«20 000 000 foydalanuvchi» aksiyasining qoidalari va o'tkazish dasturi
Aksiya nomi – 20 000 000 foydalanuvchi
O'tkazilish sanasi – 2025-yil 24-martdan 3-aprelgacha (shu kuni ham)
O'tkazilish hududi – O'zbekiston Respublikasi
Aksiya davomiyligi – 11 kun
Aksiya mexanikasi
1. Aksiya lotereya yoki tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin emas, ishtirokchilar Aksiya doirasida hech qanday mulkiy risklarni o‘z zimmalariga olmaydilar, va ushbu Qoidalarga muvofiq o‘tkaziladi. Aksiyada qatnashish uchun ishtirokchilardan alohida to'lov talab qilinmaydi. Aksiya sovrin jamg'armasi faqat Tashkilotchi mablag'lari hisobidan shakllantiriladi.
2. Aksiyaning tashkilotchisi (bundan buyon matnda – Tashkilotchi) quyidagi hisoblanadi: "CLICK" AJ,
STIR: 302 134 733
Yuridik manzili: O'zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug'bek tumani, Salar Bo'yi ko'chasi, 35A
3. Aksiyani o'tkazish muddati: Toshkent vaqti (UTC +5) bilan 2025-yil 24-mart kuni soat 12:00 dan boshlab, Toshkent vaqti (UTC +5) bilan 2025-yil 3-aprelgacha kuni soat 23:59 gacha (bundan buyon matnda – Aksiya Muddati).
4. Aksiya ishtirokchilari sifatida voyaga yetgan (o‘n sakkiz yoshga to‘lgan) layoqatli jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va ushbu aksiyada ishtirok etish uchun quyidagi shartlarni bajargan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi mumkin, xususan:
ilgari Click tizimi Foydalanuvchisi bo'lmagan va Aksiya davrida ro'yxatdan o'tgan Click tizimining yangi foydalanuvchilari.
5. Quyidagi shaxslar ishtirok etishi mumkin emas:
5.1. Aksiya Tashkilotchisi xodimlari;
5.2. Aksiyani tashkil etish va o‘tkazish doirasida Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan uchinchi shaxslarning vakillari;
5.3. Joriy Qoidalarning 5.1 va 5.2 bandlarida ko'rsatilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (turmush o'rtog'i, o'g'li, qizi, onasi, otasi, aka-uka, opa-singil, buvisi, bobosi);
5.4. fuqaroligi bo'lmagan shaxslar va chet el fuqarolari.
5 .5. Ushbu Qoidalarning 5.1, 5.2, 5.3 va 5.4-bandlarida ko'rsatilgan shaxslarning ishtirok etish faktining aniqlanishi bunday shaxsni Aksiyada ishtirok etish huquqidan mahrum qilish uchun asos bo'ladi.
5.6. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining ushbu Qoidalarga to'liq roziligini bildiradi.
6. Aksiya mexanikasi
Aksiya davrida Click tizimida birinchi marta ro'yxatdan o'tayotgan yangi foydalanuvchilar tizimda ilova ish boshlagan kundan boshlab hozirgi kungacha bo'lgan noyob telefon raqamlari soni bo'yicha hisoblanadigan ro'yxatga olish tartib raqamini oladilar. Ro'yxatga olishdagi tartib raqami "20 000 000" ni tashkil etgan foydalanuvchi ushbu Aksiyaning G'olibi bo'ladi.
7. Aksiya sovrin jamg'armasi quyidagilardan iborat:
20 000 000 so'm miqdoridagi elektron pul ko'rinishidagi pul mukofoti.
8. Sovrin jamg'armasi G'olib rasman e'lon qilinganidan keyin 3 ish kuni ichida G'olibning Click-hamyoniga o'tkaziladi. Bunda foydalanuvchi identifikatsiyadan o’tgan bo'lishi va foydalanuvchining Click-hamyoni bloklanmagan bo'lishi kerak.
9. Sovrin olgan shaxslarning soliqqa tortilishi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Tashkilotchi mustaqil ravishda va o'z hisobidan Aksiya G'oliblarining Sovrinlarni olishi munosabati bilan soliq agenti sifatida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini to'laydi.
10. Tashkilotchi Aksiya G'olibi tomonidan Sovrinni olish, egalik qilish va tasarruf etish bilan bog'liq boshqa to'lovlar va yig'imlar amalga oshirilishi va to'lanishi uchun javobgar emas.
11. G'olib Clickning Instagram va Telegram kanallaridagi rasmiy ijtimoiy sahifalarida e'lon qilinadi.
12. Aksiya G'olibi Click SuperApp ilovasida ro'yxatdan o'tgan mobil telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish orqali xabardor qilinadi.
13. Click SuperApp ilovasida ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchiga biriktirilgan mobil telefon raqami Aksiya davri mobaynida Ishtirokchida saqlanishi kerak. Mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga berilgan, ro'yxatdan o'tgan mobil telefon raqami o'zgartirilgan taqdirda, G'olib Aksiya Sovrinini olish huquqidan mahrum bo'ladi.
14. Tashkilotchi Aksiya G'olibidan G'olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning (pasport/ID-karta yoki o'rnini bosuvchi hujjat) asl nusxasini talab qilishga haqli.
15. G'olibning zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga ega harakatlarni, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishni, sovrinlarni olishda rad etishi G'olibning Aksiya Sovrinini olishdan voz kechishi sifatida baholanadi.
16. Agar G'olib Aksiya Sovrinini olishdan voz kechsa yoki Aksiya natijalari e'lon qilingan kundan boshlab 1 (bir) kalendar oyi ichida uni olish niyatini bildirmasa, sovrin talab qilinmagan deb hisoblanadi, o'yin G'olibining Sovrinni olish huquqi esa yo'qoladi. Sovrinni olishdan voz kechgan yoki belgilangan muddatda uni olish niyatini bildirmagan o'yin G'olibi ushbu muddat o'tgandan keyin Tashkilotchidan talab qilinmagan Sovrinni talab qilishga haqli emas.
17. Tashkilotchi talab qilinmagan Sovrinni xayriya maqsadlarga yo'naltirishga haqli.
18. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya shartlarini bajarish maqsadida Aksiya G'olibi – Ishtirokchisining ma'lumotlarini uchinchi shaxslarga oshkor qilish huquqiga ega.
19. O'yin sovrinini topshirish ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikni jalb qilgan holda tantanali ommaviy tadbir sifatida tashkil etilishi mumkin.
20. Aksiya G'olibi quyidagi hollarda Aksiya Sovrinini olish huquqidan mahrum bo'ladi:
- Aksiya G'olibi tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talablar va shartlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda;
- Aksiya G'olibi tomonidan Sovrinni olishdan voz kechish niyati to'g'risida og'zaki yoki yozma xabarnoma berilganda;
- Foydalanuvchi ma'lumotlari Servisdagi ma'lumotlar va fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardagi ma'lumotlar bilan mos kelmagan taqdirda;
- Sovrinni rasmiylashtirish va topshirish uchun zarur bo'lgan barcha ma'lumotlarni taqdim etishdan va tegishli hujjatlarni imzolashdan voz kechilganda;
- G'olibning o'z shaxsiy ma'lumotlarini Tashkilotchiga berishdan voz kechishi;