ПУБЛИЧНАЯ ОФЕРТА АКЦИИ «Кешбэк 50% за Cobalt»
OMMAVIY OFERTA
"Сobalt uchun 50% keshbek" AKSIYANING QOIDALARI
- UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu “Aksiya qoidalari” (keyingi o‘rinlarda Qoidalar deb yuritiladi) ommaviy oferta bo‘lib, “Cobalt uchun 50% cashback ” aksiyasida (keyingi o‘rinlarda Aksiya deb yuritiladi) ishtirok etish shartlarini, uni o‘tkazish tartibini, ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasini, g‘oliblarni aniqlash tartibini, shuningdek, sovrinlarni qo‘lga kiritish shartlarini belgilaydi.
1.2. Aksiyaning maqsadi - Click xizmati orqali Cobalt avtomobillari uchun to'lovlarni rag'batlantirish, Click SuperApp ilovasidagi Click Avto mini-ilovada foydalanuvchilar faolligini oshirishdir.
1.3. Aksiya lotereya, tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yin yoki qimorning boshqa shakli emas. Ishtirokchilar mulkiy xavf-xatarni o'z zimmalariga olmaydilar. Aksiya ushbu Qoidalarga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq o‘tkaziladi.
1.4. Aksiyaning sovrin jamg'armasi faqat Tashkilotchi mablag'lari hisobidan shakllantiriladi.
- TASHKILOTCHI HAQIDA MA'LUMOT
2.1. Aksiya tashkilotchisi:
OAJ CLICK
INN: 302 134 733
Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Salar bo’yi ko‘chasi 35A.
2.2. Tashkilotchi Aksiyani o'tkazish va natijalarini umumlashtirishga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, shuningdek, ushbu Qoidalarga rioya etilishini ta'minlaydi.
- AKSIYANI O'TKAZISH SANALARI VA JOYI
3.1. Aksiya butun O'zbekiston Respublikasi bo'ylab o'tkaziladi.
3.2. Aksiya muddati: 2025 yil 3 noyabrdan 2026 yil 31 yanvargacha.
3.3. O'yin o'tkazilish sanasi: 2026 yil 5 fevral.
3.4. Ushbu Qoidalarda ko'rsatilgan barcha muddatlar Toshkent vaqti (UTC +5) bo'yicha hisoblanadi.
- AKSIYA ISHTIROKCHILARI VA ISHTIROK ETISH CHEKLOVLARI
4.1. Aksiya ishtirokchilari (keyingi o‘rinlarda Ishtirokchilar deb yuritiladi) 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, uning hududida istiqomat qiluvchi, Click SuperApp xizmatidan ro‘yxatdan o‘tgan va identifikatsiya qilingan foydalanuvchi bo‘lgan, layoqatli jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.
4.2. Quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin emas:
4.2.1. "CLICK" OAJ xodimlari;
4.2.2. Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish doirasida Tashkilotchi fuqarolik va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan uchinchi shaxslarning vakillari;
4.2.3. 4.2.1 va 4.2.2-bandlarda ko'rsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (turmush o'rtog'i, o'g'li, qizi, onasi, otasi, ukasi, opasi, buvisi, bobosi);
4.2.4. Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.
4.3. Ko'rsatilgan shaxslarning ishtirok etish faktining aniqlanishi ularni diskvalifikatsiya qilish uchun asos bo'ladi.
- AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
5. AKSIYA SHARTLARI VA QOIDALARI (yangilangan versiyasi)
5.1. Aktsiyada ishtirok etish uchun Aksiya davrida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
- Click SuperApp ilovasidagi Click Avto mini-ilovasi orqali har qanday konfiguratsiyadagi Cobalt avtomobilini sotib olish narxining kamida 50% miqdorida (kamida 73 958 000 so'm) to'lovni amalga oshirish;
- To'lov Click-Hamyon ro'yxatdan o'tgan identifikatsiyalangan Click akkauntdan amalga oshirilishi;
- transport vositasi qarindoshga yoki boshqa vakolatli shaxsga ro'yxatdan o'tkazilayotgan bo’lsa, transport vositasi egasi Sovrinni topshirish paytida shaxsan bo'lishi va UzAuto Motors bilan tuzilgan asl shartnomani taqdim etilishi;
- Aksiya doirasida UzAuto bilan tuzilgan transport vositasini sotib olish shartnomasini uchinchi shaxslarga o'tkazmaslik yoki sotmaslik;
- Aksiya doirasida amalga oshirilgan to'lovni bekor qilmaslik.
5.2. Avtomobil sotib olish narxining kamida 50% miqdorida to'lovni amalga oshirgandan so'ng, akkaunt avtomatik ravishda Aktsiya ishtirokchisiga aylanadi.
5.3. To'lov butun Aktsiya davrida bo'lib-bo'lib yoki bir martalik to'lov shaklida amalga oshirilishi mumkin.
5.4. Ishtirokchi sotib olinayotgan transport vositasi uchun asl UzAuto Motors shartnomasiga ega bo'lishi kerak, transport vositasi unga yoki qarindoshiga/vakolatli vakilga ro'yxatdan o'tkazilganligidan qat'i nazar.
5.5. Har bir akkaunt transport vositasi qiymatining kamida 50% to'langan har bir shartnoma uchun bitta yutib olish imkoniyatiga ega bo'ladi. Agar bir nechta bunday shartnomalar to'langan bo'lsa, yutib olish imkoniyatlari soni ularning soniga mutanosib ravishda oshadi.
5.6. Yuqoridagi shartlarga rioya qilmaslik Ishtirokchini sovrinli o'yinda ishtirok etishdan chetlashtiradi.
- SOVRIN FONDI
6.1. Aksiyaning sovrin fondi faqat Tashkilotchi hisobidan shakllantiriladi.
6.2. Aksiya bitta asosiy sovrin ko‘zda tutilgan - to‘lov amalga oshirilgan Cobalt avtomobili narxining 50% miqdorida elektron pul ko‘rinishidagi pul mukofoti.
6.3. Pul mukofoti to'g'ridan-to'g'ri G'olibning Click-Hamyoniga o'tkaziladi .
6.4. Pul mukofoti miqdori avtomobil konfiguratsiyasiga bog'liq:
Style AT Plus - 73 958 000 so'm ;
Midnight AT - 77 615 500 so'm ;
Style MCM - 78 050 000 so'm ;
Midnight MCM - 82 600 000 so'm .
6.5. Sovrin naqd pulga yoki boshqa ekvivalentga almashtirilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
6.6. Tashkilotchi G'olibning soliq agenti sifatida amaldagi qonunchiligida belgilangan barcha soliqlarni mustaqil ravishda ushlab qoladi va o'tkazadi.
- G‘OLIBNI ANIQLASH TARTIBI
7.1. G‘olib 2026-yil 5-fevral kuni random.org veb-saytidagi tasodifiy raqamlar generatori yordamida Aksiya shartlarini bajargan barcha Ishtirokchilar orasidan aniqlanadi.
7.2. Aksiya doirasida bitta asosiy g'olib aniqlanadi.
7.3. G'olibning Xizmatdagi identifikatsiya ma'lumotlari hamda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlaridagi ma'lumotlar mos kelishi shart.
7.4. O’yin natijalari Clickning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.
7.5. Tashkilotchi G'olib bilan "Click" tizimida ro'yxatdan o'tgan telefon raqami orqali bog'lanadi.
- SOVRINNI OLISH TARTIBI
8.1. Sovrinni olish faqat G'olib Click xizmatining aniq foydalanuvchisi bo'lishi va faol Click-Hamyonga ega bo'lishi sharti bilan mumkin.
8.2. Tashkilotchi G'olib haqidagi ma'lumotlarning to'g'riligini tekshiradi va uning ushbu Aksiya shartlariga hamda transport vositasini sotib olish bo'yicha tuzilgan shartnomaga muvofiqligini ta'minlaydi.
8.3. Ma'lumotlarda nomuvofiqlik bo'lsa, G'olib Sovrinni olish huquqini yo'qotadi.
8.4. Sovrin G‘olibning Click-Hamyoniga to‘lov amalga oshirilgan avtomashinani sotib olish (o‘tkazish) tasdiqlangandan keyingina o‘tkaziladi.
8.5. Sovrinni olish uchun G‘olib UzAuto Motors shartnomasining egasi bilan birgalikda Tashkilotchi ofisiga shaxsan kelishi, asl shartnomani muhr va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan taqdim etishi kerak.
8.4. Agar Tashkilotchi oʻyin natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 20 (yigirma) kalendar kun ichida Gʻolib bilan bogʻlana olmasa yoki Gʻolib belgilangan muddatda oʻzi bogʻlanmasa, ushbu yutuq bo’yicha sovrin fondi Tashkilotchi tomonidan belgilangan xayriya maqsadlariga yoʻnaltiriladi.
8.5. Mukofot mablag'lar G'olibning Click-Hamyoniga tushgan paytdan boshlab berilgan hisoblanadi.
8.6. G'olib Sovrinni olish huquqini uchinchi shaxslarga topshirishga haqli emas.
8.7. Sovrin Tashkilotchi tomonidan 2026-yil oxirigacha, G'olib avtomobilining sotuv kundan boshlab 15 kalendar kun ichida beriladi.
- TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
9.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:
- Ishtirokchi tomonidan noto'g'ri ko'rsatilgan ma'lumotlar;
- Uskunalar, aloqa yoki ilovalarning texnik nosozliklari;
- Aksiya shartlariga rioya qilmaslik;
- Taqdim etilgan ma'lumotlardan foydalangan holda G'olib bilan bog'lanishning iloji yo'qligi.
9.2. Tashkilotchi Aksiya qoidalarining buzilishi aniqlansa, Sovrinni berishni rad etish huquqiga ega.
- SHAXSIY MA'LUMOTLAR
10.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o'z shaxsiy ma'lumotlarini Aksiya maqsadlarida qayta ishlash, saqlash va ulardan foydalanishga rozilik beradi.
10.2. G'olib o'z ismi va fotosuratini Click’ning reklama va Aksiya bilan bog'liq axborot materiallarida chop etishga rozi bo'ladi.
10.3. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.
- BOSHQA SHARTLAR
11.1. Aksiya haqidagi ma'lumotlar Click kompaniyasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va www.click.uz veb-saytida joylashtiriladi.
11.2. 5.1-bandda ko'rsatilgan transport vositasi uchun Click Avto mini-ilova orqali amalga oshirilgan to'lov uchun Click Tizimi interfeyslarida ko’rsatilgan miqdordagi to’lovni qabul qilish va qayta ishlash komissiyasi ushlab qolinadi.
11.3. Tashkilotchi rasmiy Click kanallari orqali ishtirokchilarni xabardor qilish orqali Aksiya shartlarini va uning muddatini o'zgartirish huquqiga ega.
11.4. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Tashkilotchi va Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
11.5. Ushbu Qoidalar 2026-yil 28-fevralgacha amal qiladi.