14.10.2021

O'zbekistonda ilk bor - avtobuslarda eng foydali va tez to'lovlar!

CLICK kompaniyasi ATTO bilan hamkorlikda avtobuslarda yangi to'lov usulini taqdim etmoqda!

Endi CLICK foydalanuvchilari yo'lkira haqini  qaytimsiz, navbatsiz va naqd pullarsiz QR-kod orqali amalga oshirishlari mumkin!


QR orqali to'lovlar - qaytimsiz, navbatsiz va naqd pullarisiz!

Shunchaki QR-kodni CLICK Evolution ilovasi orqali skanerlang.
Va telefon ekranida paydo bo'lgan chiptani konduktor yoki haydovchiga ko'rsating.

Har bir safaringizdan 2% gacha Cashback oling!

CLICK orqali yo'l haqqini hatto bolangiz ham to'lashi mumkin.
Bolangizga uning smartfonidagi CLICK Evolution ilovasida CLICK-Hamyon oching. Hamyon balansini kartangizdan yoki PAYNET orqali naqd pul bilan to'ldiring.

CLICK bilan qulay va foydali safarlar!

CLICK orqali to'lash mumkin bo'lgan yo'nalishlar: 12, 13Т, 14, 15, 16, 17, 22, 24, 26, 28, 30, 37, 49, 54, 55, 61, 63, 68, 72, 81, 83, 89, 93, 96, 119, 185, 198, 199

Yaqin vaqt ichida Toshkent shahridagi barcha yo'nalishlarda ham joriy qilinadi.

 

Jamoat transportida QR-kod orqali to'lash jarayoni:

Telefoningizda CLICK Evolution ilovasini oching
"-" bo'limiga kiring

To'lov usullaridan birini tanlang:

  • Bosh ekrandagi QR-skaner bo'limida
  • "To'lov" - "Transport va avtoturargoh" bo'limidagi "Yo'l haqqi to'lovi" tugmasi

Salonda joylashtirilgan QR-kodga telefonni to'g'rilang.
Yo'nalish va avtobus raqamini tekshiring. "Davom etish" tugmasini bosing

To'lov uchun kartani tanlang va "To'lash" tugmasini bosing.
Muvaffaqiyatli o'tgandan keyin "Chiptani ochish" tugmasini bosing.

Smartfoningiz ekranida chipta ochilgandan keyin uni konduktor yoki avtobus haydovchisiga ko'rsating.

Shu bilan birga chiptani "Hisobotlar" bo'limidagi to'lov haqidagi ma'lumotdan ko'rsatish mumkin. Buning uchun "Chiptani ko'rsatish" tugmasini bosing (tugma 1 soat ichida mavjud bo'ladi).

 

* Ushbu yetkazib beruvchiga amalga oshirilgan to'lovlarni bekor qilish imkoni mavjud emas.