Click ijodkorlarni yangi loyihaga taklif qiladi
Qisqa videolar suratga olasizmi? Sizni Click jamoasi bilan ishlashga va ilovamizdagi xizmatlar haqida o‘z uslubingizda hikoya qilishga taklif qilamiz. Loyiha 2026-yil 24-noyabrdan 25-dekabrgacha davom etadi. Loyiha yakunida ayrim ishtirokchilarga Click uchun haq evaziga yangi videolar tayyorlashni taklif qilishimiz mumkin.
Ochiq tanlovga istalgan ijodkor ariza topshirishi mumkin. «Click bilan birga» tanlovi yakunida jamoamiz tanlagan mualliflar esa loyihaga shaxsiy taklif asosida qo‘shiladi.
Qanday ariza topshirish mumkin?
Siz bilan ijodingiz orqali tanishmoqchimiz. Buning uchun qisqa tanishtiruv videosini tayyorlang.
20 soniyadan 60 soniyagacha davom etadigan video oling. Unda o‘zingizni ijodkor sifatida tanishtiring va uslubingizni ko‘rsating. Masalan, tanish vaziyatni hazil bilan tasvirlashingiz yoki bir necha kadr orqali kayfiyatni so‘zsiz yetkazishingiz mumkin. O‘zingizga yoqqan g‘oyani tanlang.
Videoni Instagram sahifangizga Reels formatida joylang.
Video havolasini ariza shakli orqali yuboring. Ariza topshirishning oxirgi kuni — 2026-yil 24-noyabr.
Videolarni ko‘rib chiqamiz va tanlangan mualliflarni loyihaga taklif qilamiz.