«Click bilan birga» tanlovi: Click’ning 15 yilligiga sovg‘alar!
Click 15 yildan beri kundalik to‘lovlar va pul o‘tkazmalarida sizga yordam berib kelmoqda. Shunda sevimli mashg‘ulotlaringiz uchun ko‘proq vaqt qoladi. Tug‘ilgan kunimiz munosabati bilan «Click bilan birga» tanlovini boshlaymiz!
Qiziqishingiz haqida Click’ning maxsus treki ostida Reels oling va tanlovda qatnashing. Raqs, sport, musiqa, pazandachilik yoki ijod — sevimli mashg‘ulotingizni namoyish eting.
Eng ko‘p ko‘rishlar to‘plagan uchta video muallifi quyidagi sovg‘alarni qo‘lga kiritadi:
• 1-o‘rin — iPhone 18 Pro Max;
• 2-o‘rin — iPhone 18 Pro;
• 3-o‘rin — iPad.
Qatnashish uchun:
1. Qiziqishingiz yoki sevimli mashg‘ulotingiz haqida kamida 20 soniyalik original video oling.
2. Click’ning maxsus trekidan foydalaning.
3. Videoni Instagram Reels’da #ClickBilanBirga heshtegi bilan joylang va @clickuz sahifasini belgilang.
Natijalar e’lon qilinguncha profilingiz ochiq, video esa ko‘rish uchun mavjud bo‘lishi kerak.
Videolar 2026-yil 13-oktabrdan 6-noyabrgacha qabul qilinadi. G‘oliblarni ko‘rishlar soniga qarab aniqlaymiz va 12-noyabr kuni @clickuz Instagram sahifasida e’lon qilamiz.
Tanlovda 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidentlari qatnashishi mumkin. Ishtirok etish bepul.
Click’ning 15 yilligini biz bilan nishonlang!