CLICK orqali to'lovlar uchun Cashback

Kartadan kartaga o’tkazmalarda keshbek

Kartalararo o‘tkazmalar uchun keshbek hisoblanmaydi.

 

To'lovlar uchun keshbek

Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilar uchun Click orqali «Joyida to‘lov» (shu jumladan, «Hisob chiqarish») va «To‘lovlar» bo‘limidagi xizmatlarga to‘lov qilinganda keshbek hisoblash bo‘yicha amaldagi aksiyalar (maksimal bo‘lgan miqdor ko‘rsatilgan)*:

  • Click brend kartalari yordamida to‘lovlarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilarga – 2%.
  • Premium-foydalanuvchilar uchun mobil aloqa operatorlari to‘lovi uchun 5% gacha va qolgan barcha to‘lovlar uchun 0,3%.
  • «Click Avto» bo‘limida cheksiz (VIP) OSAGO polisi va KASKO polisini rasmiylashtirganda – 5%.

Keshbekning aniq miqdorlari Click SuperApp ilovasi yoki @clickuz Telegram-boti interfeyslarida ochiq ko‘rsatiladi. Bunda operator yuqoridagi ro‘yxatga kiruvchi ayrim xizmatlar/Yetkazib beruvchilar bo‘yicha keshbek hisoblamaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Muhim shartlar:

  • Agar foydalanuvchi to‘lovni bekor qilsa yoki tovar/xizmatni qaytarish (va natijada to‘lovni qaytarish) uchun ariza bersa, to‘lovni bekor qilish faqat foydalanuvchining Click-hamyonida ushbu to‘lov bo‘yicha olingan keshbekni qaytarish uchun yetarli mablag‘ bo‘lgandagina amalga oshiriladi. Boshqa hollarda to‘lovni qaytarish yoki bekor qilishning imkoni bo‘lmaydi. To‘lov summasi qisman qaytarilganda, ushbu to‘lov bo‘yicha to‘langan keshbek summasi 100% miqdorida operatorga qaytariladi.
  • Korporativ kartalar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar uchun keshbek hisoblanmaydi.
  • Komissiya Foydalanuvchilardan undiriladigan va 1% dan kam bo‘lgan xizmatlar uchun to‘lov qilinganda, keshbek komissiya miqdorida to‘lanadi.
  • Keshbek har bir xizmat uchun kalendar oyi davomidagi faqat birinchi 100 ta to‘lov uchun hisoblanadi. Agar kalendar oyi davomida bitta xizmat uchun to‘lovlar soni 100 tadan oshsa, ushbu xizmat uchun keyingi to‘lovlar bo‘yicha oy yakunigacha keshbek hisoblanmaydi.
  • Keshbek faqat amaldagi identifikatsiyaga ega foydalanuvchilarga hisoblanadi. Identifikatsiya paytida foydalanilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddati tugagan taqdirda, identifikatsiya haqiqiy emas deb hisoblanadi. Keshbek hisoblash identifikatsiyadan qayta o‘tgandan so‘ng tiklanadi.

 

Keshbekni berish qoidalari

 

  • Keshbek faqat to‘lov Click SuperApp ilovasi yoki @clickuz Telegram-boti orqali onlayn rejimda amalga oshirilgan bo‘lsa hisoblanadi.
  • Keshbek uch sutka (72 soat) ichida foydalanuvchining CLICK-hamyoniga tushadi.
  • Bonusni Click-hamyonga o‘tkazish ommaviy oferta shartlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. [Batafsil]

 

Muhim: Identifikatsiyadan o‘tmagan Click-hamyonda saqlash mumkin bo‘lgan maksimal summa 5 BHMni tashkil etadi. Bir martalik keshbekni yoki hamyon qoldig‘i bilan birga 5 BHMdan oshadigan umumiy keshbekni qabul qilishning imkoni yo‘q. Yopilgan/bloklangan/faol bo‘lmagan hamyonlarga keshbek hisoblanmaydi.

CLICK-hamyonni istalgan interfeysda: CLICK SuperApp ilovasida, Telegram-botda, saytda va hatto internet bo‘lmaganda *880# yordamida oson, bepul va tez ochish mumkin.

CLICK-hamyondan 3000 dan ortiq xizmatlarga to‘lov qilish mumkin va bu ro‘yxat kundan-kunga kengayib bormoqda.