03.10.2025

Nukusda sog‘liqni saqlash bo‘yicha AI Hackathon boshlandi

Click HealthTech Hackathon milliy loyihasining hamkori sifatida ishtirok etmoqda. Biz texnologiyalar hayotni qulayroq qilishi kerakligiga ishonamiz. Ushbu xakaton esa sog‘liqni saqlashni yanada samarali, qulay va hammabop qiladigan yechimlarni yaratishga xizmat qiladi.

Xakaton mamlakat bo‘ylab bir necha bosqichda o‘tkazilib, talaba-yoshlar, shifokorlar va IT mutaxassislarini bir maydonga jamlaydi. Eng yaxshi jamoalar grantlar, akseleratsiya dasturlari va o‘z loyihalariga investitsiya jalb etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Agar siz ham xakatonda qatnashishni istasangiz:
👉 Ro‘yxatdan o‘ting va Click bilan birga sog‘liqni saqlashning raqamli kelajagini yaratishda ishtirok eting.