Xaridlar va hamkorliklar

Xaridlar va hamkorlik

Umumiy ma’lumot

“Click” AJ mahsulotlar va xizmatlar xaridini kompaniyaning ichki reglamentlari va tartib-qoidalariga muvofiq, raqobat asosida amalga oshiradi.
Biz barcha potensial hamkorlar va yetkazib beruvchilar uchun shaffoflik, teng sharoitlar va xolistanlov tamoyillariga amal qilamiz.

Xaridlar bo‘yicha e’lonlar

Amaldagi xaridlar haqidagi ma’lumotlar Click xaridlar jamoasining rasmiy Telegram-kanalidae’lon qilinadi.
Barcha e’lonlar va yangilanishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish uchun kanalga obuna bo‘lishnitavsiya etamiz.

Telegram-kanal: @ClickZakupTeam

Qanday ishtirok etish mumkin

Xaridlarda ishtirok etish uchun quyidagilar zarur:

1. Click xaridlar jamoasining Telegram-kanaliga obuna bo‘lish.
2. Xarid bo‘yicha e’lon bilan tanishish.
3. E’londa ko‘rsatilgan muddatlarda tijorat taklifini tayyorlab yuborish.

Hamkorlarga qo‘yiladigan talablar

Xaridlarda ishtirok etishga yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar taklif etiladi.

Taklifni ko‘rib chiqish uchun elektron pochta orqali quyidagi ma’lumotlarni yuborish lozim:

kompaniya haqida ma’lumot (yuridik shaxs / YTT);
aloqa ma’lumotlari;
sohaviy tajriba haqida ma’lumot;
standart hujjatlar to‘plami:
o guvohnoma (ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida);
o litsenziya (zarur bo‘lsa);
o dilerlik yoki hamkorlik maqomini tasdiqlovchi hujjat (mavjud bo‘lsa).

Aloqa

Xaridlar bilan bog‘liq barcha savollar bo‘yicha Click xaridlar jamoasi bilan elektron pochtaorqali bog‘lanishingiz mumkin:

E-mail: zakup-team@office.click.uz