«CLICK» AJ (bundan buyon matnda – “CLICK™”) xizmatlaridan foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini himoya qilish va ishlash to’g’risida siyosat

  1. Atamalar va ta’riflar

1.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish va ishlov berish to’g’risida Siyosat (bundan buyon matnda – “Siyosat”) maqsadlarida quyida keltirilgan atamalardan quyidagi ma’nolarda foydalaniladi:

Shaxsga doir ma’lumotlar – muayyan yoki belgilanadigan jismoniy shaxsga bevosita yoki bilvosita tegishli bo’lgan yoki uni identifikasiyalash imkonini beradigan elektron, qog’oz va (yoki) boshqa moddiy axborot tashuvchida qayd etilgan har qanday axborot;

Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti – shaxsga doir ma’lumotlar tegishli bo’lgan jismoniy shaxs;

CLICK – mazkur Siyosat doirasida shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni amalga oshiradigan va shaxsga doir ma’lumotlar bazasiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish huquqiga ega yuridik shaxs hisoblanadi;

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish – avtomatlashtirish vositalaridan foydalanilgan yoki bunday vositalardan foydalanilmagan holda shaxsga doir ma’lumotlar bilan amalga oshiriladigan har qanday harakat (operasiya) yoki harakatlar (operasiyalar) majmui, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni to’plash, yozib olish, tizimlashtirish, jamlash, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, o’zgartirish), chiqarib olish, foydalanish, uzatish (tarqatish, taqdim qilish, foydalanish imkoniyatini yaratish), egasizlantirish, blokirovka qilish, olib tashlash, yo’q qilish;

Shaxsga doir ma’lumotlarni to’plash – shaxsga doir ma’lumotlarni yig’ish bilan bog’liq harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni tizimlashtirish – shaxsga doir ma’lumotlarni bir muayyan tizimga birlashtirishga yo’naltirilgan harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash – shaxsga doir ma’lumotlarning butunligi, maxfiyligi va foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo’yicha harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatish – nomuayyan shaxslar doirasiga shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilish, shu jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish, Internet jahon axborot tarmog’ida joylashtirish yoki biron-bir boshqa usulda shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilishga yo’naltirilgan harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim qilish – muayyan shaxsga yoki muayyan shaxslar doirasida shaxsga doir ma’lumotlarni oshkor qilishga yo’naltirilgan harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni blokirovka qilish (cheklash) – shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishni vaqtincha to’xtatish (ishlov berish shaxsga doir ma’lumotlarga aniqlik kiritish uchun zarur bo’lgan holatlar bundan mustasno);

Shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish – shaxsga doir ma’lumotlardan foydalangan holda mulkdor, operator va uchinchi shaxs faoliyati maqsadlarini realizasiya qilishga yo’naltirilgan harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni o’zgartirish va (yoki) to’ldirish – shaxsga doir ma’lumotlar bazasida mavjud bo’lgan shaxsga doir ma’lumotlarga o’zgartirishlar va (yoki) qo’shimchalar kiritilishi;

Shaxsga doir ma’lumotlarni egasizlantirish – qo’shimcha axborotdan foydalanilmagan holda shaxsga doir ma’lumotlarning muayyan shaxsga doir ma’lumotlar subyektiga tegishliligini aniqlash mumkin bo’lmasligiga olib keladigan harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilish – shaxsga doir ma’lumotlar axborot tizimida shaxsga doir ma’lumotlar mazmunini tiklash mumkin bo’lmasligi va (yoki) shaxsga doir ma’lumotlarning moddiy tashuvchilari yo’q qilinishiga olib keladigan harakatlar;

Shaxsga doir ma’lumotlarni psevdonomlashtish va anonimlashtirish – qo’shimcha axborotdan foydalanilmagan holda shaxsga doir ma’lumotlarning muayyan shaxsga doir ma’lumotlar subyektiga boshqa aloqador bo’lishi mumkin bo’lmaydigan tarzda, qo’shimcha axborot alohida saqlanishi va unga shaxsga doir ma’lumotlar identifikasiyalangan yoki identifikasiyalanadigan shaxs bilan bog’liq bo’lmasligi uchun texnik va tashkiliy ta’minot choralari qo’llanilishi sharti bilan shaxsga doir ma’lumotlarni ishlash;

Shaxsga doir ma’lumotlarni psevdonomlashtish va anonimlashtirish — shaxsga doir maʼlumotlarga qayta ishlov berish shakli boʼlib, unda shaxsga doir maʼlumotlar qoʼshimcha maʼlumotlardan foydalanmasdan, maʼlum bir shaxs bilan bogʼliqligini aniqlash mumkin emas. Bunda, qoʼshimcha maʼlumotlar alohida saqlanadi va ularga shaxsga doir maʼlumotlarni identifikatsiyalanmagan yoki identifikatsiyalangan shaxs bilan bogʼlanmasligi uchun texnik va tashkiliy choralar qoʼllaniladi.

Shaxsga doir ma’lumotlarga avtomatlashtirilgan ravishda ishlov berish – shaxsga doir ma’lumotlarga hisoblash texnikasi vositalari yordamida ishlov berish;

Shaxsga doir ma’lumotlarning axborot tizimi – elektron ma’lumotlar bazasida saqlanadigan hamda ularning axborot texnologiyalari va texnik vositalar yordamida ishlov berilishini ta’minlaydigan shaxsga doir ma’lumotlar majmui;

Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi — bu CLICK yoki shaxsga doir maʼlumotlarga ega boʼlgan boshqa shaxslar tomonidan shaxsga doir maʼlumotlar subʼektning roziligisiz yoki boshqa qonuniy asoslarsiz tarqatilishini taqiqlovchi majburiy talabdir.

Foydalanuvchi — CLICK xizmatlarining foydalanuvchisi, yaʼni yakka tartibdagi tadbirkor; oʼzini oʼzi band qilgan shaxs sifatida roʼyxatdan oʼtgan jismoniy shaxs; yuridik shaxs (yakka boshqaruv organi yoki ishonchnoma asosida harakat qilayotgan vakil orqali); notijorat tashkilot (NT) (rahbar yoki ishonchnoma asosida harakat qilayotgan vakil orqali), Sayt yoki CLICK Servisi orqali Shaxsiy kabinetda roʼyxatdan oʼtish harakatlarini amalga oshirgan va oʼz shaxsiy akkauntiga ega boʼlgan shaxs; CLICK tizimidan uning funktsional imkoniyatlariga muvofiq foydalanuvchi toʼlovchi (jismoniy shaxs).

Foydalanuvchi axboroti – Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan har qanday axborot, shu jumladan Foydalanuvchi tomonidan Anketaga kiritilgan anketa ma’lumotlari (bunday anketa to’ldirilgan holatda), Tizimda ro’yxatdan o’tish chog’ida, shuningdek Operasiyalarni amalga oshirish maqsadlari uchun CLICK tizimiga taqdim qilinadigan hujjatlar;

Servislar – quyidagi manzil bo’yicha Internet tarmog’ida joylashgan sayt: https://click.uz, Telegram-bot @CLICKUZ, CLICK™ SUPERAPP mobil ilovasi, CLICK™ START mobil ilovasi;

Qonun – O’zbekiston Respublikasining 2019-yil 02-iyuldagi “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida”gi O’zRQ-547-sonli Qonuni (bundan buyon matnda – “Shaxsga doir ma’lumotlar to’g’risida Qonun”).

1.2. Siyosatda mazkur Siyosatning 1.1-bandida belgilanmagan atamalardan foydalanilishi mumkin. Ushbu holatda, bunday atamaning talqin qilinishi Siyosat matniga asosan amalga oshiriladi. Siyosat matnida atamaning talqini bo’lmagan taqdirda, birinchi navbatda – O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida, ikkinchi navbatda – CLICK Servisi va Ommaviy ofertasida belgilangan atama talqiniga, so’ngra esa – Internet tarmog’ida umumiy qo’llaniladigan atama talqiniga amal qilinishi kerak.

 

  1. Umumiy qoidalar

2.1. CLICK to’lov tashkiloti sifatida amal qiladi, shu jumladan axborot almashinuv xizmatlarini taqdim qiladi, CLICK tizimi orqali operasiyalarni amalga oshirishda hisob-kitoblar ishtirokchilari o’rtasida axborot va texnologik o’zaro aloqalarni ta’minlaydi, shuningdek CLICK elektron pullar tizimi operatori hisoblanadi.

CLICK va Foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar shartnoma asosida o’rnatiladi va shartnoma shartlariga asosan belgilanadi.

Shartnoma shartlariga asosan CLICK O’zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustdagi “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg’in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to’g’risida”gi 660-II-sonli Qonuni va 2019 - yil 01- noyabrdagi “To’lovlar va to’lov tizimlari to’g’risida”gi O’zRQ-578-sonli Qonuni doirasida Foydalanuvchilarni identifikasiyalash maqsadida, Foydalanuvchi tomonidan CLICK bilan har qanday shartnomal (bitim) tuzilgungacha ham, tuzilgan shartnomalar (bitimlar) bo’yicha o’zaro hamkorlik jarayonida ham Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni amalga oshiradi.

2.2. Mazkur Siyosat CLICK servislarida ro’yxatdan o’tayotgan foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish va ishlov berish tartibini belgilaydi.

CLICK servislarida ro’yxatdan o’tkazish boshlanishidan oldin foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlarini o’rganib chiqishi kerak.

Foydalanuvchi mustaqil ravishda tegishli shaklda belgi qo’yish orqali mazkur Siyosat shartlariga o’zining to’liq roziligini bildiradi.

2.3. Siyosat O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O’zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasida amaldagi qonun hujjatlariga asosan ishlab chiqilgan.

2.4. Siyosat bekor qilingungacha yoki yangi tahrirda qabul qilingungacha amal qiladi.

Mazkur Siyosat Internet axborot-telekommunikasiya tarmog’i CLICK servislarida erkin foydalanishda e’lon qilinadi.

2.5. Ushbu Siyosat maqsadlari:

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda shaxs va fuqaro huquqlari va erkinliklarini himoya qilish talablarini, shu jumladan shaxsiy hayot daxlsizligi, shaxsga doir va oilaviy sirga bo’lgan huquqlarni himoya qilinishini ta’minlash;

Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga nisbatan uchinchi shaxslarning ruxsatsiz harakatlarini (noqonuniy yoki tasodifiy foydalanishni), shuningdek shaxsga doir ma’lumotlar yo’q qilinishini, o’zgartirilishini, blokirovka qilinishini, nusxa ko’chirilishini va tarqatilishini istisno qilish;

Servislarda Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari maxfiyligi va nazorat qilinishining huquqiy va normativ rejimini ta’minlash;

Fuqarolarning shaxsga doir ma'lumotlarni tashkil etuvchi ma'lumotlarining maxfiyligiga bo’lgan konstitusiyaviy huquqlarini himoya qilish, shuningdek, Shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tgan Foydalanuvchilarning xavfsizligiga tahdid yuzaga kelishining oldini olish.

2.6. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish tamoyillari:

  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish qonuniy va adolatli asosda hamda shaxs va fuqaroning konstitusiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish aniq, oldindan belgilangan va qonuniy maqsadlarga erishish bilan cheklanishi kerak. Shaxsga doir ma'lumotlarni yig'ish maqsadlaridan tashqari boshqa maqsadlarda ishlov berishga yo'l qo'yilmaydi;
  • ishlanayotgan shaxsga doir ma’lumotlar mazmuni va hajmi e’lon qilingan ishlov berish maqsadlariga muvofiq bo’lishi kerak. Ishlov berilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar e’lon qilingan ishlov berish maqsadlariga nisbatan ortiqcha bo’lmasligi kerak;
  • shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berishda, ularning qayta ishlov berish maqsadlariga nisbatan aniq, yetarli va dolzarbligi ta'minlanishi kerak;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va saqlash maxfiy va himoyalangan bo’lishi kerak;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish subyektlar, mulkdorlar va operatorlar huquqlari tengligi tamoyili bo’yicha amalga oshirilishi kerak;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid solmasligi kerak;
  • agar shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash muddati Qonun, Shartnoma, Foydalanuvchi bitimida belgilanmagan bo’lsa, shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari talab qiladigan muddatdan uzoq bo’lmagan muddatda amalga oshirilishi kerak.

2.7. CLICK shaxsga doir ma’lumotlarning trans-chegaraviy uzatilishini amalga oshirmaydi.

 

  1. Foydalanuvchilar shaxsga doir ma’lumotlari tarkibi

3.1. Foydalanuvchi (Tizimdan foydalanishda) mustaqil ravishda quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

Yuridik shaxslar

  • uni identifikasiyalaydigan ma’lumotlar ro’yxati. Yuridik shaxslar nomidan va ularning manfaatlarida yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatlarni amalga oshiradigan shaxslar, ya'ni rahbar, ta'sischi, ishonchnoma asosida harakat qiluvchi ishonchli shaxs va benefisiar mulkdor identifikasiyalanadi.

 

Foydalanuvchi Tizim web-sahifasida tegishli Elektron So’rovnomalarni to'ldiradi, unda Rahbar, Benefisiar egasi, Jamiyat nomidan ishonchnoma yoki boshqa hujjat asosida harakat qilish huquqiga ega bo'lgan Shaxsning (agar bunday vakil mavjud bo'lsa) shaxsga doir ma'lumotlarini kiritadi:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi (so’nggisi – mavjud bo’lgan holatda);
  • fuqaroligi;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (pasport / ID-karta seriyasi va raqami, hujjatni bergan bo’linma nomi, hujjat berilgan sana, ro’yxatdan o’tkazilgan manzil);
  • amaldagi yashash manzili;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami.

Qo’shimcha ravishda Foydalanuvchi Anketa namunalariga quyidagi Jamiyatning korporativ hujjatlarining skanerlangan nusxalarini ilova qiladi:

  • Yuridik shaxsni ta’sis etish (tashkil qilish) to’g’risida qaror (bayonnoma);
  • Jamiyatning Yagona ijroiya organini saylash to’g’risida qaror (bayonnoma);
  • Jamiyatning Yagona ijroiya organi lavozimiga tayinlash to’g’risida buyruq;
  • Ustav;
  • Yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma, shuningdek yuridik shaxs vakolatli vakili (bunday vakil bo’lgan holatda) Vakolatnomasining nusxasi.

Notijorat tashkiloti (Rahbar yoki vakolatli shaxs nomidan):

Foydalanuvchi Tizim web-sahifasida tegishli Anketa elektron namunasini to’ldiradi, unda rahbar, vakolatnoma yoki boshqa hujjat asosida Jamiyat nomidan faoliyat yuritish vakolati berilgan shaxs (bunday vakil bo’lgan holatda) shaxsga doir ma’lumotlari kiritiladi:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi (so’nggisi – mavjud bo’lgan holatda);
  • fuqaroligi;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (pasport / ID-karta seriyasi va raqami, hujjatni bergan bo’linma nomi, hujjat berilgan sana, ro’yxatdan o’tkazilgan manzil);
  • amaldagi yashash manzili;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami.

Qo’shimcha ravishda Foydalanuvchi Anketa namunalariga quyidagi Jamiyatning korporativ hujjatlarining skanerlangan nusxalarini ilova qiladi:

  • Jamiyatni ta’sis etish (tashkil qilish) to’g’risida qaror (bayonnoma);
  • Jamiyatning Yagona ijroiya organini saylash to’g’risida qaror (bayonnoma);
  • Jamiyatning Yagona ijroiya organi lavozimiga tayinlash to’g’risida buyruq;
  • Ustav;
  • Yuridik shaxsning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma, shuningdek Jamiyatning vakolatli vakili (bunday vakil bo’lgan holatda) Vakolatnomasining nusxasi.

Yakka tartibdagi tadbirkor:

Foydalanuvchi Tizim web-sahifasida tegishli Anketa elektron namunasini to’ldiradi, unda quyidagi ma’lumotlarni qayd etadi:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi (so’nggisi – mavjud bo’lgan holatda);
  • fuqaroligi;
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (pasport / ID-karta seriyasi va raqami, hujjatni bergan bo’linma nomi, hujjat berilgan sana, ro’yxatdan o’tkazilgan manzil);
  • amaldagi yashash manzili;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami;
  • uyali telefon raqami;
  • elektron pochta manzili;
  • davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida guvohnoma.

O’zini-o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan jismoniy shaxs:

Foydalanuvchi Tizim web-sahifasida tegishli Anketa elektron namunasini to’ldiradi va unda quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

  • familiyasi, ismi va otasining ismi (so’nggisi – mavjud bo’lgan holatda);
  • shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari (pasport / ID-karta seriyasi va raqami, hujjatni bergan bo’linma nomi, hujjat berilgan sana, ro’yxatdan o’tkazilgan manzil);
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami;
  • soliq organlarida o’zini-o’zi band qilgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tkazilganligi to’g’risida ma’lumotnoma.

 

To’lovchi (naqd pulsiz operatsiyalarni amalga oshiruvchi va elektron hamyondan foydalanuvchi jismoniy shaxs):

  • uyali telefon raqami;
  • bank karta raqami;
  • tug’ilgan sana;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami.

Raqamli identifikasiya jarayonini amalga oshirish maqsadida:

  • biometrik pasport yoki ID-kartasi;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami.
  • tug’ilgan sana;
  • To’lovchining fotosurati va (yoki) videotasviri.

Tizim ichida qo’shimcha xizmatlardan foydalanish maqsadida qarindoshlik darajasini aniqlash uchun uchinchi shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlari so’ralishi mumkin:

  • uyali telefon raqami;
  • jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami.

Uchinchi shaxslarning shaxsga doir ma’lumotlarini taqdim qiluvchi Foydalanuvchi shaxsga doir ma’lumotlar subyektining CLICK tizimiga uning shaxsga doir ma’lumotlarini uzatishga roziligini tasdiqlaydi.

Foydalanuvchidan olingan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish bo’yicha uchinchi shaxslar tomonidan da'volar bildirilgan taqdirda, uchinchi shaxslar shaxsga doir ma’lumotlari uzatilishi bo'yicha Foydalanuvchi javobgarlik Foydalanuvchiga yuklanadi.

Foydalanuvchi tomonidan taqdim qilingan barcha ma’lumotlar CLICK Tizimiga bunday ma'lumotlar taqdim qilingan paytda dolzarb bo’lishi kerak.

3.2. Agar Foydalanuvchi muomalaga layoqatiga ega bo’lmagan yoki muomalaga layoqati cheklangan shaxs bo‘lsa, Foydalanuvchi nomidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun rozilik uning qonuniy vakili tomonidan beriladi.

Foydalanuvchi voyaga yetmagan shaxs bo’lgan holatda, Foydalanuvchi nomidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun rozilik ota-onalar / vasiylar yoki vasiylik organlari tomonidan beriladi.

Agar Foydalanuvchi vafot etgan bo‘lsa, shaxsga doir ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik uning merosxo‘rlari tomonidan beriladi (agar oldin bunday rozilik shaxsning o‘zi tomonidan berilmagan bo‘lsa).

Agar sud tomonidan Foydalanuvchi vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan deb e'lon qilinsa, shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlashga rozilik uning merosxo‘rlari tomonidan beriladi.

3.3. Foydalanuvchi Shaxsiy kabinetni yaratish uchun CLICK tizimiga zarur bo‘lgan ishonchli va dolzarb Foydalanuvchi ma'lumotlarini taqdim etadi.

3.4. Ma’lumotlar olinganidan so’ng CLICK taqdim qilingan ma’lumotlarni to’liqligi va to’g’riligi, taqdim qilingan hujjatlarning aslligini (haqiqiyligini), taqdim qilingan hujjatlarning Anketa elektron namunasida ko’rsatilgan axborot va hujjatlarning muvofiqligini tekshiradi. Qayd etilgan maqsadlar uchun CLICK O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlari ochiq axborot tizimlarida saqlanadigan, Internet jahon tarmog’ida va boshqa organlarda joylashtirilgan axborotdan foydalanadi.

3.5. Avtomatik ravishda to’planadigan ma’lumotlar:

  • IP-manzil;
  • cookies fayllaridan olingan ma’lumotlar;
  • Foydalanuvchi brauzeri to’g’risidagi axborot, Foydalanuvchi tomonidan ishlatiladigan uskunalar va dasturiy ta’minotning texnik tavsiflari;
  • Web-sahifaga kirish sanasi va vaqti, talab qilinayotgan sahifalar manzillari va boshqa shunga o’xshash axborot.

CLICK web-ssahifalarni ko’rib chiqishda Foydalanuvchi to’g’risida quyidagi anonim statistika ma'lumotlari (cookies orqali) avtomatik ravishda yig’ilishi yuz beradi, shu jumladan:

  • Servis web-saytida bajarilgan harakatlar turi (klik, kursorni yo’naltirish va h.k.);
  • harakatlar bajarilgan sana va vaqti;
  • URL sahifalari;
  • Referer;
  • IP (statistikada IP-manzillar bilan ishlash imkoniyatisiz);
  • User-Agent;
  • ClientID (cookies fayli orqali brauzer identifikatori);
  • ekran tiniqligi;
  • HTML-element darajasi;
  • CLICK servislari interfeysida Foydalanuvchi tomonidan ko’rib chiqiladigan axborot to’g’risida ma’lumotlar;
  • Servislar web-sahifalarida namunalar / murojaatnomalar to’ldirilganligi faktlari to’g’risida ma’lumotlar, shu jumladan ularni to’ldirishdagi xatolar.

3.6. Mazkur Siyosatning 3.1-bandida qayd etilgan shaxsga doir ma’lumotlarga quyidagi maqsadlarda ishlov beriladi:

  • CLICK tomonidan Shartnoma bo’yicha majburiyatlar ijro qilinishi doirasida Foydalanuvchilarni identifikasiyalash;
  • CLICK tomonidan Foydalanuvchi bitimi, CLICK servislaridan foydalanish to’g’risida bitimlar (shartnomalar) ijrosini ta’minlanish.

Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishi quyidagilar uchun talab qilinadi:

  • subyekt taraflardan biri hisoblangan shartnomani bajarish yoki bunday shartnoma tuzilgungacha subyekt talabnomasi bo’yicha choralar ko’rish uchun;
  • qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan mulkdor va (yoki) operator majburiyatlarini bajarish uchun;
  • subyekt yoki boshqa shaxs manfaatlarini himoya qilish uchun;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni anonimlashtirish shartlarida statistik yoki boshqa tadqiqotchilik maqsadlarida.

 

Shuningdek, Shaxsiy kabinetga kirish huquqini taqdim etish, Shaxsiy kabinet funksionali doirasida operatsiyalarni amalga oshirish, shaxsiylashtirilgan xizmatlarni taqdim etish, Sayt faoliyatini yaxshilash, shaxsga doir ma’lumotlarni anonimlashtirish yoli bilan statistik va boshqa tadqiqotlar o‘tkazish uchun ham qayta ishlov berilishi mumkin.

  1. Shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligi

4.1. Ushbu Siyosatning 3-bo’limida qayd etilgan ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. CLICK shaxsga doir ma’lumotlar maxfiyligini ta’minlaydi.

4.2. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini to’plash, ishlov berish va saqlashda barcha maxfiylik chora-tadbirlari ham qog‘oz, ham elektron (avtomatlashtirilgan) axborot vositalariga nisbatan qo‘llaniladi.

4.3. Shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiylik rejimi ularning anonimlashtirilishi yoki ommaviy manbalarda, jumladan, elektron axborot resurslarida, ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda va davlatning boshqa ochiq reyestrlarida e'lon qilinishi hollarda bekor qilinadi.

 

  1. Foydalanuvchi (shaxsga doir ma’lumotlar subyekti)ning huquqlari

5.1. Foydalanuvchi CLICKdan uning joylashgan manzili to’g’risida, CLICK o‘zining shaxsiy ma'lumotlari saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar olishga, shuningdek bunday shaxsga doir ma’lumotlar bilan tanishib chiqishga haqli.

5.2. Foydalanuvchi o’z shaxsga doir ma’lumotlari to’liq bo’lmasa, eskirgan, noto’g’ri, noqonuniy yo’l orqali olingan yoki e’lon qilingan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari uchun kerakli bo’lmagan holatda CLICK tizimidan o’z shaxsga doir ma’lumotlariga aniqlik kiritilishini, ularning blokirovka qilinishini yoki yo’q qilinishini talab qilishga, shuningdek qonunda nazarda tutilgan o’z huquqlarini himoya qilish bo’yicha choralar ko’rishga haqli.

5.3. Shaxsga doir ma’lumotlar mavjudligi to’g’risida ma’lumotlar CLICK Foydalanuvchisiga joiz shaklda taqdim qilinishi va ularda boshqa shaxsga doir ma’lumotlar subyektlariga tegishli shaxsga doir ma’lumotlar bo’lmasligi kerak.

5.4. Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlari subyekt yoki uning qonuniy vakili shaxsan murojaat qilgan yoxud ulardan yozma shaklda rasmiy talabnoma olingan holatda CLICK tomonidan Foydalanuvchisiga yoki uning qonuniy vakiliga taqdim qilinadi.

Rasmiy talabnoma Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili shaxsini tasdiqlovchi asosiy hujjat raqamini, asosiy hujjatning raqami, ushbu hujjatning berilgan sanasi va bergan organ to’g’risidagi ma’lumotlarni hamda Foydalanuvchi yoki uning qonuniy vakili tomonidan o’z qo’li bilan qo’yilgan imzoni o’z ichiga olishi kerak. Rasmiy talabnoma elektron shaklda, web-sahifadagi Shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda yuborilishi ham mumkin.

5.5. Foydalanuvchi CLICK tizimiga shaxsan murojaat qilgan yoxud yozma shaklda rasmiy talabnoma bilan murojaat qilgan holatda, CLICK tizimidan uning shaxsga doir ma’lumotlariga tegishli axborotni, shu jumladan quyidagilarni o’z ichiga olgan axborotni olishga haqli:

  • CLICK tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilganligi faktining tasdig’i, shuningdek bunday shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishining maqsadlari;
  • CLICK tomonidan qo’llaniladigan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish usullari;
  • CLICK Tizimi mulkdorining rasmiy nomi va joylashgan manzili, shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish huquqiga ega bo’lgan yoki bunday ishlov berish huquqi taqdim qilinishi mumkin bo’lgan shaxslar to’g’risida ma’lumotlar;
  • ishlov beriladigan shaxsga doir ma’lumotlar ro’yxati va ularni olish manbai;
  • shaxsga doir ma’lumotlarni ishlash muddatlari, shu jumladan ularni saqlash muddatlari;
  • shaxsga doir ma’lumotlar subyekti uchun uning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish qanday yuridik oqibatlarga olib kelishi mumkinligi to’g’risida ma’lumotlar.

Foydalanuvchining CLICK tizimidan uning shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishga tegishli axborot olish huquqi bunday axborot taqdim qilinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzadigan holatlarda cheklanishi mumkin.

5.6. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti shaxsga doir ma’lumotlarini ishlashga roziligini qaytarib olishga, shaxsga doir ma’lumotlarini ishlash usullari va shakllarini cheklashga, uning roziligisiz shaxsga doir ma’lumotlari tarqatilishini taqiqlashga haqli.

5.7. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti CLICK harakati yoki harakatsizligi ustidan Shaxsga doir ma’lumotlar subyektlari huquqlarini himoyalash bo’yicha vakolatli organga yoki sud tartibida shikoyat arizasi berishga haqli.

5.8. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga haqli, shu jumladan sud tartibida zararlar o’rni qoplanishini va ma’naviy zarar kompensasiya qilinishini talab qilishga haqli.

 

  1. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish

6.1. Shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish CLICK tomonidan faqat mazkur Siyosat, Foydalanuvchi bilan tuzilgan shartnomalarda va CLICK ichki reglamentlarida belgilangan maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.

6.2. CLICK tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berilishi quyidagilardan iborat:

  • shaxsga doir ma’lumotlarni to’plash, saqlash, aniqlik kiritish (yangilash, o’zgartirish), uzatish (tarqatish, taqdim qilish, foydalanish imkoniyatini yaratish), anonimlashtirish, blokirovka qilish, yo’q qilish va ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilish.

6.3. Shaxsga doir ma’lumotlarni ishlash quyidagi ravishda amalga oshiriladi:

  • aralash (shu jumladan avtomatlashtirilgan) ishlov berish usuli yordamida.

 

  1. Shaxsga doir ma’lumotlarni o’zgartirish va yo’q qilish

7.1. Shaxsga doir ma’lumotlarni o’zgartirish va to’ldirish CLICK tomonidan subyekt yoki uning qonuniy vakili murojaati asosida yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda amalga oshiriladi.

7.2. Shaxsga doir ma’lumotlarni o’zgartirish va to’ldirish CLICK tomonidan subyekt yoki uning qonuniy vakili murojaat qilgan paytdan e’tiboran 3 (uch) kundan kechikmay amalga oshiriladi.

7.3. Haqiqatga mos kelmaydigan shaxsiy ma'lumotlarni o‘zgartirish va to‘ldirish bunday nomuvofiqlik aniqlangandan so‘ng darhol amalga oshiriladi.

7.4. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti yoki uning qonuniy vakili va bunday shaxsga doir ma’lumotlar uzatilgan uchinchi shaxslar kiritilgan o’zgartishlar va amalga oshirilgan chora-tadbirlar to’g’risida CLICK tomonidan xabardor qilishini shart.

7.5. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilish deyilganida, shaxsga doir ma’lumotlar mazmunini tiklash mumkin bo’lmaydigan holatga olib keladigan harakat tushuniladi. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilish jarayonida ularning moddiy tashuvchilari ham yo’q qilinadi.

7.6. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti yozma shaklda o’z shaxsga doir ma’lumotlari yo’q qilinishini talab qilishga haqli.

7.7. Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti tegishli murojaat qilgan taqdirda, CLICK Shaxsga doir ma’lumotlar subyekti yoki uning qonuniy vakili tomonidan tegishli subyektga daxldor va CLICK tomonidan ishlov berilayotgan shaxsga doir ma’lumotlar to’liqsiz, eskirgan, noto’g’ri, noqonuniy yo’l bilan olinganligini yoki e’lon qilingan maqsadlar uchun zarur emasligini tasdiqlovchi ma’lumotlar taqdim qilinganidan so’ng shaxsga doir ma’lumotlarga kerakli o’zgartishlar kiritishi, ularni yo’q qilishi shart.

7.8. CLICK Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlarini Foydalanuvchidan tegishli yozma talabnoma olingan sanadan e’tiboran navbatdagi ish kunidan kechiktirmay yo’q qiladi.

7.9. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilish sertifikatlangan dasturiy ta’minotdan foydalanilgan holda yo’q qilish bilan axborot o’chirilishi orqali amalga oshiriladi.

7.10. Shaxsga doir ma’lumotlarni yo’q qilish imkoniyati bo’lmagan taqdirda, CLICK bunday shaxsga doir ma’lumotlarning blokirovka qilinishini amalga oshiradi.

7.11. CLICK tizimiga Foydalanuvchi shaxsga doir ma’lumotlar bo’yicha aktual axborotni yo’q qilish to’g’risida yozma talabnoma bilan murojaat qilgan taqdirda, CLICK Foydalanuvchining shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berishni to’xtatadi, saqlash va blokirovka qilish operasiyalari bundan mustasno.

7.12. Foydalanuvchi tegishli ariza yuborilgan paytdan e’tiboran Shaxsiy kabinetdan va (yoki) muayyan Servislardan ularning maqsadli vazifasiga asosan foydalanish mumkin bo’lmasligini yoki bunday foydalanish imkoniyatlari cheklanishini mumkin ekaligini tan oladi va bunga rozilik bildiradi.

 

  1. Shaxsga doir ma’lumotlarni blokirovka qilish

8.1. Shaxsga doir ma’lumotlarni blokirovka qilish deyilganida, Foydalanuvchi tomonidan ishlov berilayotgan ma’lumotlar noto’g’riligi yoki shaxsga doir ma’lumotlar subyektining fikricha, uning ma’lumotlariga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlar aniqlangan taqdirda Foydalanuvchi talabnomasi asosida CLICK tomonidan shaxsga doir ma’lumotlariga ishlov berish bo’yicha operasiyalar vaqtincha to’xtatilishi tushuniladi.

8.2. Web-sahifada shaxsga doir ma’lumotlarni blokirovka qilish shaxsga doir ma’lumotlar subyektidan olingan yozma ariza asosida amalga oshiriladi.

8.3. Bunda, Foydalanuvchi shaxsga doir ma’lumotlarni blokirovka qilish to’g’risida ariza yuborilgan paytdan e’tiboran Shaxsiy kabinetdan va (yoki) muayyan Servislardan ularning maqsadli vazifasiga asosan foydalanish mumkin bo’lmasligini yoki bunday foydalanish imkoniyatlari cheklanishi mumkinligini tan oladi va bunga rozilik bildiradi.

 

  1. Shaxsga doir ma’lumotlarni uzatish

9.1. Shaxsga doir ma’lumotlar uchinchi shaxslarga quyidagi holatlarda uzatilishi mumkin:

9.1.1. Foydalanuvchi bunday harakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri rozilik bildirgan bo‘lsa;

9.1.2. Shaxsiy ma'lumotlarni uzatish CLICKning ma'lum bir Xizmatidan yoki CLICKning hamkor xizmatidan foydalanish uchun zarur bo‘lsa, xususan:

9.1.2.1. O‘zbekiston Respublikasi banklari, kredit tashkilotlari va O‘zbekiston Respublikasi hududida pul o‘tkazmalari va/yoki hisob-kitoblar (to‘lovlar) amalga oshiriladigan boshqa tashkilotlar.

Onlayn to‘lovlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida CLICK, xavfsizlik protokollari bilan belgilangan ma'lumotlarni bank-ekvayerlarga/-emitentlarga, to‘lov tizimlariga uzatishi mumkin.

Ma’lumotlarni uzatish quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin:

  • majburiy xususiyat – foydalanuvchi uskunasi to’g’risida ma’lumotlar: IP-manzil, asosiy ma’lumotlar, geografik ma’lumotlar, uskunaning ID/turi, foydalaniladigan kanal: brauzer / ilova, to’lov avtorizasiyasi, identifikasiyalash / verifikasiyalash;
  • ixtiyoriy xususiyat – manzillar moslik ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumotlar; yetkazib beruvchi tizimidagi akkaunt ma'lumotlari; elektron pochta manzili; mobil telefon raqami; to‘lov miqdori; yetkazib beruvchi tomonidan belgilangan xavf darajasi haqidagi ma'lumotlar.

9.1.2.2. CLICK marketing bo’yicha hamkorlari va boshqa kontragentlari.

  1. Foydalanuvchining CLICK hamkorlari tomonidan unga chegirmalar (mukofotlar), belgilangan muayyan shartlar bajarilishi natijasida rag’batlantirishlar taqdim qilinishi imkoniyatini belgilash uchun asos hisoblangan to’lov operasiyalari to’g’risida, shuningdek Foydalanuvchi Sodiqlik dasturi ishtirokchisining Bonusli hisobvarag’i to’g’risida egasiz qoldirilgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini taqdim qilishi mumkin, bunday foydalanish imkoniyati Foydalanuvchiga Imtiyozlardan foydalanish qo’shimcha shart-sharoitlari taqdim qilinishi imkoniyati bilan bog’liq bo’lgan holatda;
  2. CLICK foydalanuvchining elektron pochta manzilini CLICK hamkoriga taqdim etishi mumkin, bu esa CLICK hamkoriga fiskal yoki qonun bilan belgilangan boshqa hujjatlarni foydalanuvchiga yetkazib berishni ta'minlash imkonini beradi;
  3. Foydalanuvchi tomonidan CLICK hamkorlari tomonidan taqdim qilinadigan servislar va xizmatlardan foydalanishda, Foydalanuvchi to’g’risidagi axborot bunday shaxslarga Foydalanuvchiga ushbu xizmatlarni to‘g‘ri taqdim etish yoki ularning qulayligini oshirish uchun zarur miqdorda, hu jumladan, ro‘yxatga olish shakllarini to‘ldirishdan oldin xizmatlaridan foydalanishni tezlashtirish uchun.

9.1.2.3. Ma’lumotlar saqlanishini ta’minlaydigan hamkorlar.

9.1.2.4. CLICK xizmatlaridan foydalanish orqali O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xalqaro bitimlar yoki ushbu Siyosat talablariga zid bo‘lgan harakatlarning oldini olishda ishtirok etadigan davlat organlari va hamkorlar.

9.2. CLICK tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar uzatilishi, tarqatilishi shaxsga doir ma’lumotlar subyektining (Foydalanuvchining) Ofertani akseptlashda beradigan shaxsga doir ma’lumotlar uzatilishi uchun roziligi asosida amalga oshiriladi.

9.3. CLICK o’z ixtiyoriga ko’ra, Foydalanuvchilarning oldindan roziligisiz anonimlashtirilgan, aggregatsiyalangan ma'lumotlarga, shuningdek foydalanuvchiga reklama yuborish imkoniyatini beruvchi ma'lumotlarga cheklangan darajada uchinchi shaxslarga kirish imkoniyatini berishi mumkin.

9.4. Shaxsga doir ma’lumotlar davlat organlariga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ularning vakolatlari doirasida uzatiladi.

9.5. Quyidagi holatlarda subyektni yozma shaklda xabardor qilish amalga oshirilmaydi va rozilik talab qilinmaydi:

- davlat organlari tomonidan o’z vakolatlari amalga oshirilishi;

- tarixiy, statistik, sosiologik yoki ilmiy maqsadlarda shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish uchun uzatilishi;

- umumiy foydalaniladigan manbalardan shaxsga doir ma’lumotlar to’planishi.

9.6. Tarixiy, statistik, sosiologik, ilmiy tadqiqotlar o’tkazilishi uchun shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berishda CLICK ularni anonimlashtirishi shart.

 

  1. Shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash

10.1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlari O’zbekiston Respublikasi hududida elektron shaklda saqlanadi.

10.2. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini saqlash, agar shaxsga doir ma’lumotlarni saqlash boshqa muddati Qonun, Shartnoma yoki Foydalanuvchi bitimida belgilanmagan bo’lsa, bunday ma’lumotlarni saqlash shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish maqsadlari talab qiladigan muddatdan uzoq bo’lmagan muddatda amalga oshiriladi.

10.3. CLICK shaxsni identifikatsiyalash uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar va ma'lumotlarni munosabatlar to‘xtatilgan kundan boshlab kamida besh (5) yil davomida saqlaydi.

Shunday qilib, munosabatlar bekor qilingan kundan e’tiboran 5 (besh) yil mobaynida Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlariga faqat saqlash yuzasidan ishlov beriladi.

 

  1. Foydalanuvchilarning shaxsga doir ma’lumotlarini himoya qilish

11.1. CLICK foydalanuvchilarning shaxsga doir ma'lumotlarini qayta ishlashda quyidagilarni ta’minlaydigan zaruriy tashkiliy va texnik choralarni ko‘radi:

  • subyektning o‘z shaxsiy hayotiga aralashuvdan himoya qilinish huquqi amalga oshirilishini;
  • shaxsga doir ma’lumotlarning yaxlitligini va but saqlanishini;
  • shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligiga rioya etilishini;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga qonunga xilof ravishda ishlov berilishining oldi olinishini.

Shaxsga doir ma’lumotlar himoya qilinishini ta’minlash maqsadida CLICK quyidagilarni amalga oshirishi shart:

  • shaxsga doir ma’lumotlarni ommaviy va maxfiy turlarga ajratish;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish tartibini belgilash;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish huquqiga ega shaxslarni aniqlash;
  • axborotni himoya qilish va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish texnik vositalariga dasturiy ta'minot o‘rnatish va uni yangilash hamda kirishda cheklovlar o’rnatilishini ta’minlash;
  • ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari hodisalari jurnalini yuritish;
  • foydalanishi cheklangan shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanish huquqiga ega foydalanuvchilar harakatlari qayd etilishini ta’minlash;
  • foydalanishi cheklangan shaxsga doir ma’lumotlar butunligini nazorat qilish vositalaridan foydalanish;
  • Foydalanuvchining roziligi bilan shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalangan aloqa kanallari va (yoki) shifrlash vositalari orqali taqdim qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
  • foydalanishi cheklangan shaxsga doir ma’lumotlarni xavfsiz saqlash uchun axborotni kriptografik himoya qilish vositalaridan foydalanishni ta’minlash;
  • foydalanishi cheklangan shaxsga doir ma’lumotlar bilan ishlashda foydalanuvchilarni identifikasiyalash va (yoki) autentifikasiyalash vositalaridan foydalanish;
  • agar Foydalanuvchi va (yoki) CLICK yuridik shaxs bo’lsa, shaxsga doir ma’lumotlar ishlanishini tashkillashtiradigan vakolatli shaxsni tayinlash yoki tarkibiy bo’linmani tashkil qilish;
  • shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va himoya qilish bo’yicha CLICK siyosatini belgilaydigan ichki hujjatlarni tasdiqlash;
  • Foydalanuvchisi talabnomasi asosida shaxsga doir ma’lumotlarni blokirovka qilish va yo’q qilish tartibini belgilash.
  1. Yakuniy qoidalar

12.1. O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, jumladan shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish bo’yicha normativ hujjatlarga o’zgartishlar kiritilgan holatda, mazkur Siyosat bunday o’zgartirishlar bilan muvofiqlashtirilgungacha amaldagi qonun hujjatlarga zid bo’lmagan qismi bo’yicha amal qiladi.

12.2. Mazkur Siyosat shartlari CLICK tomonidan Foydalanuvchi oldindan xabardor qilinmagan holda bir tomonlama tartibda belgilanadi, o’zgartiriladi va bekor qilinadi. Web-sahifada Siyosatning yangi tahriri e’lon qilingan paytdan e’tiboran oldingi tahrir o’z kuchini yo’qotgan hisoblanadi. Mazkur Siyosat shartlari jiddiy o’zgargan holatda, CLICK bu haqda Foydalanuvchilarni Web-sahifada tegishli xabarnomani e’lon qilish orqali xabardor qiladi.