Click tug‘ilgan kuni munosabati bilan Obunasi 1 so‘mga
11-noyabr kuni Click tug‘ilgan kuni munosabati bilan «1 so‘mga Click Obunasi» aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Taklif doirasida foydalanuvchilar Click SuperApp mobil ilovasida Pro tarifini 1 so‘mga ulashlari mumkin bo‘ladi.
Tarifga quyidagilar kiradi:
- 8 mln so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalar;
- barcha to‘lovlar uchun 0,3% keshbek;
- bepul «Kartalar monitoringi»;
- ustuvor qo‘llab-quvvatlash xizmati;
- oltin rangli interfeys mavzusi.
Taklif aksiya faollashtirilgan paytda faol obunasi bo‘lmagan barcha foydalanuvchilar uchun amal qiladi. Amaldagi obunaga ega foydalanuvchilar tarifni o‘zgartirish shartlariga muvofiq, 1 so‘mga yuqoriroq tarifga o‘tish yoki pastki tarifga almashtirish huquqiga ega.
Promo-davr tugagach, obuna tarifning to‘liq qiymati bo‘yicha amal qilishda davom etadi. Uni istalgan vaqtda Click SuperApp ilovasida mustaqil ravishda o‘chirish mumkin. O‘chirilgandan so‘ng obuna uzaytirilmaydi va keyingi mablag‘ yechib olishlar amalga oshirilmaydi.
Batafsil — aksiya shartlarida.