CLICK orqali to'lovlar uchun Cashback

Kartadan kartaga pul o’tkazilganda Cashback

* HUMO kartasidan HUMO kartasiga, HUMO kartasidan UZCARD kartasiga, UZCARD kartasidan HUMO kartasiga, UZCARD kartasidan UZCARD kartasiga o’tkazmalarida Cashback o’tkazma  summasining 0.15% miqdorida beriladi.

Qoidalar 2023 yil 1-may soat 00:01 dan amal qiladi

**Premium-foydalanuvchilar kartadan kartaga 10 mln. so'mgacha mablag'ni komissiyasiz o'tkazishlari mumkin. Bepul o'tkazmalarda cashback taqdim etilmaydi

To'lovlar uchun Cashback

09.12.2021 dan CLICK servislari orqali «Joyda to’lov», jumladan «Hisob chiqarish» bo’limlarida to’lov amalga oshirganda, bundan tashqari «To’lovlar» bo’limlarida to’lov amalga oshirilganida:

* Faqat CLICK rasmiy kartasidan to’lov amalga oshirilganida 2 foizgacha cashback taqdim etiladi.

* Oddiy kartalar va CLICK-Hamyondan amalga oshirilgan to’lovlarga 0,3 foigacha cashback taqdim etiladi.

Muhim!

* Istisnolar: Cashback UzAvtoSanoat, ROODELL, Fortuna Biznes, soliq va jarimalar to'lovlariga, kredit so'ndirish, avtoto'lovlar, hamda rekvizit bo'yicha to'lovlar uchun berilmaydi. Shu bilan birga temiryo'l chiptalariga oshirilgan to'lovlar uchun ham berilmaydi.

* * Komissiyasi foydalanuvchilardan olinadigan va 1% kam bo’lgan xizmatlarga to’langanda, CASHBACK komissiya miqdorida beriladi.

* * Cashback kalendar oy mobaynida har bir xizmat bo’yicha birinchi 100 to’lov uchun beriladi. Kalendar oy mobaynida har qanday bir xizmat uchun amalga oshirilgan to’lovlar soni 100dan oshgan taqdirda, shu oyning oxirigacha bu xizmatga amalga oshirilgan keyingi to’lovlar berilmaydi.

* Muhim o'zgarishlar!! 12.04.2021, 11:00 dan boshlab "Kommunal to'lovlar", "Davlat xizmatlari" toifasiga kiritilgan xizmatlar uchun to’lovlarni CLICK orqali Standart bank kartalaridan yoki CLICK-Hamyondan amalga oshirganda, cashback 0.3%ni tashkil etadi, va to’lovlarni CLICK orqali CLICK kobrend kartalaridan amalga oshirganda cashback

* 14.04.2021dan boshlab Oriflame va Faberliс uchun to’lovlarni cashback 0.1%ni tashkil etadi.

* 28.09.2021 dan HYUNDAI hizmatlari uchun to'lovlardan cashback qaytarilmaydi.

* 10.02.2022 dan Fargo hizmatlari uchun to'lovlardan cashback qaytarilmaydi.

* Xayriya tashkilotlariga amalga oshirilgan pul o'tkazmalari uchun foydalanuvchiga cashback berilmaydi.

* 2023-yil 17-maydan boshlab aviachiptalarni xarid qilish uchun cashback vaqtincha to‘xtatiladi.
* Agar foydalanuvchi to'lovni bekor qilgan bo'lsa yoki mahsulotni qaytarish yoki xizmatni bekor qilish va natijada to'lov pulini qaytarib olish uchun ariza yuborgan bo'lsa, to'lov puli faqatgina Click-hamyonda to'lov uchun olingan keshbekni qaytarishga yetarlicha mablag' mavjud bo'lgan holdagina qaytariladi. Aks holda to'lovni bekor qilish yoki mablag'ni qaytarish imkoniyati mavjud emas. To’lov qisman qaytarilgan holda, mazkur to’lov bo’yicha taqdim etilgan cashback summasi 100% miqdorda operatorga qaytariladi.

* 05.07.2023 dan boshlab davlat xizmatlari uchun toʻlovlarda cashback berilmaydi.
* Korporativ kartalar orqali to'lovlar uchun keshbek taqdim etilmaydi.
Muhim o'zgarish! 01.02.2024 kunidan boshlab "Mening avto" bo'limida cheksiz (VIP) OSAGO  rasmiylashtirilganda, identifikatsiyalangan foydalanuvchilar uchun keshbek miqdori 5% etib belgilandi.

Katta Cashback

"Katta Cashback" dasturi — CLICK orqali to'laganda haqiqiy pul qaytaradi.

Hamkorlarimizdan xarid va xizmatlarga “KATTA CASHBACK” bo’limida to’lang va CLICK-Hamyoningizga CASHBACK oling!

Dasturimizdagi hamkorlarni hamda ularning cashback foizi CLICK Up va @clickuz Telegram-botidagi "Katta cashback" bo'limida ko'rish mumkin. Agar kerakli hamkor ushbu bo'limda bo'lmasa, demak kattalashtirilgan cashback dasturi bu hamkorda hali faollashtirilmagan.

* Cashback qiymati har bir hamkor uchun alohida belgilangan.

** Reklamada 01.01.2022 ga mavjud eng katta cashback % ko'rsatilgan.

*** Cashback to'lovlari hamkor mablag'laridan amalga oshiriladi.

Bonuslar ommaviy oferta shartlariga muvofiq tushiriladi.

Cashback berish qoidalari
1. Cashback faqatgina onlayn tarzda CLICK Up ilovasi yoki @clickuz Telegram-boti orqali to’lov oshirilgandagina taqdim qilinadi.
2. Cashback uch kun mobaynida (72 soat) foydalanuvchining CLICK-Hamyoniga tushiriladi.
3. Bonus ommaviy oferta shartlariga muvofiq CLICK-Hamyonga tushiriladi. Batafsil maʼlumot

Muhim: Identifikatsiya qilinmagan CLICK-Hamyonda saqlash mumkin bo’lgan maksimal mablag’ miqdori 5 “BHM”ni tashkil qiladi. Hamyondagi qoldiq bilan birgalikda bir martada yoki umumiy cashback miqdori 5 “BHM”dan ortiq bo’lishi mumkin emas. Cashback yopiq/bloklangan/faol bo'lmagan hamyonlarga taqdim etilmaydi.

CLICK-Hamyonni oson, bepul va tezgina istalgan interfeys orqali ochish mumkin: CLICK Up ilovasida, Telegram-botda, saytimizda va hattoki, agar internetingiz bo’lmasa, *880# orqali.

CLICK kartasiga buyurtma berish ham huddi shunday oson: CLICK Up ilovasi, Telegram-bot yoki saytimiz sizga muntazir.

Karta 3-4 bank kuni mobaynida tayyor bo’ladi. Hududlarda uni bank bo’linmalarida olish mumkin bo’ladi, Toshkentda esa u uyga eltib berilishi mumkin. Eltib berish shartlari bilan kartaga buyurtma berilganda tanishish mumkin.

CLICK-Hamyondan 3000 dan ortiq xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirish mumkin va ularning soni kundan kunga ko’paymoqda. 

Premium foydalanuvchilar o'rtacha hisobda* 140 000 so'm cashback oladi, shundan:

75 000 so'm - Premium foydalanuvchisi tovarlar, xizmatlar, kommunal va davlat xizmatlariga qilingan to'lovlar uchun oladigan cashbacklarning o'rtacha miqdori.

65 000 so'm - Premium foydalanuvchiga kartadan kartaga o'tkazmalari uchun qaytarilgan cashbacklarning o'rtacha miqdori.

*Hisob-kitoblar 2023-yil yanvar oyida obunani rasmiylashtirgan mijozlarning cashback maʼlumotlariga asoslangan.