Xavfsizlik
Pullaringiz omon qolishi uchun xavfsizlik bo'yicha tavsiyalarimizga e'tibor bering. Ushbu sahifa bilan tanishing va notanish odamlardan kelgan oson pul va va'dalarga doim shubha bilan qarang. Firibgarlar odamlarning ishonchiga kirib, ularni aldashni juda yaxshi bilishadi. O'g'irlangan pullarni esa qaytarishga deyarli iloj bo'lmaydi. Shuning uchun ozgina vaqtingizni sarflab, o'zingizni turli muammolardan ximoyalang.
Birinchi va oddiy qoida:
Ushbu kodlar pul o'tkazmalariga imkon beradi, shuning uchun hech qachon va hech kimga SMS orqali] kelgan kodlarni aytmang! Click, bank, xavfsizlik xizmatidan yoki IIBdan qo'ng'iroq qilayapmiz deb aytishsa ham. Click va bank xodimlari sizdan hech qachon kodni so'rashmaydi va ularni qayergadir kiritishni iltimos qilmaydi. Agar kod ilovada kelgan bo'lsa, uni notanish saytga kiritish aslo mumkin emas.
Hammasi yaxshi bo'ladi deb qanchalik ishontirib gapirishsa ham: kodni hech kimga aytmang. Kimdir telefon qilib, yaqinlaringizdan biri muammoga duch kelgani sababli darhol pul o'tkazish kerakligini, qo'ng'iroq qilgan odam esa ularga yordam berayotganini aytishi mumkin. Suhbatni tugatib, suhbat ketgan odamning o'ziga qo'ng'iroq qiling. Ota-ona va bola vaziyatini manipulyatsiya qilish – firibgarlarning keng tarqalgan harakati.
Qo'ng'iroqlar va sms 📱 📱
Zamonaviy texnologiyalar chiquvchi raqamlarni soxtalashtirish imkonini beradi, shuning uchun sizga «haqiqiy» Click raqamidan qo'ng'iroq qilishlari mumkin. Mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatining haqiqiy xodimi bilan qayta qo'ng'iroqni rejalashtirmagan bo'lsangiz, bunday kiruvchi qo'ng'iroqlarga shubha bilan qarang.
Click xodilari yoki har qanday bank xodimlari sizdan hech qachon sms-kodlarni, ilovaga kirish parollarni yoki PIN-kodni, hamda karta ma'lumotlarini (kartaning to'liq raqami, amal qilish muddati, pin-kodi yoki CVC) so'ramaydi. Maxfiy ma'lumotlar qatoriga shaxsiy ma'lumotlar ham kiradi: F.I.Sh., manzil, telefon raqami. Barcha kiruvchi go'ng'iroqlarda ogoh bo'ling.
SMS xabarlarda ham huddi shunday. Agar click.uz rasmiy sayti yoki ilova orqali o'zingiz kod so'ramagan bo'lsangiz, yangi xabarnomalarda kelgan hech qanday havola orqali o'tmang. Yangi sms-xabarnoma avval tekshirilgan sms-xabarnomalar kelgan raqamdan kelganiga ishonch hosil qiling.
Kartangiz cheklangani, to'lov bekor qilingani, qandaydir muammo borligi yoki hisobingizga firibgarlar qo'shilgani haqida Click yoki bankingizdan SMS-xabarnoma kelsa – ko'rsatilgan telefon raqamiga qo'ng'iroq qilmang va ko'rsatilgan havola orqali o'tmang. 71-231-0880 raqamiga o'zingiz telefon qiling va Click kontakt markaziga ushbu holat bo'yicha xabar bering.
Manipulyatsiyalar 😱 😱
Mummolar
Firibgarlar ko'pincha paydo bo'lgan muammolar va ularni darhol yechish kerakligini aytishadi. Aks holda pullaringizni yoki akkauntni yo'qotishingiz bilan qo'rqitishadi. Shoshilmang. Hissiyotga berilib, ratsional fikrlab, vaziyatni xushli baholay olmasligingiz mumkin. Firibgar kartalaringiz, shaxsiy ma'lumotingiz, xaridlaringiz va hisobingiz balansi haqidagi haqiqiy ma'lumot berishiga e'tibor bermang. Bugungi kunda bunday ma'lumotlarni shaxsiy ma'lumotingizni yig'a oladigan vositachilardan o'g'irlasa yoki xarid qilsa bo'ladi.
Kompensatsiya va yutuqlar
Firibgarlarning yana bir nayrangi – pul tarqatish. Superaksiyalar, avtomobil yutib olish, karantin uchun kompensatsiyalar, bolalar nafaqasi, lotereya va boshqa yutuqlar olish uchun shaxsiy ma'lumot kiritishingiz yoki o'tkazma (komissiya, oldindan to'lov va hokazo) amalga oshirish kerak bo'lganda – bunday sahifani darhol yoping va hech qaytmang. Esingizda tuting – tekin to'n qimmatga tushadi.
Hiylalar
Maqtov – bular sabab hushyorligingizni yoqotishingiz mumkin. Suhbatdoshingiz sizning shaxsiy fazilatlaringizni maqtashga o'tsa, ogoh bo'ling.
Boy berilgan imkoniyatlar – boy berib yuborish mumkin bo'lmagan imkoniyatlar haqida gap ketsa. Agar qurbonlarni ko'rmayotgan bo'lsangiz – qurbon aynan siz demakdir.
Biriktirib bo'lmaydigan narsalarni qo'shish – firibgarlar avval osongina rozi bo'ladigan savollar berishadi, va, qarabsizki, keyingi savolga ham rozi bo'lib qolaverasiz.
Saralanganlar – ko'plarda bo'lmaydigan va aynan sizga shunday bir imkoniyat beriladi deb ishontirish usullari ham ko'pincha ishlatiladi
Telegram va saytlar 🌏 🌏
Hech qanday administrator yoki qo'llab-quvvatlash xizmatining xodimlari sizga o'zidan-o'zi Telegramga yozmaydi. Sizga kimdir shaxsan yoki umumiy chatda Click xodimi deb o'zini tanishtirsa, uning kontaktini bloklang va 71-231-0880 raqamiga qo'ng'iroq qilib, Click Kontakt markaziga ushbu vaziyat bo'yicha xabar bering.
Suhbatdoshingiz profilida Click, Admin, Support, Official kabi so'zlar borligiga, avatarda esa logotip borligiga e'tibor bermang. Bunday ma'lumotlarni har qanday foydalanuvchi joylashtirishi mumkin.
Bunday xabarlardagi havolalar bo'yicha o'tmang. Bu Click Telegram-botining maxsus havolasi deyishsa ham. Yagona rasmiy Telegram-botning nomi @clickuz (nomining oxirida bot so'zisiz) va unda Telegram xizmatining o'zi tasdiqlaganligi haqida ishora beruvchi havo rangli tugmachasi bor.
Parol va PIN-kodlar 🛂
Xavfsizligingiz maqsadida parol va pin-kodlar shartlariga rioya qiling:
- Parol ayon bo'lmasligi lozim. Tug'ilgan sana, telefon raqami, avtomibil raqami, bolalar ismi, «password», «admin», «love» va shu kabi so'zlarni ishlatmaslik kerak. Firibgarlar birinchi bo'lib shunday ayon parollarni tekshirishadi.
- Parol uzun bo'lishi lozim. Parol qanchalik uzun bo'lsa, uni terib topib olish qiyin. Qanday harflar, belgi va raqamlar bo'lishi farq qilmaydi – muhimi, parol uzun bo'lishi kerak. Masalan, biror so'zni bir necha marta terish mumkin. Parolingiz kamida 10 belgidan kam bo'lmasligiga harakat qiling (albatta, 1234567890 degan parol bo'lmasligi kerak).
- Vaqti-vaqti bilan parollarni almashtirish kerak. Qanchalik tez-tez bo'lsa shuncha yaxshi, kamida yilda bir marta almashtiring. Paroldagi so'zlar o'rtasida joriy yilni qo'shsangiz ham – bu juda yaxshi.
- Parol oson bo'lmasligi kerak. Ilovaga kirish parolini 00000 yoki 12121 qilish juda xavfli. Bir xil raqamlar, «chiroyli» raqamlar yoki tug'ilgan sana, telefon raqamingizning qismi, 19-20 yoki joriy yildan boshlanadigan pin-kodlar (agar pin-kod 4 belgidan iborat bo'lsa) – bunday parollarni terib topib olish juda oson.
- Face ID yoki Touch ID ishlating. Uzun murakkab parollar albatta yuz yoki barmoq izi orqali tanib olish funksiyasidan yaxshiroq. Chunki murakkab kodni topib olish yuzni tanib olish texnologiyasini aldashdan qiyinroq. Lekin sizga uzun pin-kodni eslash qiyin bo'lsa, unda avtomatik tanib olishni yoqing. Ammo esingizda tuting-ki, internetsiz yoki Telegram-botida to'lovni amalga oshirish uchun parol kerak bo'ladi, shuning uchun uni yodda tutganingiz yaxshiroq.
Parol va pin-kodlaringizni hech qachon va hech kimga aytmang – bu maxfiy ma'lumot hisoblanadi.
Bank kartalari 💳
Bank kartangizning pin-kodini hech kimga aytmang. Ha, ko'plar kassirlarga aytishadi, lekin biling-ki, bu juda xavfli. Firibgarlar soni faqat oshmoqda. Shunday kun kelishi mumkin, siz ham pullaringizdan ayrilishingiz mumkin. Buni bir o'ylab ko'ring.
Boshqalarga kartangiz to'liq raqamini va amal qilish muddatini bermang. O'tkazmani qabul qilish uchun karta raqamining o'zi kifoya.
Ham so'm, ham chet el valyuta kartalarida (Visa, Mastercard, MIR va hokazo) bo'lgan narsa puldir. Jamoat joylarida (banklarda ham) so'm kartalarining pin-kodini ovoz chiqarib aytish valyuta kartalarga nisbatan xavfsizroq deb o'ylamang. Ikkala vaziyatda ham pul yo'qotishingiz mumkin. So'm kartalaringiz xavfsizligi haqida valyuta kartalar kabi bir hil o'ylang.
Bitta kartada katta miqdordagi (agar shunday bo'lsa albatta) pullarni saqlamang. Yaxshisi, uni bir nechta bank kartalariga bo'ling.
Kartani do'kon va restoran xodimlariga bermang – imkon qadar hisoblarni Click ilovasi yoki Telegram-boti orqali to'lang.
Firibgarlarga duch kelgan bo'lsangiz ⚠️
Shubhali xabarnoma, qo'ng'iroq keldimi yoki o'zingiz amalga oshirmagan amaliyotni ko'rib qoldingizmi?
— Muammo Click bilan bog'liq – qo'llab-quvvatlash xizmatga qo'ng'iroq qiling: 71-231-0880.
— Chet el valyuta bank kartangiz bilan muammo – kartani chiqargan bankka murojaat qiling.
— so'm kartangiz bilan muammo – kartani chiqargan bankka yoki UzCARD/HUMO (karta turiga qarab) tizimlariga murojaat qiling.
Banklarning hamda to'lov tizimlarining telefon raqamlarini ularning rasmiy saytlarida yoki kartalarning o'zida ko'rish mumkin.
Qurbon qo'lganlar xikoyalari:
Firibgarlar Uzcard saytini klonlashtirib, bunda pul ishlamoqchi bo'lishdi. Kompaniya ushbu aksiya Uzcard to'lov tizimiga hech qanday aloqaga ega emasligini aytdi.
😩 repost.uz/cloneIchki ishlar vazirligi IIV nomidan «pornosaytlar»ga kirganlik uchun «jarima» talab qilgan kiber-firibgarlar haqida ogohlantirdi
😳 gazeta.uz/ru/2019/12/12/mvdO'zbekistonda firibgarlik SMSlar tarqatilayotgan vaziyatlar kuzatilmoqda. Ularda fuqarolar karantin shartlarini buzganlari uchun jarimaga tortilayotgani haqida aytilmoqda.
😠 gazeta.uz/ru/2020/04/14/fraudFiribgarlar «O'zbekneftegaz»dan mavjud bo'lmagan aksiya haqida xabar berishdi. Firibgarlar ijtimoiy taroqlarda raklama postlari orqali havoladan o'tishni, savollarga javob berishni so'rashgan.
😟 repost.uz/mne-bak-benzinaMobil telefon ko'plab xizmatlarning markaziga aylandi. Shaxsiy ma'lumotlarning xavfsizligiga e'tibor firibgarlardan ehtiyot bo'lishga yordam beradi.
😎 gazeta.uz/ru/2017/03/24/mobile-securityBeeline abonentlariga qayta qo'ng'iroq qilishga iltimos bilan kelayotgan xabarnomalar chet eldan kelmoqda.
😱 gazeta.uz/ru/2014/01/30/spam