09.01.2026

Click’dagi «Antifrod» tizimi sizning ma’lumotlar va mablag‘laringizni qanday himoya qiladi

Click kompaniyasi foydalanuvchilarning ma’lumotlari va pul mablag‘lari xavfsizligini mutlaq ustuvor vazifa deb biladi. Firibgarlik sxemalari doimiy ravishda o‘zgarib, murakkablashib borayotganini hisobga olgan holda, akkauntlar va operatsiyalarni himoya qilish ishlari uzluksiz olib borilmoqda va bir necha yo‘nalishda rivojlantirilmoqda.

Ushbu himoyaning asosiy elementlaridan biri «Antifrod» tizimidir. Bu — hatto jinoyatchilar foydalanuvchi ma’lumotlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan hollarda ham, mablag‘larning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan texnologik va tashkiliy choralar majmuasidir.

Tizim o’z ishini foydalanuvchining Click ilovasida identifikatsiyasidan boshlanadi. Jismoniy shaxsni identifikatsiya qilish — bu shaxsni tasdiqlashning rasmiy tartibi bo‘lib, unda tizim foydalanuvchi ma’lumotlarini va biometrik ko‘rsatkichlarini, jumladan, yuz qiyofasini davlat ma’lumotlar bazalari bilan solishtiradi. Identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, ilova foydalanuvchini "eslab qoladi" va uning akkauntini aniq bir shaxs hamda qurilmaga bog‘laydi. Ushbu funksiya bepul va barcha Click foydalanuvchilari uchun mavjud.

Agar foydalanuvchi ikkinchi qurilmani ulashga qaror qilsa, tizim qo‘shimcha Face ID tekshiruvini so‘raydi. Faqat u muvaffaqiyatli yakunlangandan so‘nggina yangi qurilma Click’ning barcha funksiyalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shunday qilib, hatto smartfon almashganda ham akkaunt himoyasi saqlanib qoladi, ruxsatsiz kirish xavfi esa minimal darajaga tushiriladi. Firibgarlar hatto akkauntga kirishga muvaffaq bo‘lishsa ham, ular servisning asosiy funksiyalaridan foydalana olmaydilar.

Qo‘shimcha himoya pog’onasi ilovaga kirish bosqichidayoq ishga tushadi. Click’da ko‘p faktorli autentifikatsiyadan foydalaniladi: login va PIN-koddan tashqari, kirish uchun foydalanuvchi telefon raqamiga yuboriladigan bir martalik SMS-kod talab qilinadi. Ushbu telefon raqamisiz akkauntga kirishning iloji yo‘q. Buning ustiga, yangi qurilma qo‘shilganda foydalanuvchiga bu haqda darhol SMS-xabarnoma keladi, bu esa zarurat tug‘ilganda tezkor choralar ko‘rish va kirishni bloklash imkonini beradi.

Bunday himoya tizimini fotosuratlar yoki videoyozuvlar yordamida aldab o‘tib bo‘lmaydi. Biometrik tekshiruv va antifrod logikasi firibgarlar uchun murakkab va deyarli yengib bo‘lmas to‘siqni yuzaga keltiradi.

Agar foydalanuvchida shubha tug‘ilsa yoki u shunchaki ulangan qurilmalar ro‘yxatini tekshirishni istasa, u istalgan vaqtda Click SuperApp’ga kirib, «Xavfsizlik» — «Ishonchli qurilmalar» bo‘limiga o‘tishi va har qanday keraksiz yoki noma’lum qurilmalarni o‘chirib tashlashi mumkin. Qurilmani o‘chirish uning akkauntga kirish huquqini darhol bekor qiladi, bu esa mablag‘lar va shaxsiy ma’lumotlar himoyasini yanada kuchaytiradi.