Oferta «CLICK» elektron pullar tizimidan foydalanish to’g’risida
Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda - "Oferta") xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish, ya’ni hisob-kitoblarni CLICK Elektron pullar tizimidan foydalangan holda amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda - "Shartnoma") shartlarini o‘z ichiga oladi. Ofertada ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshirish shaxsning Shartnomani Ofertada bayon etilgan shartlar, tartib va hajmda tuzishga roziligining tasdig‘i hisoblanadi.
Ofertaning quyida bayon etilgan matni “CLICK” Aksiyadorlik jamiyati To’lov tashkilotining O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367-moddasi va 369-moddasi 2-qismiga asosan muomalaga layoqatiga ega jismoniy shaxslarga yo’llangan Shartnoma tuzish bo’yicha rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi. Shartnoma jismoniy shaxs tomonidan Oferta shartlarida nazarda tutilgan va jismoniy shaxs tomonidan Ofertaning barcha shartlariga hech qanday istisnolarsiz va (yoki) cheklovlarsiz rozilik (aksept) berilganligini va so‘zsiz qabul qilinganligini bildiruvchi harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi va kuchga kiradi.
Ofertaning amaldagi versiyasi quyidagi elektron manzil bo’yicha Web-sahifada joylashtirilgan: https://click.uz/ru/offerwallet.
- Atamalar va ta’riflar
1.1. Oferta maqsadlarida quyida keltirilgan atamalardan keyingi ma’nolarda foydalaniladi:
“CLICK” elektron pullar tizimi (bundan buyon matnda – “EPT” yoki “Tizim”) – elektron pullar tizimi operatorining elektron pullar emitenti va (yoki) elektron pullar egalari bilan o’zaro hamkorligi orqali Elektron pullar bilan to’lovlar va boshqa operasiyalar amalga oshirilishini ta’minlaydigan dasturiy-texnik vositalar, hujjatlar va tashkiliy-texnik chora-tadbirlar majmui;
“CLICK” elektron pullar tizimi Operatori (bundan buyon matnda – “Operator”) – “CLICK” AJ to’lov tashkiloti;
CLICK UP ilovasi – Foydalanuvchi mazkur Shartnomaga to’liq rioya qilish shartlarida ilovalar do’koni orqali foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan, Android yoki Apple iOS operasion tizimlari boshqaruvida ishlaydigan mobil qurilmalar uchun ishlab chiqilgan mobil ilova;
Servis – “CLICK” AJ yagona huquqiy egasi hisoblangan, har qanday vaqtda va Servisning har qanday interfeysidan masofaviy onlayn rejimida Servis Mijozlariga Yetkazib beruvchilar tovarlari uchun to’lovlarni amalga o’shirish, boshqa kartalarga o’tkazmalarni amalga oshirish va Servisning mavjud funksiyalari doirasida boshqa harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradigan dasturiy mahsulot;
Elektron pullar – elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari;
Elektron pullar emitenti (bundan buyon matnda – “Emitent”) – “CLICK” elektron pullar tizimida elektron pullar chiqarilishini va qoplashni amalga oshiradigan «Aloqabank» ATB;
Elektron pullarni chiqarish – elektron pullar Emitenti tomonidan jismoniy shaxslarga va emitent agentlariga nominal qiymatiga teng pul summasiga almashtirish orqali elektron pullar berilishini nazarda tutuvchi operasiya;
Elektron pullardan foydalanish – fuqarolik-huquqiy bitimlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish maqsadida Elektron pullar tizimida elektron pullarning ularning egasi – jismoniy shaxs tomonidan elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchisiga o’tkazilishi;
Elektron pullarni qoplash – elektron pullar egasi tomonidan taqdim qilingan yoki O’zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan holatlarda elektron pullar egasi tomonidan taqdim qilinmagan holda qo’planiladigan elektron pullarni ularning nominal qiymatiga teng pul summasiga almashtirish bo’yicha operasiya;
Mijoz – Elektron pullar tizimida elektron pullar egasi sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan va shaxsini tasdiqlovchi hujjatga ega jismoniy shaxs, O’zbekiston Respublikasining to‘liq muomala layoqatiga ega bo’lgan fuqarosi;
Identifikatsiyalangan Mijoz – Elektron pullar tizimida elektron pullar tizimi Operatoriga to’lanadigan haq evaziga identifikasiyalash jarayonidan o’tgan va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari doirasida mazkur Ofertada, Elektron pullar tizimida belgilangan limitlar doirasida Elektron pullar tizimida elektron pullar bilan muayyan turdagi operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega Mijoz maqomi;
Identifikastiyalanmagan Mijoz – Elektron pullar tizimida identifikasiyalash jarayonidan o’tmagan va unga nisbatan Elektron pullar tizimida elektron pullar bilan bog‘liq operatsiyalar turlari bo‘yicha cheklovlar qo‘yilgan, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari doirasida mazkur Ofertada, Elektron pullar tizimida belgilangan summalar bo’yicha limitlar o’rnatilgan Mijoz maqomi;
Identifikatsiyalash (shu jumladan, Mijozning soddalashtirilgan identifikatsiya jarayonidan o’tkazilishi) – O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Operatorning ichki tartib-taomillari va mazkur Oferta talablariga asosan Mijoz tomonidan taqdim qilingan, shu jumladan elektron shakldagi identifikasiya ma’lumotlaridan foydalanilgan holda Mijozlar to’g’risidagi ma’lumotlarning to’g’riligini aniqlash (qayd etish) va tasdiqlash bo’yicha chora-tadbirlar majmui;
Identifikatsion ma’lumot – Mijoz to’g’risida axborot, shu jumladan, lekin cheklanmagan holda: Mijozning F.I.Sh., jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiyalash raqami, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami va sanasi, foydalanuvchiga tegishli elektron hamyon raqami, abonent telefon raqami, elektron pochta manzili;
Raqamli identifikasiya – Operator ofisida jismoniy ishtirok qilish zaruriyatisiz Mijozni masofaviy identifikasiyalash imkonini beruvchi servis;
Yetkazib beruvchi – tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan va elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchisi bo’lgsn jismoniy shaxslardan elektron pullarni ko’rsatilgan Tovarlar uchun to’lov sifatida qabul qiluvchi yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar yoki o’zini o’zi band qilgan shaxs;
Elektron pullar tizimi agenti (bundan buyon matnda – «Agent») – Emitentdan va elektron pullar egasi – jismoniy shaxslardan elektron pullarni xarid qilish, so’ngra ularni Emitent bilan tuzilgan shartnoma asosida jismoniy shaxslarga realizasiya qilish bo’yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
«CLICK» elektron pullar tizimi doirasida elektron hamyon (bundan buyon matnda – «Elektron hamyon») – elektron pullar tizimida Mijozning hisobga olish qaydnomasidan iborat bo’lib, quyidagilarni ta’minlaydi: (a) elektron hamyon balansiga kiritilgan pul mablag’lari to’g’risida axborotni saqlash; (b) elektron pullar tizimida Mijozning ushbu hisobga olish qaydnomasidan foydalanish imkoniyati; (v) Servis Mijozi tomonidan to’lovlar / o’tkazmalarni amalga oshirish maqsadida elektron pullar tizimidan foydalanish imkoniyati;
Autentifikatsiya – Elektron pullar tizimi ishtirokchisi tomonidan identifikatsion ma’lumotlarni tasdiqlash jarayoni;
Autentifikatsion ma’lumotlar – Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazishda Mijozga berilgan login va parol;
Raqamli autentifikasiya – oldin identifikasiya jarayonidan o’tkan Mijozning real vaqt rejimida olingan fotosurati yoki videosi avtomatik ravishda (odam omilisiz) dastlabki identifikasiyalash ma’lumotlari bilan taqqoslanishi orqali Mijoz shaxsini tekshirish jarayoni;
Avtorizasiya – elektron pullar egalariga Elektron pullar tizimida elektron pullardan foydalanib operasiyalar o’tkazish uchun Operator tomonidan berilgan ruxsat;
Elektron hamyonni blokirovka qilish – elektron pullar egasining elektron hamyonida saqlanayotgan elektron pullardan foydalanishni to’liq yoki vaqtincha taqiqlash;
Elektron hamyonni deaktivlashtirish - Foydalanuvchining elektron hamyonga kirishini vaqtinchalik o'chirish jarayoni;
Shaxsiy (identifikatsion) ma’lumotlar – muayyan Mijozga tegishli bo’lgan yoki tegishli ma’lumotlar asosida aniqlanadigan, elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy tashuvchida qayd etilgan, shuningdek kelgusida o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritiladigan ma’lumotlar, shu jumladan biometrik ma’lumotlar, lekin cheklanmagan holda:
- Mijozning F.I.Sh.;
- Mijoz shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (ID-karta yoki O’zbekiston fuqarosining biometrik pasporti);
- Mijozga tegishli elektron hamyon raqami;
- abonent telefon raqami;
- Mijoz yuzining tasviri (fotosurati / video yozuv);
- Elektron pullar tizimi operatorining internet-resursida joylashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va ishlov berish to’g’risidagi Siyosatda hamda mazkur Shartnomada belgilangan shaxsga doir ma’lumotlarni to’plash va ishlov berish maqsadlariga erishish uchun kerakli boshqa ma’lumotlar.
Xavfsizlik tartib-taomili – elektron pullar egasining elektron pullardan foydalanish huquqlarini tasdiqlash va elektron pullardan foydalanishda elektron usulda uzatiladigan va olinadigan xabarnomalar (bundan buyon matnda – “Elektron xabarnoma”) mazmunida xatolar va (yoki) o’zgarishlarni aniqlash uchun mo’ljallangan axborotni muhofaza qilishning tashkiliy chora-tadbirlari va dasturiy-texnik vositalari majmui;
Farmoyish – mijoz tomonidan SED operatoriga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha berilgan ko‘rsatma bo‘lib, bu to‘lov hujjatlari shaklida yoki Ilova yordamida mijozning roziligi ko‘rinishida ifodalanadi;
Elektron pullar tizimi ishtirokchisi – elektron pullar tizimi operatori bilan tuzilgan shartnomaga asosan elektron pullar tizimi doirasida elektron pullarni chiqarish, o’tkazish, qabul qilish, foydalanish, xarid qilish, realizasiya qilish yoki qo’plash bo’yicha huquq yoki majburiyatlari yuzaga keladigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
1.2. Oferatda 1.1-bandda aniqlanmagan atamalar ishlatilishi mumkin. Bunday holatda atamaning talqin qilinishi Oferta matniga asosan amalga oshiriladi. Oferta matnida atamaning bir xil talqini bo’lmagan holatda, birinchi navbatda – O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, ikkinchi navbatda – CLICK Servisi va Ommaviy ofertasida belgilangan atama talqiniga, so’ngra esa – Internet tarmog’ida qabul qilingan (umumiy qo’llaniladigan) atama talqiniga amal qilinishi kerak.
- Umumiy qoidalar
2.1. Elektron pullar tizimi O’zbekiston Respublikasining “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi Qonuniga, Markaziy bank Boshqaruvining “O’zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarish va ulardan foydalanish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi Qaroriga, O’zbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in quroli tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi Qonuniga va O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga asosan Elektron pullar tizimi ichida Elektron pullardan foydalanilgan holda to’lovlarni amalga oshiradi.
2.2. Elektron pullar tizimi yordamida Elektron pullar tizimi doirasida tovarlar / xizmatlar / ishlarni (bundan buyon matnda – “Tovar / Tovarlar”) taqdim qiladigan tijorat tashkilotlari foydasiga to’lovlarni amalga oshirish, shuningdek O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari normalari, mazkur Oferta va Elektron pullar tizimi qoidalarida nazarda tutilgan doirada va cheklanishlar bilan Mijozlar (jismoniy shaxslar) o’rtasida elektron pullar o’tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
- Shartnoma predmeti
3.1. Mazkur Ofertani akseptlash, shu jumladan mazkur Ofertada nazarda tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshirish yo’li bilan qabul qilish orqali Mijoz bilan tuziladigan Shartnoma predmeti Operator tomonidan Mijozga Elektron pullar tizimida taqdim qilingan Yetkazib beruvchilar tomonidan taklif qilinadigan tovarlarning Mijoz tomonidan xarid qilinishi maqsadida Elektron pullar tizimidan foydalanish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish, shuningdek Mijoz tomonidan o’z elektron hamyonidan boshqa Mijozlarning elektron hamyonlariga elektron pullar o’tkazmalarini amalga oshirish, elektron pullarni qo’planishida Mijozning bank hisobvarag’iga pullar o’tkazish, shuningdek Mijoz tomonidan Elektron pullar tizimida taqdim qilingan Agentlardan elektron pullar xarid qilish va Elektron pullar tizimida taqdim qilingan Agentlarga elektron pullar sotishni (bundan buyon matnda – “Xizmat / Xizmatlar”) amalga oshirishdan iborat.
3.2. Operator Elektron pullar tizimida elektron pullardan kelgusi foydalanish maqsadida Mijozning elektron hamyoniga elektron pullar o’tkazmalari to’g’risidagi axborotni qabul qiladi va Mijozning elektron pullardan foydalangan holda amalga oshirilgan barcha operasiyalari qayd etilishini amalga oshiradi.
3.3. Taraflar shunga kelishib oldilarki, Operator Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan bitimlar, shu jumladan Elektron pullar tizimida taqdim qilingan Yetkazib beruvchilar bilan elektron pullardan foydalanilgan holda to’lovlarni amalga oshirish bo’yicha bitimlar tarafi hisoblanmaydi, shu tufayli:
- Operator Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan bitimlar qonuniyligini nazorat qilmaydi va nazorat qilolmaydi, shuningdek bunday bitimlarni tuzish, ijro etish yoki bekor qilish oqibatlari uchun javobgar bo’lmaydi;
- Operator Mijoz oldida Yetkazib beruvchilar va boshqa Mijozlar hamda Elektron pullar tizimi ishtirokchilari majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’lmaydi;
- Operator Mijozning boshqa ishtirokchilar tomonidan o’z majburiyatlari, shu jumladan tovarlar taqdim qilish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish bo’yicha majburiyatlarning tegishlicha bajarilmaganligi masalalari bo’yicha shikoyatlarini ko’rib chiqmaydi.
3.4. Operator mijozning ko‘rsatmasiga binoan boshqa ishtirokchilar foydasiga elektron pullarni o‘tkazish va elektron pullar yordamida qabul qilingan to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ishtirokchilarga yetkazishni amalga oshirayotganda, boshqa ishtirokchilar manfaatlarida harakat qilish vakolatiga ega ekanligini kafolatlaydi.
3.5. Operator tomonidan Shartnoma bo’yicha tegishlicha xizmatlar ko’rsatilishi maqsadida Mijoz Operator tomonidan mazkur Ofertaning 3.1-bandida belgilangan o’z majburiyatlari ijrosi boshlangungacha mazkur Ofertaning 4-bobida nazarda tutilgan tartibda Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
3.6. Operator xizmatlari pullik hisoblanadi. Mijoz Operator xizmatlari uchun mazkur Ofertaning 5-bobida belgilangan miqdorda va tartibda haq to’lash majburiyatini oladi.
3.7. Shu bilan birga Mijoz Operator xizmatlaridan foydalanishda Operatordan reklama va axborot xususiyatiga ega xabarnomalar olishga o’z roziligini bildiradi.
3.8. Operator xizmatlaridan foydalanish uchun Mijoz o’z elektron hamyoni balansini to’ldirishi shart. To’ldirishni elektron pullar tizimida ro’yxati keltirilgan Emitent agentlari / elektron pullar tizimi operatoridan elektron pullarni olish / xarid qilish orqali amalga oshirish mumkin.
- Elektron pullar tizimida mijozni ro’yxatdan o’tkazish, elektron hamyonlar turlari, elektron hamyonlarni to’ldirish tartibi. Elektron hamyonni deaktivlashtirish, yopish (blokirovka qilish) va tiklash tarkibi
4.1. Elektron pullar tizimida elektron pullardan foydalanish maqsadida Elektron pullar tizimiga kirish huquqini olish uchun Mijoz bunday foydalanish boshlanishidan oldin Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tish majburiyatini oladi. Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazish tartibi Elektron pullar tizimi Operatorining quyidagi manzil bo’yicha web-sahifasida joylashtirilgan: https://click.uz/ru/wallet.
4.1.2. Mazkur Ofertaning 4.1-bandida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirish natijalarida Mijoz Servisning identifikasiyalanmagan Mijozi (Light) maqomiga ega bo’ladi va elektron pullar tizimi ishtirokchisiga aylanadi.
4.2. Servis Mijozi maqomini “Premium”gacha oshirish tartibi:
4.2.1. “Light” maqomini “Premium” maqomigacha oshirish uchun Mijoz elektron pullar tizimi ro’yxatidan o’tishi va mazkur Ofertaning 4.1-bandiga asosan Light Servis Mijozi maqomini olishi kerak, shundan so’ng Servis Mijozi elektron pullar tizimi operatori haqiqiy joylashgan manzil bo’yicha uning shaxsan ishtirokida identifikasiyadan o’tishi yoxud O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan talablar va raqamli identifikasiyadan o’tish tartibiga muvofiq raqamli identifikasiyadan o’tishi kerak.
4.3. Elektron pullar tizimida Mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan elektron pullar bilan bog’liq operasiyalar turlari va summalari bo’yicha quyidagi cheklovlar amal qiladi:
Elektron hamyon turiga qarab, Mijozlar foydalanish imkoniyatiga ega bo’lgan operasiyalar:
t/r |
Elektron hamyon turi |
Ro’yxatdan o’tkazish / identifikasiyalash / taqdim qilinadigan hujjatlar bo’yicha talablar |
Amalga oshirilishi mumkin bo’lgan operasiyalar |
To’lov / operasiyalar summalari bo’yicha cheklovlar |
1 |
Light maqomi
Identifikasiyalanmagan elektron hamyon / identifikasiyalanmagan jismoniy shaxs hamyoni |
Mijoz elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tishda ro’yxatdan o’tish uchun zarur bo’lgan harakatlarni amalga oshiradi, uyali telefon raqamini kiritadi va ushbu raqamga yuborilgan SMS tasdiqnoma orqali ro’yxatdan o’tish jarayonini yakunlaydi. Bunda hech qanaqa hujjat taqdim qilinishi talab etilmaydi. |
1) Hamyonni to’ldirish; 2) Yetkazib beruvchilar foydasiga to’lovlarni amalga oshirish; 3) Elektron pullarni qo’plash. |
Bir operasiyaning maksimal summasi bazaviy hisoblash miqdoriga teng summadan yuqori bo’lmasligi kerak.
Bir elektron qurilmada saqlanadigan elektron pullarning maksimal summasi bazaviy hisoblash miqdorining besh baravariga teng summadan yuqori bo’lmasligi kerak.
|
2 |
Premium maqomi
Identifikasiyalangan elektron hamyon / identifikasiyalangan jismoniy shaxs hamyoni |
Mijozning shaxsan ishtirokida / va/yoki raqamli identifikasiyalash vositalaridan foydalanilgan holda identifikasiyalash jarayonidan o’tish.
Mijozdan biometrik pasport yoki ID-karta taqdim etilishi talab qilinadi. |
1) Hamyonni to’ldirish; 2) Yetkazib beruvchilar foydasiga to’lovlarni amalga oshirish; 3) Elektron pullarni qo’plash. |
Bir operasiyaning maksimal summasi bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravariga teng summadan yuqori bo’lmasligi kerak.
Bir elektron qurilmada saqlanadigan elektron pullarning maksimal summasi 500.000.000 (besh yuz million) so’mga teng summadan yuqori bo’lmasligi kerak.
|
4.4. Elektron hamyon balansini to’ldirish tartibi:
4.4.1. Elektron hamyon balansini to’ldirish quyidagi ravishda amalga oshirilishi mumkin:
- a) Elektron pullar tizimi boshqa Mijozi elektron hamyon balansidan pul mablag’larini o’tkazish orqali;
- b) Karta egasi nomidan va uning topshirig’iga asosan Tizim orqali Kartadan pul mablag’larini o’tkazish orqali;
- c) Tizim orqali qo’shma aksiyalar doirasida pul mablag’larini to’ldirish orqali;
- d) O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullar orqali.
Yuqorida ko‘rsatilgan usullar orqali elektron hamyon balansini to‘ldirish imkoniyati Operator tomonidan belgilanadi;
4.4.2. Elektron hamyon balansini to‘ldirish Operator hisobiga tegishli miqdordagi pul mablag‘larini o‘tkazish va ushbu mablag‘lar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni mijozning elektron hamyon balansida aks ettirish orqali amalga oshiriladi.
4.5. Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazishda Mijoz tomonidan ko’rsatilgan ma’lumotlar o’zgargan holatda, Mijoz ma’lumotlar o’zgargan sanadan e’tiboran uch kunlik muddatda takroriy identifikasiyadan o’tishi shart.
4.6. Mijoz tomonidan yuqorida qayd etilgan elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha barcha harakatlar amalga oshirilgan va Mijoz tomonidan elektron pullar sotib olingan paytdan boshlab (Ofertaning 3.8-bandi), Mijoz Elektron pullar tizimi qoidalarida belgilangan tartibda va shartlarda elektron pullar tizimidan to’liq hajmda foydalanish huquqiga ega bo’ladi.
4.7. Elektron hamyonni deaktivlashtirish, yopish (blokirovka qilish) va tiklash tartibi:
4.7.1. Elektron hamyonga kirish quyidagi hollarda o'chirilishi mumkin:
- a) Foydalanuvchi tomonidan click™ PIN o'zgartirilgan taqdirda;
- b) Servisdan foydalanish uchun ishlatilayotgan qurilma o'zgartirilgan taqdirda;
4.7.2. Elektron hamyonni quyidagi amallardan birini bajarish orqali aktivlashtirish mumkin:
- a) Tizim ko'rsatmalariga rioya qilgan holda, verifikatsiyalash jarayonidan o'tib, shaxsni tasdiqlash;
- b) Operator Call-markaziga qo'ng'iroq qilish;
4.7.3. Elektron hamyon quyidagi holatlarda yopilishi (blokirovka qilinishi) mumkin:
- a) Mijoz o’z tashabbusiga ko’ra Servis doirasida Operator xizmatlaridan foydalanishdan voz kechgan taqdirda, Servis interfeysining tegishli bo’limi orqali;
- b) Elektron hamyon ulangan abonent raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilgan taqdirda, Mijoz tashabbusiga ko’ra Operator Call-markaziga murojaat qilish orqali;
- c) mazkur Ofertaning 7.1.10-bandiga asosan Operator tashabbusiga ko’ra;
- d) Mijoz Servisdan 3 (uch) yildan ko’proq muddat davomida foydalanmagan (balansni to’ldirish, to’lovlar / o’tkazmalar va (yoki) pul mablag’larini qo’plash (qaytarish) bilan bog’liq hech qanday operasiyalarni amalga oshirmagan) taqdirda, tiklanish imkoniyatisiz avtomatik ravishda;
- e) Mijoz tomonidan CLICK-PIN yopilgan holatda, Servis interfeysining tegishli bo’limi orqali Mijoz tashabbusiga binoan (CLICK-PIN bekor qilinishi).
4.7.4. Mazkur Ofertaning 4.7.3(a)-bandiga asosan Servis doirasida Operator xizmatlarini olish rad qilinganligi sababli Elektron hamyon Mijoz tashabbusiga binoan yopilgan holatda, Mijozning Elektron hamyoni balansida yopilish paytida hisobga olingan pul mablag’lari qoldig’i summasi nolga aylantirilishi kerak. Pul majburiyatlari qoldig’i holatida 3 (uch) yildan ko’p bo’lmagan muddatga ishga solmay qo’yiladi.
4.7.5. Mazkur Ofertaning 4.7.3(b)-bandiga asosan abonentlik raqamidan foydalanish imkoniyati yo’qotilishi oqibatida Operator Call-markaziga murojaat qilish orqali Elektron hamyon bevosita Mijoz tashabbusiga binoan yopilgan holatda, Mijoz Elektron hamyonni tiklash uchun Call-markaziga murojaat qilishi kerak.
Mijozning Elektron hamyoni balansida blokirovka qilish paytida hisobga olingan pul majburiyatlari qoldig’i summasi Elektron hamyon tiklanadigan paytgacha, biroq blokirovka qilingan paytdan e’tiboran 3 (uch) yildan ko’p bo’lmagan muddatga ishga solmay qo’yiladi.
4.7.6. Mazkur Ofertaning 4.7.3(s)-bandiga asosan Operator o’z tashabbusiga binoan Servis Mijozi Elektron hamyonini blokirovka qilgan holatda, Operator mazkur Ofertaning 7.1.10-bandiga asosan Elektron hamyonni blokirovka qilish sabablari aniqlanganidan so’ng, Elektron hamyonni mustaqil ravishda tiklaydi.
4.7.7. Mazkur Ofertaning 4.7.3(d)-bandiga asosan Servisdan 3 (uch) yildan ko’proq muddat davomida foydalanilmaganligi tufayli Servis avtomatik ravishda blokirovka qilingan (yopilgan) holatda, Elektron hamyon tiklanmaydi, Mijozning Elektron hamyoni balansida bunday avtomatik ravishda blokirovka qilish paytida hisobga olingan pul majburiyatlari qoldig’i summasi esa Operator daromadi deb e’tirof qilinadi va qaytarilmaydi.
4.7.8. Mazkur Ofertaning 4.7.3(e)-bandiga asosan Mijoz tomonidan o’z CLICK-PIN unutilganligi tufayli Elektron hamyon bevosita Mijoz tashabbusiga binoan yopilgan holatda, Elektron hamyonni tiklash uchun Mijoz: 1) o’z abonentlik raqami orqali CLICK interfeyslaridan istalgan birining tegishli bo’limiga kiradi (“Hamyonni faollashtirish” yoki boshqa o’xshash ma’noli bo’lim); 2) Elektron hamyonni ro’yxatdan o’tkazishda kiritilgan tug’ilgan sanani kiritadi.
4.7.9. Mijoz Elektron hamyonga biriktirilgan SIM-kartani yo’qotgan va uni tiklash imkoniyatiga ega bo’lmagan holatda, pul mablag’larini qaytarishning quyidagi tartibi qo’llaniladi:
4.7.9.1. Mijoz Operator Ofisiga, mazkur Ofertaning 4.3-bandida belgilangan cheklovlar hisobga olingan holda, foydalanish imkoniyati yo’qotilgan Elektron hamyondan pul mablag’larini yangi Elektron hamyonga o’tkazish uchun yozma shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Mijoz yozma shaklda arizada Elektron hamyondan pul mablag’lari shaxsiy plastik kartaga o’tkazilishini talab qilgan holatda, bunday holatda ham pul mablag’lari o’tkazmasi mazkur Ofertaning 5.1-bandiga asosan belgilangan tariflar hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
- Operator xizmatlari qiymati va elektron pullardan foydalanib elektron pullar tizimida to’lovlarni amalga oshirish tartibi
5.1. Elektron pullar tizimida xizmatlar taqdim qilish bo’yicha Operator xizmatlari pullik hisoblanadi. To’lovlar / o’tkazmalarni amalga oshirish bilan bog’liq xizmatlar ko’rsatilganligi uchun elektron pullar tizimi operatoriga tegishli komissiya miqdori (bunday to’lovlar olingan holatda) elektron pullar tizimi operatorining quyidagi manzil bo’yicha web-sahifasida joylashtirilgan: https://click.uz/ru/tarifs.
5.2. Elektron pullar tizimi xizmatlari qiymati Elektron pullar tizimida taqdim qilingan Yetkazib beruvchilar foydasiga Mijoz tomonidan amalga oshiriladigan har bir To’lov summasidan foizlarda ham, to’lov amalga oshirilgan paytda Mijozning elektron hamyonidan Operator tomonidan chegirib olinadigan qayd etilgan elektron pullar shaklida ham belgilanishi mumkin. Har bir muayyan Yetkazib beruvchi foydasiga to’lovlar amalga oshirilishiga nisbatan Operator xizmatlari qiymatini belgilovchi foiz stavkalari Operator tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
Operator xizmatlari uchun komissiya elektron pullarda olinadi.
5.2.1. O’zgargan tariflar Mijoz uchun bunday o’zgarishlar Operatorning https://click.uz/ru/tarifs manzil bo’yicha saytida yoxud CLICK UP mobil ilovasida yangiliklar shaklida e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi. Kiritilgan o’zgartishlar Mijoz tomonidan elektron pullar tizimidan foydalanishga bunday o’zgartishlar kiritilganidan so’ng birinchi foydalanishda Mijoz tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
5.2.2. Hisoblangan komissiyaning chegirib olinishi Mijoz tomonidan Operator tizimi orqali amalga oshiriladigan u yoxud bu to’lov / o’tkazma amalga oshirilganida Operator tomonidan amalga oshiriladi. To’lovlardan istalgan biri amalga oshirilganida Mijoz to’lov rekvizitlarini va to’lov summasini ko’rsatadi, amalga oshiriladigan to’lov rekvizitlari kiritilganidan so’ng Operator xizmat qiymatini hisoblab chiqadi va CLICK UP mobil ilovasi interfeysida ushbu axborotni aks ettiradi. Mijoz tomonidan to’lov rekvizitlari tasdiqlangan, shuningdek Mijozning Operator xizmatlari qiymatiga roziligi holatdagina – buning uchun Mijoz to’lovni amalga oshirish qiymatiga o’z roziligi to’g’risida belgi qo’yadi va Mijoz tomonidan kiritilgan to’lov rekvizitlarini tasdiqlaydi – buning uchun “To’lash” tugmasini bosadi. “To’lash” tugmasi bosilganidan so’ng to’lov to’g’risida axborot va tegishli ravishda elektron pullar summasi elektron pullarni oluvchi manziliga Mijozning elektron hamyoniga tushadi.
5.3. Operator Mijozning Yetkazib beruvchi bilan bitimlari qonuniy huquqqa egaligini, uning shartlarini, shuningdek bitimlarni tuzish, ijro etish va bekor qilish fakti va oqibatlarini, shu jumladan bunday bitim bo’yicha to’lov qaytarilishini tartibga solmaydi va nazorat qilmaydi. Shuningdek, Operator Mijozning Yetkazib beruvchilar tomonidan bitim bo’yicha o’z majburiyatlari, shu jumladan Mijozga tovarlarni taqdim qilish bo’yicha majburiyatlar bajarilmaganligi (tegishlicha bajarilmaganligi) yuzasidan Mijoz da’volarini ko’rib chiqmaydi.
- Mijoz huquqlari va majburiyatlari
6.1. Mijoz quyidagi huquqlarga ega:
6.1.1. Elektron pullar tizimi tomonidan belgilangan ketma-ketlikda Elektron pullar tizimida tegishli operasiyalarni bajarish orqali to’lovlarni amalga oshirgan holda Elektron pullar tizimidan to’liq hajmda foydalanish;
6.1.2. Elektron pullar tizimi barcha servislaridan o’z maqomiga va Operator tomonidan, shuningdek Elektron pullar tizimi qoidalarida va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan boshqa cheklovlarga muvofiq foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish;
6.1.3. Elektron pullarni xarid qilish, elektron hamyon hisobvarag’iga elektron pullarni o’tkazish, fuqarolik-huquqiy bitimlar bo’yicha to’lovlarni amalga oshirish, Elektron pullar tizimi qoidalari va Shartnomada nazarda tutilgan boshqa operasiyalarni amalga oshirish;
6.1.4. Elektron pullar tizimida taqdim qilingan foydalanish mumkin bo’lgan usullardan istalgan biri orqali elektron pullarni qoplashga taqdim qilish / xaridni amalga oshirish;
6.1.5. Elektron pullar tizimida taqdim qilinadigan, Operator tomonidan tasdiqlangan tartibda va shartlarda qo’shimcha xizmatlardan foydalanish;
6.1.6. Elektron pullar qoldig’i to’g’risida axborot, shuningdek o’z elektron hamyoni hisobvarag’i bo’yicha amalga oshirilgan operasiyalar to’g’risida axborot, Elektron pullar tizimidan foydalanish uchun ahamiyatli boshqa axborot olish;
6.1.7. Mijoz identifikasiyalangan taqdirda, Operatorga rasmiy so’rovnomasi yo’llash orqali 5 (besh) yilgacha davr mobaynida o’z elektron hamyoni holati har qanday o’zgarishlari to’g’risida axborot olish;
6.1.8. Elektron pullar tizimi ishidagi nosozliklarga, boshqa ishtirokchilar harakatlariga oid shikoyatlarni Operatorga yuborish;
6.1.9. Elektron pullar tizimi operatoridan texnik va axborot yordamini olish;
6.1.10. Mijoz o’z autentifikatsion ma’lumotlarini qo’llagan holda elektron pullar tizimidan o’z xohishiga ko’ra foydalanishga haqli. Elektron pullar tizimidan foydalanish Mijozning Operator web-sahifasining biron-bir qismlarini qayta ishlab chiqarish, takrorlash, ko‘paytirish, sotish yoki boshqa biror tijorat maqsadlari uchun foydalanmaslik, shuningdek elektron pullar tizimiga uchinchi shaxslarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyati bilan cheklanadi.
Mijoz ro’yxatdan o’tkazilganidan so’ng Elektron pullar tizimidan foydalanish huquqi alohida va boshqa shaxsga berilmaydigan hisoblanadi.
Mijoz tomonidan o’z autentifikatsion ma’lumotlarini uchinchi shaxsga taqdim etgan holatda, Mijoz bunday uchinchi shaxslar tomonidan Elektron pullar tizimidan va Mijozning shaxsiy kabinetidan foydalanilgan holda amalga oshirilgan harakatlar uchun, shuningdek bunday uchinchi shaxslar tomonidan Operatorga va elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchilariga yetkazilgan zarar uchun to’liq hajmda javobgar bo’ladi;
6.1.11. mazkur Ofertaning 9.9-bandida nazarda tutilgan oqibatlar boshlanishi bilan elektron pullar tizimidan foydalanishni istalgan vaqtda rad qilish.
6.2. Mijoz quyidagi majburiyatlarga ega:
6.2.1. o’z autentifikatsion ma’lumotlarini uchinchi shaxslar ololmaydigan joyda saqlash;
6.2.2. Autentifikatsion ma’lumotlari yo’qotilgan taqdirda, darhol bu haqda Operatorning Call-markaziga quyidagi telefon raqamlari orqali qo’ng’iroq qilish orqali Operatorni xabardor qilish: +998 (71) 231-08-80.
Autentifikatsion ma’lumotlari yo’qotilganligi to’g’risida axborot olingan taqdirda, Mijozning elektron hamyoni blokirovka qilinadi, elektron hamyon blokirovkadan chiqarilmaguncha to’lovlar amalga oshirilmaydi. Elektron hamyon blokirovkadan chiqarilishi quyida keltirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Mijoz tomonidan Operator Autentifikatsion ma’lumotlari yo’qotilganligi to’g’risida xabardor qilinmagan va (yoki) o’z vaqtida xabardor qilinmagan taqdirda, Operatorga tegishli bildirish xati tushgan paytga qadar Mijozning Autentifikatsion ma’lumotlaridan foydalanilgan taqdirda Elektron pullar tizimi orqali Mijozning elektron hamyoni hisobvarag’iga yetkazilgan zarar uchun Operator javobgar bo’lmaydi.
Bundan tashqari, Mijoz Elektron pullar tizimiga va (yoki) Operatorga Mijozning Autentifikatsion ma’lumotlaridan foydalanilgan holda yetkazilgan zararni kompensasiya qilishi shart.
Mijoz Elektron pullar tizimidagi barcha operasiyalar Mijoz tomonidan aniq Autentifikatsion ma’lumotlari kiritilgan sharoitdagina amalga oshirilishidan xabardor bo’ladi va bunga o’z roziligini tasdiqlaydi. Bunda, Operator Mijoz tomonidan tegishli to’lovlar amalga oshirilganligi uchun javobgar bo’lmaydi;
6.2.3. mazkur Oferta shartlarini o’rganish va ularga rioya qilish. Mijoz tomonidan mazkur Ofertada nazarda tutilmagan harakatlarning amalga oshirilishi Operatorda Xizmatlar ko’rsatish bo’yicha majburiyatlar paydo bo’lishi uchun asos bo’lishi mumkin emas. Mijoz mazkur Oferta shartlariga rozi bo’lmagan / ushbu shartlarni qabul qilmagan holatda, Elektron pullar tizimi Elektron hamyonidan foydalanishga haqli emas. Tegishli Servis interfeyslarida e’lon qilinadigan elektron pullar tizimi operatori xabarnomalarini kuzatib borish. Ushbu xabarnomalardagi talablarga rioya qilish;
6.2.4. Elektron hamyon ishida biron-bir to’xtalishlar aniqlangan holatda, shuningdek muayyan ketma-ketlikdagi harakatlar bajarilganidan so’ng elektron pullar tizimida taqdim qilingan xizmatlardan ruxsatsiz foydalanish imkoniyatiga ega bo’lish taqdirda, Call-markaziga +998 (71) 231-08-80 telefon raqamlari bo’yicha qo’ng’iroq qilish yoki [email protected] elektron manziliga muammolar bayonini o’z ichiga olgan xabarnoma yuborish orqali Operatorning qo’llab-quvvatlash xizmatini xabardor qilish. Mijoz hech qanday holatda bu nosozliklardan yoki harakatlar ketma-ketligidan foydalanmasligi va ularni uchinchi shaxslarga xabar qilmasligi kerak;
6.2.5. Elektron pullar tizimidan boshqa Mijozlar, Elektron pullar tizimi ishtirokchilari va uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzmaydigan va ularga daxl qilmaydigan, shuningdek O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini buzmaydigan usulda foydalanish;
6.2.6. Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazishda Mijoz tomonidan qabul qilingan Elektron pullar tizimi qoidalari, Oferta shartlarini va elektron pullar tizimi ishtirokchilari huquqlari va majburiyatlarini tartibga soluvchi boshqa normativ hujjatlarni bajarish;
6.2.7. Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazishda va Identifikasiyalash jarayonidan o’tishda to’g’ri ma’lumotlarni taqdim qilish;
6.2.8. Elektron pullar bilan operasiyalar mazmuni va operasiyalarni amalga oshirish uchun aks ettirilgan ma’lumotlarning to’g’riligi uchun javobgar bo’lish;
6.2.9. Operator, Emitentdan olingan maxfiy axborotni Elektron pullar tizimidan foydalanish maqsadlari uchun uzatmaslik, shu jumladan uchinchi shaxslarga o’z elektron hamyonidan va Autentifikatsion ma’lumotlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim qilmaslik;
6.2.10. o’ziga tegishli Elektron pullar tizimidan foydalanish qurilmasining ishga yaroqliligiga va axborot himoyalanganligiga tegishli ravishda e’tibor qaratish;
6.2.11. Elektron pullar tizimi dasturiy ta’minotiga o’zgartishlar kiritishga urinmaslik;
6.2.12. Elektron pullar tizimi yordamida tuzilgan elektron hujjatlarni O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan qog’oz tashuvchida tuzilgan yuridik ahamiyatli va ekvivalent hujjatlar sifatida e’tirof qilish;
6.2.13. Elektron pullar tizimida ishlashda o’z identifikatsion ma’lumotlarining har qanday o’zgarishlari to’g’risida Emitent va Operatorni o’z vaqtida xabardor qilish;
6.2.14. Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazishda joriy qilingan raqamdan foydalanish uchun mobil aloqa operatori bilan shartnoma bekor qilingan holatda, o’z autentifikatsion ma’lumotlariga o’z vaqtida o’zgartishlar kiritish;
6.2.15. Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazish yakunlanganidan so’ng Operator tomonidan taqdim qilingan parolni o’zgartirish;
6.2.16. o’z roziligisiz amalga oshirilgan operasiyalar aniqlanganligi, uning shaxsiy ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanish imkoniyati taqdim qilinganligi, Autentifikatsion ma’lumotlari yo’qotilganligi to’g’risida Operator, Emitentni darhol xabardor qilish.
6.3. Mijoz Elektron hamyon u yoxud bu Emitentning elektron pullari bilan to’ldirilishida ehtimoliy xavflarni tushunadi va qabul qiladi.
6.4. Mijoz to’lovlar / o’tkazmalarni amalga oshirish to’g’risidagi farmoyishda qayd etilgan axborotning to’g’riligi uchun mustaqil ravishda javobgar bo’ladi va to’lovlar / o’tkazmalarni amalga oshirish to’g’risidagi farmoyishda xato ma’lumotlar ko’rsatilgan holatda elektron pullar tizimi operatori tomonidan Shartnoma bo’yicha o’z majburiyatlari tegishlicha bajarilmaganligi bilan bog‘liq hech qanday da’volarni taqdim etish huquqiga ega emas. Tegishli axborot noto’g’ri ko’rsatilgan taqdirda, to’lov / o’tkazma tashabbuschisidan chegirib olingan mablag’lar qaytarilmaydi.
- Operator huquqlari va majburiyatlari
7.1. Operator quyidagi huquqlarga ega:
7.1.1. Elektron pullar tizimi yordamida to’lovi amalga oshiriladigan Tovarlar ro’yxatini kengaytirish;
7.1.2. dasturiy ta’minot modifikasiyasini amalga oshirish va modifikasiyani amalga oshirish davrida Elektron pullar tizimida tegishli bildirish xatini e’lon qilish orqali Elektron pullar tizimidan foydalanishni taqiqlash;
7.1.3. ta’mirlash va profilaktika ishlarini o’tkazish maqsadida Elektron pullar tizimi ishini to’xtatib qo’yish;
7.1.4. quyidagi hollardan biri yuzaga kelgan taqdirda elektron pullar bilan operasiyalar o’tkazilishini rad qilish:
- Mijoz tomonidan Operator tomonidan va (yoki) qonun hujjatlarida belgilangan limitdan yuqori summada elektron pullar bilan operasiyalarni amalga oshirishga urinishlar;
- Mijozning elektron hamyonidagi elektron pullar qoldig’idan yuqori summada elektron pullar o’tkazmasini amalga oshirishga urinishlar;
- talab qilingan operasiyani amalga oshirish yoki amalga oshirilayotgan operasiya taraflaridan istalgan biri bilan bog’lanish mumkin bo’lmasligiga olib kelgan texnik to’xtalish;
- Operatorda elektron pullar tizimidan ruxsatsiz foydalanilayotganligiga shubhalar paydo bo’lishi;
- Elektron pullarni qoplash uchun Emitent bilan aloqa o‘rnatishning imkoni bo‘lmagan holatlar;
- Yetkazib beruvchi tomonidan Yetkazib beruvchining elektron hamyonidagi elektron pullar qoldig’idan yuqori elektron pullar summasini qoplashga urinishlar;
- operasiyalarning amalga oshirilishi Operatorga va (yoki) elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchilariga zararlar yetkazishi mumkin bo’lgan boshqa holatlar.
7.1.5. Elektron pullar tizimi ishtirokchilaridan elektron pullar tizimida ishlash vaqtida yo’l qo’yilgan qoida buzilishlari bartaraf etilishini talab qilish, bu talab Operatorning elektron pullar tizimi qoidalari va ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ko‘zda tutilgan vakolatlari, shu jumladan EKni bloklash huquqiga asoslanadi;
7.1.6. Ishtirokchilarning identifikatsion ma'lumotlarini yig‘ish, qayd etish, saqlash va himoya qilish;
7.1.7. Elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchilariga Ishtirokchi maqomi to’g’risida axborotni taqdim qilish;
7.1.8. Operasiyalarni amalga oshirish vaqtida ishtirokchilar tomonidan kiritiladigan shaxsga doir ma’lumotlarni to’planish, saqlash va ishlov berish, ushbu operatsiyalarda ishtirok etayotgan Elektron pullar tizimining boshqa ishtirokchilariga uzatilishini amalga oshirish, agar bunday axborot uzatilishi tuzilgan shartnoma ijrosi uchun talab qilinsa;
7.1.9. Elektron pullar tizimining ishlash shart-sharoitlarini mustaqil ravishda belgilash, shu jumladan:
- Elektron pullar tizimi xizmatlarini taqdim qilish uchun namunaviy shartnomalar, elektron pullar tizimi ishtirokchilari tomonidan ijro uchun majburiy qoidalarni ishlab chiqish;
- Elektron pullar tizimida tarif siyosatini, stavkalar va komissiya turlarini hamda mukofot pullarini, komissiya va mukofot pullarining amaldagi stavkalari miqdorlarini o’zgarishlarish;
- Elektron pullar tizimi ishtirokchilari tarkibini o’zgartirish va to’ldirish;
- Elektron pullar tizimi qoidalarini o’zgartirish.
7.1.10. Servis Mijozi tomonidan Oferta shartlari va (yoki) amaldagi qonun hujjatlari talablari buzilgan taqdirda va (yoki) Servis Mijozi firibgarlik operasiyalariga va (yoki) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bo’yicha operasiyalarga biron-bir tarzda jalb qilinganligiga shubha paydo bo’lgan taqdirda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda, Operator vaziyatga aniqlik kiritilgungacha bir tomonlama tartibda Servisni va Mijozning Elektron hamyonidan foydalanishni vaqtincha blokirovka qilishga yoki Operatorga har qanday ma’lum bo’lgan Servis Mijozining manziliga va (yoki) Servisning muayyan Interfeysiga tegishli bildirish xati yuborish orqali istalgan vaqtda Shartnomani bekor qilishga haqli.
7.2. Operator quyidagi majburiyatlarga ega:
7.2.1. Elektron pullar tizimi qoidalarini belgilash, Elektron pullar tizimi ishtirokchilari tomonidan Elektron pullar tizimi qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat va monitoringni tashkil qilish;
7.2.2. Elektron pullar tizimining tun-kun uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash;
7.2.3. Agentlar, Yetkazib beruvchilar, Emitentlar jalb qilish;
7.2.4. Elektron pullar tizimi ishtirokchilariga qo’yiladigan talablarni belgilash;
7.2.5. Хavflarni boshqarish tizimini tashkil etish, xavflar baholash va ularni kamaytirish bo’yicha choralar ko’rish;
7.2.6. Elektron pullar tizimi ishtirokchilari murojaatlari tun-kun qabul qilinishini ta’minlash;
7.2.7. Tijorat sirini va qonun bilan himoyalangan boshqa sirlarni saqlashni kafolatlash;
7.2.8. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan talablarga va tuzilgan shartnomalarga asosan elektron pullardan foydalangan holda amalga oshiriladigan operasiyalarni amalga oshirishda axborot muhofaza qilinishini ta’minlash;
7.2.9. Rejali profilaktika ishlari doirasida Elektron pullar tizimi ishlashi to’xtatib qo’yilgan taqdirda, elektron pullar tizimi ishtirokchilarini ushbu profilaktika ishlarining boshlanishidan kamida uch (3) soat oldin ish vaqti va davomiyligi haqida xabardor qilish;
7.2.10. O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
7.2.11. Elektron pullar tizimi ishtirokchilarining rasmiy so’rovnomasi asosida ularning elektron hamyonidan 5 (besh) yilgacha davr mobaynida amalga oshirilgan barcha operasiyalar to’g’risida hisobot taqdim qilish;
7.2.12. Elektron pullar tizimi ishtirokchilarining elektron hamyonlari holati to’g’risida axborotni shartnoma amal qilish davri mobaynida saqlash, Ishtirokchilarning elektron hamyonidan amalga oshirilgan har qanday operasiyalar to’g’risida axborotni va boshqa axborotni tegishli operasiyalar amalga oshirilganidan so’ng 5 (besh) yil mobaynida saqlash;
7.2.13. Elektron pullar tizimi ishtirokchilariga ushbu ishtirokchilar nomiga ro’yxatdan o’tkazilgan elektron hamyonlarda amalga oshirilgan barcha operasiyalar va harakatlar to’g’risida bildirish xati yuborish.
- Maxfiylik va xavfsizlik
8.1. Taraflar Elektron pullar tizimi orqali almashinadigan yoki Elektron pullar tizimidan foydalanilgan holda Taraflarga taqdim etilgan hujjatlar va ma'lumotlarni himoya qilish va xavfsizligini ta'minlash uchun zarur choralarni ko‘rishga majburdirlar.
8.2. Mijoz o‘zining autentifikatsion ma'lumotlarini uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishni oldini olish uchun maxfiylikni saqlash va ularni himoya qilish bo‘yicha barcha zarur chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirish majburiyatini oladi. Mijoz o’z autentifikatsion ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga ma’lum qilmaslik majburiyatini oladi.
8.3. Operator Mijozning shaxsga doir ma’lumotlariga, shuningdek Mijoz tomonidan Elektron pullar tizimidan foydalanish bilan bog’liq Operatorga ma’lum bo’lgan Mijoz to’g’risidagi boshqa ma'lumotlar maxfiyligini saqlash majburiyatini oladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
- bunday ma'lumotlar ochiq manbalarda mavjud bo‘lsa;
- ma'lumot Mijoz talabiga binoan yoki ruxsati bilan oshkor etilsa;
- ma'lumot Oferta shartlarini bajarish uchun Mijozning kontragentlariga zarur hajmda taqdim etilsa;
- ma'lumot qonuniy asoslarda yoki shubhali operatsiyalar bo’yicha sud yoki vakolatli davlat organlari talablariga muvofiq oshkor qilinishi kerak bo‘lsa.
8.4. Taraflar o’zlariga quyidagi majburiyatlarni oladilar:
- Elektron pullar tizimi orqali noqonuniy moliyaviy operasiyalar, noqonuniy savdo-sotiq, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzgan holda boshqa har qanday operatsiyalarni amalga oshirmaslik;
- noqonuniy savdo-sotiq, noqonuniy moliyaviy operasiyalar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga (o’zlashtirishga) qaratilgan operasiyalarning oldini olish.
8.5. Operator Mijozga Elektron pullar tizimidan foydalanib to‘lovlarni amalga oshirishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi va rad etish sabablarini Mijozga ko‘rsatgan kanali orqali yuborilgan bildirishnomada keltiradi. Ushbu bildirishnoma Mijozning harakatlarining qonuniyligiga asosli shubhalar tug‘ilgan hollarda rad etish sabablarini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga Operator Mijozdan quyidagilarni talab qilish huquqiga ega:
- Mijozning faoliyati to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma'lumotlarni taqdim etish (shu jumladan, qog‘oz ko‘rinishida hujjat shaklida), agar bunday ma'lumotlar taqdim etish rad etilsa yoki Mijozning elektron hamyoni hisobvarag’i bo’yicha xizmat ko’rsatish to’xtatib qo’yilgan paytdan e’tiboran 15 (o’n besh) kun mobaynida axborot taqdim etilmasa, bunday elektron hamyon hisobvarag’i Operator tomonidan blokirovka qilinadi;
- Mijozni identifikatsiya qiluvchi hujjatlarni taqdim etish;
- Elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazilgan Abonentlik raqamidan foydalanish bo’yicha xizmatlar taqdim qilish uchun uyali aloqa operatori bilan tuzilgan shartnoma nusxasini taqdim etish.
8.6. Mijoz doimiy ravishda foyda olishga yoki daromadni yashirishga qaratilgan operasiyalarni amalga oshirish uchun Elektron pullar tizimidan foydalanishga haqli emas. Mijoz ro’yxatdan o’tkazilmagan yoki ro’yxatdan o’tkazish qoidalari buzilgan, lisenziyalash talablari va shartlari buzilgan holda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganligi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlik to’g’risida xabardor.
8.7. Mijoz tomonidan mazkur Ofertaning 5 va 6-boblarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilgan taqdirda, Mijoz tomonidan yo’l qo’yilgan qoida buzilishlar bartaraf etilguga qadar Operator Mijozning elektron pullar tizimidan foydalanishini blokirovka qilishga haqli.
- Elektron pullar tizimidan foydalanishning lisenziyaviy shartlari
9.1. Operator Elektron pullar tizimining huquqiy egasi hisoblanadi. Ofertaning mazkur bo’limi qoidalari Operatorning Mijoz bilan «CLICK» elektron pullar tizimidan foydalanish to’g’risida lisenziya shartnomasi shartlari (bundan buyon matnda – “Dastur”) hisoblanadi. Mijoz deyilganida Operator tomonidan nazarda tutilgan, shu jumladan Elektron pullar tizimi bilan bog’liq bo’lmagan maqsadlar uchun Dasturdan foydalanuvchi shaxs nazarda tutiladi.
9.2. Operator Mijozga mazkur bo’limda qayd etilgan Elektron pullar tizimidan foydalanish huquqini Mijoz tomonidan qayd etilgan majburiyatlarga rioya qilish shartlarida bepul va istisno bo‘lmagan tarzda taqdim qiladi.
9.3. «CLICK» elektron pullar tizimidan foydalanish lisenziya shartlari bo‘yicha – Oferta Mijozga hech qanday huquqlar berilishini anglatmaydi, bundan faqat Ofertada aniq sanab o‘tilgan yoki O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga asosan Mijozga tegishli huquqlar bundan mustasno. Operatorning Dastur uchun boshqa huquqlari O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va mualliflik huquqlari to’g’risida xalqaro shartnomalar, shuningdek Dasturga nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo’lgan munosabatlarni tartibga soluvchi boshqa qonunlar va shartnomalar bilan muhofaza qilingan.
9.4. «CLICK» elektron pullar tizimidan foydalanish lisenziya shartlari bo‘yicha – Oferta Mijoz va Operatorning xohish-ixtiyorini ifodalaydi, notijorat xususiyatga ega va pul hisob-kitoblari amalga oshirilishi yoki boshqa moddiy boyliklar berilishi uchun asos hisoblanmaydi.
Mijoz Dastur bilan bog’liq Operatorga tegishli savdo belgilaridan foydalanmaslik, shuningdek mazkur Oferta shartlaridan farqli shartlarda Dasturdan foydalanmaslik, nusxa ko’chirmaslik, uni o’zgartirmaslik, birlashtirmaslik va nusxalarini boshqa shaxslarga bermaslik majburiyatini oladi.
9.5. «CLICK» elektron pullar tizimidan foydalanish lisenziya shartlari qismida – Oferta uning shartlari Mijoz tomonidan akseptlangan, ya’ni elektron pullar tizimida ishlash boshlangan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
9.6. «CLICK» elektron pullar tizimidan foydalanish lisenziya shartlari bo‘yicha – Oferta quyidagi hollarda tugatiladi:
- Elektron pullar tizimidan foydalanish Mijozning tashabbusiga binoan to’xtatilganidan so’ng;
- Mijoz tomonidan Oferta shartlari buzilgan taqdirda Operatorning tashabbusiga binoan.
9.7. Dastur Mijozga “asl holicha”, hech qanday kafolatlarsiz taqdim qilinadi. Operator Mijoz yoki uchinchi shaxslarning Oferta shartlariga yoxud Operator tomonidan taqdim qilingan Dastur ish jadvaliga zid ravishda Dasturdan foydalanish bilan bog’liq zarar yoki yo‘qotishlar, shu jumladan, biroq cheklanmagan holda, Mijozning dasturiy ta’minoti, Mijoz apparaturasi va Internet-ulanishlari salbiy oqibatlari uchun javobgar bo’lmaydi.
9.8. Mijoz Dasturdan hosila dastur yaratish uchun foydalanishga yoki bunday hosilalardan Operatorning roziligisiz foydalanishga haqli emas.
9.9. Mijoz o’z tashabbusiga binoan Shartnomaning amal qilishini to’xtatishni maqsad qilgan yoki Operatordan mazkur Shartnomaning amal qilishi to’xtatilishi to’g’risida bildirish xati olgan taqdirda, Mijoz bir kun mobaynida Dasturdan foydalanishni to’xtatishi shart.
9.10. Elektron pullar tizimi texnologiyasini oshkor qilish va dekompilyasiyasini amalga oshirish taqiqlanadi. Qayd etilgan taqiqlash Mijozlar xavfsizligini ta’minlashga yo’naltirilgan.
9.11. Mijoz barcha yuzaga keladigan texnik yordam masalalari yuzasidan [email protected] elektron pochta manziliga yoki +998 (71) 231-08-80 telefon raqamiga murojaat qilishi mumkin.
- Shaxsga doir ma’lumotlar
10.1. Mazkur Ofertani qabul qilish (akseptlagan) orqali, Mijoz Operator tomonidan uning shaxsga doir ma’lumotlari to’planishi va ishlov berilishiga, ya’ni quyidagi harakatlar amalga oshirilishiga rozilik bildiradi, jumladan, lekin ular bilan cheklanmagan holda: ma’lumotlarni to’plash, yig’ish, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, o’zgartirish), foydalanish, tarqatish (shu jumladan, uchinchi shaxslarga uzatish), egasiz qoldirish, blokirovka qilish, yo’q qilish.
10.2. Shaxsga doir ma’lumotlar to’planishi Operator va Emitent bilan shartnomalar tuzish, tuzilgan shartnomalarni bajarish maqsadida, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan pul mablag’larini legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo’yicha normativ huquqiy hujjatlar talablarini bajarish maqsadida amalga oshiriladi.
10.3. Shaxsga doir ma’lumotlar to’planishi va ishlov berilishiga rozilik Operator tomonidan shaxsga doir ma’lumotlardan har qanday foydalanish holatlariga joriy qilinadi, shu jumladan Call-markaz telefonlari orqali olingan mijozlarning qo‘ng‘iroqlarini ishlov berishni ham qamrab oladi.
10.4 Operator Mijozdan olingan shaxsga doir ma’lumotlar himoyasini quyidagi usullar orqali ta’minlaydi:
1) Mijozning shaxsga doir ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanish oldini olish;
2) Mijozning shaxsga doir ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanish faktlarini o’z vaqtida aniqlash, agar bunday shaxsga doir ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanish oldini olish imkoni bo’lmasa;
3) Mijozning shaxsga doir ma’lumotlaridan ruxsatsiz foydalanish salbiy oqibatlarini minimallashtirish.
10.5. Operator Mijozning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiyligini saqlash uchun doimiy nazoratni amalga oshirish majburiyatini oladi Operator Mijozni identifikatsiya qilish uchun berilgan ma'lumotlarni faqat hujjatlarni rasmiylashtirish yoki berish, talablarni kiritish yoki Mijoz bilan hisob-kitoblar amalga oshirish maqsadlari bilan bog‘liq bo‘lmagan holatlarda ichki yoki tashqi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik va oshkor qilmaslik majburiyatini oladi. Ma'lumotlarni oshkor qilish faqat Mijoz ushbu ma'lumotlarni bergan paytda u oldindan xabardor qilingan yoki Mijozning o‘zi rozilik bergan holatlarda ruxsat etiladi.
10.6. Mijoz mazkur Ofertani akseptlash orqali elektron pullar tizimi operatorining quyidagi manzil bo’yicha web-sahifasida joylashtirilgan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish va ishlov berish to’g’risida Siyosat bilan tanishib chiqqanligini tasdiqlaydi: https://click.uz/ru/policypersonal.
- Taraflar javobgarligi
11.1. Operator Mijoz oldida Mijozning elektron hamyonidagi elektron pullar qoldig’i summasidan yuqori bo’lmagan summa doirasida javobgar bo’ladi.
11.2. Operator elektron pullar tizimining vaqtincha ishga yaroqsizligi, apparat va dasturiy vositalar ishidagi to’xtalishlar va xatolar uchun javobgar bo’lmaydi.
11.3. Uchinchi shaxslar tomonidan Mijozning Autentifikatsion ma’lumotlaridan foydalanish bilan bog’liq bo’lmagan elektron pullar tizimi ishiga aralashuvga qaratilgan noqonuniy harakatlar holatida, Operator noqonuniy harakatlar boshlangan paytda Mijozning elektron hamyonidagi summa doirasida Mijozga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo’ladi.
11.4. Operator Mijoz tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar taqdim qilinishi, shuningdek Mijoz tomonidan Autentifikatsion ma’lumotlari yo’qotilishi / boshqa shaxslarga berilishi oqibatida Mijozga yetkazilgan zarar va yo‘qotishlar uchun javobgar bo’lmaydi.
11.5. Shartnoma Taraflari o’zaro majburiyatlari Shartnoma kuchga kiritilganidan so’ng yuzaga kelgan, Shartnoma tuzilgungacha oldini olish yoki oldindan bilish mumkin bo’lmagan yengib bo’lmas kuch vaziyatlari ta’siri yoki favqulodda vaziyatlar boshlanishi oqibatida bajarilmagan holatda, bunday majburiyatlar bajarilmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Fors-major holatlari yuzaga kelgan tomon boshqa tomonga ushbu holatlar yuzaga kelganidan keyin o‘n (10) kundan kechiktirmay xabar berishi shart.
11.6. Mijoz elektron hamyon ulangan mobil telefon raqamiga kirish imkoniyati yo’qotilgan holatda, Operator tomonidan Foydalanuvchidan uning yo’qotilganligi to’g’risida ariza olgan paytgacha Operatorga Tizimdan foydalanib amalga oshirilgan to’lovlar / o’tkazmalarni qaytarish talabi bilan murojaat qilish huquqiga ega emas.
11.7. Yo’qotilgan, o’g’irlangan yoki Mijozning elektron hamyon ulangan mobil (abonentlik) telefon raqamiga kirish imkoniyati bo’lmagan boshqa holatlarda, Mijoz Servisdan foydalanish bilan bog’liq uchinchi shaxslarning har qanday harakatlari uchun javobgar bo’ladi va barcha xavflarni o’z zimmasiga oladi.
- Nizolarni hal qilish
12.1. Taraflar tomonidan mazkur Oferta shartlari bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan barcha nizolar, yuzaga kelgan nizolarni hal qilish yo’llarini ishlab chiqish maqsadida Taraflar tomonidan muzokaralar orqali ko’rib chiqiladi.
12.2. Taraflar tomonidan kelishuvga erishilmagan taqdirda masalalar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudda ko’rib chiqish uchun taqdim qilinadi.
12.3. Mazkur Oferta shartlarida nazarda tutilmagan barcha masalalar bo’yicha Taraflar O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga amal qiladilar.
- Boshqa shartlar
13.1. Operator dasturiy-texnik majmualarda yoki tashqi ma’lumot uzatish tarmoqlarida uzilishlar yuz berganligi natijasida Xizmatlarni ko‘rsatishdagi uzilishlar uchun javobgar bo’lmaydi. Operator uskunalarni, dasturiy ta’minotni almashtirish yoki ularning ishlash qobiliyatini ta’minlash va (yoki) texnik yoki dasturiy ta’minotni modernizatsiya qilish bilan bog‘liq boshqa ishlar sababli xizmatlarni ko‘rsatishdagi to‘liq yoki qisman uzilishlar uchun ham javobgar emas.
13.2. Operator ommaviy axborot vositalarida yoki Operator saytida o’zgarishlarni e’lon qilish orqali Shartnomaga bir tomonlama tartibda o’zgartishlar kiritishga haqli. Ushbu o’zgartishlar, agar ularni e’lon qilishda kuchga kiritiladigan boshqa muddati qo’shimcha belgilanmagan bo’lsa, e’lon qilingan paytdan e’tiboran kuchga kiradi.
13.3. Operator Mijoz tomonidan Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda yoki O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo’yicha Shartnomani bekor qilishga haqli.
13.4. Mijoz Shartnomaning barcha shartlari unga tushunarli ekanligini va uning shartlarini so’zsiz va to’liq hajmda qabul qilishini tasdiqlaydi.
13.5. Mijoz Elektron pullar tizimidan Ofertada va Operator web-sahifasida belgilangan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanmasligini kafolatlaydi.
13.6. Elektron pullar tizimi va Operator web-sahifasidan foydalanishda amalga oshiriladigan Mijozning barcha harakatlar vaqti O’zbekiston Respublikasi vaqti bo’yicha belgilanadi.
13.7. Mijoz tomonidan mazkur Oferta shartlari buzilgan holatda Operatorning harakatsizligi Operatorni o’z manfaatlarini keyinroq himoya qilish huquqidan mahrum qilmaydi, shuningdek Mijoz tomonidan kelgusida bunday yoki shunga o’xshash qoida buzilishlar amalga oshirilgan holatda Operatorning o’z huquqlaridan voz kechishini anglatmaydi.
13.8. Mijoz tomonidan mazkur Ofertada nazarda tutilgan usullardan istalgan biri orqali elektron pullar tizimida ro’yxatdan o’tkazishga yo’naltirilgan harakatlar amalga oshirilgan paytdan e’tiboran Shartnoma mazkur Oferta shartlarida tuzilgan hisoblanadi.
13.9. Mijoz tomonidan mazkur Ofertada nazarda tutilgan konklyudent harakatlarni amalga oshirish orqali mazkur Oferta shartlarini akseptlash yo’li bilan tuzilgan Shartnoma Mijoz tomonidan Operatorga bildirish xati yuborish orqali bekor qilinishi mumkin. Operator tomonidan qayd etilgan bildirish xati olinganidan so’ng 10 (o’n) bank kunidan keyin Shartnoma bekor qilingan hisoblanadi.
13.10. Zarur hollarda, mijozlarni identifikasiyalashda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg’in quroli tarqalishini moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga asosan boshqa hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.