CLICK Terminal
CLICK Terminal xizmati – CLICK hamkorlari va foydalanuvchilari uchun zamonaviy echim
CLICK tizimining Indoor-to'lovlar echimi istalgan savdo do'koni va xizmat ko'rsatish nuqtasida qisqa vaqt ichida joriy qilinishi mumkin. Va bankdan real savdo terminalini olmasdan turib mijozlarning plastik kartalaridan to'lovlarni qabul qilish imkonini ochib beradi.
Ushbu echim yordamida har bir chakana savdo nuqtasi uchun oddiy terminallarning to'lov funktsionalidan qolishmaydigan, aksincha bir qator afzalliklarga ega virtual terminal ochiladi. To'lov protsedurasi sanoqli soniyalarda amalga oshadi va mijoz tarafidan hech qanday qo'shimcha xarajatlarni talab qilmaydi.
Xaridlar yoki ko'rsatilgan xizmatlarga to'lovlar mijoz tarafidan bir qator usulda amalga oshirilishi mumkin:
- USSD-menyusi orqali
- USSD-so'rovi yordamida
- Click Up mobil ilovasi orqali, yoki
- Sotuvchi tomonidan mijoz telefon raqamiga chiqarilgan hisobni to'lash yuli bilan.
Birinchi 3 usulda mijoz sotuvchining qisqa kodi orqali to'laydi (kod sotuvchi bankda ro'yxatdan o'tayotganda beriladi). Yoki mijoz do'konda joylashtirilgan QR-kodni CLICK Evolution mobil ilovasi yordami “o'qib” olishi mumkin.
Virtual terminal va Indoor-to'lovlarning afzalliklari:
- Internetga ulanishni talab qilmaydi;
- Elektr energiyasi bo'lmagan paytda ham to'lovni amalga oshirish mumkin;
- Mablag'larning sotuvchi yoki tadbirkorning hisobiga qisqa vaqt ichida tushishi;
- Har bir kelgan to'lov bo'yicha SMS ma'lumotnomasi;
- Mijozda plastik kartasi yonida bo'lmasa ham (uyda yoki moshinada qolgan va hoqazo) xaridlarga va xizmatlarga to'lash imkoni;
- Mijozga kartasidagi mablag'lariga xavfsizligini ta'minlovchi PIN-kodni birovlarga aytishning keragi yo'q.
Ushbu xizmatga ulanish uchun tadbirkorlar xizmat ko'rsatayotgan banklariga yoki CLICK tizimi bilan hamkorlik qilayotgan istalgan bankka murojaat qilishlari zarur. Bankda ro'yxatdan o'tayotganda tadbirkorlarga va savdo do'konlarining egalariga to'lovlarni qabul qilish uchun unikal kod belgilanib, QR-kod taqdim etiladi.
Hamkorlarimiz, savdo va xizmat ko'rsatish do'konlari egalari uchun maxsus mobil ilova ishlab chiqarilgan — «CLICK Hamkorlariga» (CLICK для Партнеров). Ushbu ilova CLICK Terminal xizmati orqali o'tgan to'lovlar bo'yicha monitoring qilish keng imkoniyatlarini beradi. Hozirgi paytda Android va iOS smartfonlari uchun mavjud.