«Hodisa» xizmati
CLICK foydalanuvchilari endi “Shaxsiy kabinet”da qulay “Hodisalar” xizmatidan foydalanishlari mumkin. Ushbu xizmat summani ko'rsatilgan ishtirokchilar soniga bo'lib, har biriga hisobni chiqarib beradi.
Bu bo'limda yangi hodisani yaratib, ishtirokchilar ro'yxatini tuzish lozim. Umumiy summa ko'rsatilgandan keyin tizim avtomatik tarzda har bir ishtirokchiga to'lov uchun hisob chiqaradi.
Umumiy summa barcha ishtirokchilar orasida teng qismlarga taqsimlanadi. Ammo, zaruriyat bo'lganda, ba'zi ishtirokchilarga alohida summani kiritish imkoni mavjud. Bunday hollarda summa qoldig'i boshqa ishtirokchilar orasida teng qismlarga bo'linadi.
Foydalanuvchilarning qulayligi uchun avvaldan ishtirokchilar ro'yxatini tuzish va saqlash imkoni joriy qilingan.