Barcha Click xizmatlaridan foydalanish uchun OneID sozlamasi
Barcha Click xizmatlaridan foydalanish uchun OneID sozlamasi
To‘lovlar va o‘tkazmalarni cheklovlarsiz amalga oshirish, "Mening oilam", "Click Avto" va boshqa bo‘limlardan foydalanish, shuningdek, Click orqali davlat xizmatlarini olishingiz uchun OneID tizimida ilovamizga ruxsat berishingiz kerak.
Bu - xavfsizlikning majburiy standarti: amaliyotlaringizni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanishga shaxsan o‘zingiz ruxsat berasiz.
OneID orqali kirishni sozlash bo‘yicha universallashgan yo‘riqnoma
Boshlashdan oldin
Sozlash uchun sizga faqat telefon yoki telefon va kompyuter kerak bo‘ladi. O‘zingizga qulay usulni tanlang.
1-usul. Agar sizda faqat telefon bo‘lsa
Qadam 1.
myGov ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting yoki akkauntingizga kiring.
Qadam 2.
Qidiruv satriga mobile-id deb yozing va
“Jismoniy shaxslarni telefon raqami orqali identifikatsiyalash” xizmatini tanlang.
Telefon raqamingizni va SMS orqali kelgan kodni kiriting,
“MyID orqali tasdiqlash” tugmasini bosing va shaxsingizni Face ID orqali tasdiqlang.
Qadam 3.
OneID ilovasini yuklab oling va MobileID orqali kirishni tanlang.
Ma’lumotlarni kiriting va shaxsingizni Face ID orqali tasdiqlang.
Qadam 4.
Ilovaning pastki qismidan “Boshqaruv” bo‘limini tanlang, belgi qo‘ying,
“Xizmatni faollashtirish”ni bosing va qidiruvga Click deb yozing.
Qulf belgisini ko‘ryapsizmi? Agar u yopiq bo‘lsa — Click shaxsingizni tasdiqlay olmaydi.
Uni bosib, ‘qulfni ochamiz’ va ruxsatni faollashtiramiz.”
2-usul. Agar sizda telefon va kompyuter bo‘lsa
Qadam 1.
Telefonni tayyorlang
– OneID ilovasini o‘rnating (Android / iOS).
– MyID orqali tizimga kiring.
Qadam 2.
Kompyuterda saytni oching
– id.egov.uz saytiga o‘ting.
– OneID ilovasida ekranning pastki qismidagi skaner belgisini bosing.
– Kompyuterdagi QR-kodni skanerlang.
Muhim: Telefon kamerasini emas, aynan OneID ilovasining ichidagi skanerdan foydalaning.
Qadam 3.
Click uchun ruxsat bering
– «Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limiga o‘ting.
– Click’ni toping.
– Qulf ochiq ekanligiga ishonch hosil qiling.
– Agar yopiq bo‘lsa - kirishga ruxsat berish uchun ustiga bosing.
Nima uchun bu muhim?
Agar OneID tizimida Click uchun ruxsat yopiq bo‘lsa, ayrim amaliyotlarni bajarishda shaxsingizni tasdiqlash imkoni bo‘lmaydi. Sozlamalarda bir marta "qulfni ochish" orqali siz ilovaning texnik uzilishlarsiz, barqaror va tez ishlashini ta’minlaysiz.
To‘lovlaringiz doim lahzalarda amalga oshishi uchun bugun bor-yo‘g‘i 2 daqiqa vaqtingizni ajrating!