OMMAVIY OFERTA “Click orqali toʻlang” AKSİYASINI OʻTKAZISH QOIDALARI

OMMAVIY OFERTA

“Click orqali toʻlang”

AKSİYASINI OʻTKAZISH QOIDALARI

 

  1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Ushbu “Click orqali toʻlang” aksiyasini oʻtkazish qoidalari (bundan buyon matnda – Aksiya) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi va Aksiyada ishtirok etish shartlarini, Ishtirokchilarni reyestrga kiritish, Gʻoliblarni aniqlash va sovrinlarni olish tartibini belgilaydi.

1.2. Aksiyaning maqsadi – Click SuperApp xizmati foydalanuvchilarining faolligini oshirish, Maxway savdo shoxobchalarida Click SuperApp orqali naqd pulsiz toʻlovlardan foydalanishni ragʻbatlantirish, shuningdek, Click SuperApp ichidagi Maxway mini-ilovasi orqali buyurtmalarni rasmiylashtirish va toʻlashni ragʻbatlantirishdan iborat.

1.3. Aksiya Click SuperApp xizmatidan, shuningdek, Tashkilotchi va Aksiya Hamkorining aloqa kanallaridan foydalangan holda oʻtkaziladi. Aksiyada ishtirok etish ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda Saralash amaliyotini bajarish orqali amalga oshiriladi.

1.4. Aksiya lotereya, qimor oʻyini, bukmekerlik faoliyati, totalizator yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyin hisoblanmaydi hamda Ishtirokchilar tomonidan ishtirok etish uchun haq toʻlashni yoki yutuqni qoʻlga kiritish imkoniyati uchun haq toʻlashni nazarda tutmaydi. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish bilan bogʻliq mulkiy tavakkalchilikka duch kelmaydilar.

1.5. Aksiya ushbu Qoidalarga va Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq oʻtkaziladi.

1.6. Aksiyaning sovrin jamgʻarmasi faqatgina Tashkilotchining mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi.

1.7. Maxway Aksiyada faqatgina Aksiya hamkori sifatida ishtirok etadi va Aksiya tashkilotchisi hisoblanmaydi, Gʻoliblarni aniqlashni amalga oshirmaydi hamda sovrinlarni taqdim etish yoki topshirish boʻyicha majburiyatlarni zimmasiga olmaydi.

 

  1. TASHKILOTCHI HAQIDA MAʼLUMOTLAR

2.1. Aksiya Tashkilotchisi:

“CLICK” AJ

STIR: 302 134 733

Yuridik manzili: Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Salar boʻyi koʻchasi, 35A.

2.2. Tashkilotchi Aksiyani oʻtkazishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, sovrin jamgʻarmasini shakllantiradi, Ishtirokchilar reyestrini yuritadi, Gʻoliblarni aniqlaydi, sovrinlar topshirilishini hamda ushbu Qoidalarga rioya qilinishini taʼminlaydi.

2.3. Aksiya Hamkori Maxway brendi ostida faoliyat yurituvchi yuridik shaxs – “MAXWAY FOOD” MChJ hisoblanadi (bundan buyon matnda – Aksiya Hamkori, Maxway). Aksiya Hamkori Aksiyani oʻtkazishda koʻmaklashadi, shuningdek, Aksiyani axborot va reklama jihatidan qoʻllab-quvvatlashda ishtirok etadi.

 

  1. AKSIYANI OʻTKAZISH MUDDATLARI VA JOYI

3.1. Aksiya Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida oʻtkaziladi.

3.2. Aksiyada ishtirok etish uchun Saralash amaliyotlarini bajarish davri 2026-yil 5-iyuldan 2026-yil 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

3.3. Aksiya Gʻoliblarini aniqlash 2026-yil 10-avgust kuni amalga oshiriladi.

3.4. Ushbu Qoidalarda koʻrsatilgan barcha muddatlar Toshkent vaqti bilan (UTC +5) hisoblanadi.

3.5. Aksiyani oʻtkazish muddatlari, Gʻoliblarni aniqlash sanasi va/yoki formati dam olish va bayram kunlari, texnik, tashkiliy, huquqiy, regulyatorlik holatlari, shuningdek, Tashkilotchiga bogʻliq boʻlmagan holatlarni hisobga olgan holda Tashkilotchi tomonidan tuzatishlar kiritilishi mumkin.

 

  1. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

4.1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, uning hududida istiqomat qiluvchi, 18 yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar, Click SuperApp xizmatining roʻyxatdan oʻtgan va identifikatsiyalangan foydalanuvchilari boʻlgan, Aksiya oʻtkazilish davrida Saralash amaliyotini bajargan hamda ushbu Qoidalar shartlarini bajargan shaxslar Aksiya Ishtirokchilari (bundan buyon matnda – Ishtirokchilar) boʻlishlari mumkin.

4.2. Aksiyada ishtirok etishga ushbu Qoidalarning 4.1-bandi shartlariga javob beradigan shaxslar ruxsat etiladi, quyidagilar bundan mustasno:

  • Tashkilotchining xodimlari;
  • Aksiya Hamkorining xodimlari;
  • Aksiyani tashkil etish va oʻtkazish doirasida Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga kirishgan uchinchi shaxslarning vakillari;
  • koʻrsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (eri/xotini, oʻgʻli, qizi, onasi, otasi, akasi/ukasi, opasi/singlisi, buvisi, bobosi);
  • fuqaroligi boʻlmagan shaxslar va chet el fuqarolari.

4.3. Ushbu Qoidalarning 4.2-bandida koʻrsatilgan shaxsning ishtirok etish fakti aniqlanishi bunday shaxsni Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtirish, Ishtirokchilar reyestridan chiqarib tashlash va/yoki sovrinni topshirishni rad etish uchun asos boʻladi.

4.4. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining ushbu Qoidalarga toʻliq rozi ekanligini anglatadi.

 

  1. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI

5.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Aksiya oʻtkazilish davrida quyidagi harakatlardan birini amalga oshirishi lozim:

  • Maxway savdo shoxobchasidagi buyurtma uchun Click SuperApp orqali toʻlovni amalga oshirishi; yoki
  • Click SuperApp ichidagi Maxway MiniApp orqali buyurtmani rasmiylashtirishi va unga toʻlovni amalga oshirishi lozim.

5.2. Ishtirokchi tomonidan Aksiya oʻtkazilish davrida Maxway savdo shoxobchasida Click SuperApp orqali yoki Click SuperApp ichidagi Maxway MiniApp orqali amalga oshirilgan, Maxway buyurtmasi uchun birinchi muvaffaqiyatli toʻlov Saralash amaliyoti deb eʼtirof etiladi.

5.3. Foydalanuvchi birinchi Saralash amaliyotini amalga oshirgan va ushbu Qoidalarning barcha shartlariga rioya etgan paytdan boshlab Aksiya Ishtirokchisiga aylanadi.

5.4. Birinchi Saralash amaliyoti muvaffaqiyatli bajarilgandan soʻng, foydalanuvchi avtomatik ravishda Aksiya Ishtirokchilari reyestriga kiritiladi.

5.5. Har bir Ishtirokchi, Aksiya oʻtkazilish davrida u tomonidan amalga oshirilgan Saralash amaliyotlarining sonidan qatʼi nazar, Aksiya Ishtirokchilari reyestriga faqat bir marta kiritiladi.

5.6. Ishtirokchi tomonidan bir nechta Saralash amaliyotlarining bajarilishi ushbu Ishtirokchining reyestrdagi qaydlari sonini koʻpaytirmaydi va sovrinni qoʻlga kiritish ehtimolini oshirmaydi.

5.7. Bir Ishtirokchi Aksiya doirasida bittadan koʻp boʻlmagan sovrinni qoʻlga kiritishi mumkin.

5.8. Aksiyada ishtirok etish uchun qoʻshimcha roʻyxatdan oʻtish talab etilmaydi.

5.9. Quyidagi amaliyotlar Saralash amaliyotlari deb eʼtirof etilmaydi va Ishtirokchilar reyestrini shakllantirishda hisobga olinmaydi:

  • bekor qilingan amaliyotlar;
  • pul mablagʻlari toʻliq qaytarilgan amaliyotlar;
  • stornolangan, notoʻgʻri yoki test rejimidagi amaliyotlar;
  • firibgarlik belgilari boʻlgan amaliyotlar;
  • vijdonsiz, texnik, dasturiy yoki boshqa manipulyatsiyalardan foydalangan holda amalga oshirilgan amaliyotlar;
  • Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini, Click SuperApp’dan foydalanish qoidalarini yoki ushbu Qoidalarni buzgan holda amalga oshirilgan amaliyotlar.

5.10. Suiisteʼmol qilish, firibgarlik faolligi, texnik manipulyatsiyalar, amaliyotlarni sunʼiy ravishda maydalash, ushbu Qoidalar cheklovlarini chetlab oʻtish maqsadida bir shaxs tomonidan bir nechta akkauntlardan foydalanish yoki boshqa insofsiz harakatlar belgilari aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi amalni va/yoki Ishtirokchini Ishtirokchilar reyestridan chiqarib tashlash huquqiga ega.

 

  1. AKSIYA SOVRINLARI VA GʻOLIBLARNI ANIQLASH

6.1. Aksiya Gʻoliblari Tashkilotchi tomonidan shakllantirilgan sovrin jamgʻarmasidagi sovrinlarni qoʻlga kiritadilar.

6.2. Aksiyaning sovrin jamgʻarmasi quyidagi sovrinlarni oʻz ichiga oladi:

N

Sovrin nomi

Soni

1

Goʻshtqiymalagich

5 dona

2

Blender

7 dona

3

Fen

9 dona

4

Elektr choynak

10 dona

5

Dazmol

12 dona

 

6.3. Sovrinlarning aniq xususiyatlari, modeli, brendi, rangi, jamlanmasi va boshqa parametrlari Tashkilotchi tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

6.4. Gʻoliblarni aniqlash 2026-yil 30-iyun kuni Aksiya Ishtirokchilari reyestriga kiritilgan Ishtirokchilar orasidan random.org tasodifiy sonlar generatori yoki Tashkilotchi tomonidan belgilangan boshqa dasturiy vosita/tasodifiy tanlab olishning texnik usuli yordamida amalga oshiriladi.

6.5. Gʻoliblarni aniqlash jarayoni jonli efirda, ijtimoiy tarmoqlarda yoki Tashkilotchi tomonidan belgilangan boshqa maydonchada oʻtkazilishi mumkin.

6.6. Aksiya sovrinlari oʻyinini oʻtkazish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek, Tashkilotchiga bogʻliq boʻlmagan holatlar yuzaga kelganda Tashkilotchi tomonidan tuzatilishi mumkin.

6.7. Gʻoliblarni aniqlash natijalari Click’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, Click SuperApp ilovasida va/yoki Tashkilotchining boshqa rasmiy kanallarida eʼlon qilinadi. Qoʻshimcha ravishda Gʻoliblar ularning Click SuperApp profilida koʻrsatilgan aloqa maʼlumotlari orqali xabardor qilinadi.

6.8. Click SuperApp profilidagi identifikatsiya maʼlumotlari shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardagi maʼlumotlarga mos kelishi kerak. Tafovutlar aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi qoʻshimcha hujjatlarni soʻrash va/yoki nomuvofiqlik tasdiqlangan taqdirda sovrinni topshirishni rad etish huquqiga ega.

6.9. Sovrin Gʻolibga shaxsan topshirish, Tashkilotchi tomonidan belgilangan joyda berish yoki agar shunday usul Tashkilotchi tomonidan belgilansa, yetkazib berish orqali topshiriladi. Sovrinni topshirish qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoki sovrin olinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjat bilan rasmiylashtirilishi mumkin.

6.10. Talab qilib olinmagan sovrin Tashkilotchining mulki hisoblanadi.

6.11. Firibgarlik, Qoidalarni buzish yoki notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar aniqlangan taqdirda, Tashkilotchi Gʻolibning sovrinni olish huquqini bekor qilish huquqiga ega.

6.12. Gʻolib tomonidan zarur hujjatlarni imzolash va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishdan, shu jumladan sovrinni olish paytida talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi Gʻolibning Aksiya Sovrinini olishdan bosh tortishi sifatida baholanadi.

6.13. Agar Gʻolib Aksiya Sovrinini olishdan bosh tortsa yoki Aksiya natijalari eʼlon qilingan yoki Gʻolibga xabarnoma yuborilgan paytdan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida uni olish istagini bildirmasa, sovrin talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va Gʻolibning Sovrinni olish huquqi yoʻqoladi.

6.14. Sovrinni olishdan bosh tortgan yoki koʻrsatilgan muddatda uni olish istagini bildirmagan Gʻolib ushbu muddat oʻtgandan keyin Tashkilotchidan talab qilib olinmagan Sovrinni talab qilish huquqiga ega emas.

6.15. Gʻolib Aksiya Sovrinidan bosh tortgan yoki u talab qilib olinmagan taqdirda, Tashkilotchi ushbu Sovrinni oʻz xohishiga koʻra tasarruf etish, shu jumladan uni qayta oʻynash, qayta taqsimlash yoki boshqa usulda foydalanish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

6.16. Tashkilotchi toʻlovlar boʻyicha soliq agenti sifatida harakat qiladi hamda agar qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan soliqlar va yigʻimlarni belgilangan tartibda ushlab qoladi va oʻtkazadi.

6.17. Tashkilotchi Aksiya Gʻolibi tomonidan Sovrinni olish, unga egalik qilish va uni tasarruf etish bilan bogʻliq boshqa toʻlovlar va yigʻimlarning amalga oshirilishi hamda toʻlanishi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi, agar bunday toʻlovlar va yigʻimlar qonunga koʻra Tashkilotchining majburiyatlariga kirmasa.

6.18. Sovrinlar Gʻolib oʻz shaxsini va ishtirok etish shartlariga muvofiqligini tasdiqlaganidan keyin beriladi.

6.19. Sovrin Gʻolibga amalda topshirilgan paytdan boshlab topshirilgan hisoblanadi.

6.20. Sovrinlarning pul ekvivalentini berishga, shuningdek, Gʻolibning talabi bilan boshqa Sovrinlarga almashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

6.21. Dastlab eʼlon qilingan sovrin vaqtinchalik mavjud boʻlmagan, uning sotuvi toʻxtatilgan, yetkazib berish imkoni boʻlmagan taqdirda yoki boshqa ob’ektiv holatlarda Tashkilotchi sovrinni qiymati teng boʻlgan oʻxshash sovringa almashtirish huquqiga ega.

6.22. Sovrinni olish huquqi uchinchi shaxsga oʻtkazilishi yoki berilishi mumkin emas.

 

  1. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

7.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi:

  • Ishtirokchi tomonidan maʼlumotlarning notoʻgʻri koʻrsatilganligi;
  • Ishtirokchi tomonidan Aksiya shartlariga rioya qilinmaganligi;
  • koʻrsatilgan yoki Tashkilotchi uchun mavjud boʻlgan aloqa maʼlumotlari orqali Gʻolib bilan bogʻlanishning imkoni boʻlmaganligi;
  • aloqa tarmoqlarida, internetda, uchinchi shaxslarning uskuna yoki dasturiy taʼminotida yuzaga kelgan texnik nosozliklar;
  • aloqa operatorlari, banklar, toʻlov tizimlari, internet-provayderlar va boshqa uchinchi shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi;
  • Maxway tovarlari, ishlari va xizmatlarining sifati;
  • Sovrin Gʻolibga topshirilgandan keyin undan foydalanilishi.

 

7.2. Aksiya Qoidalarining buzilishi aniqlangan taqdirda, shu jumladan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim etilishi, firibgarlikka urinishlar, begona dasturiy taʼminotlardan foydalanish, texnik manipulyatsiyalar, Aksiya cheklovlarini chetlab oʻtish maqsadida bir shaxs tomonidan bir nechta akkauntlardan foydalanish yoki boshqa insofsiz harakatlar bilan cheklanib qolmagan holda, Tashkilotchi sovrinni berishni rad etish huquqiga ega.

7.3. Maxway foydalanuvchilar oldida Maxway tovarlari, ishlari va xizmatlarining sifati, buyurtmalarni rasmiylashtirish va bajarish tartibi, Maxway savdo shoxobchalarining ishlashi, shuningdek, Maxway’ning asosiy faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalar boʻyicha mustaqil ravishda javobgarlikni zimmasiga oladi.

7.4. Aksiyada ishtirok etish foydalanuvchining Maxway tovar va xizmatlarining isteʼmolchisi sifatidagi huquqlarini cheklamaydi.

7.5. Tashkilotchi Gʻolibning ushbu Qoidalarda Tashkilotchining xarajatlari sifatida koʻrsatilmagan xarajatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

7.6. Yengib boʻlmas kuch holatlari (fors-major), shu jumladan tabiiy ofatlar, kommunikatsiyalar ishida uzilishlar, davlat organlari tomonidan taqiqlar va cheklovlar hamda boshqa kutilmagan holatlar yuzaga kelganda, Tashkilotchi Gʻoliblarni aniqlash va sovrinlarni topshirish bilan bogʻliq majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

7.7. Fors-major holatlari yuzaga kelganda, sovrinlarni topshirish va tartib-taomillarni oʻtkazish muddatlari tegishli ravishda uzaytirilishi mumkin; Tashkilotchi muddat uzaytirilganligi toʻgʻrisida Ishtirokchilarni rasmiy kanallar orqali xabardor qiladi.

 

  1. SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLAR

8.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Aksiyani oʻtkazish maqsadida, shu jumladan Ishtirokchilar reyestrini shakllantirish, Saralash amaliyotlarini tekshirish, Gʻoliblarni aniqlash, Gʻoliblarni xabardor qilish, sovrinlarni topshirish, sovrinlarni topshirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish, Aksiya natijalarini yoʻl qoʻyiladigan hajmda eʼlon qilish, murojaatlar va nizoli vaziyatlarni koʻrib chiqish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish uchun oʻzining shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berilishi, saqlanishi va ulardan foydalanilishiga rozilik beradi.

8.2. Tashkilotchi Ishtirokchilarning quyidagi shaxsga doir maʼlumotlariga ishlov berishi mumkin: familiyasi, ismi, otasining ismi, telefon raqami, Click SuperApp foydalanuvchisi identifikatori, Saralash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, amaliyot holati (statusi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Gʻolibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari, shuningdek, Aksiyani oʻtkazish va sovrinlarni topshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.

8.3. Ishtirokchi oʻzining shaxsga doir maʼlumotlari Aksiyani tashkil etish va uni oʻtkazishni taʼminlash uchun Tashkilotchi tomonidan jalb etiladigan uchinchi shaxslarga faqat Aksiya maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan hajmda berilishiga rozi boʻladi.

8.4. Gʻolib oʻz ismi, qisman yashirilgan telefon raqami, fotosurati va/yoki uning ishtirokidagi videomateriallar Click’ning Aksiya oʻtkazilishi bilan bogʻliq reklama va axborot materiallarida eʼlon qilinishiga rozilik beradi, basharti bunday eʼlon qilish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilsa.

8.5. Shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

  1. BOSHQA SHARTLAR

9.1. Aksiya haqidagi maʼlumotlar Click’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, www.click.uz saytida, Click SuperApp ilovasida va/yoki Tashkilotchining boshqa rasmiy kanallarida joylashtiriladi.

9.2. Tashkilotchi Aksiya ishtirokchilarini Click’ning rasmiy kanallari orqali xabardor qilgan holda, Aksiyani oʻtkazish shartlari va muddatlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

9.3. Texnik nosozliklar, fraud (firibgarlik) xavflari, Ishtirokchilar tomonidan suiisteʼmol qilish holatlari, regulyatorlik yoki huquqiy xavflar, davlat organlarining talablari, yengib boʻlmas kuch holatlari yoki Aksiyani lozim darajada oʻtkazishga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlar mavjud boʻlganda, Tashkilotchi Aksiyani toʻxtatib turish, oʻzgartirish yoki tugatish huquqiga ega.

9.4. Nizoli vaziyatlarni koʻrib chiqishda Tashkilotchi oʻzining axborot tizimlari maʼlumotlaridan, toʻlov amaliyotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan, Aksiya Hamkoridan olingan maʼlumotlardan va boshqa mavjud maʼlumotlardan foydalanish huquqiga ega.

9.5. Agar Tashkilotchining nizoli masalalar boʻyicha qarori axborot tizimlari maʼlumotlariga, ushbu Qoidalarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslangan boʻlsa, u uzil-kesil hisoblanadi.

9.6. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi va Ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.