O‘zgarishlar haqidagi xabarnoma
Hurmatli foydalanuvchilar!
2026 yil 21 yanvardan boshlab universal QR-kod (Xolis-Paynet) orqali to‘lov amalga oshirilganda to‘lov summasining 1% miqdorida komissiya undiriladi.
Bunday QR-kodlarni Click ilovasi orqali skaner qilish mumkin, ammo ular tashqi tizimga tegishli QR-kodlar hisoblanadi. Click QR-kodlari (joylarda joylashtirilgan) orqali to‘lov shartlari o‘zgarishsiz qoladi. Iltimos, to‘lovni amalga oshirishda QR-kod turiga e’tibor bering.