03.05.2023

YHXIIB jarimalarini dastlabki 15 kun ichida 50% chegirma bilan to'lang!

2023-yil 1-maydan boshlab shaxslarga 2023-yil 18-apreldagi O‘RQ-830-sonli “Ma'muriy jarimalarni to'lashda aholiga qo'shimcha qulayliklar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 3321-moddasiga o‘zgartishlar kiritish haqida"gi Qonuniga asosan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan bo‘lsa, jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 15 kun ichida jarimaning 50 foizi yoki jarimaning 70 foizi 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda to‘langan taqdirda, jarimaning qolgan summasini to‘lashdan ozod qilingan.

Siz ma'muriy jarimani "To'lov" bo'limida - "Davlat to'lovlari va DYHXX (GAI)" - "Ma'muriy huquqbuzarliklar" / "DYHXX jarimalari" bo'limida to'lashingiz mumkin.