29.07.2022

CLICK onlayn Jismoniy shaxslar identifikatsiyasi funksiyasini ishga tushirdi

CLICK kompaniyasi CLICK Evolution ilovasida onlayn jismoniy shaxslarni identifikatsiyalash funksiyasini ishga tushirdi. Endilikda foydalanuvchilar, shuningdek, CLICK-Hamyonning Premium imkoniyatlarini ishlata oladilar.

“Jismoniy shaxslar identifikatsiyasi” bu nima?

Ushbu funksiya foydalanuvchi yuzining o’ziga xos xususiyatlariga asoslanib, davlat biometrik bazasiga muvofiq holda shaxsini tasdiqlash imkonini beradi. Identifikatsiyadan o’tish uchun CLICK Evolution ilovasi o’rnatilgan smartfoningizni o’zi yetarli.

Identifikatsiyaning afzalligi nimada?

Jarayondan o’tgan foydalanuvchi CLICK-Hamyonda ancha ko’proq mablag’ saqlash, o’z xohishi bo’yicha Light-Hamyonga qaraganda ko’proq mablag’ sarflash yoki o’tkazish imkoniga ega bo’ladi. Premium foydalanuvchilari 500 mln so’mgacha mablag’ saqlashi, 30 mln so’mgacha pul sarflashi yoki o’tkazishlari mumkin. Yaqin orada kompaniya identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchilarga xush keluvchi yana bir nechta mahsulotlarni taqdim etadi.

Identifikatsiyadan o’tish uchun nima zarur?

Buning uchun 16 yoshga to’lgan O’zbekiston fuqarosi bo’lish lozim. Bundan tashqari shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni JSH SHIR, passport yoki ID-Karta raqami, tug’ilgan kun sanasi va CLICK Evolution ilovasida qilingan yuz skani.

Identifikatsiyani qanday o’tsa bo’ladi?

To’liq jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt talab qiladi va bir nechta oddiy harakatda amalga oshiriladi. Avvalambor CLICK Evolution ilovasini ochish va “Sozlamalar” bo’limiga o’tish lozim. So’ng, “Shaxsiy ma’lumotlar” bo’limiga kirib “Shaxsni identifikatsiyalashni boshlash” tugmasini bosish lozim. Keyin kerakli ma’lumotni kiritib, ekrandagi yo’riqnomaga rioya qilgan holda, yuzni aniqlash jarayonidan o’tish kerak. Identifikatsiya yakunlanishi bilan, foydalanuvchi Premium CLICK-Hamyondan foydalanish imkoniga ega bo’ladi. Identifikatsiyani, shuningdek, CLICK-Hamyonda “Shaxsni identifikatsiyalashni boshlash” tugmasiga bosgan holda boshlash mumkin.

Aytish lozimki, yaqin kelajakda kompaniya jismoniy shaxslarni oflayn identifikatsiyalash funksiyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Ushbu funksiya CLICK kompaniyasining qo’llab-quvvatlash ofisida mavjud bo’ladi.