Click kompaniyasining Click Koshelyok mahsuloti nomidan foydalaniş böyiça rasmiy pozitsiyasi
Biz özbek tilini asrab-avaylaş, rivojlantiriş va keng tarğib qiliş muhimligini yaxşi tuşunamiz hamda bu boradagi fikrlarni qöllab-quvvatlaymiz. Şu bilan birga, kundalik hayotda işlatiladigan umumiy sözlar bilan raqamli mahsulotlarning nomlarini bir-biridan farqlaş muhim, deb hisoblaymiz.
Click Koshelyok — Click SuperApp tarkibiga kiruvchi, nomi rasman tasdiqlangan mahsulot. Foydalanuvchilar uni oson tanib olişlari, brendning yaxlitligini saqlaş va turli tillarda çalkaşlik yuzaga kelmasligi uçun mahsulot nomi barça til versiyalarida bir xil yoziladi.
Şu bilan birga, mahsulot haqidagi barça maʼlumotlar, jumladan, uning imkoniyatlari, foydalaniş şartlari va yöriqnomalar tegişli tillarning leksik va grammatik qoidalariga moslaştiriladi.
Demak, Click Koshelyok nomini özgartirmasdan işlatiş kompaniyaning mahsulot va marketing strategiyasi doirasida qabul qilingan qarordir. Bu özbek tilidan foydalaniş yoki uni keng tarğib qilişdan voz keçiş degani emas.
Biz ona tilimizni rivojlantiriş va zamonaviy raqamli mahsulotlar yaratişga bölgan yondaşuvlar bir-biriga zid emas, aksinça, bir-birini töldiradi, deb hisoblaymiz.