AQSHdagi JCH-2026 ga borish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Butun O‘zbekistonning orzusi ushaldi — terma jamoamiz JCH-2026 ga yo‘l olmoqda! Ularga hamrohlik qilishni va butun mamlakatimiz uchun eng muhim bo‘lgan O‘zbekiston – Portugaliya uchrashuviga tushishni xohlaysizmi? Unda aksiyamizda ishtirok eting, gollar uring va chamadonlarni hozirlang!
Click SuperApp’da “Click Chempion” ulkan aksiyasi start oldi! Biz Xyustonga, tarixiy O‘zbekiston – Portugaliya o‘yiniga 5 ta yo‘llanma o‘ynaymiz!
Aksiyani o‘tkazish davri 2026-yil 26-fevraldan 2026-yil 13-aprelgacha (shu kuni ham) davom etadi.
Xyuston safarigacha bor-yo‘g‘i 3 qadam!
“Click Chempion” aksiyasida Click’ning har bir identifikatsiyalangan foydalanuvchisi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:
1-qadam: O‘yinga kiring
Click SuperApp bosh sahifasidagi “Click Chempion” mini-ilovasini oching. Har kuni Sizga 1 ta bepul zarba beriladi.
2-qadam: Qo‘shimcha zarbalarni qo‘lga kiriting
Click’dagi odatiy amallarni bajaring va urinishlar sonini ko‘paytiring:
- 50 000 so‘mdan yuqori pul o‘tkazmasini amalga oshirish — 1 ta zarba
- 50 000 so‘mdan yuqori uy interneti uchun to‘lov — 1 ta zarba
- 50 000 so‘mdan yuqori kommunal xizmatlar uchun to‘lov — 1 ta zarba
- 50 000 so‘mdan yuqori mobil aloqa uchun to‘lov — 1 ta zarba
- Click SuperApp’da monitoring xizmatini yoqish — 3 ta zarba
- Click Avto’da OSAGO VIP rasmiylashtirish — 10 ta zarba
- Click Avto’da avtomobil sotish haqida e’lon berish — 3 ta zarba
- Click TV obunasini yoqish — 5 ta zarba
- Click TV’da istalgan kanalni tomosha qilish — 3 ta zarba
- Click Uyim ichida xonadonni qo‘shish — 2 ta zarba
- Click Uyim orqali kommunal to‘lovni amalga oshirish — 1 ta zarba
3-qadam: Gollar uring va yutuqli o‘yinni kuting \
Darvozaga yo‘llangan har bir aniq zarbangiz — bu 2026-yil 15-aprel kuni random.org orqali o‘tkaziladigan asosiy yutuqli o‘yin uchun bilet demakdir.
5 ta g‘olibнинг har biri nimalarga ega bo‘ladi?
- Toshkent – Xyuston – Toshkent aviaparozi;
- Xyustondagi mehmonxonada yashash;
- O‘zbekiston – Portugaliya o‘yiniga chipta.
Muhim! Click kompaniyasi g‘olibning AQSH vizasini olishi, shuningdek, viza berish rad etilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi. G‘olibda viza borligi yoki yo‘qligidan qat’i nazar, Click kompaniyasining aksiya bo‘yicha majburiyatlari to‘liq bajarilgan va g‘olibga topshirilgan deb hisoblanadi.
Birinchi zarbani yo‘llash orqali siz ommaviy oferta shartlariga rozilik bildirasiz.