“Click va Texnomart" aksiyasini o'tqazish qoidalari (keyingi o'rinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi)
Ommaviy oferta
“CLICK va TEXNOMART" AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI (keyingi o'rinlarda “Qoidalar” deb yuritiladi)
Aksiya sanasi: 2025-yil 20-iyundan 2025-yil 18-iyulgacha
Oʻtkazilish joyi – Oʻzbekiston Respublikasi
Aksiya muddati - 28 kun
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Qoidalar «CLICK VA TEXNOMART AKSIYASI» (keyingi oʻrinlarda – Aksiya) Aksiyasini oʻtkazish shartlari va tartibini, xususan, ishtirok etishga ruxsat berilgan shaxslar doirasini, ishtirok etish uchun majburiy harakatlar ketma-ketligini, gʻoliblarni aniqlash tartibini, shuningdek, qimmatbaho sovrinlarni oʻynalishi va Aksiya gʻoliblariga topshirish joyi va muddatlarini belgilaydi.
1.2. Aksiyaning maqsadi «CLICK» savdo belgisi ostidagi dasturiy mahsulotni (keyingi oʻrinlarda – CLICK Tizimi) ommalashtirish, Tashkilotchi va Aksiya Hamkorining ijobiy imidjini shakllantirish, Tashkilotchi va Aksiya Hamkori xizmatlarining foydalanuvchilarini ragʻbatlantirish va ularning sonini oshirishdan iborat.
1.3. Tashkilotchi Foydalanuvchilarga Aksiyada ishtirok etish imkoniyatini taqdim etadi, uning doirasida Foydalanuvchi Aksiya Hamkoridan Tovarni sotib olishi, CLICK Tizimi orqali toʻlashi va CLICK elektron pul tizimidagi (keyingi oʻrinlarda – CLICK EPT) elektron hamyoniga ko’paytirilgan keshbek shaklida ragʻbatlantirish olishi mumkin.
1.4. Aksiya mazkur Qoidalarning 2.2-bandida koʻrsatilgan Hamkor bilan birgalikda oʻtkaziladi.
1.5. Foydalanuvchi tomonidan mazkur Qoidalarning 4-boʻlimida koʻrsatilgan harakatlarning amalga oshirilishi Foydalanuvchi tomonidan ushbu Kelishuvni, Aksiya doirasidagi Hamkorning Ommaviy Ofertasi va Foydalanuvchining Kelishuv shartlariga toʻliq rozi ekanligini hamda ushbu Kelishuv shartlari uning qonuniy huquqlarini buzmasligini soʻzsiz qabul qilishi (aksept) hisoblanadi.
1.6. Ushbu Kelishuvni aksept qilib, Foydalanuvchi «CLICK» AJga Oʻzbekiston Respublikasining shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiq oʻz shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlashga rozilik beradi va Tashkilotchining internet-resursida joylashtirilgan Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish va qayta ishlash siyosatida koʻrsatilgan barcha shartlarni qabul qiladi.
1.7. Tomonlarning elektron hamyon va elektron pullardan foydalanish bilan bogʻliq oʻzaro munosabatlari www.click.uz saytida joylashtirilgan CLICK EPTdan foydalanish toʻgʻrisidagi Oferta bilan amalga oshiriladi.
1.8. Aksiya lotereya yoki boshqa tavakkalchilikka asoslangan oʻyin emas, ishtirokchilar Aksiya doirasida hech qanday mulkiy risklarni o’z zimmalariga olmaydilar va ushbu Qoidalar asosida oʻtkaziladi. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchilardan qo’shimcha toʻlov talab qilmaydi. Aksiyaning sovrin jamgʻarmasi faqat Tashkilotchi va Hamkorning Aksiya doirasidagi mablagʻlari hisobidan shakllanadi.
2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA'LUMOT
2.1. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda “Tashkilotchi” deb yuritiladi):
"CLICK" AJ
INN: 302 134 733
Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Salar bo’yi ko‘chasi, 35A uy.
2.2. Aksiya doirasidagi hamkor:
"TEXNOMART" MChJ
INN: 306 474 728
Yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘ch., 16B-uy.
3. AKSIYANI O'TKAZISH SANALARI VA JOYI
3.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘tkazilmoqda.
3.2. Aksiya muddati: 20 iyun Toshkent vaqti bilan 00:01 (UTC +5) dan 2025 yil 18 iyul Toshkent vaqti bilan 23:59 (UTC +5) gacha (keyingi o‘rinlarda Aksiya muddati deb yuritiladi).
3.3. Aksiya muddati Aksiya Tashkilotchisining tashabbusi bilan uzaytirilishi mumkin. Aksiya muddati uzaytirilganda, Aksiya Ishtirokchilari Tashkilotchi tomonidan Tashkilotchining umumiy resurslarida internet tarmog‘idagi www.click.uz saytida tegishli ma’lumotlarni joylashtirish orqali qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.
3.4. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar Toshkent vaqti bo‘yicha hisoblanadi.
4. AKSIYA ISHTIROKCHILARI
4.1. Aksiya ishtirokchilari (keyingi o‘rinlarda Ishtirokchi/lar) voyaga yetgan (o‘n sakkiz yoshga to‘lgan) layoqatli jismoniy shaxslar, ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha barcha majburiy amallarni bajargan va CLICK tizimida identifikatsiyalangan* O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, hamda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bo‘lishi mumkin.
4.2. O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan CLICK tizimining identifikatsiyalangan foydalanuvchilari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda ota-onalari, farzandlikka oluvchilar yoki vasiylarning yozma roziligi bilan Aksiyada ishtirok etishga ruxsat etiladi.
4.5. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchining ushbu Qoidalarga to'liq roziligini bildiradi.
4. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
4.1. Aksiya ishtirokchisi bo‘lish uchun foydalanuvchi quyidagilarni bajarishi shart:
4.1.1. CLICK tizimining foydalanuvchisi bo'lish;
4.1.2. ushbu Qoidalarni o'qib va aksept qilish;
4.1.3. identifikatsiyalangan Foydalanuvchi bo’lishi;
4.1.4. CLICK EPT tizimida faol Elektron hamyonga ega bo'lish;
4.1.5. Aksiya muddati davomida Aksiya hamkorining istalgan savdo nuqtasida mahsulotni xarid qilish va CLICK tizimi orqali Aksiya Hamkori mahsuloti uchun to‘lovni amalga oshirish. Aksiya shartlari qo'llaniladigan Mahsulotlar ro'yxati Aksiya hamkori tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.
4.2. Foydalanuvchi Qoidalarni o'qib chiqishi va ularni qabul qilishi yoki rad etishi shart.
4.3. Qoidalarning ushbu bo'limida ko'rsatilgan harakatlarning bajarilishi foydalanuvchining Qoidalarda belgilangan shartlarga so'zsiz va shartsiz roziligini (akseptini) va u Qoidalar bilan tanishganligini bildiradi.
4.4. Aksiyada ishtirok etish Foydalanuvchilar uchun ixtiyoriy va bepul.
4.5. Identifikatsiyadan o’tmagan Foydalanuvchi identifikatsiya jarayonidan o'tishi shart.
4.6. Agar Foydalanuvchida Elektron hamyon bo'lmasa, unga keshbek olish uchun elektron hamyon ochish taklif qilinadi.
4.7. Aksiya doirasida Hamkordan sotib olingan tovarlar qaytarilishi mumkin emas.
4.8. O’ziga zarur sifatga ega bo'lgan mahsulot, ushbu Aksiya doirasidagi Hamkorning Ommaviy oferta qoidalariga rioya qilgan holda, mahsulot sotib olingan Aksiya Hamkorning sotuv nuqtasida tegishli sifatli o'xshash mahsulotga almashtirilishi mumkin.
5. KESHBEK BERISH VA BEKOR QILISH SHARTLARI
5.1. Keshbek foiz sifatida hisoblanadi va Aksiya hamkori foydasiga muvaffaqiyatli bajarilgan To‘lov uchun CLICK tizimi interfeyslarida ko‘rsatilgan miqdorlarda hisoblab chiqiladi.
5.2. Keshbek O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunida va CLICK EPM dan foydalanish bo‘yicha Ofertada belgilangan limitlarni hisobga olgan holda, elektron pul ko‘rinishida Foydalanuvchining elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
5.3. Keshbek faqat kirim vaqtida faol va amaldagi elektron hamyonga kiritilishi mumkin.
5.4. Agar elektron hamyon Qoidalarning 5.3-bandida ko'rsatilgan talabga javob bermasa, keshbek o'tkazilmaydi.
5.5. Keshbek Foydalanuvchi Qoidalarning 5.3-bandiga zid bo'lgan holatlarni bartaraf etgandan keyingina beriladi.
5.6. Foydalanuvchiga keshbek berish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
5.6.1. Foydalanuvchi ushbu Qoidalarning 4.1-bandiga rioya qilmasligi;
5.6.2. ushbu Qoidalarning 4-qismi shartlariga rioya qilmaslik;
5.6.3. elektron hamyon bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan limitlardan oshib ketish;
5.6.4. Foydalanuvchi tomonidan ushbu Qoidalar yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi buzilganda;
5.7. Quyidagi hollarda keshbek elektron hamyondan yechib chiqarish yo‘li bilan hisob qilinmasligi yoki bekor qilinishi mumkin:
5.7.1. Aksiya orqali firibgarlik harakatlarini amalga oshirishga urinish;
5.7.2. Aksiya Hamkoriga tegishli sifatli tovarlarni qaytarish;
5.7.3. Foydalanuvchi tomonidan keshbekni bekor qilish uchun elektron hamyonda yetarli miqdorni majburiy ta'minlash sharti bilan tovarlar uchun to'lovni bekor qilish;
5.7.4. CLICK tizimida yoki Aksiya Hamkori xizmatida nosozliklar va texnik xatolik tufayli keshbekni noto'g'ri berilishi;
5.8. Foydalanuvchi o‘z xohishiga ko‘ra, elektron pul ko‘rinishida o‘ziga hisoblangan keshbekga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ruxsat etilgan va CLICK tizimi interfeysida mavjud bo‘lgan har qanday harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.
6. MAJBURIYATLAR
6.1. Tashkilotchi Foydalanuvchi va Aksiya hamkori o'rtasidagi bitimning tarafi emas.
6.2. Tashkilotchi Aksiya hamkori tomonidan Foydalanuvchiga sotilgan tovarlarning sifati uchun yoki Aksiya Hamkorning Foydalanuvchilar oldidagi Tovarlarni Foydalanuvchilarga sotish jarayonida va shu munosabati bilan kelib chiqadigan majburiyatlari uchun javobgar bo'lmaydi.
6.3. Tashkilotchi Foydalanuvchilar ushbu Qoidalar bilan tanishishlari uchun javobgar emas.
6.4. Tashkilotchi ushbu Qoidalar bo'yicha o'z majburiyatlarini to'liq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan to'liq ozod qilinadi, agar bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan fors-major holatlarining natijasi bo'lsa, taraf na oldindan ko'ra oladigan va na oqilona choralar bilan oldini olish imkoniyati bo’lmagan bo’lsa. Bunday favqulod xarakterdagi holatlarga quyidagilar kiradi: tabiiy ofatlar, avariyalar, suv toshqinlari, zilzilalar, epidemiyalar, yong'inlar, ommaviy tartibsizliklar, ish tashlashlar, inqiloblar, harbiy harakatlar, qonun hujjatlarining, hukumat qarorlari va davlat organlarining farmoyishlarining kuchga kirishi; to'lov tizimining ishlamay qolishi/nosozligi bilan bog'liq holatlar, tizimni qo'llab-quvvatlovchi mahalliy yoki server uskunalari ustidan nazoratni tortib olishga qaratilgan harakatlar, tizimga xizmat ko'rsatuvchi kompyuter tarmog'iga xizmat ko'rsatishdan bosh tortishi, tizimni qo'llab-quvvatlovchi kompyuter tarmog'ining beqarorligi, tizimga xakerlik hujumlari, zararli dasturiy ta'minotni joriy etish, dasturiy ta'minotni buzish, uchinchi shaxslar tomonidan to'lov tizimiga qaratilgan har qanday hujumlar (shuningdek, uchinchi shaxslar tomonidan tizim yordamidagi maqsadli to'lovlar hujumlari) ushbu Qoidalar bo'yicha majburiyatlarni bajarishga to'sqinlik qiluvchi Tashkilotchining oqilona nazorati ostida bo'lmagan boshqa holatlar.
6.5. Foydalanuvchi Aksiya doirasida o'zi tomonidan amalga oshirilgan barcha to'lovlar uchun javobgardir.
6.6. Aksiyada ishtirok etishning halollogini baholash Tashkilotchi tomonidan Tashkilotchida mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlardan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalar qoidalarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
7. AKSIYA ISHTIROKCHILARINI XABARDOR QILISH TARTIBI
7.1. Foydalanuvchilarni Aksiya shartlari va tartibidan xabardor qilish jarayoni Tashkilotchi va Aksiya hamkorining rasmiy sahifalarida, ijtimoiy tarmoqlarida, radio va boshqa ommaviy axborot vositalarida reklama xabarlarini joylashtirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
7.2. Ushbu Aksiya haqida batafsil ma’lumotlar, shuningdek, ushbu Qoidalar Tashkilotchining rasmiy www.click.uz veb-saytida joylashtiriladi.
7.3. Aksiya haqida qoʻshimcha maʼlumot quyidagi aloqa raqami orqali ham olinishi mumkin: +998 71 231 08 80.
7.4. Aksiya muddatidan oldin to‘xtatilgan, uning shartlari uzaytirilgan yoki ushbu Qoidalarga o‘zgartirish kiritilgan taqdirda tegishli ma’lumotlar Tashkilotchining www.click.uz rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
8. BOSHQA SHARTLAR
8.1. Qoidalar Aksiyaning butun muddati davomida Tashkilotchi va/yoki Hamkor tomonidan bir tomonlama tartibda o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin.
8.2. Tashkilotchi va/yoki Hamkor quyidagi hollarda Aksiyani muddatidan oldin tugatish yoki toʻxtatib qoʻyish huquqiga ega:
8.2.1. Fors-major holatlari;
8.2.2. Qonunchilik yoki me'yoriy hujjatlardagi o'zgarishlar;
8.2.3. Texnik muammolar;
8.2.4. Aksiya Tashkilotchisi va/yoki Hamkori faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatish;
8.2.5. Ishtirokchilar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish holatlarini aniqlash;
8.2.6. Tashkilotchi va/yoki Hamkorning ixtiyoriga ko'ra boshqa holatlar.
8.3. Qoidalarga o'zgartirishlar va/yoki qo'shimchalar ular Tashkilotchi va/yoki Hamkor tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi va/yoki Hamkorning veb-saytida e'lon qilingan taqdirda kiritilishi mumkin.
8.4. Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.
8.5. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.
8.6. Ushbu Qoidalar Aksiya muddatining oxirigacha amal qiladi.