Monitoring xizmati uchun to‘lov shartlari o‘zgarishi haqida xabarnoma
2026-yil 1-noyabrdan boshlab “Kartalar monitoringi” xizmati uchun mablag‘larni avtomatik yechib olish muddati 17 kalendar kungacha uzaytiriladi.
“Kartalar monitoringi” xizmati Uzcard va Humo kartalaridagi xarajatlar hamda hisobni to‘ldirish amaliyotlarini bitta hisobotda kuzatish imkonini beradi.
Xizmat orqali quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:
- barcha qo‘shilgan kartalardagi operatsiyalarni kuzatish;
- operatsiyalarni turi, karta va sana bo‘yicha saralash;
- kerakli operatsiyalarni nomi orqali tezda topish;
- operatsiyalar tarixini Excel formatida yuklab olish.
“Kartalar monitoringi” xizmatini istalgan vaqtda Click SuperApp ilovasining o‘zida mustaqil ravishda o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Xizmat o‘chirilgach, obuna boshqa uzaytirilmaydi va buning uchun keyingi to‘lovlar yechib olinmaydi.
Batafsil shartlar bilan Ommaviy ofertada tanishishingiz mumkin.