02.05.2023

Click Up ilovasida bepul o’tkazmalar!

Kartadan kartaga komissiyasiz pul o’tkazish imkoniyati faqatgina Click Premium-obunachilari uchun mavjud. Har oy 10 000 000 so’mgacha mablag’ni bepul o’tkazish mumkin.

Premium-obunani tez va qulaylik bilan Click Up ilovasida ulash mumkin. Obuna narxi oyiga 50 000 so’m. Shuningdek, Premium-obuna bilan birgalikda foydalanuvchi quyidagilarni qo’lga kiritadi: kommunal va davlat xizmatlari, kafe va restoranlar hisoblari to’lovlari uchun ikki karra cashback, mobil aloqa to’lovlari uchun 5 foizgacha cashback va hokazo. Barcha “cashback”lar Click Up ilovasining Click-hamyoniga borib tushadi. Obunani aynan ushbu bonuslar hisobiga xarid qilish mumkin. 

Barcha qoidalar bilan “Oferta” bo’limida tanishib chiqish mumkin.