha kartalar uchun boshida o'rnatilgan bitta Click-PIN ishlatiladi.

Qayta ro'yxatdan o'tish (telefon raqamini o'zgartirish)

Boshida SMS-xabarnoma xizmatini o'chirib, yangi kartaga ulatishingiz kerak. Undan so'ng har doimgidek ulanishingiz mumkin. 5-savolga qarang.

Abonent to'lovi, komissiya va hokazolar bo'yicha savollar

Click tizimining xizmatlaridan foydalanish uchun abonent to'lovi yechilmaydi. Faqat Click tomonidan to'lov yoki o'tkazma muvaffaqiyatli amalga oshirilganligi haqidagi pulli SMS xabarlar yuboriladi. 1 SMS narxi 46/84 so'm.

Abonent to'lovi Click tizimidagi qo'shimcha xizmatlar ulatilganda yechiladi:
- «Karta bo'yicha tarix» xizmati 1000 so'm har bir karta uchun har oy (oyning 1 kunida olinadi)
- CLICK PREMIUM xizmatining narxi – bir davr uchun 50 000 so’m (xizmat 30 (o’ttiz) kalendar kuniga taqdim etiladi)

Komissiya olinadi:
Kartadan kartaga o'tkazma amalga oshirilganda.
Uzcard<-> Uzcard – 1%
Uzcard<-> Humo – 1%
Humo<-> Humo – 0,8%
Wallet -> Uzcard – 1,5%
Uzcard/Humo -> Wallet – 0%
Wallet<-> Wallet – 0%
Davlat xizmatlariga to'lovlardan: 1% gacha (% miqdori yetkazib beruvchiga qarab farqlanishi va o'zgarishi mumkin).
T/y chiptalari uchun to'lovlar: 2%
Kredit so'ndirish to'lovlar: 1% gacha
Eslatma. Agar qandaydir xarid yoki xizmat uchun to'lov amalga oshirilganda komissiya olinadigan bo'lsa, mijoz to'lov jarayonida ogohlantiriladi.

Balans, to'lov holati va boshqa ma'lumotlarni olish

Plastik kartaning balansini 4 interfeysning har biri orqali bilish mumkin:
Telegram bot: «Balans» bo'limida.

USSD so'rovi orqali oxirgi 3 yoki 15 to'lovni ko'rish mumkin.

Quyidagi yo'nalishdan o'ting: *880#> 5- Sozlamalar > 7 – Ma'lumot > 2 – oxirgi 3 yoki >3 – oxirgi 15 to'lov (ushbu xizmat Click telefon raqamingizga SMS yuborish orqali ko'rsatiladi va bir SMS narxi 84 so'm).

Birinchi holda siz oxirgi uchta to'lovning sanasi, xizmat turi, summasi va to'lov holatini ko'rasiz. Ammo bunda siz qaysi raqamga/shaxsiy hisobraqamga / ID raqamga to'langanini ko'ra olmaysiz.

Ikkinchi bandni tanlaganda siz oxirgi 15 to'lov haqida raqamlar, hisobraqamlar keltirilgan batafsil ma'lumot olishingiz mumkin.

Shu bilan birga qisqa so'rov ham mavjud: *880*00*3# yoki *880*00*15#.

Diqqat! Har bir xabar yuborilganiga 46/84 so'm miqdorida haq olinadi. Telefon balansingiz nol yoki manfiy bo'lsa, ma'lumotni olish imkoni bo'lmaydi.

USSD orqali siz faqat 15 oxirgi to'lov haqida ma'lumot olishingiz mumkin. Yanada batafsilroq hisobot uchun boshqa interfeyslardan foydalanishingiz kerak: mobil ilova, shaxsiy kabinet yoki Telegram bot orqali.

Click tizimi faqatgina Click orqali amalga oshirilgan to'lovlar haqida batafsil ma'lumot taqdim qiladi. Karta bo'yicha tashqi to'lovlar haqida ma'lumot olmoqchi bo'lsangiz, «Karta bo'yicha tarix» xizmati ulanishi lozim.

Mobil ilovada: Sozlamalar > Bildirishniomalar > Karta bo'yicha tarix va kerakli karta belgilanishi lozim.
Shaxsiy kabinetda: Tarix > Karta bo'yicha tarix va kerakli karta tanlanishi lozim.
Telegram-botda: To'lovlar tarixi > Xizmatni ulash va kerakli kartani tanlang.

12-savol (J)2 ga qarang

Xizmat ulatilgan karta balansida yetarli mablag' bo'lganda xizmat avtomatik tarzda ulanadi. Aks holda xizmat o'chiriladi va uni qayta ulatishingiz kerak bo'ladi.

Yo'q. Tashqi to'lovlar haqidagi ma'lumot faqat mobil ilova, shaxsiy kabinetda va Telegram botda ko'rsatiladi. USSD orqali faqat Click tizimi orqali amalga oshirilgan to'lovlar taqdim qilinadi.

Barcha interfeyslarda va yuboriladigan SMS xabarlarda karta raqami to'ligicha ko'rsatilmaydi, karta raqamining bir qismi * belgisi bilan berkitiladi.
Click tizimiga ulangan kartaning to'liq raqamini Shaxsiy kabinetdagi «Kartalar» bo'limida kerakli kartani tanlab, «Karta raqamini ko'rsatish» tugmasini bosganda ko'rish mumkin.
Shu bilan birga kartaning to'liq raqamini almashinuv buferiga ko'chirib olish imkoni mobil ilovada joriy qilingan.
Buning uchun bosh ekranda kartani bosib, «Mening kartalarim» bo'limini oching. Har bir kartaning o'ng burchagida karta raqamini almashinuv buferiga ko'chirib oladigan «Copy» tugmasi mavjud. Nusxalangan ma’lumotlarni har qanday matn muharriri yoki messenjerga ko’chirish mumkin.

2. O'tkazmalar bo'yicha umumiy savollar

(P2P o'tkazmalar, o'tkazmalardagi xatoliklar, ....)

P2P o'tkazmalar bo'yicha savollar

Ha. Istalgan 4-ta interfeysda kartalar orasida o'tkazmalarni amalga oshiradigan «Kartadan kartaga o'tkazmalar» bo'limi mavjud.
USSD: 3 band, Mobil ilova, Shaxsiy kabinet va Telegram botida: «O'tkazmalar» bo'limi

Afsuski, yo’q. O’tkazmalarni faqat UzCard va Humo kartalari o’rtasida amalga oshirish mumkin. Visa va Mastercard kartalarini Click tizimiga qo’shishingiz mumkin.

Sizga karta raqami yoki, oluvchi Click tizimiga ulangan bo'lsa, uning telefon raqami kerak bo'ladi.

Kartadan kartaga o'tkazmaning 2 usuli mavjud:
1. Agar oluvchi Click tizimiga ulangan bo'lsa telefon raqami orqali.
2. Karta raqami orqali, agar oluvchi Click tizimiga ulanmagan bo'lsa ham.
3. TG botimiz @clickuz yordamida tarjima qilish imkoniyati ham mavjud: bot orqali yoki suhbatdoshingiz ushbu botda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chatda.
4. Shuningdek, o’tkazmani Click Boom orqali amalga oshirish mumkin, mazkur bo’limda karta/telefon raqamini kiritish shart emas. Siz yaqiningizdagi foydalanuvchilarga mablag’ni faollashtirilgan CLICK BOOM funksiyasi yordamida o’tkazishingiz mumkin.

Agar o'tkazma telefon raqami orqali amalga oshirilgan bo'lsa, oluvchi ot'kazmani 3-sonli maxfiy kod bilan tasdiqlashi kerak. Maxfiy kod yuboruvchi taqdim qiladi. U mablag' ot'kaziyotganda ushbu kodni oladi.
O'tkazilgan mablag' 4-ta interfeysdan istalgan biri orqali qabul qilinishi mumkin.

Ha. Har bir bankda yuborish/qabul qilish uchun alohida cheklovlar o'rnatilgan. Cheklov bir martalik, kunlik va oylik bo'lishi mumkin. Batafsil ma'lumot (71) 231-08-08 telefon raqami orqali.

Yo'q. Cheklov summasidan oshirilsa yuborish/qabul qilish uchun keying kun/oy boshlanishini kutish kerak. Cheklovni o'zgartirish/ko'tarishning imkoni yo'q.

O'tkazmalardagi xatoliklar

Ikkita kartangiz o'rtasida mablag' o'tkazmoqchisiz chog'i. E'tibor bering, asosiy qilib belgilangan kartadan mablag' yechiladi. Shunda, USSD orqali amalga oshirayotganingizda karta raqami bo'yicha yuborganingiz ma'qul. Ilovada esa ushbu xatolik qaytarilmasligi uchun maxsus «Mening kartalim orasida» bo'limida ikkita har xil kartani belgilashingiz kerak bo'ladi.

Kartadan kartaga telefon raqami bo'yicha mablag' o'tkazmoqchisiz chog'i. Shunda oluvchida eski karta ro'yxatdan o'tkazilgan va u asosiy sifatida belgilangan. Bunday vaziyatda u o'tkazmangizni qabul qila olmaydi. Unga eski kartani o'chirish va yangi faol kartani asosiy sifatida belgilash lozim.
Shu bilan birga oluvchi sizga ishlamayotgan kartaning raqamini bergan bo'lishi mumkin. Bu masalada bankka murojaat qilish kerak.

Bankda texnik ishlari olib borilayotgan bo'lishi mumkin va shu paytda u o'tkazmalarni qabul qilmayapti. Keyinroq urinib ko'ring yoki bizga murojaat qiling (71) 231-08-80.

Ayyon sababdan tashqari shunday xatolik karta bank tomonidan cheklangan (bloklangan) paytda keladi.

Ayyon sababdan tashqari bankda xatolik yuz bergan bo'lishi mumkin. Mijoz uning kartasi korporativ emas, misol uchun, nafaqa kartasi bo'lsa, unda bankka murojaat qilinishi lozim.

Bunday xatolik Click tizimida, UzCard yoki bakda profilaktika/texnik ishlar olib borilganda chiqadi. Agar shunday xatolik doim takrorlansa, Click tizimidagi kartangiz amal qilish muddatining to'g'riligini tekshirib oling.
(-1) xatoligi ko'pincha kartaning amal qilish muddati noto'g'ri bo'lganda chiqadi, misol uchun: (20/20, 22/22, 19/20 va hokazo).
Agar sizda HUMO kartasi bo'lsa, bunday xatolikning sababi kartangiz bloklangani bo'lishi mumkin. Bunday holda bankingizga murojaat qiling.

Bunday xatolik kelganda yuboruvchi ot'kazma holatini tekshirishi kerak. Yuqorida ko'rsatilgan xatolikning biri yuz bergan bo'lishi mumkin. 31-35 savollarini ko'ring.

3. To'lovlar bo'yicha umumiy savollar

(To'lovlar paytidagi xatoliklar, o'tkazmalarni bekor qilish, to'lov holatlari va hokazo)

To'lovlar bo'yicha savollar

Click tizimida xizmatlariga to'lash mumkin bo'lgan mingdan ortiq hamkorlar mavjud. Bular ichida mobil operatorlar, internet provayderlar, telefoniya va televideniye xizmatlari, veb-saytlar, davlat va xususiy tashkilotlar. To'lovlar uchun tayyor xizmatlarning to'liq ro'yxati «To'lov» bo'limida hamda click.uz saytimizda ko'rishingiz mumkin.

Ariza natijasi Click tizimiga ulangan telefon raqamga SMS tarzda yuboriladi.
Shu bilan birga qo'llab-quvvatlash xizmatimizga 71 231 08 80 telefon raqami orqali murojaat qilib bilish mumkin.Yetkazib beruvchi tomonidan bekor qilishni ko'rib chiqishni talab qiladigan arizalar uchun biz sizni qayta qo'ng'iroq qilish orqali xabardor qilamiz.

To'lovlardagi xatoliklar

Karta bank tomonidan cheklangan (bloklangan). Sababini bilish va cheklovni yechish uchun xizmat ko'rsatayotgan bankka murojaat qilinishi lozim.

Kartangiz balansini tekshiring. Agar kartadan kartaga o'tkazma amalga oshirayotgan bo'lsangiz, yoki t/y chiptalari, kredit so'ndirish uchun to'layotgan bo'lsangiz, bunday holatlardagi komissiyani esdan chiqarmang.

Qandaydir sabablarga ko'ra tasodifan yoki ataylab SMS-xabarnoma xizmati o'chirilgan. Sunday xatolik yuz bergan bo'lsa, bankomat orqali SMS-xabarnoma xizmatini qayta ulash bilan masalani hal qilish mumkin. Agar kartangizni boshqa kimdirga bergan bo'lsangiz, u boshqa telefon raqamga ulatilgan bo'lishi ham mumkin. Batafsilroq ma'lumot uchun bankingizga yoki Uzcard qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

Asosan mobil aloqa va shahar telefonlari uchun to'lovlarda chiqadi. Raqam yoki shaxsiy hisobraqam kiritiladigan boshqa xizmatlarda ham uchratilishi mumkin. Asosan mobil aloqa va shahar telefonlari uchun to'lovlarda chiqadi. Raqam yoki shaxsiy hisobraqam kiritiladigan boshqa xizmatlarda ham uchratilishi mumkin. Ushbu xatolik telefon raqami, hisobraqam yoki boshqa ma'lumotlar noto'g'ri kiritilganda chiqadi. Agar tekshirib qayta to'langanda xatolik ketmasa mobil aloqa operatorining yoki boshqa kerakli tashkilotning qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilib to'g'ri raqamni aniqlash kerak..

Bu xatolikning sabablari oldingi savoldagi sabablarga o'xshaydi. Xatolik noto'g'ri ID raqami, hisobraqam va shunga o'xshash ma'lumotlar kiritilganda paydo bo'ladi. Qayta urining yoki xizmat ko'rsatayotgan tashkilotga murojaat qiling.

Xatolik ko'pincha yetkazib beruvchi tarafida texnik ishlar yoki nosozliklar bo'lganda kelib chiqadi. Bir pastdan keyin qayta urinib to'lashingiz mumkin.

Xizmat yetkazib beruvchi tarafida profilaktika/texnik olib borilayotgan bo'lishi mumkin. Bir pastdan keyin qayta urinib ko'ring.

To‘lovlarni bekor qilish bo‘yicha savollar

Agar to'lov xato amalga oshirilgan bo'lsa, siz:
- mobil ilova orqali to'lovni bekor qilish uchun ariza berishingiz mumkin (Hisobotlar bo'limidagi to'lov ma'lumotlarida «Bekor qilish» tugmasi mavjud).
- (71) 231-08-80 telefon raqami orqali qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilib ariza qoldirishingiz mumkin.
Muhim!
Click tizimiga ulangan va to'lov amalga oshirilgan telefon raqamdan qo'ng'iroq qilishingiz kerak.

Yo'q. Ba'zi to'lovlarni Click tizimi orqali bekor qilish mumkin emas va masalani faqat xizmat ko'rsatuvchi tashkilot bilan hal qilinadi. Bunday to'lovlarga kiradi:
Kredit so'ndirish;
Soliqlar;
Davlat xizmatlari va DYHXX (GAI);
Rekvizit bo'yicha to'lovlar;
Xalqaro xizmatlar;
Ba'zi kommunal to'lovlar.

Bekor qilish uchun arizalarni berish mumkin bo'lgan xizmatlar:
Mobil aloqa operatorlari;
Shahar telefon aloqa;
Internet-provayderlar;
Kabel va IP televideniye (UzDigital TV, IPTV);
Ba'zi kommunal xizmatlar (gaz, elektrenergiya).

Ariza qabul qilingan paytdan boshlab 48 (qirq sakkiz) soat ichida ko'rib chiqiladi.

Ariza ko'rib chiqilayotgan paytida balansda yetarli mablag' bo'lgandagina (balans bekor qilinayotgan to'lov summasidan ko'proq) to'lov bekor qilinishi mumkin.

Yo'q. To'lov to'laligicha bekor qilinishi mumkin. Balansda mablag' to'lov summasidan kamroq bo'lsa uni bekor qilishning imkoni yo'q.

Yo'q. Kartanda kartaga o'tkazmani bekor qilish arizalari qabul qilinmaydi.

4. Click-Hamyon

Click-Hamyon bo'yicha savollar

Click-Hamyon – Click tizimidagi virtual hisobraqamdir. Unda ma'lum miqdordagi mablag'larni saqlash, undan to'lovlarni va o'tkazmalarni amalga oshirish mumkin.

  1.  Keshbek: oddiy va brend kartadan onlayn tizim interfeyslari orqali to'lovlar va o'tkazmalar uchun.
  2.  AKSIYA hamkorlari bilan joydagi to'lovlarni amalga oshirishda KATTA keshbek.
  3.  Plastik kartasiz ham va yoshidan qat'iy nazar ochiladi.
  4. Hamyonlar o'rtasida komissiyasiz o'tkazish imkonini beradi.
  5. Plastik kartasiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati

Hamyonlarning 2 turi mavjud:
Light (standart) turi foydalanuvchidan hech qanday xujjatni va identifikasiyani talab qilmaydi (faqat haqiqiy tug'ilgan sanani kiritilishi lozim), ammo hamyon balansida saqlash mumkin bo'lgan hamda 1 to'lovning maksimmal summasi bo'yicha cheklovga ega. Umumiy balans summasi 5 BHM oshnasligi lozim (bir BHM summasi davlat organlari tomonidan o'rnatiladi va o'zgarishi mumkin).
Unlim: Pasport ma'lumotlari taqdim qilinishi kerak, lekin cheklovlar olib tashlanadi. Hozirgi paytda joriy qilinmagan.

Click-Hamyon bank kartalaridan amal qilish muddati va CVV/CVC kodining yo'qligi bilan ajraladi.

Oldingi javobga asoslansak, Click-Hamyon virtual bank kartasi deb hisoblash noto'g'ri. Uni boshqa to'lov tizimlariga ulash mumkin emas, Click tizimidan tashqarida undan to'lovlarni amalga oshirib bo'lmaydi.
 

CLICK hamyonini CLICK tizimining barcha 4 ta interfeysi: USSD, CLICK-UP, Telegram boti va http://my.click.uz shaxsiy kabineti orqali ochish mumkin. Hamyonni Light holatida ochish uchun mijoz faqat telefon raqamini tasdiqlashi va tug'ilgan sanasini kiritishi kerak.

Hozirda CLICK-hamyonni Click interfeyslari yordamida yoopish mumkin:
Click Up ilovasi, Telegram-bot, *880# USSD-so’rovi va http://my.click.uz shaxsiy kabineti.

Musbat balans bilan hamyonni yopib bo'lmaydi. Hamyon yopilayotganda balansni hadyaga ishlatishni yoki kompaniya ofisidan olib ketishni taklif qilinadi. Ikkinchi variant karantin choralari sababli hozircha mavjud emas.

5. Cashback

Cashback bo'yicha savollar

Clickdan Cashback – Click Up ilovasi yoki @clickuz Telegram-boti orqali amalga oshirilgan to'lov va o'tkazmalar uchun Click-Hamyonga qaytariladigan pul mablag'lari

1. To‘lov CLICK UP ilovasi yoki Telegram boti @clickuz va “my.click.uz” shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda amalga oshirilgan taqdirdagina keshbek qaytariladi.

2. Keshbek uch kun ichida (72 soat) foydalanuvchining CLICK hamyoniga o‘tkaziladi.

3. Bonus ommaviy oferta shartlariga muvofiq CLICK-Hamyonga o‘tkaziladi: https://click.uz/click-koshelek-offer.html

Agar to‘lovni amalga oshirishdan oldin CLICK hamyon ochilgan taqdirda, CLICK’dan keshbek beriladi

CLICK dan keshbek bizning veb-saytimizda https://click.uz/ru/cashback manzilidagi qoidalarida ko‘rsatilganidan tashqari to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish uchun beriladi

HUMO kartasidan HUMO kartasiga, HUMO kartasidan UZCARD kartasiga, UZCARD kartasidan UZCARD kartasiga o’tkazmalar amalga oshirilganda – o’tkazmaning 0,1% miqdorida keshbek taqdim etiladi.

UZCARD kartasidan HUMO kartasiga o’tkazmalarda keshbek taqdim etilmaydi.

Qoidalar 30.08.2024 kuni soat 00:00 dan amal qiladi.

To’liq ma’lumot bilan bosh sahifamizda “KESHBEK” tugmasini bosgan holda tanishib chiqish mumkin. 

12.09.2021 dan boshlab, «Joylardagi to‘lov» bo‘limidagi servislar, jumladan, «To‘lov hujjatini taqdim etish» va «To‘lovlar» – «Ko‘ngilochish» bo‘limidagi xizmatlar uchun CLICK orqali to‘lov amalga oshirilayotganda:

* 2% gacha Keshbek faqat firmali CLICK kartalari yordamida to‘lov amalga oshirilganda hisobga olinadi.

* Oddiy kartalar va CLICK Wallet’dan to‘lovlar uchun 0,3% gacha Keshbek.

Muhim!

* Istisnolar: UzAvtoSanoat, ROODELL, Fortuna Biznes kompaniyalariga to‘lovlar, soliqlar va jarimalarni to‘lash, kredit to‘lovlari, avtoto‘lovlar, shuningdek, rekvizitlaridan foydalangan holda to‘lovlar uchun Keshbek hisoblanmaydi. Shuningdek, Keshbek temiryo‘l chiptalarini to‘lash uchun hisoblanmaydi.

* * Foydalanuvchilardan komissiya undiriladigan va 1% dan kam bo‘lgan servislar uchun to‘lov amalga oshirilganda, Keshbek komissiya miqdorida to‘lanadi.

* * Keshbek faqat kalendar oyi davomida har bir servis uchun dastlabki 100 ta to‘lov uchun hisoblanadi. Agar kalendar oy davomida amalga oshirilgan to‘lovlar soni bitta servis uchun 100 ta to‘lovdan oshsa, oy oxirigacha ushbu xizmat uchun keyingi to‘lovlar bo‘yicha Keshbek o‘tkazilmaydi.

 

* Muhim o‘zgarishlar! 12.04.2021 yil 11:00 dan boshlab kommunal to‘lovlar va davlat to‘lovlari uchun Keshbek CLICK hamyonidan yoki standart bank kartalaridan foydalangan holda CLICK orqali to‘lashda 0,3% miqdorida, firmali karta CLICK kartasi orqali to‘lashda esa 1% miqdorida hisoblanadi.

* 14.04.2021 dan Oriflame va Faberlic to‘lovlari uchun Keshbek 0,1% miqdorida hisoblanadi.

* 28.09.2021 dan 18:00 dan boshlab HYUNDAI servisi uchun to‘lovlar uchun Keshbek hisoblanmaydi.

* 10.02.2022 dan boshlab Fargo xizmati to‘lovlari uchun Keshbek hisoblanmaydi.

* 17.05.2023 dan boshlab Aviachiptalar uchun keshbek taqdim etish vaqtinchalik to’xtatilgan.

* Xayriya tashkilotlariga pul o‘tkazmalari uchun foydalanuvchiga Keshbek hisoblanmaydi

* Aviachiptalarni xarid qilish - 02.03.2023 dan boshlab oddiy kartalar, Click hamyoni, kobrending kartalari, shuningdek Premium obunasi orqali Keshbek oladigan barcha foydalanuvchilarga, Keshbeklar har bir aviachipta xaridiga bir oy ichida faqat 5 ta to‘lov uchun taqdim etiladi; Keyingi xaridlar uchun Keshbek taqdim etilmaydi

6. Premium-obuna

Premium-obuna bo'yicha savollar

Premium-obuna mobil operatorlar xizmatlari to’lovlari uchun 5% gacha keshbek, turli to’lovlar uchun ikki karra keshbek olish, Uzcard/Humo kartalari o’rtasida 10 000 000 so’mgacha o’tkazmalarni komissiyasiz amalga oshirish imkoniyatini beradi.  

Shuningdek, Premium-obuna foydalanuvchilari maksimal darajada qulay Click Boom o’tkazmalaridan foydalanishlari mumkin.

Karta yoki telefon raqamini kiritish shart emas – kerakli qabul qiluvchini radarda toping va bir necha klikda pul yuboring.

Shuningdek:

🔹 Oltin mavzu;
🔹 Bepul to’lovlar monitoringi;
🔹 Premium qo’llab-quvvatlash.

Premium-obunani ulash va qo'shimcha afzalliklarni qo'lga kiritish uchun quyidagilar yetarli:

1️. "Click Up" ilovasiga kiring va "Yana" bo'limiga o'ting
2️. "Click Premium" xizmatini tanlang
3️. “Oyiga 50 000 so'm evaziga ulanish” va “To'lash” tugmasini bosing
4️. Tayyor!

Muhim!
To'lov mablag'i avtomatik ravishda quyidagi tartibda yechib olinadi:
a) Xizmatga ilk bor ulanishda to'lov click™ interfeyslarida Foydalanuvchining xohishiga ko'ra amalga oshiriladi;
b) pul mablag'larini keyingi yechib olish Foydalanuvchining Elektron hamyonidan yoki Ofertaning 5-bo'limiga muvofiq amalga oshiriladi.

Obunani @clickuz Telegram-botimiz orqali quyidagi tartibda ulash mumkin:

1. “Click Premium” punktini bosh menyuda tanlang.
2. “Oyiga 50 000 so'm evaziga ulanish” va “To'lash” tugmasini bosing
3. Tayyor!

Muhim!
To'lov mablag'i avtomatik ravishda quyidagi tartibda yechib olinadi:
a) Xizmatga ilk bor ulanishda to'lov click™ interfeyslarida Foydalanuvchining xohishiga ko'ra amalga oshiriladi;
b) pul mablag'larini keyingi yechib olish Foydalanuvchining Elektron hamyonidan yoki Ofertaning 5-bo'limiga muvofiq amalga oshiriladi


"Click Premium" xizmati 30 kun davomida va obuna muddati tugagandan so'ng taqdim etiladi, tizim avtomatik ravishda obunani keyingi 30 kunga uzaytiradi.

Obunani avtouzaytirish quyidagi tartibda o'chirilishi/yoqilishi mumkin:
1. "Click Up" ilovasiga kiring va "Yana" bo'limiga o'ting
2. Obunani avtouzaytirish (yoqish/o'chirish)
3. Tayyor!

Keshbek taqdim etiluvchi har qanday servis uchun ikki karr keshbek olishingiz mumkin.

Istisno holatlar: “Click Premium” doirasidagi ikki karra keshbek katta keshbek aksiyalari va click kobrending kartalari bilan qo'shib hisoblanmaydi.

Pul o'tkazmalari (p2p o'tkazmalari) bo'yicha keshbek xizmati va “Click premium” xizmati doirasida 30 (o'ttiz) kalendar kun davomida 10 000 000 (o'n million) so'mgacha pul o'tkazmalari uchun keshbek olish mumkin.
Cheklanma doirasidagi o'tkazmalaringiz summasi 9 900 000 (to'qqiz million to'qqiz yuz ming) so'm bo'lgan, keyingi o'tkazmalar 100 000 (yuz ming) so'mdan ortiq bo'lgan hollarda “click premium” xizmati doirasida o'tkazmalar uchun keshbek faol bo'lmaydi.

Click Boom orqalli pul o'tkazish juda ham oson, buning uchun:
1. Click Up ilovasiga kiring va Click Boom tugmasini bosing
2. Radarda qaabul qiluvchini tanlang va kerakli mablag' miqdorini kiriting
3. Tayyor!

Mablag' qabul qilish uchun “Click Boom”ni bosing va radarda yuboruvchini kuting.

7. Mening avto

Вопросы по разделу "Моё авто"

Mening avtomobilim» bo‘limiga o‘tish uchun navigatsiya menyusida «Yana ma’lumotlar» bandini va keyin «Mening avtomobilim» ni tanlash lozim.

Avtomobilingiz «Mening avtomobilim» bo‘limida avtomatik ravishda aks etishi uchun siz identifikatsiya jarayonidan o‘tishingiz zarur. Avtomobilni o‘zingiz qo‘lda yozib ham kiritishingiz mumkin.

«Mening avtomobilim» bo‘limiga yangi avtomobilni qo‘shish uchun «Avtomobilni qo‘shish» tugmasini bosing va zarur axborotni, masalan, avtomobil raqami va texnik pasport ma’lumotlarini to‘ldiring.

Ha, avtomobilni «Mening avtomobilim» bo‘limidan olib tashlashingiz mumkin. Kerakli avtomobilni topish va uning raqami yonidagi o‘chirish belgisini bosish kifoya.

Joriy sug‘urtangizning amal qilish muddati va tafsilotlari har bir avtomobil uchun «Sug‘urta» bo‘limida ko‘rsatilgan. Avtomobilingizni qidirib toping va tegishli axborotni tekshiring. Shuningdek, sug‘urtaning amal qilish muddati «Mening avtomobilim» bosh sahifasida aks etadi.

Sug‘urtani rasmiylashtirish uchun “OSAGOni («Avtomobil fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish») rasmiylashtirish” sahifasiga o‘tishingiz zarur. Buni bir necha usulda qilishingiz mumkin:

1. Asosiy sahifadagi mashina ostidagi «Sug‘urta» tugmasini bosish orqali.

2. Pastki navigatsiya menyusi orqali «Sug‘urta» sahifasiga o‘tish va «Sug‘urtani rasmiylashtirish» tugmasini bosish orqali.

3. Sug‘urta muddati tugashi to‘g‘risidagi bildirishnomani bosish orqali (sug‘urta muddati tugab borayotganda paydo bo‘ladi).

Yangi sug‘urtani rasmiylashtirishda polis turini va sug‘urta davrining boshlanish sanasini ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi. Zarur bo‘lsa, qo‘shimcha haydovchilar to‘g‘risida ma’lumotni ham qo‘shishingiz mumkin

Ilovamizda OSAGO sug‘urtasining ikki turini tanlashingiz mumkin: cheklanmagan (VIP) va cheklangan (5 tagacha).

Farqi shundaki, cheklangan polis faqat hujjatda ko‘rsatilgan haydovchilarning aniq belgilangan soniga mashinani boshqarish imkonini beradi. Cheklanmagan sug‘urta ushbu transport vositasini boshqarish uchun ishonchnomaga ega bo‘lgan istalgan miqdordagi shaxslarga yoki avtomobil egasi huzurida bo‘lgan haydovchilarga transport vositasini boshqarish uchun ruxsat olish imkonini beradi. 

Sug‘urtani rasmiylashtirish chog‘ida haydovchini qo‘shayotganda uning shaxsiy ma’lumotlarini, masalan, qarindoshlik darajasi, pasport ma’lumotlari va tug‘ilgan sanasini ko‘rsatishingiz lozim bo‘ladi

«Narxlar katalogi» bo‘limida O‘zbekistonning rasmiy dilerlaridan avtomobillar narxlari bo‘yicha to‘plangan axborotni topishingiz mumkin. Sizni qiziqtirgan avtomobil modelini tanlang va joriy narxlarni ko‘rib chiqing.

Jarimalar va yo‘l harakati qoidalarini buzish to‘g‘risidagi axborot «Yo‘l harakati qoidalari jarimalari» bo‘limida mavjud. U yerda turli xil qoidabuzarliklar va tegishli jarimalarning miqdori to‘g‘risida batafsil axborotni topasiz.

CLICK UP ilovasining asosiy qismidagi «Obuna» bo‘limida «Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi» xizmati qo‘shilgan holda jarimalaringiz to‘g‘risida aniq ma’lumot olishingiz mumkin. Xizmatning narxi ulanganda ko‘rsatiladi va har oy oferta shartlariga muvofiq yechib olinadi

Ha, rasmiylashtirish chog‘ida sug‘urtani amal qilish muddatini tanlashingiz va kerakli oylar sonini oldindan ko‘rsatishingiz mumkin. Ma’lum bir muddatning mavjudligi sug‘urta kompaniyasining qoidalari va siyosatiga bog‘liq bo‘lishi mumkinligiga e’tibor bering.

Agar siz allaqachon mashina qo‘shgan bo‘lsangiz, «Avtomobil qo‘shish» tugmasini bosib yangi sahifaga o‘ting.

Sug‘urtani rasmiylashtirganingizdan so‘ng, rasmiylashtirgan sug‘urta polislaringiz «Sug‘urta» bo‘limida ko‘rsatiladi. Ayni paytda, rasmiylashtirish chog‘ida sug‘urta havolasi ko‘rsatilgan SMS xabar olasiz va uni bosish orqali hujjatni yuklab olishingiz mumkin.

Yaqin kelajakda «Batafsil» tugmasini bosib, sug‘urta ma’lumotlarini ko‘rishingiz va sug‘urtani yuklab olishingiz imkoni bo‘lgan variant paydo bo‘ladi.

Ha, albatta. Buning uchun mashina raqamini va texnik pasport ma’lumotlarini kiritib, ularning mashinasini qo‘shishingiz kerak. Mashinani qo‘shgandan so‘ng, unga sug‘urtani rasmiylashtirish mumkin.

Ehtimol, mashina sizning nomingizda bo‘lmasligi mumkin. Mashinani qo‘lda yozib kiritishga urinib ko‘ring. Avtomobillaringiz to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni yagona davlat xizmatlari portalidan olamiz. Mashina nomingizga rasmiylashtirilgan bo‘lsa, u ilovada ko‘rinishi kerak, shunday bo‘lmasa, tekshirish uchun so‘rov ochamiz.

Odatda, sug‘urta 5 minut ichida paydo bo‘lishi kerak. Agar bir necha soat o‘tgach ham sug‘urta ko‘rsatilmasa, ushbu vaziyatni tekshirish uchun sizning holatingiz bo‘yicha arizani rasmiylashtiramiz. Buning uchun operatorga avtomobilingizning davlat raqamini ayting.

Balki siz eski texnik pasportni kiritayotgandirsiz. Texnik pasportingizga o‘zgartirishlar kiritilganligini tekshiring.

Polisni olishning ikki yo‘li mavjud:

1. Polisni muvaffaqiyatli rasmiylashtirgandan so‘ng, ye-polisdan havola keltirilgan SMS - xabar olasiz. Havola bo‘yicha o‘ting, kapchani kiriting va polis ochiladi va siz uni PDF formatida yuklab olishingiz mumkin.

Shuningdek, muvaffaqiyatli rasmiylashtirgandan so‘ng SMS xabar kelmagan bo‘lsa, qora ro‘yxatdagi 880 raqamini tekshiring va +998712310880 raqami orqali bizbilan bog‘laning, kompaniya operatori havola keltirilgan SMS xabarni sizga qaytadan yuboradi.

Sug‘urta hodisasi yuz berganda, zarur yordam va keyingi xatti-harakatlar bo‘yicha yo‘riq olish uchun INSON kompaniyasiga +998 (78) 113-00-07 raqami orqali murojaat qiling. Shuningdek, INSON kompaniyasining barcha raqamlari sug‘urta shartnomangizda ko‘rsatilgan.