"Kvitantsiyalarim" xizmati

Kommunal xizmatlarga to'lash imkoni CLICK tizimida anchadan beri joriy qilingan. Ammo ba'zi holatlarda ushbu to'lovlar bo'yicha kvitantsiyalar juda qulay kelishlari mumkin.

Aynan shunday vaziyatlar uchun CLICK tizimida kvitantsiyaning elektron shaklini yuklab olish yoki butun O'zbekiston bo'ylab istalgan hududga pochta orqali eltib beriladigan qog'oz shakliga buyurtma berish imkoni ishga tushirildi.

Kvitantsiyalar kommunal va ba'zi boshqa xizmatlarga oshirilgan to'lovlar bo'yicha taqdim qilinadi:

  • Gaz
  • Sovuq suv
  • Elektroenergiya
  • Chiqindilarini olib chiqish
  • Issiq suv va isitish
  • DYHXX jarimalari

“Kvitantsiyalarim” xizmati hozirgi kunda “Shaxsiy kabinet”da va @clickuz Telegram-botida joriy qilindi.

Telegram-botida kvitantsiyani “To'lov” bo'limidagi maxsus tugmasi orqali olish mumkin. Bot kategoriyani va amalga oshirilgan so'nggi to'lovlardan kerakligini tanlashingizni so'raydi (birdaniga 10gacha tanlashingiz mumkin). Undan so'ng etkazib berish uchun zarur ma'lumotlarni kiritishingiz lozim: oluvchining FISh, manzil va hokazo.