Jismoniy shaxslar identifikatsiyasi haqida
Premium Click-Hamyonga ega bo'ling
Jismoniy shaxslar identifikatsiyasi Click foydalanuvchilariga elektron hamyonning Premium imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beradi. Identifikatsiyadan Click Up ilovasida o'tish mumkin.
"Premium"ning afzalliklari nimada?
Premium Click-Hamyonda ancha ko'proq mablag saqlash mumkin – 500 mln so'mgacha. Bundan tashqari, Premium yordamida 100 «BHM»gacha mablag' o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
Light va Premium Click-Hamyonlarini taqqoslash
Saqlash uchun maksimal mablag' miqdori
1 875 000 so'm
Saqlash uchun maksimal mablag' miqdori
500 000 000 so'm
Bir oyda maksimal pul o'tkazmasi miqdori
375 000 so'm
Bir martada maksimal pul o'tkazmasi miqdori
30 000 000 so'm
Identifikatsiyadan o'tish uchun nima zarur?
- Foydalanuvchi 16 yoshga to'lgan O'zbekiston fuqarosi bo'lishi lozim;
- JSH SHIR/shaxsni tasdiqlovchi hujjat (seriya, passport/ID-karta raqami);
- Tug'ilgan kun sanasi;
- • Identifikatsiya jarayonida frontal kameraga tushirilgan suratingiz.
Click Up ilovasida Premium-imkoniyatlar identifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'tishingiz bilan paydo bo'ladi.
Jismoniy shaxs identifikatsiyasini qanday o'tish mumkin?
Click Up ilovasiga kiring
«Sozlamalar» bo'limiga o'ting
«Shaxsiy ma'lumotlar» bo'limini oching
«Shaxsni identifikatsiyasini boshlash» tugmasini bosing
• Identifikatsiyadan o'tish yo'riqnomasiga amal qiling
Identifikatsiyadan o'tishingiz bilan, Sizga uning natijasi haqida Push-Xabarnoma yuboriladi.
Muhim!
«Jismoniy shaxs identifikatsiyasi» xizmatining narxi 2250 so'mni tashkil qiladi.
Takroran identifikatsiyadan o'tish, shuningdek, pullik.
Agar identifikatsiya jarayoni qandaydir sabablar tufayli (internet uzilishi yoki kiruvchi qo'ng'iroq yoki boshqa sabablar) oxiriga yetkazilmagan bo'lsa, operatsiyani 1 soat ichida yakunlashingiz mumkin. Agar ushbu vaqt ichida identifikatsiyani yakunlamasangiz, xizmat haqi hisobingizga avtomatik ravishda qaytariladi.
Identifikatsiyadan o'tish bo'yicha maslahat olish, identifikatsiya funksiyasidan blokirovkani yechish yoki boshqa masalalarni hal qilish uchun quyidagi telefon raqami bo'yicha Click qo'llab-quvvatlash xizmatiga qo'ng'iroq qiling:
+99871 231 0880
Identifikatsiyaning amal qilish muddati Sizning pasportingiz yoki ID-Kartangiz amal qilish muddatiga teng. Pasport/ID-kartani o'zgartirgandan so'ng (amal qilish muddati tugashi yoki familiyangiz o'zgarishi yoki boshqa sabablar tufayli) identifikatsiyasidan takroran o'tishingiz lozim. Aks holda Hamyonning Premium statusi Light statusiga o'zgartiriladi (agar hamyondagi mablag' miqdori Light-Hamyonda saqlanishi mumkin bo'lgan summadan oshsa, mablag' qabul qilish yoki CashBack olish imkoniyatlari cheklanadi, ayni damda mablag'ni hamyondan sarflash imkoniyati saqlanib qoladi).