Click tug‘ilgan kuni sharafiga 1 so‘m evaziga obuna

«Click tug‘ilgan kuni sharafiga 1 so‘m evaziga obuna»

MAXSUS TAKLIFNING SHARTLARI

 

  1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur “Click tug‘ilgan kuni sharafiga 1 so‘m evaziga obuna” maxsus taklifining Shartlari (bundan buyon matnda Shartlar deb yuritiladi) Click SuperApp foydalanuvchilarining aksiyaviy taklifda ishtirok etish tartibi va shartlarini belgilaydi, unga ko‘ra Click xizmatining tariflaridan biriga obuna QQSni hisobga olgan holda 1 (bir) so‘m aksiyaviy narxda taqdim etiladi.

1.2. Maxsus taklifning maqsadi — Click SuperApp obuna mahsulotiga kirish to‘sig‘ini pasaytirish, yangi obunachilarni jalb qilish va keng auditoriyani Pro tarifi bilan tanishtirishdan iborat.

1.3. Maxsus taklif lotereya, sovrinlar o‘ynaladigan aksiya, qimor o‘yini yoki foyda oluvchilarni tasodifiy aniqlashga asoslangan boshqa faoliyat hisoblanmaydi. Aksiyaviy narx aksiya davomida mazkur Shartlardagi shartlarni bajargan barcha Ishtirokchilarga taqdim etiladi.

1.4. Maxsus taklif mazkur Shartlarga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq o‘tkaziladi.

 

  1. TASHKILOTCHI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Maxsus taklifning Tashkilotchisi:

«CLICK» AJ

STIR: 302 134 733

Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Salar bo‘yi ko‘chasi, 35A-uy.

2.2. Tashkilotchi maxsus taklifning o‘tkazilishiga umumiy rahbarlik qiladi, aksiyaviy narxlarning texnik jihatdan amalga oshirilishini ta’minlaydi, aksiyaviy faollashtirishlar hisobini yuritadi va mazkur Shartlarga rioya qilinishi uchun javobgardir.

 

  1. O‘TKAZILISH MUDDATLARI VA JOYI

3.1. Maxsus taklif O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida o‘tkaziladi.

3.2. Aksiya davri: 2026-yil «11» noyabr (bir kun) Toshkent vaqti (UTC+5) bilan soat 00:00 dan 23:59 gacha.

3.3. Aksiyaviy narxda obunani faollashtirish faqat aksiya davrida amalga oshirilishi mumkin. Ko‘rsatilgan muddatdan tashqarida amalga oshirilgan faollashtirishlar tariflarning standart narxlari bo‘yicha bajariladi.

3.4. Maxsus taklifni o‘tkazish muddatlari texnik, tashkiliy, huquqiy yoki regulyator holatlarni inobatga olgan holda Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

 

  1. ISHTIROKCHILAR

4.1. Maxsus taklif ishtirokchilari (bundan buyon matnda Ishtirokchilar deb yuritiladi) Click SuperApp’ning verifikatsiyalangan (identifikatsiyalangan) foydalanuvchisi bo‘lgan, aksiya davrida faollashtirish vaqtida faol obunasi bo‘lmagan yoki mazkur Shartlarning 5.5-bandiga muvofiq obunaning boshqa tariflarini faollashtirishni amalga oshirayotgan, 18 yoshga yetgan muomala layoqatiga ega jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin.

4.2. Quyidagilar ishtirok etishga qo‘yilmaydi:

  • Click SuperApp’da akkaunti verifikatsiyadan (identifikatsiyadan) o‘tmagan foydalanuvchilar.

4.3. Maxsus taklifda ishtirok etish Ishtirokchining mazkur Shartlarga to‘liq rozi ekanligini anglatadi.

 

  1. MAXSUS TAKLIFNI FAOLLASHTIRISH SHARTLARI

5.1. Maxsus taklifni faollashtirish uchun Ishtirokchi aksiya davomida Click SuperApp ilovasida Pro tarifini faollashtirishni tasdiqlashi kerak.

5.2. Faollashtirish tasdiqlangandan so‘ng Ishtirokchining kartasi yoki hisobidan 1 (bir) so‘m yechib olinadi. Muvaffaqiyatli yechib olingan paytdan boshlab obuna faollashtirilgan deb hisoblanadi.

5.3. 1 so‘mlik aksiyaviy narx bir marta — faqat aksiya davrida tarif birinchi marta faollashtirilganda qo‘llaniladi. Aksiya davrida xuddi shu yoki boshqa tarifni aksiyaviy narxda takroran faollashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

5.4. Birinchi hisob-kitob davri faollashtirilgan paytdan boshlab 30 (o‘ttiz) kalendar kunini tashkil etadi. Agar Ishtirokchi Click SuperApp shaxsiy kabinetida avto-uzaytirishni o‘chirmagan bo‘lsa, birinchi hisob-kitob davri tugagach, obuna tarifning standart narxi bo‘yicha avtomatik ravishda uzaytiriladi.

5.5. Aksiyaviy tarifdan tashqari har qanday boshqa tarif bo‘yicha faol obunaga ega bo‘lgan foydalanuvchilar aksiya davrida tarifni 1 so‘m aksiyaviy narxda ulash huquqiga egadirlar. Ulash darhol amalga oshiriladi; avvalgi tarifning qolgan amal qilish muddati kompensatsiya qilinmaydi.

5.6. Aksiyaviy obunani bekor qilish va qaytarish Click SuperApp xizmatining umumiy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Agar Ishtirokchi faollashtirilgan tarif doirasida kamida bitta bepul P2P-o‘tkazmasidan foydalangan bo‘lsa, 1 so‘m qaytarilmaydi.

5.7. Quyidagilar haqiqiy emas deb topiladi va bekor qilinadi:

  • mazkur Shartlarni buzgan holda amalga oshirilgan faollashtirishlar;
  • firibgarlik belgilari bo‘lgan, bir shaxs tomonidan bir nechta akkauntlardan foydalanilgan yoki boshqa insofsiz xatti-harakatlar natijasida amalga oshirilgan faollashtirishlar;
  • texnik uzilishlar, aksiya davridan tashqarida aksiyaviy narxning xato qo‘llanilishi natijasida amalga oshirilgan faollashtirishlar.

 

  1. TARIFLAR TAVSIFI

6.1. Maxsus taklif doirasida quyidagi tariflar mavjud:

Tarif

Komissiyasiz P2P limiti

Kartalar monitoringi

To’lovlardagi keshbek

Qo’llab-quvvatlash

Standat narx (so’m/oy)

QQS bilan aksiyaviy narxi

Pro

8 000 000 so’m/oy

Ha

0.3% barcha to’lovlarga

Ustuvor

69 999

1

 

6.2. Tarif limitidan tashqari P2P-o‘tkazmalar uchun komissiya oshgan summaning 1.1% ini (QQSsiz) tashkil etadi.

6.3. Har bir tarif shartlarining batafsil tavsifi Click SuperApp’da va www.click.uz rasmiy saytida joylashtirilgan.

 

  1. TARIFNI O‘ZGARTIRISH VA OBUNANI O‘CHIRISH TARTIBI

7.1. Tarifni o‘zgartirishga 30 kunda bir martadan ko‘p bo‘lmagan holda yo‘l qo‘yiladi.

7.2. Qqimmatroq tarifga o‘tishga istalgan vaqtda ruxsat etiladi; yangi tarif uchun mablag‘ yechish darhol amalga oshiriladi.

7.3. Aarzonroq tarifga o‘tish yangi obuna faollashtirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi; joriy davr uchun qayta hisob-kitob qilinmaydi, eski tarif bo‘yicha qoldiqlar nolga nolga tushiriladi.

7.4. Aksiyaviy narxda faollashtirilgan obunani o‘chirishga istalgan vaqtda yo‘l qo‘yiladi. To‘langan 1 so‘m qaytarib berilmaydi.

7.5. Aksiyaviy obuna mustaqil ravishda o‘chirilgandan so‘ng, shartlar roppa-rosa 30 kun davomida amal qilishda davom etadi, obunani takroran faollashtirish standart narxlar bo‘yicha amalga oshiriladi.

 

  1. MAJBURIYATLAR

8.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:

  • aloqa tarmoqlari, internet, uchinchi shaxslarning uskunasi yoki dasturiy ta’minotidagi texnik uzilishlar uchun;
  • Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra obunani faollashtirishning imkoni bo‘lmaganligi uchun;
  • aloqa operatorlari, banklar, to‘lov tizimlari va boshqa uchinchi shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi uchun;
  • obuna mustaqil ravishda o‘chirilishi yoki xizmatdan lozim darajada foydalanilmaganligi oqibatida Ishtirokchida yuzaga kelgan zararlar uchun.

8.2. Tashkilotchi texnik uzilishlar, fraud-xavflar, Ishtirokchilar tomonidan suiste’molliklar, regulyator xavflar yoki yengib bo‘lmas kuchlar holatlari yuzaga kelgan taqdirda maxsus taklifni to‘xtatib turish, o‘zgartirish yoki tugatish huquqiga ega.

8.3. Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, maxsus taklif taqdim etilishi bilan bog‘liq soliq majburiyatlari bo‘yicha soliq agenti sifatida ish yuritadi.

 

  1. SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR

9.1. Maxsus taklifda ishtirok etish orqali Ishtirokchi aksiyani ta’minlash maqsadlarida o‘z shaxsga doir ma’lumotlarini qayta ishlashga roziligini tasdiqlaydi: aksiyaviy narxga bo‘lgan huquqni verifikatsiya qilish, faollashtirishni texnik jihatdan amalga oshirish, aksiyaviy obunalar hisobini yuritish, murojaatlarni ko‘rib chiqish va qonunchilik talablarini bajarish.

9.2. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

 

  1. BOSHQA SHARTLAR

10.1. Maxsus taklif to‘g‘risidagi ma’lumotlar Click’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida, Click SuperApp’da, www.click.uz saytida va Tashkilotchining boshqa rasmiy kanallarida joylashtiriladi.

10.2. Tashkilotchi Click’ning rasmiy kanallari orqali Ishtirokchilarni xabardor qilgan holda mazkur Shartlarga o‘zgartirishlar kiritish huquqiga ega.

10.3. Mazkur Shartlarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi va Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.