“Makro do’konlar tarmog’ida CLICK Evolution ilovasi orqali oshirilgan to’lovlarga 5%gacha Cashback” aksiyasining ommaviy ofertasi

AKSIYA QOIDALARI

1. Aksiya nomi Makro do’konlar tarmog’ida CLICK Evolution ilovasi orqali oshirilgan to’lovlarga 5%gacha Cashback

2. Aksiya tashkilotchilari

“CLICK” MChJ “Darvoza savdo” MChJ bilan hamkorlikda

3. Aksiya ishtirokchilari

3.1. Aksiyada har qanday jismoniy shaxs (bundan keyin – “aksiya ishtirokchisi”) ishtirok etishi mumkin, agar quyidagi shartlarga amal qilinsa:

3.1.1. Aksiya ishtirokchisida UZCARD va/yoki HUMO bank plastik kartasi mavjud.

3.1.2. Aksiya ishtirokchisi CLICK Evolution ilovasidan foydalanadi.

3.1.3. Aksiya ishtirokchisida CLICK-Hamyon ochilgan.

3.1.4. Aksiya ishtirokchisida Makro sodiqlik kartasi mavjud.

3.1.5. 5% miqdorda cashback olish uchun aksiya ishtirokchisi to’lovni CLICK brendli kartadan yoki CLICK-Hamyondan amalga oshirish lozim.

3.1.6. Makro do’konlar tarmog’ida xaridlar qilganda – to’lovni amalga oshirish jarayonida aksiya ishtirokchisi Makro sodiqlik kartasini taqdim qilishi va to’lovni CLICK Evolution ilovasini ishlatib amalga oshirishi kerak.

4. Aksiyaning umumiy muddatlari va geografiyasi

4.1. Aksiyaning umumiy muddati: 2021 yil 3 martdan 2021 yil 31 dekabrgacha.

4.2. Aksiya tashkilotchilari Aksiya o’tkazish muddatini uzaytirish yoki oldinroq tugatish,

https://click.uz/ va https://makromarket.uz/ saytlarida xabar/yangilangan Aksiya qoidalarini joylashtirish shartida Aksiya shartlarini o’zgartirish huquqiga ega.

5. Aksiya o’tkazish qoidasi va usuli

5.1. Makro do’konlar tarmog’ida xaridlar qilinib va ularga CLICK Evolution ilovasi orqali to’langanda, va shu bilan birga 3.1.5. bandidagi shartlarga rioya qilinganda, Aksiya ishtirokchisi 5% miqdoridagi kattalashtirilgan cashback oladi, va u quyidagicha bo’linadi:

  • 2.5% miqdorda Makro sodiqlik kartasiga,
  • 2,5% miqdorda CLICK-Hamyonga.

5.2. Makro do’konlar tarmog’ida xaridlar qilinib va ularga CLICK Evolution ilovasi orqali to’langanda, va shu bilan birga 3.1.1. – 3.1.4. bandlaridagi shartlarga rioya qilinganda, Aksiya ishtirokchisi 4% miqdorda cashback oladi, va u quyidagicha bo’linadi:

  • 2.5% miqdorda Makro sodiqlik kartasiga,
  • 1,5% miqdorda CLICK-Hamyonga.

5.3. Hisoblangan 2.5% yoki 1.5% miqdordagi cashback CLICK-Hamyonga tushiriladi.

5.4. Cashback to’lov amalga oshirilgandan keyin 72 soat ichida avtomatik tarzda tushiriladi.

6. Akisya Ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari

6.1. Aksiya ishtirokchisi quyidagi huquqlarga ega:

6.1.1. Aksiya shartlari bilan tanishish;

6.1.2. Joriy qoidalar belgilagan tartibda Aksiyada ishtirok etish.

6.2. Aksiya ishtirokchisi quyidagi majburiyatlarga ega:

6.2.1. Joriy qoidalar talablariga va joriy vaziyatga mos keladigan O’zR qonunchilik talablariga rioya qilish;

6.2.2. Aksiyadagi o’z ishtiroki bilan Ishtirokchi joriy qoidalar bilan to’laqonli tanishgani va roziligini tasdiqlaydi.

7. Aksiya Tashkilotchisining huquq va majburiyatlari

7.1. Aksiya tashkilotchisi quyidagi huquqlarga ega:

7.1.1. https://click.uz/ va https://makromarket.uz/ saytlarida ma’lumot joylashtirish shartida Aksiya shartlarini istalgan paytda o’zgartirish.

7.2. Aksiya tashkilotchisi quyidagi majburiyatlarga ega:

7.2.1. Joriy qoidalarda ko’rsatilgan Aksiya shartlarini bajargan Aksiya ishtirokchilariga cashback tushirish.

8. Aksiya tashkilotchilarining kontaktlari

8.1. https://click.uz/ va https://makromarket.uz/ saytlarida joylashtirilgan qayta bog’lanish shakllari orqali yoki CLICK Evolution mobil ilovasi yoki quyidagi telefon raqamlar orqali bog’lanishi mumkin:
“CLICK” MChJ: Kontant-markaz >+998 71 231 0880 “DARVOZA SAVDO” MChJ: texnik qo’llab-quvvatlash +998 71 205 1 205

8.2. Tashkilotchilar aksiya ishtirokchilaridan tushgan murojaatlariga kelib tushgan sanadan 3 ish kuni davomida, dushanbadan jumagacha javob berishadi.

9. Boshqa shartlar

9.1. Aksiya tashkilotchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog’liq bo’lgan, shu bilan birga telekommunikasiya va energetika tizimlarida uzulishlar, Tashkilotchilarning dasturiy va/yoki apparat majmuini ishdan chiqarish yoki noqonuniy ulanishga qaratilgan zararli dasturlarning harakatlari, uchinchi shaxslarning nojo’ya harakatlari hamda rejalashtirilmagan va yengib bo’lmaydigan kuch holatlar natijasidagi vositasiz yoki vositali xarajatlar uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olmaydi. Bunday holatlarda Aksiya Tashkilotchilari Aksiya ishtirokchilari ko’rgan talafotlarni qoplashga majbur emas. Aksiya Tashkilotchilari Aksiya davomida Ishtirokchilarda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan xarajatlarni, jumladan Internet xizmatiga, telefon va boshqa xarajatlarni qoplamaydi.

9.2. Aksiyada ishtirok etish yoki munozarali vaziyatni hal qilish jarayonida talab qilingan kontakt ma’lumot tarkibida agar O’zR qonunchiligi shartlariga muvofiq shaxsiy ma’lumotlar bo’lsa, bunday ma’lumotlar faqat Aksiya ishtirok etish bilan bog’liq vaziyatlarda, Aksiya shartlarini qabul qilgan paytda ishtirokchining roziligi berilgan bo’lib, Aksiya bilan bog’liq bo’lmagan hech qanday uchinchi shaxslarga, O’zR qonunchiligida ko’rilgan vaziyatlardan mustasno, taqdim qilinmaydi.

9.3. Aksiyada ishtirok etganda Ishtirokchi Aksiya Tashkilotchilari tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlarga (jumladan, familiya, ismi, otasining ismi, kontakt telefon raqami, elektron manzil, eltib berish manzili) faqatgina joriy qoidalarga muvofiq Aksiyani o’tkazish maqsadida ishlov berilishiga to’liq va e’tirozsiz roziligini bildiradi. Shaxsiy ma’lumotlarga Tashkilotchi tomonidan Aksiyani o’tkazish uchun kerak bo’lgan davr mobaynida, lekin shaxsiy ma’lumotlar berilgan kundan ikki oydan oshmagan holda ishlov berilishi mumkin. Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari bilan quyidagi amaliyotlar bajarilishi mumkin: yig’ish, yozib olish, tartiblashtirish, jamg’arish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, ishlatish, shaxssizlantirish, bloklash, o’chirish, yo’q qilish.

9.4. Mazkur Aksiya bilan bog’liq barcha munozarali savollar amaldagi O’zR qonunchiligi asosida ko’rib chiqiladi.

9.5. Tashkilotchilar mazkur Aksiya qoidalariga https://click.uz/ va https://makromarket.uz/ saytlarida qoidalar matniga kiritilgan o’zgartirishlarni joylashtirish yo’li bilan o’zgartirishlar kiritishga haqli

Tashkilotchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga havolalar: