2026-yil 1-apreldan — to‘lovlar yanada qulay bo‘ladi
2026-yil 1-apreldan boshlab bir qator xizmatlar va operatsiyalar faqat naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan toifalarda naqd pul qabul qilinmaydi.
Nimalar o‘zgaradi
Ko‘chmas mulk
Uy-joy va boshqa ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha hisob-kitoblar faqat bank orqali amalga oshiriladi.
Avtomobillar
Avtomobil oldi-sotdi bitimlari faqat naqdsiz to‘lov asosida rasmiylashtiriladi.
Davlat xizmatlari
Davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar bank tizimi orqali amalga oshiriladi.
Kommunal xizmatlar
Elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi uchun to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi.
Tovar va xizmatlar
Quyidagi toifalar uchun naqdsiz to‘lov majburiy bo‘ladi:
- alkogolli va tamaki mahsulotlari;
- yoqilg‘i quyish shoxobchalarida yoqilg‘i;
- yirik xaridlar va ayrim toifadagi tovarlar.
To‘lov usullari
To‘lovni quyidagi vositalar orqali amalga oshirish mumkin:
- bank kartalari;
- mobil bank ilovalari;
- elektron to‘lov xizmatlari va terminallar.
Tavsiya
Agar Sizda bank kartasi mavjud bo‘lmasa, oldindan bankka murojaat qilib karta ochishingiz yoki boshqa naqdsiz to‘lov usulini tanlashingizni tavsiya qilamiz.
Naqdsiz hisob-kitoblar to‘lovlarning shaffofligi, xavfsizligi va qulayligini oshirishga qaratilgan.