01.02.2022

Toshkent shahri avtobuslari yo’lovchilari uchun aksiya

Toshkent shahri avtobuslarida yo’lkira to’lovlarini amalga oshirish uchun CLICK Evolution ilovasi orqali QR-kodni skanerlang va XIAOMI POCO X3 yutib olish imkoniyatiga ega bo’ling!

Yo’lkira to’lovlarini CLICK orqali qanchalik ko’proq amalga oshirsangiz, g’alaba qozonish imkoniyati shunchalik yuqori!

Aksiya shartlari
Aksiya o’tkazilishi davri: 
1-fevraldan 31-maygacha. Aksiya 4 bosqichda o’tkaziladi. 1-bosqich – 1-fevraldan 28-fevralgacha. 2-bosqich – 1-martdan 31-martgacha. 3 bosqich – 1-apreldan 30-aprelgacha. 4-bosqich – 1-maydan 31-maygacha. Sovg’alar o’yini har bosqichda alohida o’tkaziladi. 

Ishtirokchi: 
Ishtirokchi deb faqat aksiyaning barcha shartlarini shaxsiy o’zi bajargan, O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga ega, yuridik salohiyatli jismoniy shaxslar hisoblanadi. 

Aksiyada qatnashish qoidalari:
Aksiyada ishtirok etish uchun Toshkent shahri avtobuslarida yo’lkirani QR-kod orqali CLICK Evolution ilovasi yordamida to’lash lozim. Muhim! Ishtirokchi qanchalik ko’p to’lovlarni amalga oshirsa, yutish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.
 
Sovrinlar:
Aksiya sovrinlari – XIAOMI POCO X3 smartfonlari. Har bir bosqichda 3 donadan smartfon o’ynaladi. Aksiyada o’ynaluvchi smartfonlarning umumiy soni – 12 dona.
 
Go’liblarni aniqlash: 
G’oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. Har bir bosqichda g’oliblar alohida aniqlanadi. Har bir bosqichda g’oliblar soni – 3. Umumiy g’oliblar soni – 12. Go’liblarni aniqlash har bosqichning oxirgi kunida amalga oshiriladi, aksiya natijalari esa CLICK kompaniyasining rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi.

*Agarda g’olib balog’at yoshiga yetmagan bo’lsa, sovrin faqat ota-ona yoki vasiylar ishtirokida taqdim etiladi.