CLICK-Hamyon
CLICK-hamyon nima va u qanday ishlatiladi
CLICK kompaniyasi yangiliklarni xush ko'ruvchilar uchun ajoyib yangilikni taqdim qilmoqda – elektron hamyon. Oddiy qilib aytganda, CLICK-hamyon bu virtual hisob bo'lib, uni to'ldirish, undan turli tovar va xizmatlarga to'lash va hamyonlar o'rtasida o'tkazmalarni amalga oshirish mumkin.
Barchasi oddiy plastik kartalaridek, faqat bunda bankga borishingiz, karta yoki hisob ochilishini kutishingiz kerak emas. Uni o'zingiz CLICK tizimining istalgan interfeysi orqali ochishingiz mumkin.
CLICK-hamyon qanday ochsa bo'ladi
CLICK Evolution ilovasida kartalaringizni, agar shundaylar mavjud bo'lsa, oxirigacha varaqlang va “Karta qo'shish”ni tanlang. Shu bilan birga “Kartalarim” bo'limiga o'tib, u yerda “Karta qo'shish” tugmasini bosishingiz mumkin.
Taklif qilingan variantlardan CLICK-hamyonni tanlang. Undan so'ng tug'ilgan kuningizni kiritishingiz, va ommaviy oferta shartlari bilan tanishib, ularni qabul qilishingizni tasdiqlashingiz kerak bo'ladi. E'tiboringizni
qaratmoqchimiz, haqiqiy tug'ilgan sanani kiritishingiz lozim, ma'lumotlaringiz o'chganda yoki hamyoningizni tiklashda aynan shu ko'rsatilgan tug'ilgan sana kiritilishi kerak bo'ladi.
Boshida barcha CLICK foydanaluvchilariga Light turidagi hamyon ochiladi.
CLICK-hamyonlarida qanday turlari mavjud
CLICK-hamyonlar 2 turda bo'ladi:
- Light - bir qator cheklovlarga ega - misol uchun, hamyonning balansi hech bir vaqtda 5 BHMdan oshmasligi kerak (1 875 000 so'm, 1 BHM = 375 000 so'm).
- Premium - CLICK-Hamyonda 500 mln so'mgacha mablag' saqlash mumkin. Bundan tashqari, Premium yordamida 30 mln so'mgacha to'lovlar amalga oshirish va mablag' o'tkazish mumkin.
Premium turiga o'tish uchun CLICK-hamyonning foydalanuvchisi identifikatsiyadan o'tishi kerak. Buning uchun kompaniya ofisiga pasportning asl nusxasi bilan murojat qilish, hamyon raqamini va yaratilayotganda kiritilgan tu'g'ilgan sanani aytish kerak bo'ladi.
CLICK-hamyondan to'lovlarni amalga oshirish
CLICK-hamyon foydalanuvchilari bunday to'lovlar uchun moslangan barcha tovar va xizmatlarga to'lovlarni amalga oshirishlari mumkin. CLICK-hamyonlardan to'lovlarni qabul qilmaydigan hamkorlar ilovada kulrang bo'lib qo'rsatiladi. Аgarda foydalanuvchida CLICK-hamyondan tashqari plastik karta ham bo'lsa, unga kartadan to'lash taklif qilinadi.
Shu bilan birga CLICK-hamyon foydalanuvchilariga hamyondan hamyonga va hamyondan bank plastik kartalariga pul o'tkazish imkoniyati joriy qilingan.
CLICK-hamyonni yopish
Qandaydir sababdan CLICK-hamyonni yopishni istasangiz “Hamyonni yopish” tugmasini bosishingiz kerak bo'ladi. Аgar hamyonda qoldiq bo'lsa, ilova uni to'lovga, xayriyaga ishlatishni yoki uni olishni taklif qiladi.
Tariflar
CLICK-hamyon ochish - BEPUL
CLICK-hamyon to'ldirish - BEPUL
Hamyondan hamyonga pul o'tqazish - BEPUL
Batafsil ma'lumot "Tariflar" sahifasida