18.08.2025

Click bosh direktori yuksak davlat mukofoti - "Shuhrat" medali bilan taqdirlandi

Bosh direktorimiz Ulug‘bek Rustamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-avgustdagi Tadbirkorlar kuniga bag‘ishlangan Farmoniga muvofiq davlatimizning yuksak mukofoti - "Shuhrat" medali bilan taqdirlanganini faxr bilan ma’lum qilamiz.

Ushbu mukofot Ulug‘bek Rustamovning mamlakat raqamli moliyaviy xizmatlarini rivojlantirish, zamonaviy onlayn to‘lovlar ekotizimini shakllantirish va O‘zbekiston iqtisodiyotidagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qo‘shgan salmoqli hissasining e’tirofidir.

Bizga bildirilgan ishonch va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlayotgani uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatiga samimiy minnatdorlik bildiramiz.

Kompaniyamiz uchun bu nafaqat yuksak sharaf, balki butun Click jamoasining birgalikdagi mehnati jamiyat va milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun haqiqiy natijalar keltirayotganining tasdig‘idir.

Ulug‘bek Rustamovni munosib mukofot bilan tabriklaymiz va oldinda bizni yangi yutuqlar va ulkan loyihalar kutayotganiga ishonamiz.